Preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqirgan quyidagi infektsion-yallig'lanish kasalliklarda:
Yuqori nafas yo'llarining va LOR a'zolarining infektsiyalari (angina, faringit, sinusit, tonzillit, o'rta otit);
Skarlatina;
Quyi nafas yo'llarining infektsiyalari (bakterial va atipik pnevmoniyalar, щtkir bronxit, surunkali bronxitning zщrayish bosqichi);
Teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari: o'zgarib turuvchi surunkali eritema (laym kasalligining boshlang'ich bosqichi), saramas, impetigo, piodermiya.
Urogenital yo'llarining infektsiyalari, (asoratlanmagan uretrit va/yoki servitsit, kolьpit), shu jumladan urogenital xlamidioz;
Me'da va o'nikki barmoq ichakning Helicobacter Pylori bilan assotsiatsiyalangan kasalliklarida (majmuaviy davolash tarkibida) qo'llanadi.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
|
MIY, jigar tomonidan: ko'ngil aynishi, anoreksiya, dispeptik buzilishlar, diareya, qorinda og'riq bo'lishi mumkin; kam hollarda — qusish, melena, meteorizm, jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi, xolestatik sariqlik, kam hollarda o'lim bilan yakunlanishga olib kelishi mumkin bo'lgan jigar yetishmovchiligi, nekrotik gepatit, bundan tashqari bolalarda – qabziyat, ishtahani pasayishi, gastrit; og'iz bo'shlig'i shilliq qavatining kandidomikozi, pankreatit.
Yurak-qon tomir tizimi tomnidan: yurak urishi, ko'krak qafasida og'riq (1 % va undan kam holatlar), piruet holidagi paroksizmal qorinchalar taxikardiyasi, qorinchalar aritmiyasi, gipotenziya.
Nerv tizimi va sezgi a'zolari tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, vertigo, uyquchanlik; bolalarda – bosh og'rig'i (o'rta otitni davolashda), giperkineziya, havotirlik, jizzakilik, nevroz, uyquni buzilishi og'riq (1 % va undan kam holatlar), paresteziyalar, disgevziya, xushdan ketish, tirishishlar, psixomotor giperfaollik, qabul qilishni yo'qolishi, ta'm sezishni yo'qolishi, miasteniya, ko'rishni buzilishi, eshitish a'zolari va vetibulyar apparat tomonidan buzilishlar, karlik, quloqlarda shovqin.
Siydik-chiqarish tizimi tomnidan: vaginal kandidoz, o'tkir buyrak yetishmovchiligi, shish, nefrit (1 % va undan kam).
Allergik reaktsiyalar: o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, anafilaktik reaktsiyalar, toshma, fotosensibilizatsiya, Kvinke shishi, eshakemi, terini qichishishi, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ko'pshaklli eritema.
Boshqalar: yuqori charchoqlik, holsizlik, soxtamembranoz kolit, eozinofiliya, neytropeniya va neytrofiliya, leykopeniya, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya, artralgiya, alaninaminotransferaza, aspartataminotransferazani oshishi, qonda bilirubinni, qonda kreatinini, qon zardobida mochevinani oshishi, qonda kaliy kontsentratsiyasini o'zgarishi, EKG da QT intervali uzayishi kuzatilishi mumkin.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|