Remol ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
REMOL®
REMOLUM
Preparatning savdo nomi: REMOL®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, propifenazon, kofein.
Dori shakli: tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: parasetamol – 250 mg, propifenazol, suvsiz, kofein – 30 mg;
yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, polivinilpirolidon, kaliy sorbat, mikrokristall sellyuloza, stearin kislotasi, talk, magniy stearati yoki kalsiy stearati, kartoshka kraxmali.
Ta‘rifi: och sariq tusli, oqdan oqqacha bo‘lgan rangli, biroz “mramorlikka” yo‘l qo‘yiladigan tabletkalar. Bir tomoni faskali va riskasi bo‘lgan yassisilindr shaklli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruxi: analgetik-antipiretiklar.
ATX kodi: N02BYe51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat, ta‘siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq.
Parasetamol – asosan markaziy nerv tizimida prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, va kam darajada og‘riq impulslarning hosil bo‘lishini bloklanishi orqali og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Periferik ta‘siri shuningdek prostaglandinlar sintezini tormozlanishi yoki sintezini susayishi yoki og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirilishga sezgirligiga javobgar bo‘lgan boshqa substansiyalarning ta‘siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Propifenazon – analgetik-antipiretik. Pirazanon hosilasi. Og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta‘sirga ega.
Kofein – ruhiy rag‘batlantiruvchi (bosh miyaning psixomotor markazlarini rag‘batlantiradi), analeptik ta‘sir ko‘rsatadi, analgetiklarning samarasini kuchaytiradi, uyquchanlikni va charchoqlik hissini bartaraf qiladi, jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatini oshiradi.
Qo‘llanilishi
O‘rtacha ifodalangan og‘riq sindromi: bosh og‘rig‘i, tish og‘rig‘i, mialgiya, jarohatdan keyingi og‘riq, algodismenoreya; isitma sindromi, shamollash kasalliklari, grippda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 1 tabletkadan kuniga 4 martagacha, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan birga qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, allergik reaksiyalar (terini qizarishi, teri toshmasi, bronxospazm, rinoreya) arterial gipertenziya, uyqusizlik bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Og‘ir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi, o‘tkir gepatoporfiriyalar, preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri, bolalik yoshi (12 yoshgacha), alkogolizmda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Parasetamol xloramfenikolning chiqarilish vaqtini 5 marta oshiradi. Qayta qabul qilinganida parasetamol bilvosita antikoagulyantlarning (dikumarin hosilalari) ta‘sirini kuchaytirishi mumkin. Parasetamol va etanol bilan bir vaqtda qo‘llanganida gepatotoksik samaralarning rivojlanish xavfini oshiradi. Barbituratlar, rifampisin, salisilamidlar, tutqanoqqa qarshi dori vositalarini va boshqa mikrosomal oksidlanishning rag‘batlantiruvchilari jigar funksiyasiga ta‘sir qiluvchi parasetamolning zaharli metabolitlarini hosil bo‘lishiga yordam beradi. Metoklopramid parasetamolning so‘rilishini tezlashtiradi. Kofein ergotaminning so‘rilishini tezlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida (zo‘rayish bosqichida) ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi.
Davolash fonida kofein saqlovchi mahsulotlarni (kofe, choy) haddan ziyod iste‘mol qilish dozani oshirib yuborish belgilarini chaqirishi mumkin. Uzoq muddatli (1 haftadan ko‘p) davolashda periferik qon manzarasini va jigarning funksional holatini nazorat qilish kerak. Isitma sindromini davolashda 3 kundan ortiq va og‘riq sindromida – 5 kundan ko‘p shifokor maslahatisiz qabul qilinmaydi. Sportchilarda doping nazorati natijalarini o‘zgartirishi mumkin.
«O‘tkir qorin» da tashhis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin. Atipik bronxial astmasi, pollinozlari bo‘lgan bemorlarda, preparatga allergik reaksiyalar rivojlanishini yuqori xavfi bor. Davolash vaqtida etanol iste‘mol qilishdan (gepatotoksiklik rivojlanishini xavfi yuqori) voz kechish lozim.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari – qusish, qorinda og‘riq, teri qoplamalarining oqarishi, ko‘rishni buzilishi, tirishishlar, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, aritmiyalar, uyquchanlik, hushdan ketish, qonda qand miqdorini o‘zgarishi.
Davolash: me‘dani yuvish, adsorbentlarni buyurish, glutation hosil bo‘lishini oshiruvchi vositalarni yuborish (zaharlanishni birinchi 10 soatlarida vena ichiga yoki ichga asetilsistein).
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda №10.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari