Tenotenning aptekalardagi narxlari
TENOTEN DETSKIY tabletkalari N20
|
|
2 ta dorixonada bor
|
47 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
TENOTEN DETSKIY tabletkalari N40
|
|
46 ta dorixonada bor
|
42 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
47 000 so'mdan
Bron qilish
|
TENOTEN tabletkalari N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
43 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
|
TENOTEN tabletkalari N40
|
|
285 ta dorixonada bor
|
34 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
48 200 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
30 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Tenoten ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
TENOTEN
TENOTEN
Preparatning savdo nomi: Tenoten
Dori shakli: shimish uchun gomeopatik tabletkalar
Tarkibi (1 tabletkaga):
Faol moddalar: miya spesifik S-100 oqsiliga affin tozalangan antitelalar – 0,003 g*.
Yordamchi moddalar: 0,267 g laktoza monogidrati, 0,03 g mikrokristall sellyuloza, 0,003 g magniy stearati.
*laktozaga ta‘sir qiluvchi moddaning faol shaklini 10-15 ng/g dan ko‘p bo‘lmagan miqdorini saqlovchi suvli-spirtla aralashma shaklida kiritiladi.
Ta‘rifi: Yassisilindrik shaklli, oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan faska va riskali tabletkalar. Riskali yassi tomoniga MATERIA MEDICA yozuvi, boshqa yassi tomoniga TENOTEN yozuvi tushirilgan.
Farmakoterapevtik guruhi: anksiolitiklar, nootroplar.
ATX kodi: N05BX, N0BX
Farmakologik ta‘siri
Preparat noxush gipnogen va miorelaksant samaralarni chaqirmasdan, tinchlantiruvchi, xavotirlikka qarshi (anksiolitik) ta‘sir ko‘rsatadi. Psixoemosional yuklamalarga chidamlilikni yaxshilaydi. Stress-protektor, nootrop, antiamnestik, gipoksiyaga qarshi, neyroprotektor, antiastenik, antidepressiv ta‘sirga ega.
Intoksikasiya, gipoksiya sharoitlarida, miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlaridan keyingi holatlarda neyroprotektor ta‘sir ko‘rsatadi, shikastlanish sohasini cheklaydi, markaziy nerv tizimida (MNT) o‘qish jarayonlari va xotirani normallashtiradi.
Lipidlarning perekisli oksidlanish jarayonlarini susaytiradi.
Miyada sinaptik (informasion) va metabolik jarayonlarni birlashishini amalga oshiruvchi S-100 oqsilining funksional faolligini modifikasiyalaydi. GAMK-mimetik va neyrotrofik ta‘sir ko‘rsatib, stressni cheklovchi tizimlarning faolligini oshiradi, neyronal plastiklik jarayonlarini tiklanishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Nevrotik va nevrozsimon holatlar, psixosomatik kasalliklar; kuchli asabiylashish, ta‘sirchanlik, xavotir va vegetativ reaksiyalar bilan kechuvchi stressli buzilishlar.
Markaziy nerv tizimini, shu jumladan jarohatlar va dissirkulyator holatlar oqibatidagi, emosional fonni beqarorligi, jizzakilik, xotirani pasayishi, vegetativ buzilishlar bilan kechuvchi o‘rtacha namoyon bo‘lgan shikastlanishlari.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi. Bir qabulga – 1 yoki 2 tabletka (og‘izda to‘liq erib ketgunicha tutib turish kerak). Kuniga 2 marta, zarurati bo‘lganida – sutkada 4 qabulgacha qabul qilinadi.
Davolash kursi 1-3 oy. Zarurati bo‘lganida davolash kursini 6 oygacha uzaytirish yoki 1-2 oydan keyin takrorlash mumkin.
Davolash boshlanganidan so‘ng 3-4 hafta davomida pasientning umumiy holatini yaxshilanishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat ko‘rsatilgan ko‘rsatmalar va ko‘rsatilgan dozalarda ishlatilganida nojo‘ya ta‘siri aniqlanmagan.
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori shaxsiy sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bolalarga va 18 yoshdan kichik shaxslarga Tenoten detskiy preparati qo‘llanadi.
Dorilarlarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha boshqa dori vositalari bilan nomutanosiblik hollari qayd qilinmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatning tarkibiga laktoza monogidrati kiradi, shuning uchun uni tug‘ma galaktozemiyasi, glyukozani yoki galaktozani kam so‘rilish sindromi, yoki tug‘ma laktaza yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga buyurish tavsiya qilinmaydi.
Tenoten preparatining ta‘sirida faollashtiruvchi xususiyatlari bo‘lganligi tufayli, uni uyqudan 2 soat oldin qabul qilish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homiladorlik va laktasiya davrida Tevotenni qo‘llashning xavfsizligi o‘rganilmagan. Qabul qilish zarurat bo‘lganida xavf/foyda nisbatini hisobga olish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborilishi hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Shimish uchun gomeopatik tabletkalar. 20 tabletkadan polivinilxlorid parda va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramdan davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda.
Preparatni qo‘llash davri davomida ishlab chiqaruvchi tomonidan ko‘zda tutilgan kontur uyali o‘ram karton kutida saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirishKamchiliklari: Yo'q
Sharh: Men o'z-o'zidan dori-darmon bilan shug'ullanmayman, lekin shunga qaramay, xolamning tavsiyasi bilan bolalar uchun tenoten sotib oldim, uning qizi kvartiraning polini sindirib, tanaffusni tashlaganida, ular meni bolani sport bilan shug'ullanishga yuborishimni aytishdi. men bunga aniq rozi bo'lmaganman. Men tenoten sotib oldim, chunki qizim uchun hech qanday nojo'ya ta'sir topmadim, bundan tashqari ko'rsatmalarda ko'rsatilgan harakatlar juda zo'r. Lizada, taxminan 5-7 kundan keyin ta'sirini payqadim, xolam ham. Men o'z fikrlarimni aniqroq shakllantira boshladim, kitoblarga qaradim va she'r o'rgana boshladim.