Oʻtkir xurujlarni yoʻq qilish va uzoq muddatli tutib turuvchi davolash:
oʻtkir va surunkali shizofreniya va boshqa mahsulotli va negativ simptomatikali psixotik buzilishlar;
turli ruxiy kasalliklardagi affektiv buzilishlar;
demensiyali patsiyentlarda tajavvuzkorlik belgilarini (gʻazabni qoʻzgʻashi, jismoniy zoʻravonlik), faoliyatni buzilishi (qoʻzgʻalish, alahsirash) yoki psixotik belgilar paydo boʻlganidagi xulqni buzilishlari;
15 yoshdan boshlab oʻsmirlar va katta patsiyentlarda intellektual darajasi past yoki aqliy rivojlanish kechikkanida, agarda destruktiv xulq kasallikning klinik manzarasida (agressiya, impulsivlik, autoagressiya) yetakchi hisoblangan holatlardagi xulqni buzilishlari.
Bipolyar buzilishlarda maniyani davolashda (yordamchi davolash vositasi sifatida) kayfiyatni barqarorlashtirish uchun.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
|
MNT tizimi tomonidan: uyqusizlik, ajitatsiya, xavotirlik, bosh ogʻrigʻi; baʼzida - uyquchanlik, charchoqlik, bosh aylanishi, diqqatni jamlashni buzilishi, koʻrish aniqligini buzilishi, kam - ekstrapiramid belgilar (shu jumladan tremor, rigidlik, gipersalivatsiya, bradikineziya, akatiziya, oʻtkir distoniya).
Shizofreniyasi boʻlgan bemorlarda - gipervolemiya, kechki diskineziya (asosan til va/yoki yuzni ixtiyorsiz ritmik harakatlari), xavfli neyroleptik sindrom (gipertermiya, mushak rigidligi, vegetativ faoliyatning beqarorligi ongni buzilishi va KFK darajasini oshishi). Termoboshqarishni buzilishi va tirishish xurujlari.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qabziyat, dispepsiya, koʻngil aynishi, qusish, jigar fermentlari faolligini oshishi, ogʻizni qurishi, gipo- yoki gipersalivatsiya, anoreksiya, ishtahani kuchayishi, tana vaznini oshishi yoki kamayishi.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, reflektor taxikardiya, AB ni oshishi. Davolash fonida asosan moyilligi boʻlgan keksa bemorlarda insultlarni rivojlanishi taʼriflangan.
Qon yaratish tizimi tomonidan: neytropeniya, trombotsitopeniya.
Endokrin tizimi tomonidan: galaktoreya, ginekomastiya, hayz koʻrish siklini buzilishi, amenoreya; yakka hollarda - giperglikemiya.
Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: priapizm, ereksiyani buzilishi, eyakulyatsiyani buzilishi, anorgazmiya, siydikni tutib tura olmaslik.
Allergik reaksiyalar: rinit, teri toshmasi, angionevrotik shish, fotosensibilizatsiya.
Boshqalar: artralgiya.
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|
Ma'lumot topilmadi
Batafsil
|