Sagatsefponing aptekalardagi narxlari
SAGASEFPO 100 DT tabletkalari 100mg N10
|
|
17 ta dorixonada bor
|
38 990 so'mdan
Dorixonadan topish
|
SAGASEFPO 200 DT tabletkalari 200mg N10
|
|
21 ta dorixonada bor
|
57 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Sagatsefpo ko'rsatmalar
yuqori va quyi nafas yo'llarining infektsiyalari: tonzillit, faringit, o'tkir sinusit, o'tkir bronxit, pnevmoniya; surunkali bronxitning zo'rayishi (alkogolni suiiste'mol qiluvchi shaxslarda, chekuvchilarda va 65 yoshdan oshgan shaxslarda);
siydik chiqarish yo'llarining asoratlanmagan infektsiyalari (tsistit);
asoratlanmagan gonoreya;
ayollarda anorektal soxasining Neisseria gonorrhoeae chaqirgan asoratlanmagan infektsiyalari;
teri va yumshoq to'qimalarning infektsiyalari;
preparatga sezuvchan mikroorganizmlar chaqirgan boshqa infektsiyalar (MIY infektsiyalari, og'iz bo'shlig'ining infektsiyalari).
sefpodoksimga, preparatning komponentlariga, boshqa sefalosporinlarga yuqori sezuvchanlik.
Extiyotkorlik bilan: penitsillinlarga yuqori sezuvchanlik, xomiladorlik, laktatsiya davri, surunkali kolit, buyrak yetishmovchiligi, “xalqali” diuretiklar va boshqa nefrotoksik dori vositalari bilan birga qo'llash.
Buyraklar funktsiyasining buzilishlarida qo'llanilishi
Buyrak yetishmovchiligida extiyotkorlik bilan buyuriladi.
Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.
100 dan 400 mg gacha preparat bir marta yoki ko'p marta qabul qilinganidan keyin 1,9-3,1 soat o'tgach 1,0-4,5 mg/l terapevtik kontsentratsiyaga erishiladi. Mutlaq biokiraolishi – 50%.
Qon oqsillari bilan bog'lanishi (20-30%).
Dozaning taxminat 30-35% o'zgarmagan xolda 12 soat davomida siydik bilan chiqariladi. T1/2 2,1 dan 2,8 soatgacha o'zgarib turadi.
Buyrak funktsiyasining buzilganda chiqarilishi pasayadi: KK 50-80 ml/minut bo'lganda, T1/2 3,5 soatni, 30-49 ml/minutda – 5,9 soatni, 5-29 ml/minutda – 9,8 soatni tashkil qiladi.
Keksa yoshli shaxslarda, shu jumladan bronx-o'pka infektsiyasi bo'lganlarda T1/2 ni va qondagi kontsentratsiyasini biroz uzayishi kuzatilgan, lekin dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Og'ir turg'un diareya bo'lganida, antibiotiklar bilan o'tkazilayotgan davolash bilan bog'liq bo'lgan soxtamembronoz kolit rivojlanishi extimolini ko'rish kerak. Chunki bu xolat bemorning xayoti uchun xavf solishi mumkin, sefpodoksim proksetil bilan davolashni darxol to'xtatish va muvofiq davolashni buyurish kerak. Peristalьtikaga ta'sir ko'rsatuvchi preparatlarni qo'llash mumkin emas.
Buyrak funktsiyasi buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.
Sefpodoksim proksetil olgan patsiyentlarda, protrombin vaqtining o'zgarishini kam xollari ta'riflangan. K vitaminining yetishmovchiligi (sintezini buzilishi, ovqatlanishni buzilishi) bo'lgan patsiyentlarda davolanish vaqtida protrombin vaqtini nazorat qilish va protrombin vaqti oshganda davolashni boshlashgacha yoki davolash vaqtida K vitaminini buyurish (10 mg/xaftada) talab qilinishi mumkin.
Sefpodoksim proksetil odatda tavsiya etilgan standart dozalardan yuqori dozalarda qo'llangandan keyin, o't qopini UZI da soyalar aniqlanadi, ular yanglishib toshlarga qabul qilinadi. Ular sefpodoksim proksetilning kalьtsiyli tuzlarining pretsipitatlaridan iborat bo'lib, ular davolash yakunlanganidan yoki sefpodoksim proksetil bilan davolash to'xtatilganidan keyin yo'qolib ketadi. Bunday o'zgarishlar kamdan-kam qanday-bo'lmasin simptomatika beradi, lekin bunday xollarda xam faqat konservativ davolash tavsiya etiladi. Agar bu ko'rinishlar klinik simptomatika bilan birga kechsa, unda preparatni bekor qilish xaqidagi qarorni davolovchi shifokor qabul qiladi.
Sefpodoksim proksetil olgan patsiyentlarda, extimol o't-safro yo'llarining obstruktsiyasi oqibatida rivojlanayotgan pankreatitning kamdan-kam xollari ta'riflangan. Bu bemorlarning ko'pchiligida dastlab o't-safro yo'llarida dimlanishning xavf omillari bo'lgan, masalan, oldin o'tkazilgan davolash, og'ir kasalliklar va to'liq parenteral oziqlantirish. Bunda sefpotoksim proksetil ta'siri ostida o't-safro yo'llarida xosil bo'lgan pretsipitatlarning rolini istisno qilish mumkin emas.
Giperbilirubinemiyasi bo'lgan yangi tug'ilgan chaqaloqlarga sefpodoksim proksetilni buyurishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Sefpotoksim proksetilni yangi tug'ilgan, ayniqsa chala tug'ilgan chaqaloqlarda qo'llash mumkin emas, ularda bilirubinli entsefalopatiya rivojlanishini xavfi bor.
Uzoq muddatli davolashda qon manzarasini muntazam nazorat qilish kerak.
Sefpodoksim proksetil bilan davolashda kam xollarda bemorlarda Kumbs sinamasining soxtamusbat natijalari aniqlanishi mumkin. Boshqa antibiotiklar kabi, sefpodoksim proksetil galaktozemiya sinamasiga soxtamusbat natija berishi mumkin. Soxtamusbat natijalar siydikda glyukozani aniqlashga xam olinishi mumkin, shuning uchun sefpodoksim proksetil bilan davolash davomida zarurati bo'lganida glyukozuriyani faqat ferment usuli bilan aniqlash kerak.
Xomiladorlik emizish davrida qo'llanishi
Bolalarda qo'llanilishi
12 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash mumkin emas.
Preparatni laktatsiya davrida buyurishning zarurati bo'lganida, emizishni to'xtatish kerak.
Ichga, ovqatlanish vaqtida
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar:
Юқори ва қуйи нафас йўлларининг инфекциялари |
100 мг дан ҳар 12 соатда |
5-10 кун давомида |
Ўткир касалхонадан ташқари пневмония |
200 мг дан ҳар 12 соатда |
14 кун давомида |
Ўткир максилляр синусит; сурункали бронхитнинг зўрайиши |
200 мг дан ҳар 12 соатда |
10 кун давомида |
Асоратланмаган гонорея, аёллардаги аноректал сохадаги Neisseria gonorrhoeae чақирган асоратланмаган инфекцияларда |
200 мг |
Бир марта қабул қилинади |
Тери ва юмшоқ тўқималарнинг инфекциялари |
400 мг дан ҳар 12 соатда |
7-14 кун давомида |
Сийдик чиқариш йўлларининг асоратланмаган инфекциялари (цистит) 100 мг дан ҳар 12 соатда |
7 кун давомида |
|
Buyraklar funktsiyasining yaqqol buzilishlari (KK 30 ml/minutdan past) bo'lgan patsiyentlarda bir martalik doza ikki marta kamaytiriladi.
Nerv tizimi tomonidan: bosh aylanishi, bosh og'rig'i, ta'sirchanlik, yuqori charchoqlik, uyqusizlik, “daxshatli” tush ko'rishlar.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: xayz ko'rish siklining buzilishi.
Ovqat xazm qilish tizimi tomonidan: ko'ngil aynishi, persistirlanuvchi diareya, ich kelishini kechikishi, gastrit, qusish, qorin og'rig'i, disbakterioz (Clostridium difficile ni o'sishi), soxtamembronoz kolit, so'lak oqishi, meteorizm, ishtaxani pasayishi.
Nafas tizimi tomonidan: yo'tal.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni pasayishi.
Qon yaratish a'zolari tomonidan: trombotsitoz, trombotsitopeniya, leykotsitoz, leykopeniya, limfotsitoz, granulotsitoz, bazofiliya, monotsitoz, neytropeniya, limfotsitopeniya, burundan qon ketishi.
Laboratoriya ko'rsatgichlari: “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfataza faolligini oshishi, giperbilirubinemiya, LDG, GGT, mochevina, kreatininni oshishi, giper- yoki gipoglikemiya, gipoproteinemiya va gipoalьbuminemiya, Hb ni pasayishi, Kumbsning musbat reaktsiyasi, protrombin vaqtini oshishi. Ko'krakda og'riq, ko'p terlash, kuchsizlik.
NYaQP qon ketishi xavfini oshirib, sefalosporinlarning buyraklar orqali chiqarilishini sekinlashtiradi.
N2-gistamin retseptorlarini blokatorlari me'daning rN o'zgartirishi oqibatida biokiraolishini kamaytiradi.
Bilvosita antikoagulyantlarning samarasini oshiradi (ichak mikroflorasini susaytiradi, protrombin indeksini pasaytiradi).
Antatsidlar (natriy gidrokarbonati, alyuminiy gidroksidi) yuqori dozalarda so'rilishini pasaytiradi.
Bakteritsid antibiotiklar bilan bir vaqtda buyurilganda sinergizm, bakteriostatiklar (makrolidlar, xloramfenikol, tetratsiklinlar) bilan – antagonizm nomoyon bo'ladi, aminoglikozidlarning nefrotoksikligini kuchaytiradi.
faol modda: sefpodoksim (proksetil ko'rinishida) – 100 mg yoki 200 mg;
yordamchi moddalar: beta siklodekstrin, laktoza, mannitol, eruvchi kraxmal, natriy xloridi, natriy lauril sulьfati, magniy stearati, tozalangan talьk, suvsiz kremniy kolloidi, kaliy polakrilin (Kyron T 314), quruq ananas aromatizatori, aspartam, natriy benzoati.
Streptococcus spp. (D guruxi), Staphylococcus spp. ning metitsillin-rezistent shtammlari, Corynodacterium spp. (J va K guruxlari), Paeudomonas spp. (shu jumladan Paeudomonas aeruginosa), Listeria monocytogenes, Acinetobacter baumannii, Clostridium difficile, Bacteroides spp. ga nisbatan nofaol. Anaeroblarga nisbatan, Bacteroides, Corynodacter, shu jumladan Yersinia ning ko'pchilik turlari kuchsiz faollikka ega. Citrobacter, Enterobacter, Bacteroides larning xromosomal kelib chiqishga ega bo'lgan sefalosporinazalari tomonidan parchalanadi.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin.
Davolash: gemodializ yoki peritoneal dializ, ayniqsa buyrak funktsiyasining buzilishlari samarali.
Chiqarish shakllari