Rinoksilning aptekalardagi narxlari
RINOKSIL KIDS tomchilar 0,025% 10ml N1
|
|
225 ta dorixonada bor
|
27 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
32 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
27 000 so'mdan
Bron qilish
|
RINOKSIL BEBI tomchilar 0,01% 10ml N1
|
|
42 ta dorixonada bor
|
39 200 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
37 000 so'mdan
Bron qilish
|
RINOKSIL KIDS sprey 0,025% 10ml N1
|
|
17 ta dorixonada bor
|
28 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
RINOKSIL sprey 0,1% 10ml N1
|
|
275 ta dorixonada bor
|
20 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
38 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
25 000 so'mdan
Bron qilish
|
RINOKSIL FORMULA+ sprey 0,05% 10ml N1
|
|
286 ta dorixonada bor
|
1 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
32 500 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
10 600 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Rinoksil ko'rsatmalar
- shamollash kasalliklarida (o'tkir rinit);
- burun bo'shliqlarining yallig'lanishida (o'tkir sinusit);
- evstaxiitda;
- allergik rinitda (shu jumladan, pichan isitmasida);
- o'rtacha otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki evstaxiev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi).
Shuningdek burun bo'shlig'ining qo'rishni engillashtirish uchun yoki Jarrohlik muolajalarida ham qo'llanadi.
Ehtiyotkorlik bilan: ko'z ichki bosimi bo'lgan holatda qo'llash, surunkali buyrak etishmovchiligi, aritmiyalar, prostata bezining giperplaziyasi, klinik belgilari (siydikning to'tilishi) bilan, yopiqburchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, feoxromosit, surunkali yurak etishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziyada qo'llash mumkin emas.
- Farmakokinetikasi
- Umumiy ma'lumot
- Tarkibi
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Dozani oshirib yuborilishi
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo'llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so'rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentrasiyasi kam. Ta'siri 15 minutdan keyin namoyon bo'ladi. Ta'sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o'zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.
Umumiy ma'lumot
Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
RInoksil
Rinoxil
Preparatning savdo nomi: Rinoksil
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Ksilometazolin gidroxloridi
Dori shakli: Burun uchun sprey.
Tarkibi:
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: Ksilometazolin gidroxloridi – 0,10 g.
Yordamchi moddalar: evkalipt moyi, benzalkoniy xlorid eritmasi, natriy gidrofosfat dodekagidrati, natriya digidrofosfat digidrati, sorbitol (70% suv eritmasi), natriy xlorid, etil spirti, tozalangan suv.
Ta‘rifi: Rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi: R01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Ksilometazolin alfa-adrenomimetik ta‘sir ko‘rsatadi, periferiq tomirlarni toraytiradi. Tomirlarni toraytiruvchi samarasi oqibatida burun shilliq qavatini shishi va giperemiyasini kamaytiradi. Ajralib chiqadigan sekret miqdorini kamaytiradi, burun yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklaydi, burundan nafas olishni yengillashtiradi. Tumovni va burun bitishini samarali bartaraf qiladi. Ta‘siri bir necha minutdan qeyin boshlanadi va bir necha soat davom etadi.
Evkalipt moyi bakterisid, viruslarga qarshi va fungisid ta‘sirga ega.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda ksilometazolin deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasidagi konsentrasiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).
Qo‘llanilishi
O‘tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); pasientni burun yo‘llaridagi tashxisiy muolajalarga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga bir marta sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin.
Ksilometazolinni sutkada 4 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Sepishda boshni orqaga tashlash tavsiya qilinmaydi.
Davolashning maqsimal davomiyligi – 2 hafta.
Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yo‘naltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tiniq himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlikni burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu ksilometazolinni optimal yuborishiga yordam beradi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatni tez-tez yoqi uzoq qo‘llanganida: shilliq qavatni achishishi, ta‘sirlanishi, burunda sanchilish yoqi quruqlik, aqsirish, gipersekresiya kuzatilishi mumkin.
Kam – burun shilliq qavatini shishi, yurak urishi, yurak ritmini buzilishi, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, taxikardiya, aritmiya.
Juda kam – teri toshmasi (ksilometazolinni qabul qilinishi bilan bog‘liq, hansirash, angionevrotik shish bilan namoyon bo‘luvchi tizimli allergik reaksiyalar). Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida depressiya holati, burun shilliq qavatini atrofiyasi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Miya qobiqlaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezdagi), surunkali tumov, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik, laktasiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ksilometazolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotqorlik bilan: qandli diabetda, YUIQ (stenokardiya), gipertireoz, prostata bezining giperplaziyasi, MAO ingibitorlari, trisiqlik antidepressantlar bilan davolash vaqtida va ularni qo‘llash tugagandan keyin 14 kunlik davrda.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Trisiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, maprotilin va adrenomimetiklarning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Adrenoblokatorlar va kalsiy antagonistlari ksilometazolinning ta‘sirini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ksilometazolinni arterial gipertoniyasi, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireozi bo‘lgan bemorlarga, hamda adrenergiq dori vositalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga buyurishda (uyquchanliq, bosh aylanishi bilan namoyon bo‘luvchi), ehtiyotqorlikka rioya qilish lozim.
Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda faqat qat‘iy ko‘rsatmalar bo‘yicha, shifokorning doimiy nazorati ostida qo‘llash mumqin.
Preparatni uzoq qo‘llash uning ta‘sirini susayishiga burun shilliq qavatining atrofiyasini va dorilardan bo‘lgan rinitli reaktiv gipermiyani rivojlanishiga olib qeladi.
Emizish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparat uzoq vaqt tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida, transport vositalarini yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Preparat tasodifan yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda) aritmiya, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, ongni chalkashishi kuzatilishi mumkin.
Davolash: simptomatik, shifokorning kuzatuvi ostida.
Chiqarilish shaqli
0,1% nazal sprey 10 ml dan to‘q shisha flaqonda. Sepgich-uchlikka tiniq qopqoqcha o‘rnatiladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonallardan berish tartibi
Reseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi:
TK «Flumed-Farm» MCHJ, Moldova Respublikasi.
Qadoqlovchi:
«NIKA PHARM» SHXJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7-tor ko‘chasi, 48-A uy.
www.nikapharm.uz
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: oksimetazolin gidroxloridi - 0,01 g;
yordamchi moddalar: natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi, propilenglikol, 0.1 M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0.1 M gidroksid natriy eritmasi, tozalangan suv.
Ta'rifi: rangsiz yoki biroz sarg'ish tusli, hidsiz tiniq eritma.
Dozirovkasi
Har doim Rinoksil® Bebi ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq qat'iy amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Intranazal qo'llaniladi.
Rinoksil® Bebi 0,01% nazal tomchilari 1 yoshgacha bo'lgan bolalarga burun ichiga qo'llash uchun mo'ljallangan.
Hayotining 4 haftaligigacha bo'lgan bolalarga Rinoksil® Bebini har bir burun katagiga 1 tomchidan sutkada 2 marta buyuriladi.
Hayotining 5 haftaligigacha va 1 yoshgacha har bir burun katagiga 1-2 tomchidan sutkada 2 marta buyuriladi.
Preparatni sutkada 2 martadan ortiq qo'llash mumkin emas.
Qo'llashdan avval flakonni to'ntarib olish lozim. Preparatni go'dak boshini orqaga tashlab, tomizish kerak.
Preparatni bevosita qo'llashdan oldin flakonni tana haroratigacha isitib olish uchun kaftda ushlab turish lozim. Preparatni yuborishdan avval burunni yaxshilab tozalash kerak.
Quyidagi chora-tadbirlarning ham samaradorligi isbotlangan: yoshga bog'liq holda 1-2 tomchi Rinoksil® Bebi tibbiyot paxtasiga tomiziladi va har bir burun teshigi artiladi.
Tavsiya qilingan dozada preparatni shifokor maslahatisiz 3-5 kundan ortiq qo'llash mumkin emas. Agar simptomlar kuchayib borsa yoki 3 kun ichida yaxshilanish sodir bo'lmasa, shifokor bilan maslahatlashish kerak. Preparatni takroran faqat bir necha kundan so'ng qo'llash mumkin.
Preparatni tavsiya qilinganidan yuqori dozalarda faqat shifokor kuzatuvi ostida qo'llash mumkin.
Nojo'ya samaralari
Har qanday dori vositasi kabi, Rinoksil® Bebi ham, har bir iste'molchida kuzatilmasa-da, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Odatda Rinoksil® Bebi yaxshi o'zlashtira olinadi. Preparatni tez-tez va uzoq muddat qo'llashda quyidagilar kuzatilishi mumkin:
Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – burun bo'shlig'i shilliq qavatining achishtirishi yoki qurishi, aksirish, Rinoksil® Bebi preparatini qo'llashdagi samara o'tib bo'lgandan so'ng kuchli burun bitishi xissi (reaktiv giperemiya), ko'rishning buzilishi (ko'zga tushganda). Qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni uzoq muddat va to'xtovsiz ishlatish taxifilaksiya, burun bo'shlig'i shilliq qavatining atrofiyasi va burun bo'shlig'i shilliq qavatining qaytar shishiga (dori vositalari chaqirgan rinit) olib kelishi mumkin.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – AQB ning ortishi, taxikardiya; ehtimoli mavjud: yurak urishining sezilishi.
Asab tizimi tomonidan: kam hollarda: bosh og'rig'i, uyqusizlik; ehtimoli mavjud – bosh aylanishi, xavotir xissi, ta'sirchanlik, uyquning buzilishi (bolalarda).
Boshqalar: ko'ngil aynishi, ekzantema kuzatilishi mumkin.
Agar sizda ushbu yo'riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo'ya reaktsiyalar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, farmasevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringizga yoki farmasevtingizga xabar bering.
Qon-tomirlarini toraytiruvchi vositalar
Preparat boshqa qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat'iy nazar) nojo'ya samaralarining o'zaro kuchayishi mumkin.
Mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalar
Oksimetazolin mahalliy og'riqsizlantiruvchi vositalarining so'rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi.
Mao ingibitorlari (shu jumladan, ularni bekor qilingandan keyin 14 kunlik davri davomida) va trisiklik antidepressantlar
Bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
0,01% li nazal tomchilar 10, 15 ml dan flakonlarda. To'q shishali flakonlar, plastmassa qalpoqcha-pipetkali yoki buraladigan plastmassa qopqoqli flakon-tomchilagich bilan bilan jihozlangan tibbiyotda qo'llanilishi bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton o'ramlarga joylangan.
Farmakodinamikasi
Mahalliy qo'llash uchun adrenomimetik vosita. Preparat qon tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta'sir ko'rsatadi. Alfa 1–adrenoreseptorlarni rag'batlantiradi va aplikasiya joyida qon tomirlarni toraytiradi, yuqori nafas yo'llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni engillashtiradi, venoz sinuslariga qonning oqib kelishini kamaytiradi.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling!
Dozani ahamiyatli oshirib yuborilishida yoki tasodifan ichga qabul qilingandan keyin mioz, ko'ngil aynishi, qusish, tsianoz, gipertermiya, taxikardiya, aritmiya, qon tomir etishmovchiligi, arterial gipertenziya, nafas buzilishlari, o'pka shishi, yurakni to'xtab qolishi kabi simptomlar aniqlanishi mumkin. Bundan tashqari, ruhiy buzilishlar, shuningdek Markaziy asab tizimi faoliyatini buzilishlari rivojlanishi mumkin bo'lib, ular uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, nafasni to'xtashi va komani rivojlanishi bilan birga kechadi.
Davolash: qo'llashni to'xtatish, simptomatik muolaja.
Chiqarish shakllari