TAMEKRAZ ko'rsatmalar
Ko'z va ko'z qo'shimchalarining preparatga sezgir mikroorganizmlar chaqiradigan yuqumli-yallig'lanish
TAMEKRAZ
kasalliklari:
blefarit;
kon'yunktivit;
keratokon'yunktivit;
blefarokon'yunktivit;
keratit (epiteliyni jarohatisiz);
iridosiklit (oldingi uveit).
yu travmatik va operasiyadan keyingi infektsion asoratlarni oldini olish va davolashda.
Preparat komponentlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik;
ko'zning virus kasalliklari (shu jumladan gerpetik keratit [daraxtsimon keratit], suvchechak [shuningdek suvchechak
emlanishidan keyin]);
ko'zning mikobakterial infektsiyalari;
ko'zning zamburug'li infektsiyalari;
ko'zning sil kasalliklari;
muguz pardadan yot moddani olib tashlashdan keyingi holat;
tobramisin ta'siriga chidamli mikroorganizmlar chaqiradigan ko'z va qovoq shilliq pardasining yiringli
infektsiyalari, muguz pardasining yiringli yarasi.
Ehtiyotkorlik bilan
glaukoma;
yosh bolalar;
bir yoki bir necha preparat komponentlarini saqlovchi peroral preparatlar.
Tobramisin
Mahalliy qo'llanilganidan so'ng tobramisin muguz parda va kon'yunktiva orqali so'riladi. Tobramisinning
plazma kontsentrasiyalari ko'zga ikki sutka qo'llanganidan keyin ko'pchilik bemorlarda sonini aniqlash chegarasida
yoki kamroq bo'ladi (≤0,25 mkg/ml). Tobramisinning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasi (S ) 247 ng/ml ni Max
tashkil qilgan, bu esa nefrotoksiklik bilan bog'liq bo'lgan kontsentrasiya bo'sag'asidan sakkiz marta kam. Plazma
oqsillari bilan bog'lanishi <10%. Tobramisin tez va butunlay kalavachalar filtrasiyasi orqali asosan
o'zgarmagan holda siydik bilan chiqariladi.
Deksametazon
Teri va ko'zlarga mahalliy qo'llanganidan keyin, uning so'rilish darajasi tizimli samaralar chaqirishi uchun
etarli bo'lishi mumkin. Deksametazonning ko'z ichiga kirishini ahamiyatli darajasi qayd qilingan, bu esa ko'zning
oldingi segmenti yallig'lanish kasalliklarida uning samaradoligini ta'minlaydi.Tamekraz mahalliy
qo'llanilganida deksametazonning tizimli so'rilishi kam. Muguz parda va vitreal suyuqlikdagi maksimal
kontsentrasiyalariga (C ) 1-2 soat davomida erishiladi. Plazma klirensi 0,111 dan 0,225 l/ch/kg gacha tafovut max
qilinadi, taqsimlanish hajmi (V ) esa 0,576-1,15 l/kg ni tashkil qiladi. Tizimli qon aylanish doirasiga p
qo'shilayotgan deksametazonning 77-84% plazma oqsillari bilan bog'lanadi. Yarim chiqarilish davri (T½) 3-4 soatni
tashkil qiladi. Metabolizm yo'li bilan taxminan 60% 6-β-gidroksideksametazon shaklida siydik orqali
chiqariladi.
Preparat 10 kundan ortiq ishlatilganda ko'z ichi bosimini kuzatib turish zarur.
Muguz yoki oq pardaning yupqalashishiga olib keluvchi kasalliklarda steroidlarni mahalliy qo'llash, ularning
perforasiyasiga (teshilishi) olib keladi.
Ikkilamchi bakterial infektsiya, bemor organizmi himoya reaktsiyasining susayishi oqibatida paydo bo'lishi
mumkin.
Preparat bilan davolashda kontakt linzalarini taqish tavsiya qilinmaydi.
tobramisin sulfat (tobramisin ekvivalent) - 3 mg;
deksametazon - 1 mg;
yordamchi moddalar:
metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, suyuq parafin, oq yumshoq parafin.
Mahalliy qo'llaniladi. Surtma surtishdan oldin kontakt linzalarini echish lozim. Kontakt linzalarini yana
qaytadan taqishga muolaja kursi butunlay tugaganidan so'ng ruxsat beriladi. Og'rigan ko'z/ko'zlarga mazni
surtayotganda kontaminasiyani oldini olish uchun tyubik uchi bilan qovoq, ko'z atrofidagi teri yoki boshqa yuzalarga
tegish mumkin emas.
Sutkasiga 3-4 marta qo'llanganda yallig'lanish jarayoni kamayishi bilan qo'llashlar soni kamaytiriladi.
Kataraktani olib tashlash operasiyasidan keyin tavsiya etiladigan dozasi – jarrohlik aralashuvidan so'ng har 6
soatda 3 haftagachani tashkil qiladi.
Ko'zga surtish texnikasi. Surtma 1,5 sm uzunlikda chiziq shaklida og'rigan ko'z/ko'zlarning kon'yunktival xaltasiga
qo'yiladi.
O'ziga hos klinik holatlardagi qo'llash usuli va dozasi
Jigar va buyrak kasalliklari bo'lgan bemorlarda ushbu dori majmuasi yuzasidan tadqiqotlar o'tkazilmagan.
Shunga qaramasdan mahalliy qo'llanganda dori moddalarining tizimli so'rilishi kam bo'lgani uchun dozaga tuzatish
kiritishning zarurati yo'q.
>1/100 dan <1/10 gacha; tez-tez emas >1/1000 dan <1/100 gacha; kam xollarda >1/10000 dan <1/1000 gacha; juda kamdankam <1/10000, alohida ma'lumotlarni inobatga olganda (tez-tezligi noma'lum).
Allergik reaktsiyalar: tez-tezligi noma'lum – o'ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (tizimli yoki mahalliy, ko'zga
doir).
Asab tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og'rig'i; tez-tezligi noma'lum – bosh aylanishi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez emas: ko'z ichi bosimining oshishi.
Sezgi a'zolari tomonidan: tez-tez emas:– subkapsulyar katarakta; tez-tezligi noma'lum – nuqtali keratit, muguz
va/yoki oq pardaning yupqalashishi, ko'rishning xiralashishi, fotofobiya, qovoq eritemasi, midriaz, ko'z
faoliyatining buzilishi (ko'rish o'tkirligining va maydonining pasayishi), ikkilamchi ko'z ichi infektsiyalari (muguz
pardasining zamburug'li infektsiyalari).
Mahalliy reaktsiyalar: tez-tez – ko'zning ta'sirlanishi, ko'zda noqulaylik paydo bo'lishi (ko'zning achishishi, o'tkir
sanchishi); tez-tez emas – ko'zning qichishishi; tez-tezligi noma'lum – qovoq ptozi (pastga tushib qolishi), ko'zlarda
og'riq, ko'zning shishishi, ko'zlarda yot modda bordek his qilish, ko'z giperemiyasi, ko'p ko'z yoshi ajralishi, teri
sensibilizasiyasi (yuqori sezuvchanligi).
Boshqa mahalliy oftalmologik preparatlar bilan birga qo'llanganda ularni qo'llash orasidagi interval 10
minutdan kam bo'lmasligi kerak.
Tomchili ko'z preparatlari bilan bir vaqtda qo'llanganda surtmali shakllarini oxirida qo'llash lozim.
Kortikosteroidlar va NYAQV (nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar) ning birga mahalliy qo'llanilishi muguz
pardasining bitishi muammolari havfini kuchaytirishi mumkin.
muhrlangan.
1 ta tubadan davlat va rus tillaridagi tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga kartonli qutiga
joylashtiriladi.
preparat.
Tobramisin – keng ta'sir doirasiga ega bo'lgan aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotik. Grammanfiy va
grammusbat mikroorganizmlarning o'sishini va rivojlanishini bostiradi. Ribosomalarning 30S subbirligini
bloklaydi va oqsil sintezini to'xtatadi. Yuqori kontsentrasiyalarda tsitoplazmatik membranalar faoliyatini
buzgan holda mikroorganizmlar hujayrasining o'limiga olib keladi.
Quydagilarga nisbatan faol:
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Staphylococcus spp. (shu jumladan Staphylococcus aureus [metisillinga
sezgir shtammlari], Staphylococcus epidermidis [shu jumladan penisillinga chidamli shtammlari], Staphylococcus
haemolyticus [metisillinga sezgir shtammlari]), Streptococcus spp. (shu jumladan A guruhining ba'zi βgemolitikturlari, Streptococcus pneumoniae ning ba'zi nogemolitik turlari va ba'zi shtammlari), Bacillus cereus,
Bacillus megaterium, Bacillus pumilus, Corynebacterium accolens, Corynebacterium bovis, Corynebacterium macginleyi,
Corynebacterium propinquum, Corynebacterium pseudodiphtheriticum, Kocuria kristinae
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Pseudomonas aeruginosa, Moraxella lacunata, Acinetobacter calcoaceticus,
Acinetobacter junii, Acinetobacter ursingii, Citrobacter koseri, Klebsiella oxytoca, Moraxella catarrhalis, Moraxella osloensis,
Neisseria perflava, serratia liquefaciens, shuningdek Neisseria spp. ning ba'zi shtammlari.
Anaerob grammanfiy mikroorganizmlar: Escherichia coli, Klebsiella pneumoniae, Enterobacter aerogenes, Proteus
mirabilis, Morganella morganii, Proteus vulgaris, Haemophilus influenzae, Haemophilus aegyptius.
Orttirilgan chidamlilik muammo tug'dirishi mumkin bo'lgan shtammlar:
Acinetobacter baumannii, Bacillus cereus, Bacillus thuringiensis, Kocuria rhizophila, Staphylococcus epidermidis,
Staphylococcus haemolyticus (metisillinga chidamli shtammlari), boshqa koagulaza-manfiy Staphylococcus spp.,
Serratia marcescens.
Nasliy jixatdat chidamli bo'lgan organizmlar:
Aerob grammusbat mikroorganizmlar: Enterococcus faecalis, Staphylococcus aureus (metisillinga chidamli),
Streptococcus mitis, Streptococcus pneumoniae, Streptococcus sanguis.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar: Chryseobacterium indologenes, Haemophilus influenzae,
Stenotrophomonas maltophilia.
Anaerob bakteriyalar: Propionibacterium acnes.
Deksametazon – glyukokortikosteroid (GKS), yallig'lanishga vaallergiyaga qarshi hamda desensibilizasion vosita.
Antiekssudativ samaraga ega. Deksametazon yallig'lanish jarayonlarini samarali bartaraf qiladi. Spesifik
tsitoplazmatik reseptorlar bilan o'zaro ta'sirlashadi hamdahujayra yadrosiga kira oluvchi va mRNK sintezini
rag'batlantiruvchi majmua hosil qiladi. Eozinofil vaulkan hujayralardan yallig'lanish mediatorlarini
ajralishiga to'sqinlik qiladi. Gialuronidaza, kollagenaza va proteazalar faolligini susaytiradi. Kapilyarlar
o'tkazuvchanligini kamaytiradi, hujayra membranalarini barqarorlashtiradi.
GKS ning antibiotiklar bilan majmuasi infektsion jarayoni havfini kamaytiradi.
Muzlatilmasin!
Yaroqlilik muddati
3 yil. Tubalar kanyulyasi birinchi ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda
saqlanganda 28 kun.
Preparat yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Chiqarish shakllari