SKINAZOLIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SKINAZOLIN®
SKINAZOLIN®
Preparatning savdo nomi: Skinazolin®
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): ketokonazol, klobetazol
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem
Tarkibi:
1 g krem quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: ketokonazol − 10 mg, klobetazol propionati − 0,5 mg,
yordamchi moddalar: oq vazelin, suyuq parafin, oktadesil (stearil spirti), gliserilmonostearat, etilparaben, laurokapram, propilenglikol, natriy laurilsulfati, suvsiz natriy sulfiti, tozalangan suv.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli ok rangli krem
Farmakoterapevtik guruhi: sirtga qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar
ATX kodi D01A
Farmakologik xususiyatlari
Ketokonazol keng ta‘sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita, zamburug‘ning hujayra membranasiga ta‘sir qilib, uning o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi. Farmakologik tadqiqotlar ketokonazolni dermatofitlar (Trichophyton sp., Microsporum sp., Epidermophyton sp. kabilar), saxaromisetlar va Candida albicans ga qarshi haddan tashqari kuchli antimikoz ta‘sirga egaligini namoyish etgan. Zamburug‘ shtammlari ketokonazolning ta‘siriga nisbatan tabiiy chidamlilikka ega emas.
Klobetazol propionati minimal nojo‘ya samaralari bo‘lgan yuqori samarali yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sirga ega bo‘lgan kortikosteroid gormonidir.
Farmakodinamikasi
Ketokonazolning ta‘sir mexanizmi ergosterolning biosintezini ingibisiya qilish va zamburug‘larning membranalaridagi lipid tarkibini o‘zgartirishdan iborat.
Dermatofitlar: Trichophyton, Microsporum, Epidermophyton floccosum; achitqi va Candida achitqisimon zamburug‘lar, Pityrosporum larga nisbatan faol.
Preparat seboreyali ekzema va kepaksimon temiratki bilan bog‘liq kepaklanish va qichishishni tez kamaytiradi.
Klobetazol propionati − sirtga qo‘llash uchun kortikosteroiddir. Teri kasalliklarini davolashda kortikosteroidlarning terapevtik ta‘sir mexanizmi aniq ma‘lum emas. Kortikosteroidlar membranalarning fosfolipidlaridan araxidon kislotani ajratib chiqaradigan fosfolipaza A2 ni ingibisiya qiladigan lipokortinlarning sintezini indusiya qiladi. Shunday qilib, lipokortinlar araxidon kislotaning metabolitlari hisoblangan prostaglandinlar va leykotrienlar kabi yallig‘lanish va allergiyaning kuchli mediatorlarining biosintezini nazorat qiladi.
Farmakokinetikasi
Sirtga qo‘llanganida ketokonazol ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi. Hatto uzoq muddat qo‘llanganida ham ketokonazol qonda aniqlanmaydi.
Klobetazol propionatining gidrokortizonga nisbatan plazma oqsillari bilan bog‘lanish qobiliyati kam, ammo T½ yuqori. Asosan jigarda, qolgan qismi − buyrakda metabolizmga uchraydi. Siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Terining quyidagi zamburug‘li kasalliklarini davolashda qo‘llanadi:
- qo‘l mikozi
- tovon epidermofitiyasi (mikoz)
- teri trixofitiyasi
- qirma (striguщiy) i o‘rab oluvchi temiratki
- terini qichishishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Kuniga ikki marta terining shikastlangan sohalariga yupqa qavat qilib qo‘yiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba‘zida davolash vaqtida krem qo‘yilgan joyda allergik reaksiyalar (achishish, ta‘sirlanish, qichishish, sanchish hissi) paydo bo‘lishi mumkin. Uzoq qo‘llanilishi natijasida teri atrofiyasi va/yoki pigmentasiyasi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Virusli infeksiya (gerpes, o‘rab oluvchi gerpes, suvchechak) bilan teri zararlanganda kremni qo‘llash mumkin emas
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Glyukokortikosteroidlar bilan davolash vaqtida antitelalar ishlab chiqarish kamayishi bilan bog‘liq immunodepressiv xususiyatlarini paydo bo‘lishi mumkinligi tufayli suvchechakka qarshi vaksinasiyasini va boshqa immunizasiya turlarini o‘tkazmaslik kerak. Dori vositasi immunosupressiv preparatlar ta‘sirini kuchaytirishi va immunostimulyasiya qiluvchi ta‘sirni susaytirishi mumkin. Gentamisin, etakrin kislotasi va furosemid bilan bir vaqtda qo‘llanganda buyrak va eshitish a‘zolari shikastlanish xavfi oshadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kremni ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin! Agar krem bexosdan ko‘zlarga tushsa, ularni ko‘p miqdordagi oqava suv bilan yaxshilab yuvish kerak. Shilliq qavatlarga kremni tushishidan saqlanish kerak.
Qichishish xissi yoki qizarish paydo bo‘lgan xollarda preparatni qo‘llashni bekor qilish kerak, ammo preparat surtilgan bo‘lsa tana yuzasidan yuvib tashlash kerak.
Yuz terisi va terining katta sohalariga uzoq vaqt davomida preparatni qo‘llashning zarurati bo‘lganida, shifokorning doimiy kuzatuvi talab qilinadi.
4 haftadan ko‘p uzluksiz qo‘llash mumkin emas, yuzda, qo‘ltiq osti, chov yoki vulva soalarida preparatni uzluksiz qo‘llash 2 haftadan oshmasligi kerak.
Emizikli bolalarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Xususiyatlari o‘zgarganda preparatni qo‘llash mumkin emas.
Homilador va laktasiya davri
Homiladorlik va laktasiya davri preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransport va potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga dori vositasini ta‘sir qilish xususiyati.
Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Krem 10 g eki 15 g dan alyumin tubalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Tubaning kavsharlangan chokida preparatning seriyasi va yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 10-30°S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari