TIREGIS ko'rsatmalar
ILOVA-VARAQA: PASIENTLAR UCHUN MA‘LUMOT
TIREGIS® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 20 mg
TIREGIS® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 40 mg
TIREGIS® qobiq bilan qoplangan tabletkalar 80 mg
telmisartan
Ushbu dori vositasini qabul qilishdan oldin ilova-varaqani diqqat bilan to‘liq o‘qib chiqing.
- Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying: uni yana o‘qib chiqishingizga to‘g‘ri kelishi mumkin.
- Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
- Bu dori vositasi shaxsan sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yuborish mumkin emas. Agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar keltirishi mumkin.
- Agar sizda jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlansa yoki agar Siz ushbu ilova-varaqada keltirilmagan nojo‘ya samaralarni aniqlasangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqada saqlangan ma‘lumot:
- Tiregis® o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
- Tiregis® preparatini qabul qilishdan oldin
- Tiregis®ni qanday qabul qilish kerak
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
- Tiregis®ni qanday saqlash kerak
- Qo‘shimcha ma‘lumotlar
- TIREGIS® O‘ZI NIMA VA U NIMA UCHUN QO‘LLANADI
Tiregis angiotenzin II reseptorlarining antagonistlari sifatida ma‘lum bo‘lgan dori vositalar sinfiga kiradi. Angiotenzin II – bu organizmda hosil bo‘ladigan va qon tomirlarini torayishini chaqirib, arterial bosimni oshiradigan moddadir. Tiregis® angiotenzin II ni bloklaydi, bu qon tomirlarni bo‘shashishiga va arterial bosimni pasayishiga olib keladi.
Tiregis® essensial (ya‘ni, boshqa holat bilan chaqirilmagan) arterial gipertenziya (yuqori bosim) ni davolash uchun ishlatiladi.
Yuqori arterial bosim davolanmasa, ba‘zi a‘zolarda qon-tomirlarini shikastlashi mumkin, bu ba‘zida miokard infarkti, yurak va buyrak yetishmovchiligi, insult yoki ko‘rlikka olib kelishi mumkin. A‘zolarni shikastlanishi rivojlanmagunicha, yuqori arterial bosim odatda simptomlarni chaqirmaydi. Arterial bosim me‘yoriy chegaralarda turganligiga ishonch hosil qilish uchun arterial bosimni muntazam ravishda o‘lchab turish muhimdir.
Tiregis® yurak yoki oyoqlarga qonni oqib kelishi pasayish yoki tiqilib qolish havfi bo‘lgan guruhdagi pasientlarda, insult o‘tkazgan yoki qandli diabet bilan xastalangan qon tomir kasalliklari havfi yuqori bo‘lgan pasientlarda yurak qon-tomir kasalliklari (ya‘ni, infarkt yoki insult) ning chastotasini kamaytirish uchun ham ishlatiladi.
- TIREGIS® PREPARATINI QABUL QILISHDAN OLDIN
Tiregis® preparatini qabul qilmang:
- agar sizda telmisartanga yoki Tiregis®ning tarkibidagi boshqa komponentlarga allergiya (yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa (“Qo‘shimcha ma‘lumotlar” bo‘limidagi yordamchi
moddalar ro‘yxatiga qarang.
- agar siz homilador bo‘lsangiz va homiladorlik muddati 3 oydan ortiq bo‘lsa. Shuningdek homiladorlikni boshlanishida Tiregis® qabul qilishdan saqlanish kerak – “Homiladorlik” bo‘limiga qarang.
- agar sizda xolestaz yoki o‘t yo‘llarining obstruksiyasi kabi og‘ir darajadagi jigar kasalliklari (jigar va o‘t pufagidan safro ajralishida muammolar) bo‘lsa qo‘llash mumkin emas.
Agar yuqoridagilardan birontasi sizga ham taalluqli bo‘lsa, Tiregis®ni qabul qilishdan oldin bu haqida shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Tiregis® preparatini juda ehtiyotkorlik bilan qabul qiling
Agar sizda quyidagi kasalliklar va holatlar bo‘lsa yoki ilgari bo‘lgan bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering:
- Buyrak kasalliklari yoki buyrak transplantasiyasi;
- Buyrak arteriyalari stenozi (buyraklarga qon olib keluvchi bir yoki har ikkala qon-tomirni torayishi);
- Jigar kasalliklari;
- Yurak kasalliklari;
- Aldosteronning darajasini yuqori bo‘lishi (organizmda suv va tuzlarni tutilib qolishi, shuningdek qonda turli mineral moddalarning muvozanatini buzilishi);
- Suvsizlanish holida (organizmdan haddan tashqari ko‘p miqdorda suvni yo‘qolishi) yoki diuretiklar (siydik haydovchilar) bilan davolash, tuzning miqdori kam parhez, diareya va qusish oqibatida tuz yetishmovchiligida rivojlanishi mumkin bo‘lgan past arterial bosim (gipotenziya);
- Qonda kaliyning darajasini oshishi;
- Qandli diabet.
Agar siz homilador bo‘lsangiz yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, bu xaqida shifokorga aytish kerak. Tiregis® homiladorlikning ilk muddatlarida tavsiya etilmaydi va uni homiladorlikning muddati 3 oylikdan ortganida qabul qilish mumkin emas, chunki bu vaqtda preparatni qo‘llash bolangizga jiddiy zarar yetkazishi mumkin (“Homiladorlik” bo‘limiga qarang).
Jarrohlik aralashuvi hollarida yoki anesteziya o‘tkazishda, Tiregis®ni qabul qilayotganingiz xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Bolalar va 18 yoshgacha o‘smirlarda Tiregis®ni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Angiotenzin II-reseptorlarining barcha antagonistlari kabi, Tiregis®ni negroid irqiga mansub pasientlarda arterial bosimni pasaytirishida samarasi kamroq bo‘lishi mumkin.
Boshqa dorilarni qabul qilish
Agar siz qandaydir boshqa dori vositalarni, shu jumladan reseptsiz beriladigan dori vositalarni qabul qilayotgan yoki yaqin vaqtda qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Shifokoringiz ushbu dori vositalarning dozalarini o‘zgartirishi yoki boshqa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishi mumkin. Ba‘zi hollarda siz ayrim dori vositalarni qabul qilishni to‘xtatishingiz kerak bo‘ladi. Bu ayniqsa, Tiregis® bilan bir vaqtda qabul qilinadigan, quyida keltirilgan dori vositalariga taalluqli:
- Ba‘zi emosional buzilishlarni davolash uchun ishlatiladigan litiy preparatlari;
- Kaliy saqlovchi tuzlarni o‘rnini bosuvchilar, kaliyni tejovchi diuretiklar (ba‘zi siydik haydovchilar) kabi qonda kaliyning darajasini oshirishi mumkin bo‘lgan dori vositalar, AAF ingibitorlari, angiotenzin II-reseptorlarining antagonistlari, NYAQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, masalan, aspirin yoki ibuprofen), geparin, immunodepressantlar (masalan, siklosporin yoki takrolimus) va trimetoprim antibiotik.
- Diuretiklar (siydik haydovchilar), ayniqsa, Tiregis® bilan birga yuqori dozalarda qabul qilinganida, suvni haddan tashqari yo‘qolishiga va arterial bosimni pasayishiga (gipotenziya) olib kelishi mumkin.
Agar siz NYAQV (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, masalan, aspirin yoki ibuprofen) yoki kortikosteroidlar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, arterial bosimni pasaytirish uchun qo‘llanadigan boshqa dori vositalar kabi, Tiregis®ning ta‘siri ham pasayishi mumkin.
Tiregis® yuqori arterial bosimni pasaytirish uchun ishlatiladigan boshqa dori vositalarning ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.
Tiregis®ni ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Tiregisni Siz ovqatlanishdan qat‘iy nazar, qabul qilishingiz mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Siz homiladorligingiz (yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan) xaqida shifokoringizga aytishingiz kerak. Shifokor sizga homilador bo‘lishdan oldin Tiregis® qabul qilishni to‘xtatishni tavsiya berishi va Tiregis®ning o‘rniga boshqa dori vositasini qabul qilishni maslahat berishi kutiladi. Homiladorlikning ilk muddatlarida Tiregis®ni qabul qilish tavsiya etilmaydi va homiladorlikning muddati 3 oylikdan oshgan bo‘lsa, uni qabul qilish mumkin emas, chunki homiladorlikning uchinchi oyidan so‘ng jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Emizish davri
Agar siz emizsangiz yoki emizishni boshlayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizga xabar bering. Tiregis® emizikli ayollarga tavsiya etilmaydi va agar siz emizishni hohlayotgan bo‘lsangiz, ayniqsa, bolangiz yaqinda tug‘ilgan bo‘lsa yoki chala tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringiz sizga boshqa davolash usulini tavsiya etishi mumkin.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish
Avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga Tiregis®ning samarasi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Yuqori arterial bosimni davolash vaqtida ba‘zi odamlar bosh aylanishi yoki toliqishni his qiladilar. Agar sizda shunday his-tuyg‘ular kuzatilsa, avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish mumkin emas.
Tiregis®ning ba‘zi komponentlari xaqida muhim ma‘lumot
Tiregis® laktoza saqlaydi. Agar shifokoringiz sizda ba‘zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, bu dori vositasini qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
- TIREGIS®NI QANDAY QABUL QILISH KERAK
Tiregis® preparatini shifokoringiz qanday tavsiya qilgan bo‘lsa, doimo shunday qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonchingiz komil bo‘lmasa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Tiregis®ning odatdagi dozasi kuniga bir tabletkani tashkil etadi. Tabletkani kunning aynan bir vaqtida qabul qilishga harakat qiling.
Tiregis®ni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilishingiz mumkin. Tabletkalar ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv yoki boshqa alkogolsiz ichimlik bilan qabul qilinadi.
Agar shifokoringiz o‘zgacha tavsiya etmagan bo‘lsa, Tiregis®ni har kuni qabul qilish muhimdir.
Agar sizga, Tiregis® haddan tashqari kuchli yoki yetarli bo‘lmagan ta‘sir ko‘rsatayotgandek tuyulsa, shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Arterial gipertenziyani davolashda ko‘pchilik pasientlar uchun Tiregis®ning odatdagi dozasi kuniga 1 marta 40 mg li tabletkani tashkil etadi, bu arterial bosimni 24 soat davomida nazorat qilish imkonini beradi. Biroq ba‘zida shifokoringiz sizga pastroq (20 mg) yoki yuqoriroq (80 mg) dozalarni maslahat berishi mumkin.
Shuningdek Tiregis®ni, masalan, gidroxlortiazid kabi diuretiklar (siydik haydovchilar) bilan, bunda Tiregis® bilan birga qabul qilinganida arterial bosimni qo‘shimcha pasayishi kerak bo‘lgan pasientlarda birga qo‘llash mumkin.
Yurak-qon tomir buzilishlarini kamaytirish uchun Tiregis®ning odatdagi dozasi kuniga bir marta bitta 80 mg li bir tabletkani tashkil etadi. Tiregis®ni 80 mg dozada profilaktika maqsadida qabul qilishni boshlashda arterial bosimni tez-tez o‘lchab turish kerak.
Agar sizda jigar faoliyati buzilgan bo‘lsa, preparatning odatdagi dozasi sutkada bir marta 40 mg dan oshmasligi kerak.
Agar siz Tiregis®ni tavsiya etilgandan ko‘proq miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar siz bexosdan haddan tashqari ko‘p tabletka qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokoringizga, farmasevtga yoki yaqin atrofdagi shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.
Agar siz Tiregis® qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar siz bir dozani tabletka qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, tashvishlanmang. Yodingizga tushgan zahoti uni qabul qiling va preparatni odatdagidek qabul qilishni davom ettiring. Agar siz tabletkani kerakli kunda qabul qilmagan bo‘lsangiz, unda odatdagi dozada keyingi kuni qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini qoplash uchun dozani ikki marta oshirmang.
Agar sizda ushbu preparatni qo‘llash yuzasidan yana qandaydir savollar bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Agar siz Tiregis® qabul qilishni to‘xtatishni hohlasangiz
Shifokoringiz bilan maslahatlashmasdan, Tiregis®ni qabul qilishni to‘xtatmang.
Arterial bosimni pasaytiruvchi dori vositalarini butun hayot davomida qabul qilish kerak bo‘lishi mumkin. Agar siz Tiregis®ni qabul qilishni to‘xtatsangiz, qon bosimingiz bir necha kun davomida davolangungacha bo‘lgan ko‘rsatkichiga qaytadi.
Agar sizda ushbu dori vositasini qo‘llash yuzasidan qandaydir savollar bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
- MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA SAMARALARI
Barcha dori vositalari kabi, Tiregis® ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, biroq ular hamma pasientda ham rivojlanmaydi.
Bu nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagicha aniqlanadi:
- Juda tez-tez: 10 pasientdan 1 nafaridan ko‘pida rivojlanadi;
- Tez-tez: 100 pasientdan 1-10 nafarida rivojlanadi;
- Tez-tez emas: 1000 pasientdan 1-10 nafarida rivojlanadi;
- Kam hollarda: 10000 pasientdan 1-10 nafarida rivojlanadi;
- Juda kam hollarda: 10000 pasientdan 1 nafaridan kamida rivojlanadi;
- Noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini baholash mumkin emas.
Ba‘zi nojo‘ya samaralari jiddiy bo‘lishi va shoshilinch ravishdagi tibbiy aralashuvni talab qilishi mumkin:
Agar siz quyidagi simptomlardan birini his qilayotgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling: sepsis* (ko‘proq “qonni zaharlanishi” deb nomlanadi – o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan, og‘ir darajadagi tarqoq yallig‘lanishga javob reaksiyasi), teri va shilliq qavatlarni tez rivojlanadigan shishi (Kvinke shishi). Bu nojo‘ya samaralar kam kuzatiladi, biroq haddan tashqari jiddiy bo‘ladi. Pasient preparatni qabul qilishni to‘xtatishi va darhol shifokorga murojaat qilishi kerak. Davolash o‘tkazilmasa, bu holat o‘limga olib kelishi mumkin.
Tez-tez kuzatiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olish uchun davolanayotgan pasientlarda arterial bosimni past bo‘lishi (gipotenziya) kuzatiladi.
Tez-tez kuzatilmaydigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari (masalan, tomoqda og‘riq, burun yon bo‘shliqlarini yallig‘lanishi, shamollash). Siydik yo‘llarining infeksiyalari, eritrositlar sonini kamayishi (anemiya), kaliyning darajasini oshishi, kayfiyatni tushib ketishi (depressiya), xushdan ketish, uyquga ketishni qiyinlashishi, jismlarni atrofda aylanayotganini his etish (tizimli bosh aylanishi), yurak urishini sekinlashishi (bradikardiya), arterial bosimni past bo‘lishi (gipotenziya) – yuqori arterial bosim bo‘yicha davolanganda, o‘rindan turganda bosh aylanishi (ortostatik gipotenziya), hansirash, qorinda og‘riq, diareya, qorinda diskomfort, qorinni dam bo‘lishi, qusish, kuchli terlash, terini qichishishi, dorilarning ta‘siri oqibatidagi toshma, mushaklarda og‘riq (mialgiya), mushaklar spazmi, buyrak faoliyatini buzilishi, shu jumladan o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, ko‘krak qafasida og‘riq. Holsizlik hissi va qonda kreatinin darajasini oshishi.
Kam kuzatiladigan nojo‘ya samaralar quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
Sepsis* (ko‘proq “qonni zaharlanishi” deb nomlanadi – o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan, og‘ir darajadagi tarqoq yallig‘lanishga javob reaksiyasi), leykositlarning ba‘zi turlari sonini oshishi (eozonofiliya), trombositlar darajasini pasayishi (trombositopeniya), og‘ir darajadagi allergik reaksiya (anafilaktik reaksiya), allergik reaksiyalar (masalan, teri toshmasi, terini qichishishi, nafasni qiyinlashishi, xushtaksimon xirillashlar, yuzni shishi yoki arterial bosimni pasayishi), qonda qand darajasini pasayishi (qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda), havotirlik hissi, ko‘rishni buzilishi, yurakni tez-tez urishi (taxikardiya), ovqatni hazm bo‘lmasligi, og‘izni qurishi, jigar faoliyatini buzilishi**, dorilarning ta‘siri oqibatidagi og‘ir darajadagi toshmalar, qavariq (eshakemi), terini qizarishi, teri va shilliq qavatlarni tez rivojlanadigan shishi (Kvinke shishi) – bu o‘limga olib kelishi mumkin, ekzema (teri kasalligi), bo‘g‘imlarda og‘riq (artralgiya), qo‘l-oyoqlarda og‘riq, paylar sohasida og‘riq, grippsimon kasallik, siydik kislotasi, jigar fermentlari yoki kreatinfosfokinazaning darajasini oshishi, gemoglobin (qondagi oqsillar) darajasini pasayishi.
*20000 dan ortiq pasientlar ishtirokidagi uzoq muddatli tadqiqotlarda, sepsis rivojlangan pasientlarning soni telmisartan olgan guruhda yuqori bo‘lgan. Bu kutilmagan yoki hozirgi vaqtgacha noma‘lum bo‘lgan ta‘sir mexanizmi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
**Telmisartanni qayd etilgandan keyingi qo‘llash tajribasidan kelib chiqib, jigar faoliyatini buzilishini ko‘pchilik hollari, ushbu nojo‘ya samarani rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan yapon millatiga mansub pasientlarda kuzatilgan.
Agar sizda jiddiy nojo‘ya samaralar rivojlansa yoki agar ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralar kuzatilsa, bu xaqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
- TIREGIS® QANDAY SAQLANADI
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Tiregis® o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin. Yaroqlilik muddati tugaydigan sana – ko‘rsatilgan oyning oxirgi kunidir.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqar suvlarga tashlash mumkin emas. Agar endi kerak bo‘lmagan preparatni chiqindilarga tashlab yuborish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam berishi mumkin.
- QO‘SHIMCHA MA‘LUMOT
Tiregis®ning tarkibi:
- Ta‘sir etuvchi modda: telmisartan, har bir tabletka 20, 40 yoki 80 mg telmisartan saqlaydi.
- Yordamchi moddalar: Boshqa komponentlar: natriy gidroksidi, povidon (K-25), meglumin, laktoza monogidrati, krospovidon, temir (III) oksidi (Ye172), magniy stearati.
Qobig‘ining tarkibi: gipromelloza, titan dioksidi (Ye171), makrogol-400, talk, temir (III) oksidi (Ye172).
Tiregis® preparatini tashqi ko‘rinishi va o‘ramining ichidagisi
Bir tomonida “20” raqami gravirovkali va boshqa tomonida “T” harfi stilizasiya qilingan, qobiq bilan qoplangan sariq dumaloq tabletkalar.
Bir tomonida “40” raqami gravirovkali va boshqa tomonida “T” harfi stilizasiya qilingan, qobiq bilan qoplangan sariq oval tabletkalar.
Bir tomonida “80” raqami gravirovkali va boshqa tomonida “T” harfi stilizasiya qilingan, qobiq bilan qoplangan sariq oval tabletkalar.
7 yoki 14 plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkadan majmuaviy alyumin folgali (sovuq-formavon alyumin folga va toblangan alyumin folga) blister o‘ramga joylangan.
4 (7 tabletkadan) yoki 2 (14 tabletkadan) blister pasientlar uchun ilova-varaqasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi
Chiqarish shakllari