TEKSIVEL ko'rsatmalar
- oshqozon-ichak traktining eroziv va yarali lezyonlari (shu jumladan tarixda),
- oshqozon-ichakdan qon ketish (shu jumladan tarix),
- og'ir gastrit,
- "aspirin" triadasi,
- jigar va buyraklarning jiddiy disfunktsiyasi,
- buyrak etishmovchiligi,
- qandli diabet,
- arterial gipertenziya,
- yurak etishmovchiligi,
- homiladorlik, emizish (davolash paytida to'xtatiladi),
- bolalik.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(iste‘molchi uchun ma‘lumot)
Teksivel 20 mg, tabletkalar
Tenoksikam
Ushbu dori vositasini qo‘llashni boshlashdan oldin, ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilgan barcha ma‘lumotni diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki unda siz uchun muhim ma‘lumot saqlanadi.
- Ushbu varaqani saqlab qo‘ying. Kelajakda u sizga yana kerak bo‘lib qolishi mumkin.
- Sizda birorta qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
– Ushbu preparat faqat siz uchun tayinlangan. Uni boshqa odamlarga bermang. Hatto agar ulardagi kasallik belgilari siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga ziyon yetkazishi mumkin.
- Birorta nojo‘ya ta‘sirlar rivojlangan holda, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing. Ularga ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan, yuz berishi mumkin bo‘lgan barcha nojo‘ya ta‘sirlar kiradi. 4-punktga qarang.
Ushbu varaqada qanday ma‘lumot saqlanadi
- Teksivel dori preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
- Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin siz nimani bilishingiz kerak
- Teksivel dori preparati qanday qo‘llanadi
- Yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
- Teksivel dori preparati qanday saqlanadi
- O‘ramining ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- Teksivel dori preparati o‘zi nima va u nima uchun ishlatiladi
Teksivel dori preparati tarkibida tenoksikam faol modda saqlaydi. Ushbu preparat nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparat yoki NYAQP hisoblanadi.
Teksivel dori preparati quyidagi holatlarda:
– sizning mushaklaringiz va boylamlaringizda muammolar bo‘lsa, masalan, boylamlarni cho‘zilishi, boylamlarni cho‘zilishi bilan birga bo‘g‘imlarni chiqishi yoki tanada shikastlanishlar bo‘lsa.
– artritda.
og‘riq, shish, qizarish va qizib ketish kabi belgilarni kamaytirishi mumkin.
- Teksivel preparatini shish qo‘llashni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
Agar sizda quyidagilarga:
- Teksivel preparati yoki ushbu preparatning biron-bir boshqa ingradientiga (6 punktda sanab o‘tilgan);
- Aspirin yoki biron-bir boshqa NYAQP (masalan, ibuprofen, salisilatlar yoki diklofenak kabilar) ga
nisbatan allergik reaksiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa, Teksivel preparatini qabul qilmang.
Quyidagi holatlarda:
- Hozirgi vaqtda yoki ilgari sizda me‘da yoki ichak (ichaklar) da muammolar, masalan, me‘da-ichak yarasi yoki qon ketishi kuzatilgan bo‘lsa;
- Ilgari sizda NYAQP ni qabul qilish natijasida me‘dani perforasiyasi yoki qon ketishi kuzatilgan bo‘lsa;
- Sizning buyraklaringiz, jigaringiz yoki yuragingizda jiddiy muammolar bo‘lsa;
- Sizda homiladorlikni oxirgi uch oyligi bo‘lsa,
Teksivel preparatini qabul qilmang.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan holatlardan birortasi sizda o‘rin tutsa, Teksivel preparatini qo‘llash mumkin emas. Agar sizda shubhalar tug‘ilsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Agar sizda quyidagilar bo‘lsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing:
- Sizda yurakda muammolar bo‘lsa, sizda infarkt kuzatilgan bo‘lsa yoki sizda quyidagi holatlar (masalan, agar sizda yuqori qon bosimi, diabet yoki xolesterolning darajasi yuqori yoki agar siz cheksangiz) ni rivojlanish havfi mavjud bo‘lsa;
- Astma yoki allergik reaksiyalar (masalan, changga nisbatan allergiya) yoki ilgari sizda yuz, lab, ko‘z yoki tilni shishi kuzatilgan bo‘lsa;
- Keksa yoshda bo‘lsangiz (sizda muammolarni rivojlanish ehtimoli bor);
- Buyrak yoki jigaringizda muammolar bo‘lsa;
- Tromblarni hosil bo‘lishi bog‘liq bo‘lgan muammolar bo‘lsa;
- Qon hajmi kam bo‘lsa (qon ketishi yoki yanada jiddiyroq suvsizlanish bilan bog‘liq);
- Tanangizning istalgan sohasidagi qon-tomirlar (arteriyalar) bilan muammolar bo‘lsa;
- Qoningizda yog‘ to‘qimasi (lipidlar) ning miqdori haddan tashqari ko‘p (giperlipidemiya) bo‘lsa;
- Autoimmun holatlar, masalan, “tizimli qizil yugurik” (bo‘g‘imlarda og‘riq, terini ta‘sirlanishi va isitmaga olib keladigan TQYU) va yarali kolit yoki granulematoz kasallik (ovqat hazm qilish yo‘llarini yallig‘lanishi, ovqat hazm qilish yo‘llarida og‘riqlarni rivojlanishi, diareya, qusish va tana vaznini yo‘qolishiga olib keluvchi holatlar) bo‘lsa;
- Sizda jarrohlik muolajasini o‘tkazish, masalan, son qismini o‘zgartirish yoki yanada jiddiyroq jarrohlik aralashuvini o‘tkazish rejalashtirilayotgan bo‘lsa;
- Agar sizda Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (TEN) va eksfoliativ dermatitning simptomlari va belgilari, masalan terida va og‘iz, burun, ko‘z va genitaliyning shilliq qavatlarida po‘rsildoqni hosil bo‘lishi bilan teri toshmalari rivojlansa, preparatni qabul qilishni zudlik bilan to‘xtatish kerak.
Agar yuqorida ko‘rsatilganlardan birortasi sizda o‘rin tutsa, yoki agar sizda shubhalar bo‘lsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shfokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Boshqa tibbiy preparatlar va Teksivel preparati
Agar siz boshqa tibbiy preparatlarni ayni vaqtda qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki ehtimol qabul qilmoqchi bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Ularga reseptsiz sotib olishingiz mumkin bo‘lgan tibbiy preparatlar va dorivor o‘simliklar asosidagi tibbiy preparatlar kiradi. Xususan, agar siz ayni vaqda quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering:
- Boshqa NYAQV, masalan, aspirin, ibuprofen yoki diklofenak.
- Qon lahtalari hosil bo‘lishini to‘xtatish uchun qo‘llanadigan tibbiy preparatlar, masalan varfarin, geparin yoki klopidogrel.
- Sulfanilamid preparatlar, masalan, gidroxlorotiazid, asetazolamid, indapamid, shuningdek sulfanilamid antibiotiklar (in‘eksiya uchun ishlatiladigan).
- Sulfomochevina (diabetni davolash uchun ishlatiladi), masalan, glimepirid yoki glipizid.
- “AAF ingibitori” yoki yuqori qon bosimini davolash uchun qo‘llanadigan har qanday boshqa tibbiy preparatlar, masalan silazapril, enalapril yoki propranolol.
- Yuqori qon bosimini davolash uchun qo‘llanadigan diuretik preparatlar (siydik haydovchi preparatlar), masalan, furosemid.
- “Yurak glikozidi” guruhiga oid preparatlar (yurak kasalligini davolash uchun ishlatiladi), masalan, digitoksin.
- Steroid preparatlar (o‘smalar va yallig‘lanishni davolash uchun ishlatiladi), masalan, gidrokortizon, prednizolon va deksametazon.
- Xinolon antibiotiklar (infeksiyani davolash uchun ishlatiladi), masalan siprofloksasin yoki moksifloksasin.
- Litiy preparatlari (ruhuy kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi).
- Metotreksat (teri kasalliklari, artrit yoki rakni davolash uchun ishlatiladi).
- Siklosporin yoki takrolimus (teri kasalliklarini davolash uchun yoki a‘zolar ko‘chirib o‘tkazilganidan ishlatiladi).
- Zidovudin (OITS va OIV infeksiyasini davolash uchun ishlatiladi).
- Mifepriston (homiladorlikni to‘xtatish uchun yoki go‘dak nobud bo‘lganida mehnat faolyatini tiklash uchun ishlatiladi).
- SQQSI (depressiyani davolash uchun ishlatiladigan dori preparatlari, masalan, fluoksetin, sitalopram, paroksetin, fluvoksamin).
- Antasidlar (ovqat hazm bo‘lishini buzilishi, jig‘ildon qaynashi kabi holatlarni davolash uchun ishlatiladi).
- Dekstrometorfan (ko‘pchilik yo‘talga qarshi preparatlarning tarkibida aniqlanadi).
- Xolestiramin (xolesterolning yuqori darajasini davolash uchun ishlatiladi).
- Probenesid (podagrani davolash uchun ishlatiladi).
Agar yuqorida sanab o‘tilgan vositalardan birortasi sizga tegishli bo‘lsa, yoki sizda shubhalar bo‘lsa, Teksivel preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Homiladorlik, emizish va fertillik
Agar siz homiladorlikni oxirgi uch oyligi muddati bo‘lsangiz, Teksivel preparatini qabul qilmang, chunki bu sizning homilangizga ziyon yetkazishi mumkin.
Agar homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz, yoki homilador bo‘lishingiz mumkin yoki rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin tavsiyalar olish uchun shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Teksivel preparati homiladorlik bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin. Agar siz homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz yoki agar sizda homilador bo‘lish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, shifokoringizga xabar berish kerak.
Mexanizmlarni boshqarish va ulardan foydalanish
Teksivel preparati toliqish, mudrash, bosh aylanishi, ko‘rish va muvozanat saqlash bilan bog‘liq muammolar, tushkunlikka tushish holati yoki uxlashda muammolarni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar sizda ushbu holatlardan birortasi kuzatilsa, shifokoringizni xabardor qiling, va biror bir jihozlar yoki mexanizmlardan foydalanmang va boshqarmang.
Teksivel preparati tarkibida laktoza saqlaydi
Ushbu preparat tarkibida laktoza saqlaydi, va agar shifokoringiz sizga, sizda ayrim qandlarni o‘zlashtira olmaslik bor deb aytgan bo‘lsa, ushbu preparatni iste‘mol qilishni boshlashdan oldin, shifokoringiz bilan maslahatlashing.
- Teksivel dori vositasi qanday qabul qilinadi
Siz preparatni doimo shifokoringiz tayinlagan ko‘rsatmaga qatiy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar sizda, tabletkani qanday qabul qilish kerakligi yuzasidan birorta shubha tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Teksivel kabi dori preparatlari yurak huruji (miokard infarkti) yoki yurakni urib ketishi havfini biroz oshishi bilan assosiasiyalanishi (bog‘liq bo‘lishi) mumkin. Har qanday havfni rivojlanish ehtimoli yuqori dozalarda va uzoq muddat (yana uzoqroq) davolanganda yuqori bo‘ladi. Preparatning tavsiya etilgan dozasini oshirmang (yuqori dozada qabul qilmang yoki davolash davomiyligini (muddatini) uzaytirmang.
Birorta shubha tug‘ilsa, shifokoriningiz bilan maslahatlashing.
Tabletkani ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan yuting, ovqat vaqtida yoki ovqatdan keyin, har kuni aynan bir vaqtda qabul qilgan afzal.
Teksivel preparatini qabul qilish vaqtida, shifokoringiz preparatning dozasi siz uchun to‘g‘ri tanlanganligini tekshirish hamda biror-bir nojo‘ya ta‘sirlari yo‘qligini aniqlash maqsadida, siz bilan uchrashishni taklif etishi mumkin. Agar siz keksa yoshda bo‘lsangiz, bu uchrashuv ayniqsa muhim.
Bolalar
Bolalarni davolash uchun Teksivel preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Kattalar
Odatdagi doza har kuni 1 tabletkani tashkil etadi.
Boylamlarni cho‘zilishi va suyaklarning chiqishini davolash uchun, odatdagi davolash davomiyligi 7 kungacha (maksimal 14 kun) bo‘lgan muddatni tashkil etadi.
Keksa yoshdagi odamlar va jigar hamda buyrak kasalliklari bo‘lgan odamlar.
Shifokor sizga preparatning dozasini tayinlashi lozim, va bu doza odatda boshqa katta odamlar uchun qo‘llanadigan dozaga nisbatan kamroq dozani tashkil etadi.
Teksivel preparatini qabul qilish vaqtida, shifokoringiz preparatning dozasi siz uchun to‘g‘ri tanlanganligini tekshirish hamda biror-bir nojo‘ya ta‘sirlari yo‘qligini aniqlash maqsadida, siz bilan uchrashishni taklif etishi mumkin. Agar siz keksa yoshda bo‘lsangiz, bu uchrashuv ayniqsa muhim. Har qanday havfni rivojlanish ehtimoli yuqori dozalarda va uzoq muddat qabul qilinganida yuqori bo‘ladi. Preparatning tavsiya etilgan dozasidan oshrmang yoki davolash davomiyligini uzaytirmang.
Agar siz Teksivel preparatini sizga tayinlangan miqdoriga nisbatan katta miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar siz Teksivel preparatini sizga tayinlangan miqdoriga nisbatan katta miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, u holda holsizlik, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bosh aylanishi va ko‘rishni noaniqligi yuz berishi mumkin. Sizda buyrak huruji, buyrak yetishmovchiligi, past arterial bosim, uyquchanlik hissi, hansirash yoki koma bo‘lishi mumkin. Siz zudlik bilan tibbiy maslahat olishingiz yoki bevosita yaqin atrofdagi kasalxonaga murojaat qilish va o‘zingiz bilan preparatni olib olishingiz kerak.
Agar siz Teksivel preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar siz dozani qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan dozani qabul qilmang. So‘ngra navbatdagi dozani odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozaning o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta yuqori doza qabul qilmang.
Ushbu preparatni qo‘llashga nisbatan birorta qo‘shimcha savollar tug‘ilgan holda, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Barcha tibbiy preparatlar kabi, ushbu preparat ham, garchi ayrim shaxslarda nojo‘ya ta‘sirlari namoyon bo‘lma-da, nojo‘ya ta‘sir qilishi mumkin.
Teksivel kabi, tibbiy preparatlar, yurak huruji (miokard infarkti) yoki yurakni urib ketishi havfini biroz oshishi bilan assosiasiyalanishi (bog‘liq bo‘lishi) mumkin.
E‘tibor berish kerak bo‘lgan muhim nojo‘ya ta‘sirlari:
Agar quyidagi nojo‘ya ta‘sirlardan birortasi namoyon bo‘lsa, Teksivel preparatini qabul qilishni to‘xtating va darhol shifokorga murojaat qiling.
Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab etilishi mumkin:
Me‘da yoki ichak bilan kuzatiladigan jiddiy muammolarning belgilari quyidagilardan iborat:
- Me‘dadan, qon aralash qusish yoki kofe granulalari kabi ko‘rinishga ega bo‘lgan katta bo‘lmagan bo‘lakchalar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi, qon ketishi.
- Orqa teshik (anus) dan, qora rangli yopishqoq axlat yoki qon aralash diareya ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi qon ketishi.
- Me‘da yoki ichagingizda hosil bo‘luvchi yaralar yoki teshik. Belgilari me‘daning faoliyatini buzilishi, me‘dada og‘riq, isitma, noxush his qilish yoki og‘riqdan iborat bo‘lishi mumkin.
- Me‘da osti bezi bilan kuzatiladigan muammolar. Belgilari me‘dada belgacha tarqaladigan kuchli og‘riqdan iborat bo‘lishi mumkin.
- Og‘riq, diareya, qusish va tana vaznini yo‘qolishi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi granulematoz kasallik yoki yarali kolitni yomonlashishi bo‘lishi mumkin.
Allergik reaksiyalar belgilari quyidagilardan iborat:
- Xiqildoqni kutilmagan shishi, yuz, qo‘llar, oyoq kaftini shishi;
- Nafas faoliyatini qiyinlashishi, ko‘krak qafasini ezilish hissi;
- Teri toshmasi, po‘rsildoq yoki terini qichishishi.
Jiddiy teri toshmalari belgilari quyidagilardan iborat:
- Organizm bo‘ylab tez tarqaladigan jiddiy toshmalar po‘rsildoqni hosil bo‘lishi yoki terini qipiqlanishi bilan kechadi, og‘iz, xiqildoq yoki ko‘zlarda po‘rsildoq paydo bo‘lishi mumkin. Bir vaqtning o‘zida isitma, bosh og‘rig‘i, yo‘tal va belda sanchiqli og‘riq paydo bo‘lishi mumkin.
Jigar kasalliklarining belgilari quyidagilardan iborat:
- Teringizni yoki ko‘zlaringiz oqini sarg‘ayishi (sariqlik).
- Toliqish hissi, ishtahani yo‘qolishi, noxush his qilish yoki og‘riq va axlatning rangini oqarishi (gepatit) va qon tahlillarida namoyon bo‘luvchi muammolar (shu jumladan gepatit).
Yurak-qon tomir kasalliklarining belgilari quyidagilardan iborat:
- Ko‘krakda, bo‘yningiz va yelkangiz va pastga chap qo‘lingizga tarqalishi mumkin bo‘lgan og‘riqlar.
Insultning belgilari quyidagilardan iborat:
- Mushaklarni bo‘shligi va qotib qolishi. Bunday belgilar tanangizning faqat bir tomonida namoyon bo‘lishi mumkin.
- Hid bilish, ta‘m bilish hissini, eshitish yoki ko‘rishni kutilmagan buzilishi, ongni chalkashishi.
Meningitning belgilari quyidagilardan iborat:
- Ichitma, noxush his qilish yoki og‘riq, bo‘yin mushaklari tangligi, bosh og‘rig‘i, yorqin yorug‘likka sezuvchanlikni oshishi va ongni chalkashishi (“tizimli qizil yugurik” kabi autoimmun holatlari bo‘lgan odamlarda ehtimoli yuqori) bo‘lishi mumkin.
Agar siz yuqorida ko‘rsatilgan jiddiy nojo‘ya ta‘sirlardan birortasini sezsangiz, Teksivel preparatini qabul qilishni to‘xtating va zudlik bilan shifokoringizga xabar bering.
Boshqa kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlari
Juda tez kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (10 nafar odamdan 1 va undan ortig‘ida namoyon bo‘ladi):
- Jig‘ildon qaynashi
- Me‘dada ovqat hazm bo‘lishini buzilishi
Keng tarqalgan nojo‘ya ta‘sirlari (100 nafar odamdan 1 va undan ortig‘ida namoyon bo‘ladi):
- Me‘dada ovqat hazm bo‘lishini buzilishi
- Yarali stomatit
- Me‘daning shilliq qavatini, me‘da faoliyatini buzilishi, meteorizm, ko‘ngil aynishi, og‘riq, xiqichoq tutish bilan namoyon bo‘luvchi yallig‘lanishi.
- Og‘izni qurishi
- Anoreksiya
- Bosh aylanishi
- Bosh og‘rig‘i
Kam kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (1000 nafar odamdan 1 va undan ortig‘ida namoyon bo‘ladi):
- Terini qichishishi
- Terini qizarishi
- Qo‘llaringizda, tana yoki yuzda teri toshmasi, eshakemi, husnbuzar toshmasi va po‘rsildoq
- Buyrak kasalliklari
- Toliqish hissi
- Organizmda suyuqlikni ushlanib qolishi va shish bo‘lishi mumkin.
Juda kam kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (10000 nafar odamdan 1 va undan ortig‘ida namoyon bo‘ladi):
- Tana vaznini yo‘qolishi
- Qonda qandni oshishi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi giperglikemiya
- Uyquni buzilishi
- Turli tushlar ko‘rish
- Depressiya
- Asabiylik
- Xonani harakatlanishi yoki aylanishi hissi ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi vertigo
- Yurakgingizni xilpillashi (yurakni kuchli urishi) hissi, yurak urishini sekinlashishi yoki qon bosimini oshishi bo‘lishi mumkin.
Juda kam kuzatiladigan nojo‘ya ta‘sirlari (10000 nafar odamdan 1 va undan ortig‘ida namoyon bo‘ladi):
- Tirnoqlaringizni o‘zgarishi
- Sochlarni to‘kilishi (alopesiya)
- Pankreatit (me‘da osti bezini yallig‘lanishi)
Uchrash tezligi noma‘lum nojo‘ya ta‘sirlari (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini hisoblash mumkin emas):
- Anemiya yoki oq qon tanachalarining sonini o‘zgarishi kabi qondagi o‘zgarishlar;
- Ko‘rishni o‘zgarishi, ko‘zni shishi yoki ta‘sirlanishi;
- Ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar (yo‘q jismlarni ko‘rishi yoki eshitishi mumkin);
- Paresteziyalar (qo‘l-oyoqlarda sanchish va chimchilash hissi yoki ayniqsa qo‘l va oyoq kaftlarini qotib qolishi kabi normada kuzatilmaydigan hislar).
- Tinnitus (quloqlarni shang‘illashi)
- Tanangizda qon aylanishini buzilishi. Buning belgilari toliqish, hansirash, holsizlik hissi, og‘riqdan iborat bo‘lishi mumkin.
- Gipertenziya (yuqori qon bosimi)
- Isitma, ishtahani yo‘qolishi, toliqish, umumiy holsizlik va azoblanish ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi vaskulit;
- Terini quyosh nurlariga nisbatan sezuvchanligini oshishi.
- Ayollar bepushtligi bo‘lishi mumkin.
- Teksivel preparatini qanday saqlash kerak
Bolalar ololmaydigan joyda saqlaqsin!
Karton qutida ko‘rsatilgan, yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng Teksivel preparatini ishlatmang. Yaroqlilik muddati ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
25°C dan past xaroratda original o‘ramida saqlansin.
Tibbiy preparatlarni oqar suvlarga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Yaroqsiz holga kelgan dori preparatlarni qanday yo‘qotish kerakligi to‘g‘risida shifokoringiz bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof muhitni himoya qilishga yordam beradi.
- O‘ramini ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
Teksivel preparati tarkibida nima saqlaydi
- Faol modda bo‘lib tenoksikam hisoblanadi. Har bir tabletka 20 mg tenoksikam saqlaydi.
- Boshqa ingredientlari quyidagilar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, talk.
Teksivel preparati va o‘ramining ichidagisi qanday ko‘rinishga ega
Teksivel 20 mg tabletkalari sariq, dumaloq, ikki tomoni qavariq, 9 mm diametrli tablekalar ko‘rinishiga ega.
Teksivel 20 mg tabletkalari 20 tabletkadan blister o‘ramlarga joylangan.
10 tabletkadan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
In'ektsiya mushak ichiga va tomir ichiga kiritiladi. Liyofilizat 2 ml taqdim etilgan erituvchida eritilishi kerak)
Ehtiyotkorlik choralari: diuretiklar, nefrotoksik dorilar fonida, jarrohlik aralashuvdan so'ng, qariyalarni davolash uchun ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Jarrohlikdan bir necha kun oldin Tenoksikamni qo'llash to'xtatilishi kerak. Uzoq muddatli davolanish paytida jigar va buyraklar faoliyatini, protrombin indeksini (bilvosita antikoagulyantlar fonida) va qon glyukozasini (agar bemor og'iz orqali qabul qilingan gipoglikemik vositalarni qabul qilsa) nazorat qilish kerak. Davolash paytida eroziv va yarali lezyonlar yoki oshqozon-ichak traktidan qon ketishining rivojlanishi preparatni to'xtatish va tegishli terapiyani tayinlashni talab qiladi.
Diuretiklar bilan qo'llanilganda va arterial gipertenziya va yurak etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda organizmda natriy va suvni ushlab turish imkoniyatini hisobga olish kerak. Shuni yodda tutish kerakki, buyrak kasalligi tarixi interstitsial nefrit, papiller nekroz va nefrotik sindromning rivojlanishiga moyil bo'ladi.
ürtiker, qichishish, eritema, Stivens-Jonson va Lyell sindromlari shaklida allergik reaktsiyalar.
Texivel preparati 20 mg faol moddasi tenoksikamni o'z ichiga oladi
Chiqarish shakli:
In'ektsiya: 1 shisha liyofillangan kukun va 1 ampula 2 ml erituvchi
Texivel 20 mg tabletkalari har bir blisterda 10 tabletkadan iborat blister paketlarda mavjud. 2 blister foydalanish bo'yicha ko'rsatmalar bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
og'riq markazlari. PGE_1 sintezini inhibe qiladi, uning cAMP hosil bo'lishiga faollashtiruvchi ta'sirini yo'q qiladi, bu issiqlik hosil bo'lishining pasayishiga va ko'payishiga olib keladi.
issiqlik uzatish. Tx hosil bo'lishini inhibe qiladi, trombotsitlar agregatsiyasini inhibe qiladi. Desensitizatsiya qiluvchi ta'sirga ega (uzoq muddat foydalanish bilan).
Oshqozon-ichak traktidan tez va to'liq so'riladi; ovqat iste'mol qilish so'rilish tezligini sekinlashtiradi. Bioavailability 100%. Qonda C_max 2 soatdan keyin erishiladi
oqsillar bilan 99% bog'lanadi. Tarqatish hajmi - 0,15 l/kg. T_1/2 - 60-75 soat jigarda gidroksillanadi, 5-gidroksitenoksikam hosil qiladi. Oson o'tadi
histohematik to'siqlar orqali. Asosiy qismi siydik bilan faol bo'lmagan metabolitlar shaklida, qolgan qismi safro bilan chiqariladi. Revmatik kasalliklarda dam olish va harakat paytida bo'g'imlarda og'riqni yo'qotadi, bo'g'imlarning ertalabki qotib qolishini va shishishini kamaytiradi, funktsiyalarni yaxshilaydi va bo'g'imlarning harakat doirasini oshiradi. Yallig'lanishga qarshi ta'sir davolashning birinchi haftasining oxiriga kelib rivojlanadi.
Chiqarish shakllari