Superkain forte ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SUPERKAIN FORTE
SUPERCAINUM FORTE
Preparatning savdo nomi: Superkain forte
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): artikain gidroxloridi, epinefrin gidroxloridi.
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
40 mg artikain gidroxloridi, 0,012 mg epinefrin gidroxloridi, 0,5 mg natriy metabisulfiti, 1,0 mg natriy xloridi.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki deyarli rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: Mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalar.
ATX kodi: N01BB58
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat:
Artikain gidroxloridi – infiltrasion va regional og‘riqsizlantirish uchun mo‘ljallangan tiofenlar guruhiga kiruvchi amidlar turidagi mahalliy anestetikdir. Ta‘sir mexanizmi neyronlar membranasini barqarorlashtirish va nerv tolalarida impulslarni paydo bo‘lishi va o‘tkazilishini to‘xtatishi bilan bog‘liq. Ta‘siri tez rivojlanadi (latent davri 1-3 minut) va og‘riqsizlantirish samarasi juda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Epinefrin gidroxloridi (adrenalin) – adrenomimetik, in‘eksiya qilingan joyda kapillyarlarni toraytiradi, natijada artikainni so‘rilishini kamaytiradi va uning ta‘sirini uzaytiradi.
Jarrohlik anesteziyasining samarali davomiyligi kamida 75 minutni tashkil qiladi. Jarohatlarni bitishi asoratsiz kechadi, bu to‘qimalar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilishi va minimal tomirlarni toraytiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Preparatning tarkibida epinefrin miqdori kam bo‘lganligi sababli uni yurak-tomir tizimiga ta‘siri kam.
Farmakokinetikasi
Artikain og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavati ostiga yuborilganda yuqori diffuzion xususiyatga ega (epinefrin bo‘lmaganida). Plazma oqsillari bilan 95% bog‘lanadi. Yarimchiqarilish davri 25,3 minutni tashkil qiladi. Dori vositasi minimal darajada yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi va ko‘krak suti orqali amalda chiqarilmaydi.
Qo‘llanilishi
Stomatologiyada quyidagi operasiya va muolajalarda infiltrasion va o‘tkazuvchan anesteziyani o‘tkazishda qo‘llaniladi:
- shilliq qavatlar yoki suyakdagi operasiyalar;
- tish pulpasidagi operasiyalar (pulpa amputasiyasi va ekstirpasiyasi);
- singan tishni olib tashlash (osteotomiya);
- apikal parodontit bilan shikastlangan tishni olish;
- Kolduell-Lyuk operasiyasi;
- kistektomiya;
- tish ildizini yuqori qismini rezeksiyasi;
- tishlarni yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda karioz bo‘shliqlar va tishlarni koronka uchun priparovka qilish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yuqori jag‘ tishlarini asoratlanmagan ekstraksiyasida, yallig‘lanish bo‘lmaganda, odatda har bir tish uchun 1,7 ml dan vestibulyar in‘eksiya yetarlidir. Ayrim hollarda qo‘shimcha 1 dan 1,7 ml gacha bo‘lgan vestibulyar in‘eksiya to‘liq og‘riqsizlantirishni ta‘minlash mumkin. Ko‘pchilik hollarda og‘riqli tanglay orqali in‘eksiya qilishga zarurat yo‘q. Tanglayni kesish yoki tikish kerak bo‘lgan hollarda taxminan 0,1 ml dozada tanglay depo-in‘eksiyasi yetarlidir. Yonma-yon joylashgan tishlarni bir yo‘la ekstraksiya qilishda vestibulyar in‘eksiyalar sonini odatda cheklash mumkin. Pastki kichik jag‘ tishlarni asoratlanmagan ekstraksiyasida, yallig‘lanish bo‘lmagan hollarda pastki jag‘ anesteziyasini qilmasa ham o‘ladi, chunki bir tishga 1,7 ml bo‘lgan infiltrasion anesteziya yetarlidir. Agar bu yo‘l bilan kerakli natijaga erisha olinmasa, 1,0 dan 1,7 ml dozada qo‘shimcha vestibulyar in‘eksiya bajariladi. Agar bu usullar bilan to‘liq anesteziyaga erishilmasa, shundagini pastki jag‘ blokadasi usuli bilan odatdagi anasteziya qilinadi.
Har qanday tish bo‘shlig‘ini tayyorlashda, yoki tishni koronka uchun preparovka qilishda, pastki jag‘ tishlaridan tashqari, har bir tish uchun 0,5 dan 1,7 ml gacha vestibulyar in‘eksiya qilinadi. Aniq miqdori anesteziyaning chuqurligi va davomiyligiga bog‘liq. Jarroxlik operasiyalarini bajarishda preparatni dozasi operasiyani og‘irligiga va davomiyligiga bog‘liqdir.
Bir davolash muolajasi davomida kattalar uchun 1 kg tana vazniga 7 mg gacha artikain yuborish mumkin. 500 mg gacha (12,5 ml in‘eksion eritma) dozalar pasientlar tomonidan yaxshi o‘zlashtirilgan (aspirasion nazorat usuli qo‘llanilganida).
Tomir ichiga in‘eksiya qilib qo‘yish ehtimolini oldini olish maqsadida, doimo in‘eksiyadan oldin aspirasiya sinamasini o‘tkazish kerak. In‘eksiya bosimi to‘qima sezuvchanligiga mos kelishi kerak.
Sezuvchanlik tiklangandan so‘ng ovqatlanish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Markaziy nerv tizimi tomonidan: dozaning kattaligi bilan belgilanadigan buzilishlar masalan; stupor holatidan hushini yo‘qotishgacha, nafasni to‘xtashigacha, buzilishi mushaklar qaltirashi, mushaklarni yoyilgan tirishishlarga (konvulsiyalarga) qadar rivojlanuvchi ixtiyorsiz qisqarishi, shuningdek qusishgacha bo‘lgan ko‘ngil aynishi.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan: bosh qismiga in‘eksiya qilinayotgan vaqtda yoki in‘eksiya qilingandan bir ozdan so‘ng, ko‘rishni qisqa muddatga buzilishi (ko‘rishning xiralashishi, o‘tkinchi ko‘rlik, diplopiya) bo‘lishi mumkin. Lekin bunday reaksiyalar juda kam uchraydi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial bosimni biroz pasayishi, taxikardiya yoki bradikardiya. Kamdan-kam hollarda – qator hollarda hayotga xavf soluvchi shok yoki yurak yetishmovchiligi yuz berishi mumkin.
Allergik reaksiyalar: in‘eksiya qilingan joyda shish, bo‘rtishi yoki yallig‘lanish paydo bo‘lishi mumkin, shuningdek in‘eksiya qilingan joydan qat‘iy nazar terini qizarishi, qichishishi, kon‘yuktivit, rinit, yuzni angionevrotik shish tipida shishishi, shu jumladan yuqori va/yoki pastki labni va/yoki yuzni shishi, tilni shishishi, disfagiya, urtikariya, nafasni qiyinlashishi bilan kechuvchi tilni shishishi, bu anafilaktik shokga o‘tishi mumkin. Tomoq naychalarini shishi, yutunishga qiynalish va tomoq qirilishi hissi bilan kuzatladi.
Boshqalar: asosan epinefrin bo‘lganligi bilan bog‘liq bosh og‘rig‘i, ko‘p kuzatiladi. Nojo‘ya ta‘siri epinefrin bilan bog‘liq. Taxikardiya, yurak urish ritmi buzilishi, arteriya bosimini oshishi – katta bo‘lmagan konsentrasiyada kam uchraydi 1:200000 (0,5 mg/100 ml).
Mahalliy reaksiyalar: ayrim hollarda in‘eksiya joyida to‘qima nekrozigacha avj oluvchi ishemiya zonalari rivojlanishi mumkin, bu tomir ichiga beixtiyor in‘eksiya qilinishiga bog‘liq. Yuz nervining falajigacha shikastlanishi, faqat in‘eksiya texnikasi buzilganda yuz berishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Adrenalin, artikain yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Xolinesteraza tanqisligi, chunki bu holatda ta‘sir qilish vaqtini uzayish ehtimoli yuqori, ba‘zi sharoitlarda esa preparatning ta‘sir jadalligi nohush kuchayishi mumkin.
Tarkibida adrenalin bo‘lganligi sababli, kuyidagi kullash mumkin bo‘lmagan qarshi ko‘rsatmalarga amal kilish kerak: paroksizmal taxikardiya va boshqa taxiaritmiyalar, glaukomaning yopiq burchakli shakli, nosellektiv adrenoblokatorlar va markaziy analeptiklar bilan bir vaqtda qabul qilish.
Vena ichiga yuborish mumkin emas. Yallig‘langan to‘qimalarga yuborishdan saqlanish kerak.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Vazokonstriktorlarning simpatomimetik turdagi (masalan, adrenalin) tomirlarni toraytiruvchi ta‘siri uchsiklik antidepressantlar yoki MAO ingibitorlari tomonidan kuchaytirilishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
«Paragurux allergiya» nomli holatlar bilan azob chekayotgan bemorlarda, faqat tarkibida metilparaben saqlamaydigan ampula yoki karpulalar ishlatilishi mumkin (ko‘p martalik dozalar uchun flakonlar metilparabenni konservant sifatida saqlaydi).
Odatda bronxial astmasi bo‘lgan bemorlarda sulfitlarga, xususan natriy metabisulfitiga yuqori sezuvchanlik kuzatiladi. Bunda qusish, ich ketishi, nafasni qiyinlashishi, astmaning o‘tkir xurujlari, ongni buzilishi yoki shok holati rivojlanishi mumkin.
Preparat reaksiya tezligini biroz susaytiradi. Bu holat, shuningdek operasiyani kutish bilan bog‘liq bo‘lgan hayajonlanish va operasion stress, samarali xarakatlarga bo‘lgan qobiliyatni, xususan avtomobilni haydashni o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.
Operasiyadan keyin qaysi vaqtdan boshlab pasient avtomobilni haydash yoki mexanizmlar bilan ishlash bilan yana shug‘ullanishi mumkinligi to‘g‘risidagi masalani faqat vrach-stomatolog xal qiladi.
Xomiladorlik va laktasiya davrda qo‘llanilishi
Homiladorlik vaqtida mahalliy og‘riqsizlantirish og‘riq qoldirishga erishishning stress usuli yoki xirurgik operasiyalardagi anesteziya emas. Artikain boshqa anestetiklarga nisbatan yo‘ldosh to‘siqdan kamroq darajada o‘tadi.
Organizmda tez parchalanib, tez chiqib ketgani uchun artikain ko‘krak sutiga klinik ahamiyatli konsentrasiyalarda aniqlanmaydi. Shuning uchun emizishni to‘xtatishga zarurat yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar preparatni yuborilganda nojo‘ya ta‘sirlar yoki toksik ta‘sirning belgilari masalan, bosh aylanishi, harakat notinchligi, stupor, paydo bo‘la boshlasa, unda darhol in‘eksiyani to‘xtatib, pasientni esa, gorizontal holatga yotqizish kerak. Nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligini ta‘minlash, puls va arterial bosimni nazorat qilish lozim. Xatto simptomlar og‘ir bo‘lmasa ham, vena ichiga quyida ko‘rsatilgan dori vositalarini qo‘llab, infuziya qilishni boshlash tavsiya qilinadi. Nafas olish buzilgan hollarda, holatni og‘irligiga qarab, kislorod berish kerak; zarurati bo‘lganida sun‘iy nafas berish (og‘izdan burunga) yoki traxeya intubasiyasini nazoratli o‘pka ventilyasiyasi bilan birga qo‘llash kerak.
Mushaklarning ixtiyorsiz qisqarishi yoki tarqalgan mushaklar tirishishini qisqa yoki o‘ta qisqa ta‘sir qiluvchi barbituratlarni vena ichiga in‘eksiyasi yordamida bartaraf qilish mumkin. Qon aylanishini buzilishi va nafasni susayish xavfini oldini olish maqsadida kislorod berishni va yurak faoliyatini kuzatishni davom ettirib, kuzatilayotgan ta‘siriga qarab, barbituratlarni sekin yuborish tavsiya qilinadi. Barbituratlarni yuborish avval o‘rnatilgan konyulya orqali infuzion suyuqlik bilan birga amalga oshirilishi lozim.
Ko‘pchillik hollarda bemorni oddiy gorizontal holatga keltirish yoki oyoqlarini boshiga nisbatan yuqori qilib yotkazish yo‘li bilan taxikardiya va arterial qon bosimini tushishini oldini olish mumkin.
Qon aylanishining og‘ir buzilishida, shuningdek shokda, sababidan qat‘iy nazar, in‘eksiyani to‘xtatish va quyidagi choralarni ko‘rish kerak: pasientning gorizontal, oyog‘i ozgina ko‘tarilgan holatini ta‘minlash, nafas yo‘llarining o‘tkazuvchanligi ta‘minlash (kislorod insuflyasiyasi), muvozanatlangan elektrolit eritmani vena ichiga infuzion yuborish yo‘lga qo‘yiladi; glyukokortikoidlarni (masalan, 250-1000 mg metilprednizolon) vena ichiga yuborish, suyuqlik o‘rnini qoplash (zarurat bo‘lganda plazmoekspanderlar va odam albuminini ishlatish tavsiya qilinadi) lozim.
Xavfli sirkulyator kollaps va kuchayib boruvchi bradikardiya holatlarida – darhol epinefrinni (adrenalin) vena ichiga in‘eksiya qilish lozim.
1 ml (1:1000) adrenalin eritmasi 10 ml gacha suyultirilada va shu eritmaning 0,25-1,0 ml (0,25-1,0 mg adrenalin) sekin yuboriladi. Puls tezligini (yurak aritmiyasi) va arterial bosimni nazorat qilib turish lozim. Bir yuborganda bu eritmaning 1 ml dan ortig‘i yuborilmasin! Agarda bu doza yetarli bo‘lmasa unda infuzion eritmaga adrenalin qo‘shiladi (tomchilab yuborish tezligi puls tezligi va arterial qon bosimga qarab belgilanadi).
Og‘ir taxikardiya yoki taxiaritmiya β-adrenoblokatorlarni vena ichiga sekin in‘eksiya qilishga ko‘rsatma bo‘lib (masalan, yurak yetishmovchiligi, stenokardiya yoki miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda) xizmat qilishi mumkin. Barcha bunday hollarda kislorodni qo‘llash va parametrlarni nazoratini olib borish shart.
Gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda arterial bosimni oshishini, zarurati bo‘lganida periferik vazodilatatorlar qo‘llab davolash kerak.
Chiqarilish shakli
2 ml dan in‘eksiya uchun eritma.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘liqdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalar berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari