Ranisan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
RANISAN® 150 mg
RANISAN® 150 mg
(Ranitidin gidroxloridi – Ranitidini hydrochloridum)
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
Faol modda: qobiq bilan qoplangan 1 tabletka 168 mg ranitidin gidroxloridi saqlaydi, bu 150 mg ranitidinga to‘g‘ri keladi.
Yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, kopovidon, povidon, magniy stearati, gipromeloza 5, gipromeloza 15, titan dioksidi, makrogol 6000, simetikon emulsiyasi.
Dori shakli
Oq yoki deyarli oq rangli ikki tomonlama qavariq, ko‘ndalang egati bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Egati yutishni yengilatish maqsadida tabletkani oson sindirishga yordam beradi.
Farmakoterapevtik guruhi
Me‘da-ichak yarasiga qarshi vosita (Antiulcerosum), N2-gistamin reseptorlarining antagonisti.
Xarakteristikasi
Ranisan® 150 mg me‘da kislotasini hosil bo‘lishini kamaytiruvchi dori vositalar guruhiga kiradi. Preparat ichakda tez so‘riladi, me‘daning ichidagisi uning ta‘siriga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Qo‘llanilishi
Ranisan® 150 mg preparatini me‘daning shilliq qavatini buzilishiga va keyinchalik quyidagi asoratlarga olib keluvchi kislotali me‘da shirasini sekresiyasini oshishi kuzatiladigan barcha holatlarda qo‘llash tavsiya etiladi:
- peptik yara kasalligida (qizilo‘ngach, me‘da, o‘n ikki barmoq ichak yarasi, postbulbar yara, me‘dada o‘tkazilgan operasiyadan keyingi anastomozdagi yara)
- Helicobacter pylori infeksiyasi (mikrob) chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yarasida
- og‘ir holatdagi pasientlarda stress oqibatidagi yarada (og‘ir jaroxatlar, kuyishlar, a‘zolarni ko‘chirib o‘tkazish, jarroxlik aralashuvlari)
- me‘da-ichak yarasidan qon ketishini takrorlanishini oldini olish
- og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi vositalarni tez-tez qabul qilish oqibatida kelib chiqqan o‘n ikki barmoq ichak yarasida (NYAQV – gastropatiya)
- Zollinger-Ellison sindromida (me‘da osti bezining o‘smasida gastrin gormonini haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilishi oqibatida kelib chiqadigan kasallik)
- Mendelson sindromida (umumiy anesteziyadan oldin, kislotali me‘da shirasini aspirasiya bo‘lish xavfi bo‘lgan bemorlarda)
- kislotali me‘da shirasini ishlab chiqarilishini oshishi oqibatida kelib chiqqan dispeptik sindromda (ovqat hazm bo‘lishini ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, gazlarni to‘planishi, me‘dani to‘lib ketish hissi, epigastral yoki to‘sh suyagi orqa sohasidagi og‘riqlar bilan kechuvchi muammolari)
- qizilo‘ngachni me‘daning ichidagisini qizilo‘ngachga qaytishi oqibatida kelib chiqqan yallig‘lanishlarda (gastroezofageal reflyuks)
Sanab o‘tilgan barcha holatlarda davolash maqsadida ham, oldini olish maqsadida ham Ranisan 150 mg preparatini qo‘llash tavsiya etiladi.
Bitta tabletkada faol moddaning miqdori yuqoriligini hisobga olib, 18 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya
Rantidin ona sutiga o‘tadi, u yerda uning konsentrasiyasi uning plazmadagi konsentrasiyasiga nisbatan yuqori darajaga erishadi. Ranitidin preparatini emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Ranitin yo‘ldosh orqali o‘tadi va homilaning to‘qimalaridagi konsentrasiyasi plazmadagi konsentrasiyasiga mos keladi. Hozirgi vaqtda ranitidin preparatini homiladorlik davrida qo‘llash bo‘yicha to‘liqroq ma‘lumotlar mavjud emas. Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda ranitidinning mutagen, kanserogen va teratogen xususiyatlari aniqlanmagan. Homiladorlik davrida ranitidin buyurilganida homilaga nisbatan xavf darajasini baholash kerak, preparatni faqat juda zarur bo‘lgan hollarda va faqat qisqa muddat qo‘llash kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ranisan® 150 mg preparatini uning tarkibidagi biron bir moddasiga yuqori sezuvchanlik bo‘lganida, shuningdek xavfli yara kasalligida qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik vaqtida, hamda emizishi davrida shifokorning ruxsatisiz preparatni qo‘llash taqiqlanadi. Preparat bilan davolanish vaqtida homiladorlik kuzatilganida davolovchi shifokorga zudlik bilan xabar berish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ranisan® 150 mg preparati bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi, nojo‘ya reaksiyalar faqat 3-7% pasientlarda paydo bo‘ladi.
Preparatni qabul qilganda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, kuchli toliqish, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, depressiya, tajovuzkorlik, parishonxotirlik, gallyusinasiyalar (ko‘proq keksa yoshdagi pasientlarda), og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, gazlarni to‘planishi, qabziyat, ich ketishi, ishtahani yo‘qolishi kuzatilishi mumkin.
Juda kam hollarda umumiy xarakterga ega bo‘lgan og‘ir darajadagi allergik reaksiyalar (anafilaktik shok, nafasni buzilishi) yurak ritmini buzilishi, jigar va buyraklarni shikastlanishi rivojlanishi mumkin. Bu simptomlar ko‘pchilik hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatilganidan so‘ng yo‘qoladi. Ayrim hollarda qon yaratish tizimida buzilishlar rivojlanishi mumkin.
Laborator tahlillarda jigar enzimlarini oshishi, shuningdek qon manzarasida o‘zgarishlar aniqlangan.
Ranisan® 150 preparatiga, masalan teri toshmasi yoki ovqat hazm qilishdagi muammolar bilan kechadigan yuqori sezuvchanlikda davolashni to‘xtatish va davolovchi shifokorga bu haqida xabar berish kerak.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Ranisan® 150 mg va u bilan bir vaqtda qo‘llanadigan dori vositalarni ta‘siri bir biriga o‘zaro ta‘sirga moyil bo‘lishi mumkin. Shuning uchun Siz hozirgi vaqtda qabul qilayotgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan barcha dori vositalari haqida davolovchi shifokorga ma‘lumot berish kerak; bu shifokorning resepti bo‘yicha qabul qilinadigan ham, reseptsiz beriladigan dori vositalarga ham tegishli. Shifokorning oldindan berilgan maslahatisiz Ranisan® 150 mg preparati bilan bir vaqtda reseptsiz beriladigan biron bir dori vositasini qabul qilish mumkin emas.
Ranisan® 150 mg buyraklar orqali chiqarilishiga ta‘sir qilish orqali ba‘zi dori vositalarga (masalan, prokainamid, diazepam, teofillin) ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Sukralfat (peptik yaralarni davolash uchun qo‘llanadigan preparat) va boshqa antasidlarning yuqori dozalarini bir vaqtda qabul qilish ranitidinni so‘rilishini pasaytirish mumkin, shuning uchun bu preparatlarni qabul qilganda ularni o‘rtasida kamida 2 soatlik intervalga rioya qilish kerak. Aynan shunday vaqt oralig‘iga itrakonazol va ketokonazol (zamburug‘lar va mog‘or zamburug‘lari chaqirgan kasalliklarni davolash) bilan bir vaqtda qabul qilinganda ham rioya qilish kerak.
Juda kam hollarda ranitidin va glipizid, glubornurid, metoprolol, midozolam, nifidipin, fenitoin va varfarinni o‘zaro ta‘siri qayd etilgan.
Ranitidin va alkogolni bir vaqtda qabul qilish qonda alkogolning darajasini oshirishi mumkin.
Dozalash va qo‘llash usuli
O‘tkir me‘da yarasini davolashda odatda quyidagi doza qo‘llanadi: 1 tabletkadan sutkada 2 marta (300 mg) ertalab va kechqurun yoki 2 tabletka (300 mg) kechqurun uyqudan oldin qabul qilinadi. Preparatni yara oxirgacha bitgunicha (endoskopik tekshiruv bilan aniqlanadi) qabul qilish kerak.
Davolash davomiyligi odatda 4-8 haftani tashkil qiladi. Agar holatni yaxshilanishi kuzatilmasa, u xolda keyingi davolashni davolovchi shifokor hal qilish kerak. O‘zboshimchalik bilan davolashni to‘xtatish umuman mumkin emas. Me‘da yarasi qaytalanishini oldini olish uchun 1 tabletkadan kechqurun uxlashdan oldin 12 oy davomida qabul qilish tavsiya etiladi.
Gastroezofagal reflyuksda hamda NYAQV – gastropatiyada: 2 tablektadan (300 mg) sutkada 2 marta (ya‘ni 600 g) 2-3 oy davomida, qaytalanishni oldini olish uchun 1 tablektadan sutkada 2 marta (ya‘ni 300 mg) qabul qilish tavsiya etiladi.
Zollinger-Ellison sindromida boshlang‘ich dozasi 1 tabletkadan kuniga 3 martani (ya‘ni 450 mg) tashkil qiladi. Shifokor pasientning klinik holatini hisobga olib, dozasini sutkada 6 va undan ortiq tabletkagacha oshirishi yoki boshqa davolashni buyurishi mumkin.
Surunkali epizodik dispepsiya
150 mg dan sutkada 2 marta olti hafta davomida qabul qilish tavsiya etiladi. Davolash natijasiz yoki yaqin vaqtda kasallikni qaytalanishi kuzaptilgan pasientlarni qo‘shimcha tekshirish kerak.
Mendelson sindromini oldini olish.
Tavsiya etilgan dozasi – 150 mg anesteziyadan 2 soat oldin, ideal holda – 150 mg o‘sha kuni kechqurun qabul qilinadi. Tug‘ruqdan oldin ayollar 150 mg dan har 6 soatdan keyin qabul qilishlari kerak, umumiy anesteziya o‘tkazish zarurati bo‘lgan holda u bilan birga eruvchan antasid qabul qilish tavsiya etiladi.
Preparatni ovqatdan so‘ng qabul qilish kerak.
Ogohlantirish
Bu prepratani qabul qilganda diqqatni jamlash, harakatlar koordinasiyasi va tez qaror qabul qilishni talab qiluvchi faoliyatga (masalan, avtotransportni boshqarishda, uskuna va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatishda, balandlikdagi ishlarni bajarishda va boshqa) salbiy ta‘sir ko‘rsatmagan.
Ranisan® 150 mg preparati bilan davolanishni boshlashdan oldin shifokor me‘daning xavfli yarasini istisno qilishi kerak.
Agar Siz buyraklar faoliyatini buzilishi bilan kasallangan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga xabar bering.
Dozasi oshirib yuborilganida yoki bola preparatni bexosdan qabul qilganda zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng preparatni qo‘llash qat‘iyan taqiqlanadi.
Transport vositalari va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri.
Ranisan® 150 mg preparatini qabul qilganda diqqatni jamlash, harakatlar koordinasiyasi va tez qaror qabul qilishni talab qiluvchi faoliyatiga (transport vositalarini haydash, mexanizmlarni boshqarish, balandlikdagi ishlar va boshqa) nohush ta‘sir qilish hollari noma‘lum.
Saqlash
Dori preparatini maxsus harorat sharoitlarida saqlashga rioya qilish talab qilmaydi. Preparatni namlikdan himoya qilish maqsadida original o‘ramda saqlash tavsiya etiladi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlash kerak.
Yaroqlilik muddati 3 yil. Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
O‘rami
Qobiq bilan qoplangan 20 tabletkadan, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari