Sorbifer Durulesning aptekalardagi narxlari
SORBIFER DURULES tabletkalari 320mg N50
|
|
170 ta dorixonada bor
|
71 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
95 400 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
83 000 so'mdan
Bron qilish
|
SORBIFER DURULES tabletkalari 320mg N30
|
|
182 ta dorixonada bor
|
55 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
76 300 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
66 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Sorbifer Durules ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
Sorbifer® Durules®
qobiq bilan qoplangan tabletkalar
(temir (II) sulfat/askorbin kislotasi)
Ushbu preparatni qo‘llashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim bo‘lgan ma‘lumotlarni saqlaydi.
- Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uchun uni yana o‘qib chiqish talab qilinadi.
- Agar Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
- Bu dori vositasi Siz uchun shaxsan buyurilgan va Siz uni boshqalarga bermang. Xatto ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham, ularga zarar keltirish mumkin.
- Agar Sizda qandaydir nojo‘ya ta‘sir paydo bo‘lsa, yoki Siz shu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya ta‘sirlarni sezsangiz o‘z shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling (4 bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotlarni saqlaydi:
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi.
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak.
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday qo‘llash kerak.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari.
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak.
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar.
-
Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima va u nima uchun qo‘llaniladi.
- Preparat organizmda temir tanqisligidagi anemiyani davolash uchun qo‘llanadi.
- Ovqat rasioni temirning yetarli miqdorda kirishini ta‘minlamaganda, homilador ayollar va qon donorlarida temir tanqisligini oldini olish uchun qo‘llanadi.
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilishi kerak.
Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletkalarni qabul qilmang agar:
- Sizda ta‘sir etuvchi moddasiga yoki 8 bo‘limida ko‘rsatilgan preparatning biron bir yordamchi moddalariga allergiya bo‘lsa.
- Agar Sizda temirning organizmda ko‘p to‘planishi bilan kechuvchi kasallik bo‘lsa.
- Agar Sizda qizilo‘ngach toraygan bo‘lsa va/yoki me‘da-ichak yo‘llarida o‘zgarishlar (torayishlar) mavjud bo‘lsa.
- Agar Sizda bir necha bor qon quyilgan bo‘lsa.
- Agar Sizda temir tanqisligi bilan kechmaydigan boshqa turdagi anemiyalar, bu anemiyalar fonida temir yetishmovchiligi kelib chiqish xollaridan tashqari.
Tibbiyotda qo‘llashdagi ehtiyotkorlik choralari
Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Ushbu preparat faqat temir yetishmovchiligi bilan kechuvchi kasalliklarida samarali. Davolashni boshlashdan oldin temir tanqisligi holati borligini tasdiqlash kerak. Boshqa temir yetishmovchiligi bo‘lmagan anemiyalarda (infeksiya oqibatidagi anemiya, surunkali kasalliklar bilan kechuvchi anemiyalar) preparatni qo‘llash ortiqchadir.
Temir preparatlarini qabul qilish ahlatni qora rangga bo‘yalishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Tabletkalarni chaqaloqlar va 12 yoshdan kichik bolalarga buyurish mumkin emas.
Boshqa dori vositalari va Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati
Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilingan yoki qabul qilishni rejalashtirgan, xar qanday dori vositalari, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalari haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Sorbifer® Durules® preparatini quyidagi preparatlar bilan birga qabul qilish mumkin emas:
- tetrasiklin, ofloksasin, norfloksasin, levofloksasin, siprofloksasin, moksifloksasin kabi infeksiyani davolovchi preparatlar yoki shunga o‘xshash faol moddalar saqlovchi boshqa antibakterial preparatlar.
- deferroksamin
- rux
- simetidin
- xloramfenikol
- levodopa saqlovchi Parkinson kasalligini davolash uchun preparatlar
- metildopa, kaptopril saqlovchi yuqori arterial bosimni davolash uchun preparatlar
- qalqonsimon bezi gormonlari saqlovchi preparatlari
- yallig‘lanishga qarshi preparatlar, o‘zida penisillamin saqlovchi biriktiruvchi to‘qima kasalliklari va moddalar almashinuv kasalliklarini davolash uchun vositalar (shu preparatlar va temir so‘rilishi kamayishi mumkin).
- kalsiy karbonati yoki magniy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari, alyumin gidroksidi yoki kalsiy karbonati yoki magniy karbonati saqlovchi antasid preparatlari temir tuzlari bilan kompleks hosil qiladi, bu shu preparatlar va temir so‘rilishini kamayishiga olib kelishi mumkin.
- Klodronat yoki rizedronat saqlovchi osteoporozni davolash uchun preparatlar (Sorbifer® Durules® bu preparatlarning so‘rilishini yomonlashtiradi).
Sorbifer® Durules® preparati yuqoridagi preparatlarning samaradorligini kamaytiradi. Agar Sorbifer® Durules® ni yuqorida keltirilgan xar qanday preparatlar bilan majmuaviy qo‘llash zarurati bo‘lsa, unda bu ikkala dori vositalarini qo‘llash orasida kamida 2 soatni tashkil etuvchi intervalga rioya qilish kerak.
Askorbin kislotasi bilan bog‘liq o‘zaro ta‘siri
Sorbifer® Durules® preparatining tarkibiga kiruvchi askorbin kislotasi:
- temir preparatlari shuningdek ovqatlar tarkibidagi temirni so‘rilishini ichakda so‘rilishini yaxshilaydi.
- qonda salisilatlar konsentrasiyasini oshiradi (kristalluriya rivojlanishi xavfini oshiradi).
- benzilpenisillin va tetrasiklin kabi antibiotiklar darajasini oshiradi.
- peroral kontraseptivlar (etinilestradiol) konsentrasiyasini kamaytiradi.
- asetilsalisil kislotasi, peroral kontraseptivlar, yangi tayyorlangan sharbatlar va ishqoriy ichimliklar askorbin kislotasi so‘rilishi va o‘zlashtirilishini kamaytiradi.
- noradrenalin faolligini oshiradi.
- geparin, kumarin hosilalarining antikoagulyant samarasini pasaytiradi.
- organizmdan etil spirtini chiqarilishini tezlashtiradi. Surunkali alkogolizmni davolaganda disulfiramning faolligiga ta‘sir etishi mumkin.
Dori vositalarini majmuaviy qo‘llash to‘g‘risida davolovchi shifokoringizga maslahat uchun murojaat qiling!
Sorbifer® Durules® tabletkalarini ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan qabul qilish
Sorbifer® Durules® ni choy, kofe, tuxum, sut mahsulotlari, dag‘al undan tayyorlangan non, don yormalari yoki paylarga boy ovqat maxsulotlari bilan qabul qilish temir so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Fertillik, homiladorlik va emizish.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb taxmin qilayotgan bo‘lsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirilayotgan bo‘lsangiz, bu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin bu haqida davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Buyurilgan dozalarda Sorbifer® Durules® tabletkalarini homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizayotgan bo‘lsangiz, har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Sorbifer® Durules® avtomobilni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir etmaydi, bunday ma‘lumotlar yo‘q.
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparatini qanday qo‘llash kerak.
Bu preparatni shifokorning qat‘iy ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish kerak. Agar Sizda savollar paydo bo‘lsa davolovchi shifokoringizga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Odatda tavsiya etiladigan dozalar:
Temir yetishmovchiligi natijasida kelib chiqqan anemiyalarni davolash:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar:
1 tabletkadan kuniga ikki marta (ertalab va kechqurun). Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida dozani yarimigacha kamaytirish mumkin (sutkada 1 tabletka).
Temir tanqisligi anemiyasida zarurati bo‘lganida dozani kuniga 3-4 tabletkagacha ikki marta (ertalab va kechqurun) qabul qilish orqali oshirish mumkin.
Homiladorlikda temir tanqisligini oldini olish:
Tavsiya qilinadigan doza bir kunda 1 tabletka yoki homiladorlikning oxirgi ikki uch oyligida (yoki 4 oydan boshlab) ikki kunda 1 tabletka. Agar Sizga dozalashning boshqa tartibi zarur bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz Sizga preparatning kerakli dozasini buyuradi. Davolash davomiyligi qonning qayta laborator tahlili asosida shaxsiy ravishda belgilanadi.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
12 yoshdan kichik bolalarga tabletkalarni buyurish mumkin emas.
Qo‘llash usuli
Tabletkani sindirish yoki chaynash mumkin emas. Tabletkani butunligicha yutish va kamida yarim stakan suv bilan ichish kerak. Tabletkalarni ovqatdan kamida ½ soat oldin qabul qilinadi.
Tabletkalarni pasientga yotgan holda berish mumkin emas.
Tabletkani chaqaloqlar va 12 yoshdan kichik bolalarga berish mumkin emas.
Agar Siz Sorbifer® Durules® tabletkalarini buyurilgandan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.
Agar Siz Sorbifer® Durules® tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Sorbifer® Durules® tabletkasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq qabul qilish kerak. Agar keyingi tabletkani qabul qilish vaqti yaqinlashgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan dozani to‘ldirish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang, chunki Siz o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldira olmaysiz, ammo dozani oshirib yuborishni xavfini oshirishingiz mumkin.
Agar Sizda ushbu dori vositasini qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevtga murojaat qiling.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar
Barcha boshqa dori vositalari kabi, bu preparat ham noxush reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular hamma pasientlarda ham namoyon bo‘lavermaydi.
Quyida sanab o‘tilgan ko‘rinishlardan birontasi kelib chiqqanida, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing:
Tez-tez (100 pasientning 1-10 tasida uchraydi): ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, ich ketishi, qabziyat.
Kam xollarda (10000 pasientning 1-10 tasida uchraydi): qizilo‘ngachda yara paydo bo‘lishi, qizilo‘ngach torayishi, terida toshmalar.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar haqida xabar bering
Nojo‘ya samaralar, shu jumladan ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lgan xollarda, dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Postregistrasion davrda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalar haqidagi xar qanday ma‘lumot ahamiyatga ega, chunki bu xabarlar preparatning xavfsizligi doimo kuzatib turishga yordam beradi.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi xodimlar xar qanday nojo‘ya reaksiyalarga har qanday shubhalar haqida, mahalliy farmakoogohlik idoralariga xabar berishlari majbur.
- Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparatini qanday saqlash kerak.
15-25oS haroratda saqlansin!
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Sorbifer® Durules® tabletka preparatini sifati yomonlashuvining aniq belgilari paydo bo‘lganida (masalan, rangini o‘zgarishi) qo‘llash mumkin emas.
- Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddati o‘tgan vaqti ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlab yuborish mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlash kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslantirilishini oldini olishga yordam beradi.
- Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan tabletka preparati nima saqlaydi.
Ta‘sir etuvchi modda:
xar bir tabletka 320 mg temir (II) sulfati (bu 100 mg Fe (II) ga to‘g‘ri keladi) saqlaydi.
Har bir tabletka 60 mg askorbin kislotasi saqlaydi.
Yordamchi moddalar:
tabletka yadrosi: povidon, polietilen kukuni, karbomer 934 R, magniy stearati.
qobig‘i: gipermelloza, qattiq parafin, makrogol 6000, titan dioksidi, temir (II) oksidi.
Sorbifer® Durules® qobiq bilan qoplangan preparatining tabletka tashqi ko‘rinishi va o‘rami ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi:
Yasmiqsimon, ikki tomoni biroz qavariq, oxra-sariq rangli, bir tomonida “Z” gravirovkasi bo‘lgan o‘ziga hos hidli, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
O‘rami
50 yoki 30 tabletkadan polietilen qopqoqli jigarrang shisha flakonga joylangan. Bir flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutigacha joylangan.
Chiqarish shakllari