Steklovidnoe telo ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
STEKLOVIDNOE TELO
CORPUS VITREUM
Preparatning savdo nomi: Steklovidnoe telo.
Dori shakli: in‘eksiya uchun suyuqlik
Bir ampulaning tarkibi:
shishasimon tana – 2 ml.
Ta‘rifi: tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik.
Yengil tovlanishi, mayda kristall va to‘qimaviy osilma bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: boshqa dori vositalari.
ATS kodi: V03AX.
Farmakologik ta‘siri
Farmakodinamikasi
Qoramol ko‘zlari shishasimon tanasidan olinadigan, hayvonlardan olinadigan preparatdir.
Preparatning farmakologik ta‘siri suyak va biriktiruvchi to‘qimaning metabolizmini muvofiqlashtirishdan iborat. Shishasimon tana chandiq to‘qimasini yumshatish va so‘rilib ketishi, sinishlarda suyak qadog‘i hosil bo‘lishini tezlashtirish va periferik nervlar shikastlanganida og‘riqni kamaytirish uchun qo‘llanadi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
- polinevrit, radikulit, nevralgiya, fantom og‘riqlar;
- operasiyadan keyingi erta davrda biriktiruvchi to‘qimani haddan tashqari o‘sib ketishini oldini olish;
- kuygan, operasiyadan keyingi, keloid va boshqa chandiqlarni davolash;
- bo‘g‘imlar kontrakturasi;
- sinishlarda suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Har kuni 2 ml dan teri ostiga yuboriladi. Davolash kursi nevralgiyalarda – 8-10 kun, chandiq, kontraktura va sinishlarda – 25 kungachani tashkil qiladi.
Takroriy davolash kurslari bir oydan keyin yoki undan keyinroq tavsiya etiladi.
Davolash kursi davomiyligi shaxsiy ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Og‘riqni kuchayishi va yallig‘lanish shaklida allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin; eshakemi, qichishish, toshma, teri giperemiyasi, eritema, anafilaktik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Infeksion kasalliklar, o‘tkir yallig‘lanish jarayonlari, kaxeksiya, nefrit, nefroskleroz, jigar sirrozi, II va III bosqichdagi yurak yetishmovchiligi, onkologik kasalliklar. Homiladorlik va laktasiya davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Preparat boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida salbiy ko‘rinishlari aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Anamnezida og‘ir allergik holatlari bo‘lgan pasientlarga preparat ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Dori vositasini homiladorlarda va emizish davrida ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun ushbu preparatni bu davrlarda qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
“Steklovidnoe telo” dori vositasini qo‘llanganida dozasini oshirib yuborilishini holatlari hozirgi vaqtgacha ta‘riflanmagan.
Chiqarilish shakli
2 ml dan ampulalarda №10 o‘ramda yoki kontur uyali o‘ramda №5x1, №5x2.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari