SILKRON-DERM ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SILKRON-DERM
SILKRON-DERM
Preparatning savdo nomi: Silkron-derm
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): betametazon, klotrimazol, gentamisin (betamethasone, clotrimazole, gentamycin)
Dori shakli: krem
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 0,64 mg betametazonga ekvivalent betametazon dipropionati, 10 mg klotrimazol va 1 mg gentamisinga ekvivalent gentamisin sulfati;
yordamchi moddalar: setanol, stearil spirti, suyuq parafin.
Ta‘rifi: oq rangli krem.
Farmakoterapevtik guruhi: teri kasalliklarini davolash uchun qo‘llanadigan kortikosteroidlar boshqa dori vositalari bilan majmuada.
ATX kodi: D07XS01.
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
Silkron-derm quyidagi ta‘sir ko‘rsatish mexanizmlarini o‘zida jamlaydi:
betametazon dipropionatning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri, gentamisinning antibakterial ta‘siri va klotrimazolning zamburug‘larga qarshi ta‘siri o‘zaro mujassam bo‘ladi.
Farmakodinamikasi
Betametazon dipropionat ko‘rinishida yallig‘lanishga, allergiyalarga qarshi va qichishishga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan kuchli ta‘sir ko‘rsatuvchi kortikosteroid (ta‘sir ko‘rsatish sinfi III) hisoblanadi.
Gentamisin antibakterial ta‘sirga ega bo‘lgan aminoglikozid antibiotik hisoblanadi. Uning ta‘siri sezgir mikroorganizmlar oqsillari sintezini susaytirishga asoslanadi. Gentamisin ko‘pgina aerob grammanfiy va ayrim grammusbat bakteriyalarga ta‘sir ko‘rsatadi. In vitro sharoitlarda gentamisin 1-8 mkg/ml konsentrasiyalarda Escherichia coli (ichak tayoqchalari), Haemophilus influenzae (gemofil tayoqchalari), Moraxella lacunata (Moraks-Aksenfeld tayoqchalari), Neisseria (neysseriy), indolmusbat va indolmanfiy proteylar, Pseudomonas (psevdomonas) (shu jumladan Pseudomonas aeruginosa ni ko‘pchilik shtammlari (ko‘k yiring tayoqchalari)), Staphylococcus aureus (tillarang stafilokokk), Staphylococcus epidermidis (epidermal stafilokokk) va Serratia (serrasiy) shtammlari) sezgir shtammlarini o‘sishini susaytiradi. Bitta turning turli turlari va turli shtammlari in vitro sharoitlarda sezgirligida katta farqlarni namoyish qilishlari mumkin. Bundan tashqari, in vitro sharoitlardagi sezuvchanlik har doim ham in vivo sharoitlardagi sezuvchanlikka bilan bir xil bo‘lavermaydi. Gentamisin ko‘pchilik anaerob bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslarga qarshi samarali emas. Gentamisin streptokokklarga faqat minimal darajada ta‘sir ko‘rsatadi.
Gentamisinga nisbatan rezistentlik grammanfiy bakteriyalarda ham, grammusbat bakteriyalarda ham rivojlanishi mumkin.
Klotrimazol zamburug‘larga qarshi sintetik vosita – imidazolning hosilasi hisoblanadi. Ta‘sir doirasi odam va hayvonlar uchun patogen bo‘lgan bir qator zamburug‘larni qamrab oladi.
Klotrimazol dermatofitlar, achitqi va mog‘or zamburug‘lariga qarshi samarali hisoblanadi. In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tahlillar vaqtida klotrimazol Trichophyton rubrum, Trichophyton mentagrophytes, Epidermophyton floccosum, Microsporum canis zamburug‘lari va Candida turiga mansub zamburug‘lar, shu jumladan Candida albicans ga qarshi samarali bo‘lgan. Bugungi kunda mavjud bo‘lgan bilimlarga ko‘ra, klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samarasi ergosterol sintezini bostirishi bilan tushuntiriladi. Ergosterol zamburug‘ hujayralari membranasining hayotiy muhim komponenti hisoblanadi.
Farmakokinetikasi
Silkron-derm preparatining farmakokinetikasi to‘g‘risida ma‘lumotlar mavjud emas.
Betametazon
Normal sharoitlarda mahalliy qo‘llanganida tizimli qon oqimiga betametazonning faqat bir qismigina tushadi. To‘qimalarga o‘tishi va so‘rilishi tana sohasiga, terining holatiga, dori shakliga, preparatning yoshiga va surtish usuliga bog‘liq bo‘ladi.
Gentamisin
Gentamisin jarohatlanmagan teriga surtilganda so‘rilishi kuzatilmaydi. Keratin qavati shikastlanganida, yallig‘lanishlarda, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida yoki terining katta yuzalariga surtilganida teri orqali kuchli so‘rilishini kutish mumkin.
Klotrimazol
Surtilgan klotrimazolning katta qismi terining shox vaqtida qoladi, tizimli qon oqimiga esa juda oz so‘riladi. 1% radioaktiv klotrimazol sog‘lom teriga, shuningdek o‘tkir yallig‘langan teriga surtilgandan keyin 6 soat o‘tgach quyidagi konsentrasiyalarni aniqlash mumkin bo‘ldi: shoh qavatda – 100 mkg/sm³, retikulyar qavatda – 0,5-1 mkg/sm³, teri osti kletchatkasida – 0,1 mkg/sm³.
Qo‘llanilishi
Silkron-derm kortikosteroidlar bilan davolashga sezuvchan bakteriyalar va/yoki zamburug‘lar tomonidan chaqirilgan infeksiyalar allaqachon mavjud bo‘lganda, yoki ularni rivojlanish xavfidan saqlanish kerak bo‘lgandagi dermatozlarni davolash uchun qo‘llanadi. Preparat, eng avvalo, kasallik namlanuvchi jarohatlar bosqichida bo‘lganda qo‘llash uchun to‘g‘ri keladi.
Allergik dermatit, atopik dermatit, seboreyali dermatit, ekzema, bichilish, eksfoliativ dermatit, oddiy surunkali temiratki (neyrodermatitlar) kabi bakterial va zamburug‘lar chaqirgan infeksiyalar yoki terini ikkilamchi infeksiya bilan kortikosteroidlar tomonidan chaqirilgan shikastlanishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
O‘smirlar va kattalar
Kuniga 2 marta (ertalab va kechqurun) terining shikastlangan sohalariga yupqa qilib qo‘yiladi va yengil ishqalanadi, ayni paytda terining butun shikastlangan sohasini, hamda uning atrofidagi sog‘lom terining yuzasini ham qamrab olishi kerak.
Davolash davomiyligi ham klinik kuzatish va mikrobiologik tadqiqotlarning natijalariga, shuningdek davolashga nisbatan javob reaksiyasiga bog‘liq.
Oyoq panjalari mikozida uzoqroq muddat (2-4 hafta) davolash zarurati ko‘rib chiqilishi mumkin.
2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar
Kremning katta bo‘lmagan miqdori terining faqat shikastlangan sohalariga qo‘yiladi va ehtiyotkorlik bilan ishqalanadi. Kuniga ikki martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas, kremni surtishlar orasidagi tanaffus kamida 6-12 soat bo‘lishi kerak. Kremni yuz, bo‘yin, bosh terisi, jinsiy a‘zolar sohasi, rektal soha va terining intertriginoz sohalariga shifokor nazorati ostida surtish kerak. Davolash davomiyligi 5-7 kun bilan cheklanadi.
«Maxsus ko‘rsatmalar» va «Bolalarda qo‘llanishi» bo‘limlariga qarang.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Davolashni boshida
Teri
Kam hollarda: terini ta‘sirlanishi, achishishi, terini qichishishi, quruqligi, preparatning ingredientlaridan birontasiga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari va teri rangini o‘zgarishi.
Terining katta sohalarga, okklyuzion bog‘lovlar ostiga qo‘llanganida va/yoki uzoqroq vaqt davomida qo‘llanganida
Terining katta sohalarga, okklyuzion bog‘lovlar ostiga va/yoki uzoqroq vaqt qo‘llanganida terida mahalliy o‘zgarishlari yuz berishi mumkin. Krem terining katta sohalariga surtilganida tizimli ta‘sir ko‘rsatish (buyrak usti bezi po‘stloq qavati faoliyatini susayish) ehtimoli mavjud.
Infeksiyalarga nisbatan mahalliy qarshilik pasayishi tufayli ikkilamchi infeksiyalarni rivojlanish xavfi mavjudligini hisobga olish lozim.
Teri
Atrofiyalar (ayniqsa yuzdagi), teleangiektaziyalar, striyalar, terining yo‘l-yo‘lsimon atrofiyasi, teri gemorragiyalari, purpura, steroid akne, rozaseaga o‘xshash yoki perioral dermatit, gipertrixoz, shuningdek teri rangini o‘zgarishi kabi mahalliy o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin. Teri rangini o‘zgarishini orqaga qaytishi noma‘lum.
Ba‘zida: gentamisinga nisbatan kontakt sezuvchanlik.
Ayrim pasientlarda yorug‘likka sezuvchanlik kuzatilgan, biroq keyinchalik gentamisin qayta surtilganida ultrabinafsha nurlanishning ta‘siri ostida yorug‘likka sezuvchanlik qaytalanmagan.
Endokrin tizimi
Endogen kortikosteroidlarning sintezini susayishi, shishlar bilan kechuvchi giperkortisizm.
Moddalar almashinuvi
Qandli diabet (avvalgi yashirin shakli namoyon bo‘ladi).
Quloq, ichki quloq/buyraklar
Preparatni terining katta maydonlariga surtish bilan davolash vaqtida yoki preparatni terining shikastlangan sohalariga aminoglikozid antibiotiklar bilan bir vaqtda tizimli qo‘llanganida, ototoksiklik/nefrotoksiklikni kuzatilishi mumkin.
Skelet-mushak tizimi
Osteoporoz, o‘sishni sekinlashishi (bolalarda).
Keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasida qayd etilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Teri infeksiyalari (viruslar, bakteriyalar [shu jumladan tuberkulyoz], shuningdek zamburug‘lar keltirib chiqargan), vaksinalarga nisbatan reaksiyalar, teri yaralari va akne mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan kortikosteroidlarni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar hisoblanadi. Rozasea yoki perioral dermatit mavjud bo‘lganida kremni yuzga surtmaslik kerak.
Preparatning faol yoki yordamchi moddalaridan biriga, boshqa aminoglikozid antibiotiklarga (gentamisin bilan kesishgan allergiya) ga yoki imidazol hosilalariga (klotrimazol bilan kesishgan allergiya) yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Silkron-dermni okklyuzion bog‘lovlar ostida qo‘llash ko‘zda tutilmagan.
Silkron-derm kremini shillik qavatlarga, ko‘z atrofidagi teriga yoki ko‘z yaqin sohalarga surtish mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Jinsiy a‘zolar yoki anal teshik sohalaridagi teri Silkron-derm bilan davolanish vaqtida oq vazelin va quyuq parafin kabi yordamchi moddalar lateksdan tayyorlangan prezervativlarning yirtilishga qarshi mustahkamligini pasayishiga va demak, ularning ishonchliligini yo‘qolishiga olib kelishi mumkin.
Mahalliy qo‘llanganida klotrimazol amfoterisin va boshqa polien antibiotiklarga nisbatan antagonistik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Silkron-derm preparatini qo‘llash oqibatida terini qichishishi yoki sensibilizasiyasi paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatish va tegishli davolashni boshlash kerak.
Agar Silkron-derm preparati terining katta sohasiga surtilsa, xususan uzoq vaqt yoki shikastlangan teriga qo‘llanganida, mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan faol moddalarni tizimli qon oqimiga so‘rilishi kuchayishi mumkin. Bunday sharoitlarda nojo‘ya samaralar, faol moddalar tizimli qo‘llanganidan so‘ng namoyon bo‘lganidek ko‘rinishda rivojlanishi mumkin. Bolalarda qo‘llanganida bunday holatlarda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
Aminoglikozid antibiotiklar bir vaqtda tizimli qo‘llangan hollarda teri orqali so‘rilishi kuchayganida, organizmda to‘planishi oqibatida toksik ta‘sirini (ototoksiklik, neftrotoksiklik) kutish mumkin.
Boshqa aminoglikozid antibiotiklarga kesishgan allergiyani paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olish kerak.
Tarkibida anibiotiklar saqlovchi preparatlar bilan uzoq muddat davolanganda sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlar paydo bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda yoki superinfeksiya rivojlanganida tegishli davolashni boshlash lozim.
Kuchli ta‘sir yoki juda kuchli ta‘sir etuvchi kortikosteroidni yuqori dozalarda va katta yuzalarga qo‘llash yoki okklyuzion bog‘lov ostiga qo‘llash, ayniqsa, endogen kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishini susayishi va metabolik ta‘sir qilishi mumkinligini hisobga olgan holda, faqat shifokorning muntazam nazorati ostida amalga oshirish kerak.
Ochiq jarohatlar va terining shikastlangan sohalarida qo‘llashdan saqlanish kerak.
Uzluksiz qo‘llash muddati, iloji boricha, 2-3 haftadan oshmasligi kerak.
Juda kuchli, kuchli va o‘rtacha ta‘sirga ega bo‘lgan kortikosteroidlarni yuzga va jinsiy a‘zolar sohalariga juda ehtiyotkorlik bilan va 1 haftadan ko‘p bo‘lmagan muddat davomida qo‘llash kerak.
Ko‘z atrofiga odatda faqat kuchsiz ta‘sirga ega bo‘lgan kortikosteroidlar qo‘llanadi (glaukoma).
Kortikosteroidlar preparatning ingredientlariga nisbatan allergik teri reaksiyalari simptomlarini yashirishi mumkin.
Pasientga preparatni terining faqat joriy kasalligini davolash uchun qo‘llash kerakligi va dori vositasini boshqa shaxslarga bermaslik kerakligi to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida kortikosteroidlarni mahalliy qo‘llanishi teratogen ta‘sir ko‘rsatgan. Homiladorlarda qo‘llash to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Aminoglikozidlar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va agar ularni homilador ayollar qabul qilishsa, homilaga zarar yetkazishi mumkin. Homiladorlik davrida aminoglikozidlar, shu jumladan gentamisin qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda ortga to‘liq qaytmaydigan ikki tomonlama tug‘ma karlik kuzatilganligi to‘g‘risida xabarlar tushgan. Homiladorlarda gentamisinni mahalliy qo‘llanishi to‘g‘risida yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q.
Homilador ayollarda klotrimazolni qo‘llash to‘g‘risida yetarlicha ma‘lumotlar yo‘q.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalarida homila uchun hech qanday xavf aniqlanmagan.
Silkron-derm preparatini faqat mutloq zarurat bo‘lgan hollarda qo‘llash kerak.
Silkron-derm preparatini terining katta yuzalariga, ko‘p miqdorda yoki uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas.
Emizish
Gentamisin, klotrimazol va mahalliy qo‘llash uchun kortikosteroidlarning ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q, biroq tizimli qon oqimiga o‘tuvchi kortikosteroidlar ko‘krak sutiga ham o‘tadilar.
Silkron-derm sut bezlariga surtilganda emizish mumkin emas.
Bolalarda qo‘llanishi
Bu dori vositasini 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Pasient bolalarda gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishiga sezuvchanlik va mahalliy qo‘llanadigan kortikosteroidlar chaqirgan ekzogen kortikosteroidlarning faolligi, kattalarga nisbatan ko‘proq darajada namoyon bo‘lishi mumkin, chunki teri yuzasi maydonini tana vazniga nisbatining kattaligi tufayli so‘rilishi jadalroq bo‘ladi.
Bolalarda mahalliy kortikosteroidlar qo‘llanganida gipotalamo-gipofizar-buyrak usti bezi tizimini susayishi, Kushing sindromi, o‘sishni sekinlashishi, tana vaznini oshishini sekinlashishi va bosh miya ichki bosimini oshishi to‘g‘risida xabarlar berilgan. Bolalarda buyrak usti bezi faoliyatini susayishi simptomlari bo‘lib, yuqoridagilar bilan birga, qon plazmasida kortizolning darajasini pastligi va adrenokortikotrop gormon (AKGT) qo‘zg‘atilgandan keyin reaksiyalarning yo‘qligi hisoblanadi. Bosh miya ichki bosimini oshish simptomlari bo‘lib, yuqoridagilar bilan birga liqildoqlarni bo‘rtishi, bosh og‘riqlari va ko‘ruv nervi diskini ikki tomonlama shishi hisoblanadi.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish hususiyati.
Odatda preparat avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy glyukokortikosteroidlar uzoq muddat yoki xaddan ziyod qo‘llanganida ikkilamchi adrenal yetishmovchilikni rivojlanish bilan birga gipofizar-adrenal tizim faoliyatini susayishi va giperkortisizm simptomlari, shu jumladan Kushing sindromi paydo bo‘lishi mumkin.
Ushbu simptomlarni gentamisinning bir martalik dozasini oshirib yuborilishi chaqiradi deb hisoblash mumkin emas.
Klotrimazolni okklyuzion bog‘lov ostiga 6 soat davomida qo‘llash, dozani oshirib yuborilishi simptomlarini rivojlanishiga olib kelmagan.
Gentamisinni xaddan ziyod yoki uzoq muddat qo‘llanishi antibiotikka nisbatan sezgir bo‘lmagan mikroorganizmlarni ortiqcha o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Davolash. Tegishli simptomatik davolash buyuriladi. O‘tkir giperkortisizm simptomlari odatda qaytuvchandir. Zarurat bo‘lganida elektrolitlar muvozanatini korreksiya qilinadi. Preparat surunkali toksik ta‘sir qilganida kortikosteroidlarni asta-sekin bekor qilish tavsiya etiladi. Rezistent mikroorganizmlarni ortiqcha o‘sishi yuz berganida Silkron-derm preparati bilan davolashni to‘xtatish va kerakli davolashni buyurish tavsiya etiladi.
Chiqarilish shakli
Birlamchi o‘rami: 10 g preparat tubalarda. Ikkilamchi o‘rami: 1 tubadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Germetik qutida, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari