Refortan ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
REFORTAN®
REFORTAN®
Preparatning savdo nomi: Refortan® (Refortan®)
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): gidroksietilkraxmal
Dori shakli: infuzion eritma, 60 mg/ml
Tarkibi:
1 l eritmada quyidagilar saqlanadi:
faol modda:
gidroksietilkraxmal (GEK) 60 g,
(o‘rtacha molekulyar massa M.m = 200 000 Dalton;
molyar almashinish MS = 0,5),
natriy xloridi :9,0 g,
rN: 4,0-7,0,
osmolyarlik: taxminan 300 mosmol,
kolloid-osmotik bosim (KOB): taxminan 38 mbar = taxminan 28 mm sim. ust.;
yordamchi moddalar: in‘eksiya uchun suv
Ta‘rifi: rangsiz tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: qon o‘rnini bosuvchilar va plazma proteinlarining fraksiyalari, gidroksietilkraxmal.
ATX kodi: V05AA07
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Refortan® natriy xloridining izotonik fiziologik eritmasidagi 6% li gidroksietilkraxmalli plazma o‘rnini bosuvchisidir.
Gidroksietilkraxmal – bu yot sun‘iy kolloiddir. Glikogensimon polisaxarid bo‘lib, mumsimon makkajo‘xori kraxmalidan aminopektinni qisman gidrolizi yo‘li bilan keyinchalik gidroksietil guruhini qo‘shilishi bilan olinadi.
Refortan® deyarli giperonkotik eritma xisoblanadi, uning infuziyasida o‘rtacha 100% ga to‘g‘ri keladigan, yoki yuborilgan suyuqlik hajmining taxminan 100% dan biroz yuqoriroq hajmiga erishiladi. Plazma hajmini ancha sezilarli siljishlari yuz bermaydi, shu boisdan Refortan® klinik amaliyotda izovolemik infuzion eritma sifatida qo‘llanishi mumkin. Kolloid-osmotik bosim (KOB) va markaziy venoz bosim (MVB) yuborilgan hajmga qarab, sezilarli oshadi, past qiymatlarda uni normagacha oshishi yuz beradi.
Farmakokinetikasi
Infuzion yuborilganida Refortan® komponentlarining biokiraolishligi 100% ni tashkil qiladi.
Buyraklari sog‘lom bo‘lgan katta pasientlarga preparatning 10% li 500 ml eritmasini 4 soatlik infuziyasida gidroksikraxmalning kolloidi uchun o‘rtacha ekspozisiyasi taxminan 5-6 soatni tashkil qiladi (ya‘ni plazmada gidroksietilkraxmalning darajasini maksimal qiymati infuziya tugaganidan keyin taxminan 5-6 soat o‘tgach ikki marta kamayadi).
Hajmni qisqa muddatli oshirishni (taxminin 3 soat) yaxshi boshqariluvchi samarasi, shuningdek muvofiq reologik xususiyatlari (qonning qovushqoqligini va gematokritni pasayishi, trombositlarni agregasiyaga yuqori tayyorligini normallashishi) tufayli Refortan® hajmni ham qisqa, ham o‘rtacha vaqtga to‘ldirish uchun to‘g‘ri keladi.
GEK qo‘llash, 24 soatni tashkil qiluvchi maksimal vaqt intervali bilan, aylanib yuruvchi qon hajmini tiklanishining boshlang‘ich bosqichi bilan cheklanishi kerak.
Gidroksietilkraxmal (boshqa plazma o‘rnini bosuvchilar kabi) qisqa muddatga to‘qimalarda (asosan, retikulogistiositar tizimda – RGT) to‘planadi. Garchi gidroksietilkraxmalning infuziyasidan keyin bir necha oylar o‘tgach alohida hollarda RGT xujayralarida depolovchi vakuollar aniqlangan bo‘lsa ham, RGT faoliyatiga salbiy ta‘siri borligiga ko‘rsatmalar yo‘q.
Refortan® zardob amilazasi tomonidan to‘xtovsiz parchalanadi va buyraklar orqali chiqariladi. Taxminan 24 soat o‘tgach, siydik bilan yuborilgan GEK ning taxminan 70% chiqariladi va yana taxminan 10% zardobda aniqlanadi.
Dializda GEK yetarli darajada organizmdan chiqarilmaydi, GEK ning gemofiltrasiyasining ahamiyati esa ishonchli aniqlanmagan.
Qo‘llanilishi
Qonni o‘tkir yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lgan gipovolemiyani davolashda, agar faqat kristalloidlarning eritmalarini qo‘llash yetarli bo‘lmasa qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash
GEK qo‘llash, 24 soatni tashkil qiluvchi maksimal vaqt intervali bilan, aylanib yuruvchi qon hajmini tiklanishining boshlang‘ich bosqichi bilan cheklanishi kerak.
Birinchi 10-20 minut pasientning holatini qat‘iy nazorati ostida asta-sekin yuborish kerak, bu iloji boricha erta har qanday anafilaktoid reaksiyaning paydo bo‘lishini aniqlash imkoniyatini beradi.
Iloji boricha eng kam samarali dozani buyurish kerak. Gemodinamik ko‘rsatkichlarning muvofiq keluvchi maqsadli darajasiga erishilgan zahoti infuziyani to‘xtatish uchun, davolash gemodinamikani doimiy nazorati ostida o‘tkazilishi kerak Tavsiya etilgan maksimal sutkalik dozani oshirish mumkin emas.
Kattalar
Maksimal sutkalik doza:
Maksimal sutkalik doza 30 ml/kg ni tashkil qiladi, bu tana vazniga 1,8 g gidroksietilkraxmal (GEK)/kg ni tashkil qiladi.
Bu tana vazni 75 kg pasient uchun 2250 ml Refortan® preparatiga muvofiq keladi.
Infuziyaning maksimal tezligi: soatiga tana vazniga 20 mg/kg gacha.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalarda GEK preparatlarini qo‘llash tajribasi cheklanganligi tufayli, ularni bu guruh pasientlarida ishlatish tavsiya etilmaydi.
Qo‘llash usuli:
Vena ichiga infuziya qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya ta‘sirlarining tez-tezligi quyidagi tarzda aniqlanadi:
Juda tez-tez: ≥1/10
Tez-tez: ≥1/100 dan <1/10 gacha
Ba‘zida: ≥1/1000 dan <1/100 gacha
Kam hollarda: ≥1/10000 dan <1/1000 gacha
Juda kam hollarda: <1/10000
Noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar bo‘yicha baholash mumkin emas.
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: qon suyulishi tufayli, gematokritni va oqsilning plazmadagi konsentrasiyasini pasayishi.
Tez-tez (yuborilgan dozaga bog‘liq): gidroksietilkraxmalning nisbatan yuqori dozalari qon ivishi omillarining konsentrasiyasini pasayishiga olib keladi va, shunday qilib, qon ivishiga ta‘sir qilishi mumkin. Qon ketish vaqti uzayishi mumkin.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: jigarni shikastlanishi
Teri va teri osti yog‘ kletchatkasi tomonidan buzilishlar
Ba‘zida: gidroksietilkraxmalni uzoq muddat davomida qo‘llash shiddatli qichishishni chaqirishi mumkin, u davolash tugatilishi bilan paydo bo‘lishi, bir necha oylar davom etishi va juda noxush tuyg‘ular chaqirishi mumkin.
Qo‘shimcha tekshirish usullarining natijalari
Juda tez-tez: gidroksietilkraxmal infuziyasidan keyin amilazaning zardobdagi darajasi ahamiyatli oshadi. Bu me‘da osti bezi kasalligining belgisi sifatida qaralishi kerak emas.
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Kam hollarda: buyraklar sohasida og‘riq paydo bo‘lishining kam holatlari haqida xabar berilgan. Bunday hollarda infuziyani to‘xtatish, organizmga suyuqlikni yetarli kirishini ta‘minlash va zardobdagi kreatininning ko‘rsatgichlarini sinchiklab nazorat qilish kerak.
Tez-tezligi noma‘lum: buyrakni shikastlanishi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlarp
Juda kam hollarda: turli yaqqollikdagi anafilaktik reaksiyalar. Batafsil ma‘lumotni quyida “Anafilaktik reaksiyalar” bo‘limidan qarang.
Anafilaktik reaksiyalar
Gidroksietilkraxmalga anafilaktoid reaksiyalarning alohida holatlari haqida xabar berilgan (tez-tezligi – infuziya birligi miqdoriga qayta hisoblaganda – taxminan 0,085%). Ko‘pchilik hollarda bu reaksiyalar qusish, haroratni yengil oshishi, sovuqlik tuyg‘usi, qichishish va eshakemi ko‘rinishida bo‘ladi. Jag‘ osti va quloq oldi so‘lak bezlarini kattalashishi, bosh og‘rig‘i va mushak og‘riqlari kabi grippoz xarakterga ega bo‘lgan yengil simptomlar va oyoqlarning periferik shishlari kuzatilgan.
Shok va hayot uchun xavf tug‘diruvchi (ba‘zida xatto yurak faoliyatini va nafasni to‘xtashigacha) simptomlar bilan birga kechuvchi o‘zlashtiraolmaslikning og‘ir reaksiyalari juda kam (tez-tezligi – infuziya birligi miqdoriga qayta hisoblaganda taxminan 0,006%).
O‘zlashtiraolmaslik reaksiyasi paydo bo‘lganida infuziyani darhol to‘xtatish va bir vaqtda umumiy qabul qilingan shoshilinch yordam choralarini ko‘rish kerak.
Anafilaksiya simptomlari
Anafilaksiya simptomlari bir necha minut davomida paydo bo‘lishi mumkin. Xavotirlik chaqiruvchi simptomlar kuchli qichishish va terini qizarishi (birdan yuzga, bo‘yinga qonni oqib kelishi) hisoblanadi. Ba‘zida pasient bo‘g‘ilishni xis qiladi va unda tomoqda tiqilish hissi paydo bo‘ladi. Keyingi bosqich uchun ko‘ngil aynishi va qorinda spazmlar, shuningdek taxikardiya va qon bosimini tushishi hisoblanadi, bu xushdan ketishga, xatto nafas va qon aylanishini to‘xtashigacha olib kelishi mumkin.
Anafilaktik shokni davolash
Birinchi belgilar (teri reaksiyalari, ko‘ngil aynishi) paydo bo‘lganida, odatda quyidagi choralar tavsiya etiladi:
- infuziyani to‘xtatish, kanyulani venada qoldirish yoki
- venaga muvofiq kirishni ta‘minlash.
Shoshilinch yordamning boshqa, odatdagi choralari bilan bir qatorda tavsiya etiladi:
- pasientni bosh tomonini pastga qilib yotqizish;
- nafas yo‘llarini ozod qilish.
Medikamentoz shoshilinch choralar
Darhol: epinefrin (adrenalin) vena ichiga.
1 ml standart epinefrin (1:1000) eritmasini (sotuvda bo‘lgan) 10 ml gacha suyultirgandan keyin, oldin 1 ml olingan eritma (=0,1 mg epinefrin) puls va qon bosimini (cave: yurak ritmini buzilishi) nazorati ostida sekin yuboriladi. Epinefrinni yuborishni takrorlash mumkin.
So‘ngra: vena ichki xajmni to‘ldirish.
Masalan, 5% li odam albumini yuborish.
Yakunida: vena ichiga glyukokortikoidlar yuborish.
Masalan, 250-1000 mg prednizolon (yoki uning hosilasini ekvivalent miqdori). Glyukokortikoidlarni yuborishni takrorlash mumkin.
Bolalarda adrenalin va glyukokortikoidlarning dozalari yosh va tana vazniga muvofiq kamaytiriladi.
Boshqa davolash choralariga, masalan, o‘pkaning sun‘iy ventilyasiyasi, kislorod berish, antigistamin vositalarni buyurish kiradi.
Pasientlar jadal davolash bo‘limi/palatasi sharoitlarida kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak, keyingi davolash choralari pasientning xolatiga bog‘liq.
Nojo‘ya ta‘sirlari haqida xabarlar
Biror-bir nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu barcha kutilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarga, shu jumladan mazkur ilova-varaqada bayon qilinmagan nojo‘ya ta‘sirlarga ham taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta‘sirlar to‘g‘risida bevosita «Berlin–Xemi AG» kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga Toshkent shahri, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markazi) manzili bo‘yicha xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya ta‘sirlar haqida xabar bergan holda Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi to‘g‘risida ko‘p axborotni to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Ta‘sir etuvchi moddaga yoki yordamchi moddalardan birontasiga yuqori sezuvchanlik.
- Buyrak faoliyatini buzilishi yoki buyrak kasalligini o‘rinbosar davolash
- Bosh miya ichki qon quyilishi yoki miyaga qon quyilishi
- Jadal davolash bo‘limida bo‘lgan o‘ta og‘ir xolatdagi sepsisli va kuygan pasientlar
- Gipergidratasiya
- O‘pka shishi
- Suvsizlanish
- Og‘ir gipernatriemiya yoki og‘ir giperxloremiya
- Jigar faoliyatini og‘ir buzilishi
- Dimlangan yurak yetishmovchiligi
- Og‘ir koagulopatiya
- A‘zolar ko‘chirib o‘tkazilgandan keyingi pasientlar
- Gipervolemiya
- Gipokaliemiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat klinik va biokimyoviy tahlillarning (glyukoza, oqsil, ECHT, biret sinamasi, yog‘ kislotalari, xolesterin, sorbit-degidrogenaza, siydikning solishtirma og‘irligi) ko‘rsatkichlariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Infuzion eritmalar tayyorlash uchun infuzion eritmalar, konsentratlar va in‘eksion maqsadlar uchun kukunlar yoki in‘eksion eritmalar tayyorlash uchun quruq moddalar bilan aralashtirilganida, har safar preparatlarning mutanosibligini (aralashishini) sinchiklab (hech bo‘lmasa vizual) tekshirish kerak (shunday bo‘lsada, ko‘zga ko‘rinmaydigan kimyoviy yoki terapevtik nomutanosiblik bo‘lishi mumkin).
Aminoglikozid-antibiotiklari bilan bir vaqtda qo‘llanganida, gidroksietilkraxmal ularning nefrotoksikligini kuchaytirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik (anafilaktoid) reaksiyalarni rivojlanish xavfi tufayli, pasientning holatini sinchiklab kuzatish va yuborishni past tezlikda o‘tkazish kerak.
Jarrohlik aralashuvlari va travma:
Jarrohlik aralashuvlariga duchor bo‘lgan va jarohatlangan pasientlarda uzoq muddatdan keyingi asoratlariga nisbatan xavfsizligi bo‘yicha ma‘lumotlar yetarli emas. Qo‘llashning uzoq muddatdan keyingi davrdagi xavfsizligiga nisbatan noaniqlikni e‘tiborga olib, davolashdan kutiladigan foyda sinchiklab baholanishi kerak. Davolashning boshqa mumkin bo‘lgan imkoniyatlari hisobga olinishi kerak.
GEK yordamida xajmni o‘rnini to‘ldirishga ko‘rsatmalarni sinchiklab aniqlash kerak. Hajm va dozani nazorat qilish uchun, gemodinamikani kuzatish talab qilinadi.
Doimo hajmni haddan tashqari yuklanishidan saqlanish kerak, u doza oshirib yuborilganida yoki haddan ziyod tez yuborilganida kuzatilishi mumkin. Ayniqsa o‘pka va yurak-qon tomir patologiyasi bo‘lgan pasientlarda, dozaga sinchiklab tuzatish kiritish kerak.
Plazmada elektrolitlarning konsentrasiyasini, organizmdagi suyuqlik miqdorini va buyrakning faoliyatini sinchiklab nazorat qilish tavsiya etiladi. Organizmga yetarli miqdorda suyuqlik tushishi ta‘minlangan bo‘lishi kerak.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki buyrak kasalligi yuzasidan o‘rinbosar davolashni qabul qilayotgan pasientlar
GEK preparatlarini buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan yoki buyrak kasalligi yuzasidan o‘rinbosar davolashni qabul qilayotgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas. GEK ni qo‘llash buyrak tomonidan buzilishlarning birinchi belgilarida to‘xtatilishi kerak. GEK yuborilganidan keyin xatto 90 kungacha buyrak kasalligini yondosh davolashga yuqori ehtiyoj haqida xabar berilgan. Buyrak faoliyatini kamida 90 kun davomida monitoring qilish tavsiya etiladi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar va qon ivishini buzilishlari bo‘lgan pasientlarni davolashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Shuningdek gipovolemiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda, yuqori dozalarda GEK eritmalarini yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan og‘ir gemodilyusiyadan saqlanish kerak.
Takroriy buyurilgan holatlarda qonning ivish ko‘rsatkichlarini sinchiklab nazorat qilish kerak. Koagulopatiyaning birinchi belgilarida GEK ni qo‘llashni to‘xtatish kerak.
Sun‘iy qon aylanish tizimini qo‘llash bilan ochiq yurakda operasiya o‘tkazilayotgan pasientlarda, katta qon ketishi paydo bo‘lishini xavfi tufayli, GEK preparatlarini ishlatish tavsiya etilmaydi.
Keksa pasientlar
Gipervolemiya chaqirgan yurak-qon tomir va buyrak asoratlarni oldini olish uchun, keksa pasientlarga, ularda yurak yetishmovchiligi va buyraklarni shikastlanishi mavjudligini ehtimoli ko‘proq, davolash vaqtida sinchikov nazorat va dozaga ehtiyotkorlik bilan tuzatish kiritish kerak.
Bolalar va o‘smirlar
Bolalarda GEK preparatlarini qo‘llashning tajribasi cheklanganligi tufayli, ularni bu guruh pasientlarda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Laboratoriya tahlillarining natijalariga ta‘siri
GEK eritmalari qo‘llanganidan keyin, alfa-amilazaning darajasini o‘tkinchi oshishi rivojlanishi mumkin. Bu me‘da osti bezini shikastlanishining belgisi sifatida qaralmasligi kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik vaqtida GEK ni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Sichqonlarda reproduktivlikka ta‘sirining tekshirishlari o‘tkazilgan. Garchi bu tekshirishlar jarayonida homila uchun zararli ta‘siri borligini ko‘rsatuvchi dalillar bo‘lmasada, embrion yoki xomilaning rivojlanishiga, homiladorlikning kechishiga, shuningdek perinatal va postnatal rivojlanishga nisbatan preparatning xavfsizligi xaqida xulosa qilish uchun olingan ma‘lumotlar yetarli emas.
Infuzion eritmani homilador ayollarda, birinchi navbatda homiladorlikni erta bosqichlarida, davolovchi shifokorning fikri bo‘yicha potensial foyda, preparatni qo‘llashdan mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan xollardan tashqari, qo‘llash tavsiya etilmaydi. Homiladorlik vaqtida bu preparat qo‘llanganida barcha jiddiylik bilan anafilaktik reaksiyalar xavfini va, buning oqibatida – homilaning bosh miyasini shikastlanishi xavfini hisobga olish kerak.
Laktasiya davrida preparatni qo‘llash tajribasi yo‘q. Shuning uchun preparat emizikli ayollarga buyurilganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta‘siri
Bunday ta‘sirning hollari noma‘lum.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Refortan® dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi gipervolemiyaga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda darhol infuziyani to‘xtatish va – shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha – diuretik yuborish kerak.
Chiqarilish shakli
Etiketka bilan ta‘minlangan va teshish uchun tiqin bilan va plastik va alyuminiyli majmuaviy qalpoqcha bilan berkitilgan tiniq shisha infuzion flakon yoki polietilen «bottle pack» flakon.
Original o‘ramida saqlanadi:
250 ml dan 10 flakon
500 ml dan 10 flakon
Sotuvda o‘ramlarning hamma turlari bo‘lmasligi mumkin.
Saqlash sharoiti
Muzlatilmasin.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin
Polietilendan tayyorlangan “bottle pack” flakonlari 30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Berkitilgan flakonda saqlanayotgan dori preparatining yaroqlilik muddati, quyidagini tashkil qiladi:
Shisha flakonlarda va polietilen «bottle pack» flakonlarda 5 yil
O‘ramida yozilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, ushbu dori preparatini ishlatish mumkin emas.
Refortan® flakoni ochilganidan keyin darhol ishlatilishi kerak.
Shikastlanmagan o‘ramdagi rangi tiniqdan to biroz tovlanuvchigacha bo‘lgan eritmalar qo‘llanilishi kerak.
Faqat bir marttalik qo‘llash uchun.
Dorixonalardan berish tartibi
Refortan® shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Chiqarish shakllari