Spirivaning aptekalardagi narxlari
SPIRIVA kapsulalar 18mkg N30
|
|
3 ta dorixonada bor
|
149 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
224 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Spiriva ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SPIRIVA®
SPIRIVA
Preparatning savdo nomi: Spiriva®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiotropiy bromidi
Dori shakli: ingalyasiya uchun kukun bilan kapsulalar
Tarkibi:
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 22,5 mkg tiotropiy bromidi monogidrati 18 mkg tiotropiyga ekvivalent;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati 200 M; mikronlangan laktoza monogidrati;
kapsulaning tarkibi: jelatin, propilenglikol, indigokarmin (Ye 132), titan dioksidi (Ye171), temir (II) oksidi (Ye 172).
Ta‘rifi: 3 o‘lchamli och-yashil-zangori rangli, tiniq bo‘lmagan, kompaniya simvoli va TI 01 qora siyoh bilan yozilgan qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsulaning ichidagisi – oq kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: Nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklarini davolash uchun ingalyasion qo‘llanadigan boshqa vositalar. Antixolinergik vositalar.
ATX kodi: R03BB04.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Tiotropiy – klinika amaliyotida ko‘pincha antixolinergik vosita deb nomlanuvchi ta‘siri uzaytirilgan antimuskarin preparat. U M1 dan M5 gacha bo‘lgan muskarin reseptorlarining turli kichik turlariga bir xil yaqinlikka ega.
Nafas yo‘llaridagi M3-reseptorlarining ingibisiya qilinishining natijasi silliq mushaklarning bo‘shashishidir. Bronxlarni kengaytiruvchi samarasi dozaga bog‘liq va kamida 24 soat saqlanadi. Ta‘sirining ahamiyatli davomiyligi, ehtimol ipratropium bilan solishtirganda M3-reseptorlaridan juda sekin dissosiasiyasi bilan bog‘liqdir. Ingalyasion usulda yuborilganida tiotropiy N-to‘rtlamchi antixolinergik vositasi sifatida mahalliy tanlab ta‘sir etuvchi samara ko‘rsatadi, bunda terapevtik dozalarda tizimli antixolinergik nojo‘ya samaralarni chaqirmaydi. M2-reseptorlardan dissosiasiyasi M3-reseptorlariga qaraganda tezroq yuz beradi. Reseptorlarga yuqori yaqinligi va sekinlashgan dissosiasiyasi o‘pkani surunkali obstruktiv kasalliklari (O‘SOK) bo‘lgan pasientlarda yaqqol va davomli bronxlarni kengaytiruvchi samarasini belgilaydi.
Tiotropiyni ingalyasiyasidan keyingi bronxodilyatasiya tizimli emas, balki mahalliy samarasining oqibatidir.
SPIRIVAning bir martalik dozasidan keyin 30 minut o‘tgach 24 soat davomida o‘pka faoliyatini ahamiyatli oshirishi (1 sekunddagi jadal nafasni chiqarilish hajmi JNCHH, o‘pkaning hayotiy sig‘imi O‘HS1) ko‘rsatilgan. Farmakodinamik muvozanatga birinchi hafta davomida erishilgan, yaqqol bronxlarni kengaytiruvchi samara esa 3 kuni kuzatilgan. SPIRIVA pasientlarning ma‘lumotlari bo‘yicha ertalabki va kechqurungi nafas chiqarishni cho‘qqi oqimli tezligini ahamiyatli oshiradi. Bronxodilatasiya SPIRIVA ertalab yoki kechqurun qabul qilinishidan qat‘iy nazar, dozalar orasidagi 24 soatlik interval davomida saqlanadi.
SPIRIVA butun davolash davri davomida hansirashni ahamiyatli kamaytiradi, bu o‘z navbatida kasallikning simptomlari bilan cheklangan jismoniy yuklamani o‘zlashtirilishini ahamiyatli yaxshilaydi.
SPIRIVA O‘SOK zo‘rayishlari sonini ahamiyatli kamaytiradi va birinchi zo‘rayish davrigacha bo‘lgan vaqtni plasebo bilan solishtirganda oshiradi.
SPIRIVA hayot sifatini ahamiyatli yaxshilaydi. Bu yaxshilanish davolashning barcha davrida kuzatiladi.
SPIRIVAni O‘SOK zo‘rayishi bilan bog‘liq gospitalizasiya hollari sonini ahamiyatli kamaytiradi va birinchi gospitalizasiyagacha bo‘lgan vaqtni oshiradi.
Farmakokinetikasi
Tiotropiy bromidi – suvda o‘rtacha eruvchi noxiral to‘rtlamchi ammoniy birikmasi, shuning uchun kukun ko‘rinishida ingalyasiyalar uchun qo‘llanadi. Odatda, ingalyasion qo‘llash usulida ingalyasiyada nafas bilan kiradigan dozaning katta qismi me‘da-ichak yo‘llarida, kami – o‘pkalarda cho‘kadi.
So‘rilishi
Ingalyasion yuborish usulida tiotropiyning mutloq biokiraolishligi 19,5% ni tashkil qiladi, bu preparatni o‘pkagacha yetib borgan fraksiyasi yuqori biokiraolishlikka egaligini ko‘rsatadi. Birikmaning kimyoviy tuzilishidan kelib chiqib (to‘rtlamchi ammoniy birikmasi) tiotropiy me‘da-ichak yo‘llaridan yomon so‘riladi. Xuddi shu sabab tufayli ovqat qabul qilish tiotripiyaning so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Tiotropiy eritmalarini ichga qabul qilish 2-3% teng mutloq biokiraolishlikka ega. Tiotropiyni qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasiga ingalyasiyadan keyin 5 minut o‘tgach erishiladi.
Taqsimlanishi
Preparatning qabul qilingan dozasini 72% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Taqsimlanish hajmi 32 P/kg ga teng. O‘SOK bo‘lgan pasientlarda dinamik muvozanat bosqichida tiotropiyni qon plazmasidagi cho‘qqi konsentrasiyasi, 18 mkg doza kukun bilan ingalyasiya qilinganidan keyin 5 minut o‘tgach 17-19 pg/ml ni tashkil qiladi, so‘ngra tez pasayadi. O‘pkalardagi lokal konsentrasiyasi noma‘lum, lekin qo‘llash usulini hisobga olib, o‘pkalarda yuqori konsentrasiyasiga yo‘l qo‘yiladi.
Tiotropiy gematoensefalik to‘siq orqali o‘tmaydi.
Biotransformasiyasi
Biotransformasiya darajasi ahamiyatsiz. Bu preparatni yosh sog‘lom ko‘ngillilarga vena ichiga yuborilganidan keyin siydikda 74% o‘zgarmagan substansiya aniqlangani bilan tasdiqlanadi. Tiotropiy nofermentativ usul bilan alkogol N-metilskopin va ditienilglikol kislotasigacha parchalanadi, ular muskarin reseptorlari bilan bog‘lamaydi. Tekshirishlarda preparatni (vena ichiga yuborilganidan keyin dozaning 20% dan kamrog‘i) sitoxrom R450 bilan metabolizm bo‘lishini, bu jarayon oksidasiya va keyinchalik glyutation bilan kon‘yugasiya bo‘lib turli metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatadi. Metabolizmining buzilishi CYP 450 2D6 va 3A4 ingibitorlari (xinidin, ketokonazol, gestoden) ishlatilganida kuzatilishi mumkin. Shunday qilib, CYP 450 2D6 va 3A4 preparatning metabolizmida ishtirok etadi. Tiotropiy hatto o‘ta yuqori terapevtik konsentrasiyalarda ham odam jigari mikrosomalarida sitoxrom R450, 1A1, 1A2, 2V6, 2S9, 2S19, 2D6, 2Ye1 yoki 3A ni ingibisiya qilmaydi.
Chiqarilishi
Ingalyasiyadan keyin tiotropiyning terminal yarim chiqarilish davri 5-6 kunni tashkil qiladi. Yosh sog‘lom ko‘ngillilarda vena ichiga yuborilganida umumiy klirensi minutiga 880 ml ni tashkil qiladi, shaxsiy o‘zgaruvchanlikda – 22% ni tashkil qiladi. Tiotropiy vena ichiga yuborilganidan keyin asosan buyraklar orqali o‘zgarmagan holda (74%) chiqariladi. Quruq kukun ingalyasiya qilinganidan keyin buyrak ekskresiyasi dozaning 14% ni tashkil qiladi, qolgan so‘rilmagan qismi ichak orqali chiqariladi. Tiotropiyning buyrak klirensi kreatinin klirensidan yuqori, bu preparatning naychalar sekresiyasini ko‘rsatadi. O‘SOK bo‘lgan pasientlar preparatni sutkada bir marta uzoq muddat qabul qilinganlarida farmakokinetik muvozanatga 2-3 hafta o‘tgach erishiladi, bunda keyinchalik to‘planishi kuzatilmaydi. Tiotropiy vena ichiga yuborilganidan keyin va quruq kukun bilan ingalyasiyadan keyin terapevtik chegaralarda to‘g‘ri chiziqli farmakokinetikaga ega.
Keksa yoshdagi bemorlar
Ko‘pincha buyrak orqali boshqa barcha dori vositalar kabi preparatni chiqarilishi pasientlar yoshi oshishi tiotropiyning buyrak klirensini pasayishi bilan bog‘langan (65 yoshgacha O‘SOK bo‘lgan pasientlarda minutiga 365 ml dan, 65 yoshdan oshgan O‘SOK bo‘lgan pasientlarda minutiga 271 ml gacha). Bu AUC0-6 yoki Smax ko‘rsatkichlarini ahamiyatli oshirishini chaqirmaydi.
Buyrak faoliyatini buzilishlari
O‘SOK va yengil darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 50-80 ml) bo‘lgan pasientlarda tiotropiyni sutkada 1 marta ingalyasion yuborilganda muvozanat holatiga erishilganda buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar (KK > 80 ml/min) nisbatan AUC0-6,ss ni ahamiyatsiz oshishi (1,8-30% yuqori) va Smax,ss ni o‘xshash ko‘rsatkichlari kuzatilgan.
O‘SOK va o‘rtacha yoki yaqqol darajali buyraklar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi <50 ml/min) tiotropiyni vena ichiga yuborilganda qon plazmasida preparatni konsentrasiyasi (AUC0-6,ss 82%, Smax 52% ko‘paydi) O‘SOK va buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar nisbatan ikki barobar oshishiga olib keldi, quruq kukun ingalyasion yuborilganidan keyin qon plazmasidagi konsentrasiyasi ham buni tastiqlaydi.
Jigar faoliyatini buzilishlari
Jigar yetishmovchiligi tiotropiyning farmakokinetikasiga jiddiy ta‘sir ko‘rsatmasligi tahmin qilinadi. Tiotropiy oddiy nofermentativ parchalanish yo‘li bilan faolmas mahsulotlargacha parchalanadi va asosan buyraklar orqali (sog‘lom yosh ko‘ngillilarda 74% gacha) chiqariladi.
Qo‘llanilishi
SPIRIVA o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bo‘lgan pasientlarda tutib turuvchi davolash sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dori vosita faqat ingalyasion qo‘llash uchun mo‘ljallangan.
SPIRIVA ingalyasiya ko‘rinishida XandiXaler ingalyator yordamida ishlatilganida sutkada bir kapsula bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinadi. Tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas.
SPIRIVA kapsulalarini yutish mumkin emas.
Keksa yoshdagi pasientlar SPIRIVAni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilishlari mumkin.
Buyrak faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlar SPIRIVAni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilishlari mumkin. Ammo o‘rtacha yoki og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan SPIRIVA qabul qilayotgan (asosan buyraklar orqali chiqariladigan boshqa preparatlar kabi) pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.
Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar SPIRIVAni tavsiya qilingan dozalarda qabul qilishlari mumkin.
SPIRIVAni bolalarda va 18 yoshgacha o‘smirlarda qo‘llash tajribasi yo‘q.
XandiXaler ingalyatorini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma
SPIRIVA dori vositasini qo‘llashda shifokorning barcha ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qilish kerakligini yodda tuting.
XandiXaler ingalyatori SPIRIVA uchun maxsus ishlab chiqarilgan. U boshqa dori vositalar uchun ishlatilmasligi kerak. Siz XandiXalerni bir yil davomida ishlatishingiz mumkin.
|
|
XandiXaler ingalyatori o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
1. changdan himoyalovchi qopqoqcha; 2. mundshtuk; 3. asos; 4. teshuvchi tugmacha; 5. markaziy kamera. |
|
1. Teshuvchi tugmachaga to‘liq bosib va keyin qo‘yib yuborib changdan himoyalovchi qopqoqchani oching.
|
|
2. Changdan himoyalovchi qopqoqchani, uni yuqoriga ko‘tarib to‘liq oching. Keyin yuqoriga ko‘tarib mundshtukni oching.
|
|
3. Blisterdan SPIRIVA kapsulasini oling (bevosita ishlatishdan oldin) va uni rasmda ko‘rsatilganidek markaziy kameraga (5) qo‘ying. Kapsula kameraga qaysi tomondan joylashtirilishini ahamiyati yo‘q. | |
4. Mundshtukni shilq etgunicha zich yoping, changdan himoyalovchi qopqoqchani ochiq qoldiring. | |
5. XandiXaler mundshtukni yuqoriga qilib ushlagan holda, teshuvchi tugmachani oxirigacha faqat bir marta bosing va keyin qo‘yib yuboring. Shunday qilib, teshik hosil bo‘ladi, u orqali preparat nafas olish vaqtida kapsuladan ajralib chiqadi. | |
6. Nafasni to‘liq chiqaring.
Diqqat: hech qachon mundshtukka nafas chiqarmang:
|
|
7. XandiXalerni og‘izga oling va lablarni munshtuk atrofida zich yoping. Boshingizni to‘g‘ri tutib, sekin va chuqur, ammo shu vaqtda kapsulani tebranishini eshitish yoki sezish uchun yetarli darajada nafas oling. O‘pkalar to‘liq to‘lgunicha nafas oling, keyin nafasni bir vaqtda XandiXalerni og‘izdan chiqarib, diskomfort his qilguningizcha tutib turing. Nafas olishni xotirjam davom ettiring. Kapsula to‘liq bo‘shagunicha 6 va 7 muolajalarni qaytaring.
|
|
8. Muntdshtukni yana oching. Ishlatilgan kapsulani tashlab yuboring. Mundshtuk va changdan himoyalovchi qopqoqchani yoping. | |
XandiXalerni tozalash.
XandiXalerni tozalashni 1 oyda 1 marta o‘tkazing. Mundshtuk va changdan himoyalovchi qopqoqchani oching. Keyin teshuvchi tugmachani ko‘tarib ingalyator asosini oching. Ingalyatorni iliq suvda kukun to‘liq yo‘qolgunicha yaxshilab yuving. XandiXalerni qog‘ozli sochiq bilan arting va ochiq mundshtuk asosi va changdan himoyalovchi qopqoqchasi bilan havoda 24 soat davomida quritish uchun qoldiring. Asbob tozalanganidan keyin yo‘riqnomaga muvofiq u keyingi ishlatishga tayyor bo‘ladi. Zarurati bo‘lganida mundshtukning tashqi yuzasini nam, ammo xo‘l bo‘lmagan gazlama yordamida tozalash mumkin. |
|
Blisterni ochish
A. Blister tasmasini teshikli yo‘l bo‘ylab ajrating.
|
|
B. Blisterning tasmasini bevosita ishlatish oldidan bir kapsula to‘liq ko‘rinishi uchun oching.
Agar kapsula tasodifan ochilib qolsa (havoning ta‘siriga uchrasa) uni ishlatish mumkin emas.
|
|
V. Kapsulani oling.
|
Kapsulalar yuqori va past haroratlar ta‘siriga uchramasligi kerak.
SPIRIVA kapsulasida ozgina miqdordagi kukun saqlanadi, shuning uchun kapsula to‘liq to‘ldirilmagan.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya ta‘sirlarining ko‘pchiligini SPIRIVAning antixolinergik xususiyatlariga kiritish mumkin.
Tez-tezligi quyidagicha ko‘rsatilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000), yoki noma‘lum (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida baholash mumkin emas).
Moddalar almashinuvi tomonidan: noma‘lum – degidratasiya.
Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta‘m buzilishi; kam hollarida – uyqusizlik.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni noaniqligi; kam hollarda – glaukoma, ko‘z ichki bosimini oshishi.
Yurak – qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas – lipillovchi aritmiya; kam hollarda – supraventrikulyar taxikardiya, taxikardiya, yurak urishi.
Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – faringit, disfoniya, yo‘tal; kam hollarda – bronxospazm, burundan qon ketishi, laringit, sinusit.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez – og‘izni qurishi; tez-tez emas – gastroezofageal reflyuks kasalligi, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘ining kandidozi; kam hollarda – ichak tutilishi, shu jumladan falajli ileus, gingivit, tilni yallig‘lanishi, yutishni qiyinlashishi, stomatit, ko‘ngil aynishi; noma‘lum – karies.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan: tez-tez emas – toshma; kam hollarda – eshakemi, qichishish, o‘ta yuqori sezuvchanlik, shu jumladan darhol kechuvchi reaksiya, angionevrotik shish; noma‘lum – teri infeksiyalari va yaralari, terining quruqligi.
Mushak-skelet va biriktiruvchi to‘qima tomonidan: noma‘lum – bo‘g‘imlarni shishi.
Buyraklar va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan: tez-tez emas – dizuriya, siydikni tutilishi; kam hollarda – siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari.
Nazorat qilingan klinik tadqiqotlarda dori vositani tez-tez uchraydigan noxo‘sh samaralari antixolinergik xususiyatlari bilan bog‘liq va taxminan 4% pasientlarda og‘izni qurishi yuzaga keldi. 28 klinik tadqiqotlarda tiotropiy qabul qilgan 9647 pasientdan 18 nafarida og‘izni qurishi preparatni bekor qilishiga olib keldi.
Preparatni antixolinergik xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy noxo‘sh samaralar glaukoma, qabziyat, ichak tutilishi, shu jumladan falajli ileus va shuningdek siydik tutilishi o‘z ichiga oladi.
Yoshi o‘tgan sari antixolinergik samaralar uchrashish tez-tezligi oshishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
SPIRIVAni tiotropiy bromidi, atropinga yoki uning hosilalariga jumladan, ipratropiy yoki oksitropiyga, yoki yordamchi modda sutli oqsillar saqlovchi laktoza monogidratiga yuqori sezuvchanlik bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Garchi boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘sirining rasmiy tekshirishlari o‘tkazilmagan bo‘lsada tiotropiy bromidi odatda O‘SOK ni davolash uchun ishlatiladigan boshqa preparatlar, simpatomimetiklar, metilksantinlar, peroral va ingalyasion glyukokortikosteroidlar bilan, dorilarning o‘zaro ta‘sirini har qanday klinik tasdiqlanishlarisiz majmuada qo‘llanadi.
Uzoq muddat ta‘sir etuvchi beta-adrenoreseptorlarni agonistlari yoki ingalyasion kortikosteroidlarni tiotropiyni ekspozisiyasiga samarasi aniqlanmagan.
Boshqa antixolinergik preparatlar va tiotropiya bromidini bir vaqtda birga qo‘llash o‘rganilmagan va shuning uchun tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
SPIRIVA samarani bir maromda saqlab turuvchi davolash uchun sutkada bir marta qo‘llanuvchi bronxolitik vositadir. Bu dori vositasi bronxospazmning o‘tkir xurujlarida, ya‘ni shoshilinch holatlarda boshlang‘ich davolash sifatida ishlatish mumkin emas.
SPIRIVAning ingalyasiyasidan keyin yuqori sezuvchanlikning darhol turi rivojlanishi mumkin.
Boshqa antixolinergik preparatlar kabi SPIRIVAni yopiqburchakli glaukomasi, prostata bezining giperplaziyasi yoki qovuq bo‘ynining obstruksiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Preparatlarning ingalyasiyasi bronxospazmga olib kelishi mumkin.
Yaqinda o‘tqazgan miokard infarkti (<6 oydan), har qanday nostabil yoki hayotga xavf tug‘diruvchi yurak ritmini buzilishlari, yoki aralashuvlar talab etuvchi yurak ritmini buzilishi, yoki o‘tgan yil davomida dorilar bilan davolashni o‘zgarishi, o‘tgan yil davomida yurak yetishmovchiligi bo‘yicha (Nyu-York kardiologik assosiasiyasini tasnifi, NYHA, III yoki IV sinfi) gospitalizasiya bo‘lgan pasientlarda tiotropiy extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Quyidagi pasientlar guruhi klinik tadqiqotlarda qatnashmagan chunki quyidagi holatlarda preparatni antixolinergik samarasi ta‘sir qilishi mumkin.
O‘rtacha yoki yaqqol buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar (kreatinin klirensi £50 ml/min) agar kutilayotgan foyda mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lganida tiotropiya bromidi qabul qilish mumkin. Preparatni uzoq muddat qo‘llash bo‘yicha og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.
Pasientlar kukunni ko‘zga tushishdan saqlanish to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Pasientlar preparatni ishlatish qoidalari bilan tanishtirish kerak. Kukun ko‘zga tushganda cho‘kma yoki yopiqburchakli glaukomaning o‘tkir xuruji, ko‘zlarda og‘riq yoki diskomfort, vaqtincha ko‘rishni noaniqligi, kon‘yunktival giperemiyasi va shoxpardani shishi natijasida ko‘rish oreolalari yoki rangli obrazlar bilan ko‘zni qizarishi paydo bo‘lishi mumkin. Har qanday yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar paydo bo‘lsa pasient tiotropiya bromidini qabul qilishni to‘htatish va darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Antixolinergik vositalar qo‘llangandagi og‘iz qurishi uzoq muddat kuzatilsa karies paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
SPIRIVAni kuniga bir martadan ortiq qo‘llash mumkin emas.
SPIRIVA kapsulalarini faqat XandiXaler ingalyatori bilan qo‘llash kerak.
Bir kapsula 5,5 mg laktoza monogidrati saqlaydi.
Homiladorlik va laktasiya
Homiladorlik vaqtida tiotropiyani qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar chegaralgan. Hayvonlarda o‘tqazilgan tadqiqotlar terapevtik dozalar qo‘llanganda reproduktiv tizimiga bevosita yoki bilvosita salbiy ta‘siri aniqlanmagan. Ehtiyotkorlik choralari sifatida homiladorlikda SPIRIVAni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Tiotropiya bromidi ayollar ko‘krak sutiga o‘tishi noma‘lum. Kemiruvchalarda o‘tqazilgan tadqiqotlar tiotropiyning ozgina miqdori ko‘krak sutiga chiqarilishidan dalolat berishiga qaramasdan, SPIRIVAni emizish davrida qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Tiotropiya bromidi uzoq muddat ta‘sir etuvchi vosita hisoblanadi.
Emizishni davom ettirish/to‘htatish yoki SPIRIVA preparati bilan davolashni davom ettirish/to‘htatish haqidagi qarorni bola uchun emizish foydasi va ayol uchun SPIRIVA bilan davolash foydasini baholangandan keyin qabul qilish kerak.
Tiotropiyni odamning fertilligiga ta‘siri bo‘yicha klinik ma‘lumotlar yo‘q. Klinikagacha bo‘lgan tekshirishlar fertillikka har qanday noxush ta‘sirini namoyish qilmagan.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Dori vositasini avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish bo‘yicha tekshirishlar o‘tkazilmagan. Biroq preparat qabul qilinganida bosh aylanishi va ko‘rishning noaniqligi avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
SPIRIVA yuqori dozalarda qo‘llanganida antixolinergik ta‘sirining belgilari bo‘lishi mumkin.
Ammo tizimli antixolinergik nojo‘ya samaralar tiotropiyni 340 mkg gacha bo‘lgan bir martalik ingalyasion dozada sog‘lom ko‘ngillilar qabul qilinganidan keyin aniqlanmagan. Sog‘lom ko‘ngillilarda bir martalik sutkalik 170 mkg doza 7 kun davomida qabul qilinganida og‘izni qurishi kuzatilgan. u davolash davom ettirilganida yo‘qolgan. Tiotropiyning ko‘p martalik dozalarining samarasi o‘rganilgan tekshirishlarda maksimal 36 mkg preparatni 4 haftadan ko‘proq olgan O‘SOK bo‘lgan pasientlarda yakka nojo‘ya samarasi kuzatilmadi.
Kapsulalarni tasodifan ichga qabul qilish bilan bog‘liq o‘tkir intoksikasiyaning ehtimoli, preparatni past biokiraolishligi tufayli kam.
Chiqarilish shakli
Ingalyasiya uchun kukunli kapsulalar 18 mkg.
10 kapsuladan PVX/alyuminiy folga blisterda. 3 blister XandiXaler ingalyatori bilan yoki ingalyatorsiz qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin. Yuqori harorat, quyosh nurlari va boshqalar ta‘siriga yo‘l qo‘yilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Blister ochilganidan keyin 9 kun davomida ishlatish mumkin.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari