STRESSI ko'rsatmalar
-antistress, depressiv holatda;
-nerv tizimining tonusini oshirish uchun;
-ruhiy buzilishlar va tutqanoqda;
-isteriya, nerv qo'zg'aluvchanlik, yurakni tez urib ketishida;
-uyquni buzilishi, uyqusizlikda;
-vegeto-tomir distoniyasi, zo'riqish, toliqish, ta'sirchanlik, bezovtalikda;
-aqliy va psixologik zo'riqishda;
-yoqimsiz va shilqim g'oyalarda;
-xotirani yaxshilash va mustahkamlashda;
-diqqatni jamlash va xotira pasayganida;
-organizm o'zini his qilishi va umumiy holsizligi yomonlashganida;
-immunitet pasayganida, tez-tez shamollashda qo'llanadi.
Ushbu dori vositasini 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga qo'llash mumkin emas.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng qo'llash mumkin emas.
Faol moddalar:
Hindiston valerianasi (Valeriana walliach) 200 mg;
Ashvaganda (Withania somnifera) 150 mg;
Yanchilgan pichan (Convolvulus pluricaulis) 50 mg;
Bakopa Mone (Bacopa monnieri) 50 mg;
Osiyo tsentelli (Centella asiatica) 50 mg;
Yordamchi moddalar: natriy metilparaben, natriya propilparaben, aerosil.
Uyqusizlikda yoki uyquni buzilishida 1-2 kapsuladan uxlashdan 1 soat oldin qabul qilinadi.
Ushbu dori vositasi bilan aniq belgilangan davolash kursi yo'q. Preparatni qabul qilish to'xtatilganidan so'ng bekor qilish sindromi kuzatilmaydi.
Yaxshi natijaga erishish uchun dori vositasini qabul qilgandan so'ng televizor ko'rish va radioprogrammalar va kassetalar eshitish mumkin emas.
Ashvaganda ekstrakti (Withania somnifera) uxlatuvchi ta'sirga ega va uyqusizlikda sedativ vosita sifatida yaxshi samara ko'rsatadi. U adaptogen ta'sirga ega. Antistress faollikka ega.
Yanchilgan pichan ekstrakti (Convolvulus pluricaulis) arterial bosim yuqori bo'lganida va trankvilizator sifatida ishlatiladi. Bosh miyaning tonusini oshiruvchi ta'sir ko'rsatadi va xotirani yaxshilash va mustahkamlash uchun qo'llanadi. Aqli zaiflik va tutqanoq kabi ruhiy buzilishlarda ham ishlatiladi, shuningdek uyquni mustahkamlaydi.
Bakopa Mone ekstrakti (Becopa moniery) sedativ va trankvilizasiyalovchi ta'sirlarga ega. U depressiyalarda, isteriyada, tutqanoqda va aql zaiflikda, shuningdek asab tolalarining tonusini oshiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Osiyo tsenteli ekstrakti (Centella asiatica) trankvilizasiyalovchi, sedativ, spazmolitik va amyobaga qarshi hususiyatlarga ega, tinchlantiruvchi va antistress ta'sir ko'rsatadi. Bosh miyaning tonusini oshiruvchi vosita sifatida yaxshi samaradorlik ko'rsatadi.
Yaroqlilik muddati -3 yil.
Chiqarish shakllari