SEMILAKTning aptekalardagi narxlari
SEMILAKT tabletkalari 50mg N10
|
|
1 ta dorixonada bor
|
47 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
SEMILAKT tabletkalari 20mg N10
|
|
8 ta dorixonada bor
|
39 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
SEMILAKT tabletkalari 50mg/20mg N10
|
|
11 ta dorixonada bor
|
47 936 so'mdan
Dorixonadan topish
|
SEMILAKT ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SEMILAKT
SEMILACT
Preparatning savdo nomi: Semilakt
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): spironolakton/furosemid
Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Qobiq bilan qoplangan har bir tabletka saqlaydi:
faol moddalar: spirinolakton – 50 mg yoki 100 mg; furosemid – 20 mg.
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, povidon K25, natriy kraxmalglikolyati, natriy laurilsulfati, magniy stearati.
qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza Ye6, polietilenglikol 6000, titan dioksidi.
Ta‘rifi: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq rangdan deyarli oq ranggacha bo‘lgan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: diuretik vosita.
ATX kodi: S03Ye
Farmakologik xususiyatlari
Semilakt – diuretik va gipotenziv ta‘siri spironolakton va furosemidning xususiyatlarini qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘lgan majmuaviy preparat.
Spironolakton kaliyni tejovchi diuretik, uzoq muddatli ta‘sirga ega bo‘lgan aldosteronning (buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining mineralokortikoid gormoni) spesifik antagonistidir. Aldosteronning reseptorlari bilan bog‘lanib, suv, natriy va xlor ionlarini siydik bilan chiqarilishini kuchaytiradi, kaliy ionlari va mochevinani chiqarilishini kamaytiradi, siydikning kislotaliligini kamaytiradi.
Furosemid kuchli ta‘sir qiluvchi “halqali” diuretiklarga kiradi, natriy, kaliy ionlarini, xloridlarni va magniyni Genle halqasining ko‘tariluvchi bo‘g‘imida, shuningdek buyraklarning proksimal va distal egri naychalarida qayta so‘rilishini bloklaydi, suvni ekskresiyasini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Og‘iz orqali qabul qilinganida spironolakton va furosemid me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi, yuqori darajada biokiraolishligi bilan xarakterlanadi.
Spironolakton jigarda tez metabolizmga uchraydi. Asosiy farmakologik faol metabolitlari bo‘lib 7-α-tiospironolakton, 7-α-tiometilspironolakton va kanrenon (taxminan 50%) hisoblanadi. Kanrenonning maksimal konsentrasiyasi ichga qabul qilinganidan so‘ng 2-4 soatdan keyin erishiladi, uning yarim chiqarilish davri o‘rtacha 12,5 soatni tashkil etadi.
Furosemid organizmda metabolizmga uchrab, glyukuronidni hosil qiladi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 2 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
- yurak yetishmovchiligi, nefrotik sindromdagi (ayniqsa, agar boshqa dori vositalari yetarli darajada samarali bo‘lmasa yoki diuretiklar tomonidan chaqirilgan gipokaliemiya aniqlansa) shish sindromi;
- giperaldosteronizm oqibatida elektrolitlar almashinuvini buzilishlaridagi shishlar va assit;
- jigar sirrozida kuzatiladigan assit;
- arterial gipertenziyada qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Semilakt preparati ichga butun holda, chaynamasdan ovqatlanish vaqtida, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan birga qabul qilinadi.
Dozalash tartibi kasallikning nazologik shakli va suv-elektrolitlar almashinuvi buzilishining yaqqolligini hisobga olib, individual ravishda belgilanadi. Davolashning birinchi 3-6 kunlarida preparat har kuni o‘rtacha 4 tabletkagacha bo‘lgan sutkalik dozada buyuriladi. Samarani bir maromda saqlab turuvchi doza 1 tabletkadan sutkada 3 martagacha qabul qilinadigan dozani tashkil etadi. Klinik samaraning yaqqolligiga qarab bu doza har kuni yoki kunora, yoki 2 kundan keyin buyuriladi. Davolash davomiyligi individual belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Suv-elektrolitlar almashinuvi tomonidan: uzoq vaqt qo‘llanganida giponatriemiya, gipo- yoki giperkaliemiya; kam hollarda – giperurikemiya, giperglikemiya, glyukozuriya.
Markaziy nerv tizimi tomonidan (MNT): bosh aylanishi, uyquchanlik, bosh og‘rig‘i, ataksiya, ongni chalkashishi, quloqlarda shovqin, paresteziyalar, eishitishni pasayishi, ko‘rishning noaniqligi.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qabziyat, pankreatit, xolestatik sariqlik, anoreksiya, og‘iz bo‘shlig‘i va me‘da shilliq qavatini ta‘sirlanishi.
Siydik-tanosil tizimi tomonidan: ereksiyani buzilishi, ginekomastiya (erkaklarda), sut bezlarida og‘riq, dismenoreya, amenoriya, girsutizm, ovozni dag‘allashishi (ayollarda).
Allergik reaksiyalar: tizimli vaskulit, interstisial nefrit, nekrozlanuvchi angiit, eksfoliativ dermatit, ko‘p shaklli eritema, isitma, teri toshmalari, qichishish, eshakemi.
Qon yaratish tizimi tomonidan: kam hollarda – aplastik anemiya, gemolitik anemiya, leykopeniya, agranulositoz, trombositopeniya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- spironolaktonga, furosemidga yoki sulfanilamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
- o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, anuriya;
- jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari (jigar prekomasi va komasi);
- elektrolitlar almashinuvini to‘g‘rilanmaydigan buzilishlari: gipo- yoki giperkaliemiya, giperkalsiemiya, giponatriemiya.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Kaliy preparatlari yoki kaliyni tejovchi diuretiklar (triamteren, amilorid), shuningdek angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan birga qo‘llanganida giperkaliemiya rivojlanishi mumkin;
Spironolakton glyukokortikoidlar, shuningdek surgi vositalari bilan birga qo‘llanganida gipokaliemiya rivojlanishi mumkin;
Spironolakton me‘da-ichak yarasiga qarshi qo‘llanadigan karbenoksolon preparatining samarasini susaytirishi, noradrenalinning vazopressor samarasini kamaytirishi, digoksinning yarim chiqarilish davrini uzaytirishi mumkin;
Salisilatlar spironolaktonning samarasini pasaytirishi mumkin;
Furosemid gipoglikemik vositalar va pressor aminlarning ta‘sirini susaytirishi va salisilatlar, teofillin, litiy preparatlari va qutbsizlantirmaydigan miorelaksantlarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin;
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar (masalan, indometasin) furosemidning ta‘sirini pasaytirishi mumkin;
Furosemid va aminoglikozid antibiotiklari bir vaqtda qo‘llanganida aminoglikozidlarning nefro- va ototoksik samaralari kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Semilakt podagra, qandli diabet bilan xastalangan bemorlarga, jigar va/yoki buyraklar faoliyatini buzilishlarida, nafas va metabolik asidozni rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Semilakt uzoq muddat qo‘llanganida zardobda elektrolitlarning, shuningdek mochevina, kreatinin, glyukoza va siydik kislotasining miqdorini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish kerak.
Semilaktni qabul qilish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish ta‘qiqlanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida preparatni shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha kutilayotdigan foyda, potensial xavfdan ustun bo‘lganda qo‘llash mumkin.
Semilaktni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Preparatni qabul qilishda, ayniqsa davolashning boshida avtotransportni boshqarish va tezkor jismoniy va ruxiy reaksiyalarni talab qiluvchi boshqa ishlarni bajarish ta‘qiqlanadi. Keyinchalik ularni amalga oshirish ehtimoli individual ravishda aniqlanadi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: degidratasiya, aylanib yurgan qon hajmini kamayishi, arterial gipotenziya, elektrolitlar muvozanatini buzilishi, shu jumladan gipokaliemiya, gipoxloremik alkaloz.
Davolash: simptomatik – qon-tomirlar ichidagi suyuqlik hajmini va elektrolitlarning tanqisligini to‘ldirishdan tashkil topgan. Gemodializ furosemidning chiqarilishini tezlashtirmaydi.
Chiqarilish shakli
Qobiq bilan qoplangan tabletkalar. 10 tabletkadan blisterda. 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari