Revit ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
REVIT
REVITUM
Preparatning savdo nomi: Revit
Dori shakli: draje
Bir draje tarkibi:
Faol moddalar:
Retinol palmitati (A vitamini) – 0,00138 g
(2500 XB)
Tiamin gidroxloridi – 0,001 g
Riboflavin – 0,001 g
Askorbin kislotasi – 0,035 g.
Yordamchi moddalar:
Bug‘doy uni – 0,02747 g
Kraxmal patokasi – 0,02857 g
Saxaroza (qand) – 0,40456 g
“Apelsin 508” ovqat xushbo‘yi – 0,00007 g
Asalari mumi – 0,00013 g
Kungaboqar moyi – 0,00013 g
Talk – 0,00069 g
Draje massasi: – 0,5 g.
Ta‘rifi: sariqdan sariq-to‘q-sariq rangligacha bo‘lgan draje.
Farmakoterapevtik guruhi: polivitamin
ATX kodi: A11BA.
Farmakologik xususiyatlari
Umumiy quvvatlantiruvchi, to‘qima almashinuvini boshqaruvchi.
Qo‘llanilishi
Vitaminlarga yuqori ehtiyoj bilan kechadigan holatlarda (yuqori jismoniy va nerv-ruhiy zo‘riqish, ayniqsa atrof-muhitning noxush sharoitlarida, homiladorlik, emizish, ovqatlanishning umumiy buzilishida, o‘tkazilgan infeksion kasalliklardan keyingi sog‘ayish davrida) va infeksion va shamollash kasalliklariga organizmni qarshiligini oshirish uchun kattalar va bolalar uchun profilaktik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, ovqatdan 10-15 minut keyin, 1-2 oy davomida har kuni buyuriladi. Kattalarga 1 drajedan kuniga 3 marta buyuriladi.
3 yoshdan 7 yoshgacha – kuniga 1-2 drajedan, 7 yoshdan 15 yoshgacha – kuniga 2-3 drajedan buyuriladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Tavsiya etilgan dozada klinik ahamiyatga ega o‘zaro ta‘sirlar qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar:
Dozani oshirib yuborilishidan saqlanish uchun polivitamin majmualarini bir vaqtda qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Siydikni rangi sariq rangga bo‘yalishi mumkin, bu mutlaqo xavfsiz hisoblanadi va preparat tarkibida riboflavin borligi bilan tushuntiriladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Ichga qabul qilish uchun tavsiya etilgan.
Homiladorlarga kuniga 1 drajedan 2 marta, emizikli ayollarga kuniga 1 drajedan 3 marta buyuriladi.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaksiya tezligiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi:
Yog‘da eriydigan vitaminlar to‘qimalarda to‘planishi mumkin. Doza oshirib yuborilganida suvda eriydigan vitaminlarga nisbatan ular ko‘proq toksik hisoblanadi.
A vitamini dozasini o‘tkir oshirib yuborilishining simptomlari (bir marta 300000 TB dan 1 mln TB gacha (120-400 draje) qabul qilinganidan keyin 6 soat o‘tgach rivojlanadi): uyquchanlik, lohaslik, diplopiya, bosh aylanishi, kuchli bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, og‘ir darajali qusish, diareya, ta‘sirchanlik, osteoporoz, milklarni qonashi, burun bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi va yara paydo bo‘lishi, lablarni, terini kepaklanishi (ayniqsa kaftni), qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi. Klinik simptomlari qaytuvchandir. Davolash: preparatni bekor qilish; simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
100 drajedan qopqoqcha bilan berkitilgan polietilen bankada.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari