SUVITOLning aptekalardagi narxlari
SUVITOL eritma 200ml N1
|
|
58 ta dorixonada bor
|
44 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
44 500 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
SUVITOL ko'rsatmalar
intoksikatsiya, surunkali gepatitni zo'rayishi bilan birga kechuvchi infektsion kasalliklar;
sepsis;
operatsiya oldidan tayyorlash uchun va operatsiyadan keyingi davrda;
trombozlar, tromboflebitlar, endarteriitlarni oldini olish va davolash maqsadida arterial va venoz qon aylanishini yaxshilash uchun;
Reyno kasalligi.
katta xajmdagi suyuqliklarni quyish mumkin bo'lmagan xolatlar (miyaga qon quyilishi, tromboemboliya, yurak-tomir dekopensatsiyasi, III darajali arterial gipertenziya;
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Jigar funktsiyasining buzilishi, me'da-ichak yara kasalligi, gemorragik koliti bo'lgan bemorlarga preparatni extiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Jigar funktsiyasini buzilishlarida qo'llash
Jigar funktsiyasining buzilishi bo'lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Natriy laktati qon-tomir xavzasiga yuborilganda natriy bikarbonati hosil qilib, karbon ikki oksidi va suv bilan o'zaro ta'sirga kirishida, bu qonning ishqoriy zahirasini oshishiga olib keladi. Yuborilgan natriy laktatining faqat yarmi faol hisoblanadi (L izomer), boshqa yarmi esa (D izomer) metabolizmga uchramaydi va siydik bilan chiqariladi.
Natriy xloridi aylanayotgan qon xajmini (AQX) faqat vaqtinchalik oshirib, qon-tomir xavzasidan tez chiqariladi. Diurezni oshiradi.
Kalьkulez xoletsistiti bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi.
Homiladorlik va emizishda qo'llanishi
Suvitol preparatini homiladorlik va emizish davrida qo'llash bo'yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Bolalarda qo'llanishi
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni tana vazniga 10 ml/kg doza hisobidan yuborish tavsiya etiladi; 6 dan 12 yoshgacha bolalarga – kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada yuboriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga – kattalardagi kabi dozada yuboriladi.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: alkaloz ko'rinishlari paydo bo'ladi, ular preparatni yuborish darhol to'xtatilgan sharoitda tez mustaqil o'tib ketadi.
Kattalarga vena ichiga minutiga 40-60 tomchi tezlikda yuboriladi. Zarurati bo'lganda minutiga 30 tomchi tezlikda tomchilab yuborish yo'li bilan sinama o'tkazilgandan keyin, preparatni oqim bilan yuborishga yo'l qo'yiladi.
15 tomchi yuborilganidan keyin preparatning infuziyasi to'xtatiladi, 3 minut o'tgach esa, reaktsiya kuzatilmaganda, Suvitol oqim bilan yuboriladi.
Surunkali gepatitlarda – 400 ml dan (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, takroriy yuboriladi.
Qon tomirlarida trombolarini obletiratsiyanishi kasalliklarida – tana vazniga 8-10 ml/kg hisobidan, tomchilab, takroriy, kun ora yuboriladi, davolash kursi 10 infuziyagacha.
Operatsiyadan keyingi davrda va turli xirurgik aralashuvlardan keyin – 400 ml dozada (tana vazniga 6-7 ml/kg) tomchilab, bir marta yoki takroriy, xar kuni, 3-5 kun davomida yuboriladi.
O'tkir qon yo'qotilishida – 1500-1800 ml dan (tana vazniga 25 ml/kg gacha) yuboriladi. Bunday xolda Suvitolning infuziyasini mahsus tez yordam mashinasida, kasalxonaga yotqizishgacha bo'lgan bosqichda o'tkazish tavsiya etiladi.
Travmatik, kuyish, operatsiyadan keyingi va gemolitik shokda – 600-1000 ml dan (tana vazniga 10-15 ml/kg) bir marta va takroriy, oldin oqim bilan, so'ngra tomchilab yuboriladi.
6 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparatni tana vazniga 10 ml/kg doza hisobidan yuborish tavsiya etiladi, 6 dan 12 yoshgacha bolalarga – kattalar uchun dozaning yarmini tashkil qiluvchi dozada yuboriladi. 12 yoshdan oshgan bolalarga – kattalardagi kabi dozada yuboriladi.
faol moddalar:
sorbitol 6,00 g
natriy laktati 1,90 g
natriy xloridi 0,60 g
kalьtsiy xloridi (Kalьtsiy xloridi geksagidrati quruq moddaga xisoblaganda) 0,01 g
kaliy xloridi 0,03 g
magniy xloridi (Magniy xloridi geksagidrati quruq moddaga xisoblaganda 0,02 g
yordamchi moddalar: in'ektsiya uchun suv 100/200 va 400 ml gacha;
Bikarbonat eritmasidan farqli ravishda, natriy laktati yordamida metabolik atsidoz korrektsiya, rN ni ko'rsatgichlarida keskin tebranishlarini chaqirmasdan, uni moddalar almashinuviga sekin kirishi bilan yuz beradi. Natriy laktatning ta'siri yuborilgandan keyin 20-30 minut o'tgach nomoyon bo'ladi.
Natriy xloridi – plazma o'rnini bosuvchi vosita, dezintoksikatsion va regidratatsion ta'sir ko'rsatadi. Turli patologik xolatlarda natriy va xlor ionlarining tanqisligini bartaraf qiladi.
Kalьtsiy xloridi kalьtsiy ionlarining tanqisligini bartaraf qiladi. Kalьtsiy ionlari nerv impulьslarining o'tkazilish jarayonlarini, skelet va silliq mushaklarning qisqarishini, miokard faoliyatini, suyak to'qimasining shakillanishini, qonning ivishini amalga oshirish uchun zarur. Hujayralar va qon-tomirlar devorining o'tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig'lanish reaktsiyalar rivojlanishini oldini oladi, organizmning infektsiyalarga chidamliligini oshiradi va fagotsitozni axamiyatli kuchaytirishi mumkin.
Kaliy xloridi suv-eloktrolit balansini tiklaydi. Manfiy xrono- va batmotrop ta'sir, yuqori dozalarda – manfiy ino-, dromotrop va o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi. Nerv impulьslarining o'tkazilishida ishtirok qiladi. Atsetilxolinning miqdorini oshiradi va vegetativ nerv tizimining simpatik bo'limining qo'zg'alishini chaqiradi. Mushak distrofiyasi, miasteniyada skelet mushaklarining qisqarish jarayonlarini yaxshilaydi.
Chiqarish shakllari