Sulfatsilning aptekalardagi narxlari
SULFASIL tomchilar 300 mg 10ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
9 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Sulfatsil ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SULFASIL
SULFACIL
Preparatning savdo nomi: Sulfasil
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): sulfacetamide
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
1 ml tomchi quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 100% moddaga qayta hisoblaganda 200 mg yoki 300 mg sulfasil natriy;
Yordamchi moddalar: natriy tiosulfati; rN 8,0 gacha 1 M xlorid kislotasi; in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Oftalmologiyada qo‘llanadigan vositalar. Sulfanilamidlar.
ATX kodi: S01A B04.
Farmakologik xususiyatlari
Sulfasil grammusbat va grammanfiy bakteriyalar – streptokokklar, pnevmokokklar, gonokokklar, ichak tayoqchalari, xlamidiya, aktinomisetlarga nisbatan bakteriostatik samaraga ega. Ta‘sir mexanizmi paraaminobenzoy kislotasi (PABK) bilan raqobatli antagonizmi va digidropteroatsintetazani raqobatli susaytirishi bilan bog‘liq, bu purin va pirimidin asoslarining sintezi uchun zarur bo‘lgan tetragidrofolat kislotasining sintezini buzilishiga olib keladi. Buning natijasida bakteriya xujayralari nuklein kislotalarining (DNK va RNK) sintezini buzadi va ularning ko‘payishini tormozlaydi.
Kon‘yunktivaga tomizilganida sulfasil ko‘z to‘qimalariga kiradi. Asosan mahalliy ta‘sir ko‘rsatadi, ammo preparatning bir qismi yallig‘langan kon‘yunktiva orqali so‘riladi va tizimli qon aylanishiga tushadi.
Qo‘llanilishi
Preparatning ta‘siriga sezgir bakteriyalar chaqirgan ko‘zning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari: kon‘yunktivitlar, blefaritlar, shox pardaning yiringli yaralari, kattalar va bolalardagi ko‘zning gonoreyali kasalliklari. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga Sulfasilning 300 mg/ml eritmasi shikastlangan ko‘zga 2-3 tomchidan sutkada 5-6 marta (har 4-5 soatda) qo‘llanadi.
Bolalarga Sulfasilning 200 mg/ml eritmasi shikastlangan ko‘zga 1-2 tomchidan sutkada 4-5 marta qo‘llanadi.
Davolash kursining davomiyligini kasallikning xarakteri va og‘irligiga qarab shifokor belgilaydi. Kursning o‘rtacha davomiyligi – 7-10 kun.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda blennoreyani oldini olish uchun, bevosita tug‘ilganidan keyin har bir ko‘zga Sulfasilning 300 mg/ml eritmasi 2 tomchidan tomiziladi, so‘ngra 2 soat o‘tgach 2 tomchidan tomiziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ayrim hollarda ko‘z to‘qimalarini ta‘sirlanishi (qizarish, qichishish, qovoqlarni shishi, achishish, ko‘z yoshini oqishi), allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezidagi preparatning komponentlariga va sulfanilamidlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Novokain, dikain, anestezin bilan birga qo‘llanganida bakteriostatik samarasi kamayadi; difenin, PASK, salisilatlar Sulfasilning toksikligini kuchaytiradi; bilvosita ta‘sir qiluvchi antikoagulyantlar bilan qo‘llanganida ularning spesifik faolligi oshadi. Sulfasil mahalliy qo‘llanganida kumush tuzlari bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Furosemid, tiazid diuretiklar (gidroxlorotiazid), sulfonilmochevina hosilalari (glibenklamid), karboangidraza ingibitorlariga (diakarb) yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlar, Sulfasilga yuqori sezuvchanlikka ega bo‘lishlari mumkin.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. Homiladorlik yoki emizish davrida Sulfasil terapevtik dozalarda faqat shifokorning buyurishi bo‘yicha “xavf/foyda” nisbatini hisobga olib qo‘llanadi.
Bolalar. Preparat bolalarni davolash uchun qo‘llanadi.
Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Aniqlanmagan.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat tez-tez qo‘llanganida qovoqlarni qizarishi, qichishishi, shishi, ko‘zning shilliq qavatini ahamiyatli darajada ta‘sirlanishi mumkin. Bunday hollarda davolash Sulfasilning pastroq konsentrasiyasi bilan davom ettiriladi, zarurati bo‘lgan holda preparat bekor qilinadi va simptomatik davolash buyuriladi.
Chiqarilish shakli
5 yoki 10 ml dan flakonda. 1 flakondan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 8ºS dan 15ºS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilganidan keyin yaroqlilik muddati – 28 sutka.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari