Resorbilon ko'rsatmalar
· травматик, операцион, гемолитик, токсик ва куйиш шокларининг олдини олиш ва даволаш мақсадида;
· оғир қон йўқотишда;
· куйиш касаллигида;
· интоксикация билан кечувчи юқумли касалликларда;
· сурункали гепатитни қайталаниши ва зўрайишида;
· сепсисда;
· операциядан олдинги тайёргарлик ва операциядан кейинги даврда;
· тромбоз, тромбофлебит, эндоартериит, Рейно касалликларининг олдини олиш ва даволаш мақсадида артериал ва веноз қон айланишини яхшилаш учун қўлланади.
· алкалоз;
· кўп миқдорда суюқлик юбориш мумкин бўлмаган холатлар (мияга қон қуйилиши, тромбоэмболия, юрак-қон томир декомпенсацияси, артериал гипертензия III бос., терминал буйрак етишмовчилиги);
· гипертоник дегидратация;
Эҳтиёткорлик билан: меъда ва ўн икки бармоқли ичак яра касаллиги, носпецифик ярали колит, геморрагик колити бўлган беморларга.
- Dori shakli
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
- Umumiy ma'lumot
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Maxsus saqlash sharoitlari
Dori shakli
Инфузия учун эритма 100 мл, 200 мл, 250 мл, 400 мл ва 500 мл дан флаконларда
Farmakokinetikasi
Сорбитол умумий модда алмашинуви жараёнига тез киришади, унинг 80-90% жигарда утилизацияга учрайди ва гликоген кўринишида тўпланади. 5% мия тўқималарида, юрак мушагида ва скелет мушакларида тўпланади. 6-12% сийдик орқали чиқарилади.
Қон томирига юборилганда натрий лактатидан натрий, углерод икки оксиди ва сув ажралиб чиқади, улар натрий бикарбонатини ҳосил қилади, бу эса қон ишқорий заҳирасининг ортишига олиб келади. Юборилган натрий лактатининг фақат ярмигина (L изомери) фаол ҳисобланади, қолган ярми эса (D изомери) метаболизмга учрамайди ва сийдик орқали чиқарилади.
Натрий хлорид айланаётган қон ҳажмини (АҚҲ) фақатгина вақтинчалик оширган ҳолда қондан тез чиқиб кетади. Диурезни кучайтиради.
Maxsus shartlar
Препарат қоннинг кислота-ишқор ҳолати ва электролитлари кўрсаткичларини, шунингдек жигарнинг функционал ҳолати ҳамда артериал босимни назорат қилган ҳолда қўлланилади.
Калькулёзли холецистити бўлган беморларда эҳтиёткорлик билан қўлланилади.
Жигар фаолияти бузилишларида қўлланилиши: жигар фаолияти бузилган беморларга препарат эҳтиёткорлик билан буюрилади.
Препаратни болалар олаолмайдиган жойда сақлансин ва яроқлилик муддати ўтганидан кейин ишлатилмасин.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Ресорбилонни ҳомиладорлик ва эмизиш даврларида қўлланилиши хақида маълумотлар йўқ.
Umumiy ma'lumot
RESORBILON
RESORBILONUM
Preparatning savdo nomi: Resorbilon
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Sorbitol, natriy laktati, natriy xloridi, kalsiy xloridi, magniy xloridi.
Dori shakli: Infuziya uchun eritmalar.
Tarkibi:
Sorbitol 60,0 g;
Natriy laktat 19,0 g
Natriy xloridi 6,0 g
Kalsiy xloridi 0,10 g
Kaliy xloridi 0,30 g
Magniy xloridi 0,20 g
In‘eksiya uchun suv – 1 litrgacha.
Farmakoterapevtik guruhi: Plazma o‘rnini bosuvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Farmokodinamikasi
Plazma o‘rnini bosuvchi preparat. Reologik, shokka qarshi, organizmni toksik moddalardan tozalovchi hamda ishqorlashtiruvchi ta‘sirga ega. Asosiy farmakologik faol moddalar sorbitol va natriy laktati hisoblanadi. Jigarda sorbitol avval fruktozaga, keyin glyukozaga, so‘ng glikogenga aylanadi. Sorbitolning bir qismi shoshilinch energetik ehtiyojlar uchun sarflanadi, qolgan qismi esa glikogen shaklida zahira sifatida saqlanadi. Sorbitolning izotonik eritmasi dezagregant ta‘sirga ega bo‘lib u shu tariqa to‘qimalar mikrosirkulyasiyasi va perfuziyasini yaxshilaydi.
Bikarbonat eritmasidan farqli o‘laroq, natriy laktati yordamida metabolik asidozning muvofiqlashtirish, uni moddalar almashinuviga kirishishiga qarab, nisbatan sekinroq hamda rN darajasining keskin o‘zgarishlarisiz kechadi. Natriy laktatining ta‘siri yuborilgandan 20-30 minut o‘tib namoyon bo‘ladi.
Natriy xloridi – dezintoksikasion va regidratasion ta‘sirlarni namoyon qiladi. Turli patologik holatlarda natriy va xlor ionlari tanqisligini bartaraf qiladi.
Kalsiy xloridi – kalsiy ionlari tanqisligini bartaraf qiladi. Kalsiy ionlari nerv impulslarini o‘tkazish jarayoni, skelet va silliq mushaklarini qisqarishi, miokard faoliyati, suyak to‘qimasini shakllanishi hamda qon ivishi uchun zarurdir.
Kaliy xloridi – suv-elektrolit muvozanatini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta‘sir, yuqori dozalarda – manfiy ino-, dromotrop va o‘rtacha siydik xaydovchi ta‘sirlarini namoyon etadi. Nerv impulslarini o‘tkazish jarayonida ishtirok etadi. Asetilxolin miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo‘limini qo‘zg‘atadi. Mushak distrofiyasi va miasteniyada skelet mushaklarini qisqarish jarayonini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Sorbitol umumiy modda almashinuvi jarayoniga tez kirishadi, uning 80-90% jigarda utilizasiyaga uchraydi va glikogen ko‘rinishida to‘planadi. 5% miya to‘qimalarida, yurak mushagida va skelet mushaklarida to‘planadi. 6-12% siydik orqali chiqariladi.
Qon tomiriga yuborilganda natriy laktatidan natriy, uglerod ikki oksidi va suv ajralib chiqadi, ular natriy bikarbonatini hosil qiladi, bu esa qon ishqoriy zahirasining ortishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmigina (L izomeri) faol hisoblanadi, qolgan yarmi esa (D izomeri) metabolizmga uchramaydi va siydik orqali chiqariladi.
Natriy xlorid aylanayotgan qon hajmini (AQH) faqatgina vaqtinchalik oshirgan holda qondan tez chiqib ketadi. Diurezni kuchaytiradi.
Qo‘llanilishi
Kapillyar qon oqimini yaxshilash uchun:
- travmatik, operasion, gemolitik, toksik va kuyish shoklarining oldini olish va davolash maqsadida;
- og‘ir qon yo‘qotishda;
- kuyish kasalligida;
- intoksikasiya bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarda;
- surunkali gepatitni qaytalanishi va zo‘rayishida;
- sepsisda;
- operasiyadan oldingi tayyorgarlik va operasiyadan keyingi davrda;
- tromboz, tromboflebit, endoarteriit, Reyno kasalliklarining oldini olish va davolash maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Resorbilon kattalarga vena ichiga (t/i) oqim bilan yoki tomchilab yuboriladi.
Travmatik, kuyish, operasiyadan keyingi va gemolitik shoklarda – 600-1000 ml dan (tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va takroran 600-1000 ml dan (tana vazniga 10-15 ml/kg) avval oqim bilan so‘ng – tomchilatib yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda – kattalarga 400 ml dan (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab yuboriladi.
O‘tkir qon yo‘qotishlarda – kattalarga 1500-1800 ml dan (tana vaznidan 6-7 ml/kg gacha). Bunday hollarda Resorbilon infuziyalarini kasalxonagacha bo‘lgan davrda, maxsus “Tez yordam” mashinasida amalga oshirish tavsiya etiladi.
Operasiyadan oldingi va turli jarroxlik muolajalaridan so‘ng – 400 ml (tana vazni 6-7 ml/kg) dozada, tomchilab, bir marta yoki takroran, 3-5 kun mobaynida yuboriladi.
Qon tomirlarining tromboobliterasiyaga olib keluvchi kasalliklarida – tana vazni hisobidan 8-10 ml/kg, tomchilab, takroran, kunora yuboriladi. Davolash kursi – 10 ta infuziyagacha.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga, preparatni yuborish dozasi tana vazni hisobidan 10 ml/kg, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – kattalarga beriladigan dozaning yarmi, 12 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga – xuddi kattalarnikidek doza buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Alkaloz, anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, teri toshmasi, eshakemi, qichima, gipertermiya bo‘lishi mumkin. Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: arterial bosimning ko‘tarilishi yoki pasayishi, taxikardiya, xansirash, akrosianoz.
Nevrologik buzilishlar: titrash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, umumiy holsizlik.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning qandaydir tarkibiy komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- alkaloz;
- ko‘p miqdorda suyuqlik yuborish mumkin bo‘lmagan xolatlar (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-qon tomir dekompensasiyasi, arterial gipertenziya III bos., terminal buyrak yetishmovchiligi);
- gipertonik degidratasiya;
Ehtiyotkorlik bilan: me‘da va o‘n ikki barmoqli ichak yara kasalligi, nospesifik yarali kolit, gemorragik koliti bo‘lgan bemorlarga.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Resorbilonni tarkibida fosfat va karbonat saqlovchi eritmalar bilan aralashtirish mumkin emas.
Boshqa dori vositalari uchun eritma-tashuvchi sifatida qo‘llanilmaydi.
Homiladorlik va laktasiya: Resorbilonni homiladorlik va emizish davrlarida qo‘llanilishi xaqida ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qonning kislota-ishqor holati va elektrolitlari ko‘rsatkichlarini, shuningdek jigarning funksional holati hamda arterial bosimni nazorat qilgan holda qo‘llaniladi.
Kalkulyozli xolesistiti bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi.
Jigar faoliyati buzilishlarida qo‘llanilishi: jigar faoliyati buzilgan bemorlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Preparatni bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Simptomlari: alkaloz holatlari paydo bo‘ladi, yuborish tezligi oshirilganda esa taxikardiya, arterial bosimning oshishi, xansirash, bosh og‘rig‘i, to‘sh ortida va qorinda og‘riq, agar preparat yuborilishi zudlik bilan to‘xtatilsa, tezda o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.
Saqlash sharoiti
Quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Dozirovkasi
Ресорбилон катталарга вена ичига (т/и) оқим билан ёки томчилаб юборилади.
Травматик, куйиш, операциядан кейинги ва гемолитик шокларда – 600-1000 мл дан (тана вазнига 10-15 мл/кг) бир марта ва такроран 600-1000 мл дан (тана вазнига 10-15 мл/кг) аввал оқим билан сўнг – томчилатиб юборилади.
Сурункали гепатитларда – катталарга 400 мл дан (тана вазнига 6-7 мл/кг) томчилаб юборилади.
Ўткир қон йўқотишларда – катталарга 1500-1800 мл дан (тана вазнидан 6-7 мл/кг гача). Бундай ҳолларда Ресорбилон инфузияларини касалхонагача бўлган даврда, махсус "Тез ёрдам" машинасида амалга ошириш тавсия этилади.
Операциядан олдинги ва турли жаррохлик муолажаларидан сўнг – 400 мл (тана вазни 6-7 мл/кг) дозада, томчилаб, бир марта ёки такроран, 3-5 кун мобайнида юборилади.
Қон томирларининг тромбооблитерацияга олиб келувчи касалликларида – тана вазни ҳисобидан 8-10 мл/кг, томчилаб, такроран, кунора юборилади. Даволаш курси – 10 та инфузиягача.
6 ёшгача бўлган болаларга, препаратни юбориш дозаси тана вазни ҳисобидан 10 мл/кг, 6 ёшдан 12 ёшгача бўлган болаларга – катталарга бериладиган дозанинг ярми, 12 ёшдан катта бўлган болаларга – худди катталарникидек доза буюрилади.
Nojo'ya samaralari
Алкалоз, анафилактоид реакциялар, ангионевротик шиш, тери тошмаси, эшакеми, қичима, гипертермия бўлиши мумкин. Юрак қон-томир тизими томонидан: артериал босимнинг кўтарилиши ёки пасайиши, тахикардия, хансираш, акроцианоз.
Неврологик бузилишлар: титраш, бош оғриғи, бош айланиши, умумий ҳолсизлик.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Ресорбилонни таркибида фосфат ва карбонат сақловчи эритмалар билан аралаштириш мумкин эмас.
Бошқа дори воситалари учун эритма-ташувчи сифатида қўлланилмайди.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Дори шакли: Инфузия учун эритмалар.
Таркиби:
Сорбитол 60,0 г;
Натрий лактат 19,0 г
Натрий хлориди 6,0 г
Кальций хлориди 0,10 г
Калий хлориди 0,30 г
Магний хлориди 0,20 г
Инъекция учун сув – 1 литргача.
Farmakodinamikasi
Плазма ўрнини босувчи препарат. Реологик, шокка қарши, организмни токсик моддалардан тозаловчи ҳамда ишқорлаштирувчи таъсирга эга. Асосий фармакологик фаол моддалар сорбитол ва натрий лактати ҳисобланади. Жигарда сорбитол аввал фруктозага, кейин глюкозага, сўнг гликогенга айланади. Сорбитолнинг бир қисми шошилинч энергетик эҳтиёжлар учун сарфланади, қолган қисми эса гликоген шаклида заҳира сифатида сақланади. Сорбитолнинг изотоник эритмаси дезагрегант таъсирга эга бўлиб у шу тариқа тўқималар микроциркуляцияси ва перфузиясини яхшилайди.
Бикарбонат эритмасидан фарқли ўлароқ, натрий лактати ёрдамида метаболик ацидознинг мувофиқлаштириш, уни моддалар алмашинувига киришишига қараб, нисбатан секинроқ ҳамда рН даражасининг кескин ўзгаришларисиз кечади. Натрий лактатининг таъсири юборилгандан 20-30 минут ўтиб намоён бўлади.
Натрий хлориди – дезинтоксикацион ва регидратацион таъсирларни намоён қилади. Турли патологик ҳолатларда натрий ва хлор ионлари танқислигини бартараф қилади.
Кальций хлориди – кальций ионлари танқислигини бартараф қилади. Кальций ионлари нерв импульсларини ўтказиш жараёни, скелет ва силлиқ мушакларини қисқариши, миокард фаолияти, суяк тўқимасини шаклланиши ҳамда қон ивиши учун зарурдир.
Калий хлориди – сув-электролит мувозанатини тиклайди. Манфий хроно- ва батмотроп таъсир, юқори дозаларда – манфий ино-, дромотроп ва ўртача сийдик хайдовчи таъсирларини намоён этади. Нерв импульсларини ўтказиш жараёнида иштирок этади. Ацетилхолин миқдорини оширади ва вегетатив нерв тизимининг симпатик бўлимини қўзғатади. Мушак дистрофияси ва миастенияда скелет мушакларини қисқариш жараёнини яхшилайди.
Maxsus saqlash sharoitlari
Қуруқ ва ёруғликдан ҳимояданган жойда, 25 0С дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлансин.
Болалар ололмайдиган жойда сақлансин.
Яроқлилик муддати
3 йил.
Яроқлилик муддати тугаганидан сўнг ишлатилмасин.
Эритма хиралашганда ёки чўкма хосил бўлганида қўлланилмасин.
Chiqarish shakllari