Trizimning aptekalardagi narxlari
TRIZIM tabletkalari 240mg N20
|
|
1 ta dorixonada bor
|
22 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
TRIZIM kapsulalar 10000ed N20
|
|
3 ta dorixonada bor
|
46 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
56 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Trizim ko'rsatmalar
mukovissidoz;
surunkali pankreatit;
pankreatektomiya;
gastrektomiya;
me'da osti bezi raki;
me'dani to'liq yoki qisman rezektsiyasi (masalan, Bilrot II bo'yicha gastroenterostomiyasidan) keyingi holat;
pankreatik yoki umumiy o't yo'lining obstruktsiyasi (masalan, o'sma bilan);
Shvaxman-Daymond sindromi;
bemor enteral oziqlanishga o'tkazilgan vaqtdan boshlab, o'tkir pankreatitning zo'rayishidan keyingi holat.
Preparat normal oshqozon-ichak funktsiyasi bo'lgan bemorlarda ovqatlanishda xatolar (yog'li ovqatlarni iste'mol qilish, ortiqcha ovqatlanish, tartibsiz ovqatlanish va boshqalar) bo'lsa, ovqat hazm qilishni yaxshilash uchun olinishi mumkin.
- preparatning tarkibiy qismlariga yuqori sezuvchanlik;
- o'tkir pankreatit, surunkali pankreatitning zo'rayishi;
Ehtiyotkorlik bilan: homiladorlik davrida
- Dori shakli
- Farmakokinetikasi
- Maxsus shartlar
- Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
- Bolalar uchun qo'llanilishi
- Tarkibi
- Dozirovkasi
- Nojo'ya samaralari
- Dori vositalarining o'zaro ta'siri
- Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
- Farmakodinamikasi
- Maxsus saqlash sharoitlari
- Ta'rifi
- Dozani oshirib yuborilishi
Dori shakli
10 000 TB va 25 000 TB dagi kapsulalar.
Farmakokinetikasi
Me'da osti bezi fermentlarini kiritmasi o'zining samarasiga erishishi uchun so'rilishni talab qilmaydi. Aksincha, ularning to'liq terapevtik ta'siri me'da-ichak yo'llarining ichida namoyon bo'ladi. Ular oqsillar sifatida, peptidlar va aminokislotalar ko'rinishida so'rilishdan oldin me'da-ichak yo'llari orqali o'tishda proteolitik ovqat hazm bo'lishiga uchraydilar.
Maxsus shartlar
Pankreatinning yuqori dozalarini qabul qilgan, mukovissidozi mavjud bemorlarda ichakning ileosekal bo'limi va yo'g'on ichakning torayishi aniqlangan (fibroz kolonopatiya). G'ayrioddiy abdominal belgilar paydo bo'lgan hollarda yoki asosiy kasallik belgilarining xususiyati o'zgarganida, oldini olish chorasi sifatida, yo'g'on ichakning shikastlanishi mumkinligini, ayniqsa agarda bemor sutkada 10000 TB dagi lipaza/kg dan ko'proq qabul qilayotgan bo'lsa, istisno qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qullanishi
Agar siz Trizim Mikrokaps® qabuli vaqtida homilador ekanligizni aniqlagan bo'lsangiz, zudlik bilan bu haqida o'zingizning shifokoringizga xabar bering, chunki faqat u davolashni davom ettirish zaruratiga oid masalani hal qilishi mumkin.
Me'da osti bezi fermentlari homiladorlikning kechishiga ta'siri bo'yicha klinik tekshiruvlarning ma'lumotlari yo'q, shuning uchun homilador ayollarga ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak, agar onaga mo'ljallangan foyda homila uchun potentsial xavfdan oshsa.
Emizish davrida me'da osti bezining fermentlarini qabul qilish mumkin.
Zarurat bo'lganida homiladorlar yoki emizuvchi ayollar, Trizim Mikrokaps® ni ovqatlanishning tegishli holatini ta'minlash uchun etarli dozalarda qabul qilishlari mumkin.
Bolalar uchun qo'llanilishi
Trizim Mikrokaps® ni bolalarga qo'llash mumkin.
Tarkibi
bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Trizim Mikrokaps® 10 000:
faol modda: 0,150 g pankreatin quyidagilardan kam bo'lmagan faolliklarga muvofiq:
- 10000 lipolitik TB
- 8000 amilolitik TB
- 600 proteolitik TB
Trizim Mikrokaps® 25 000:
faol modda: 0,375 g pankreatin quyidagilardan kam bo'lmagan faolliklarga muvofiq:
-25000 lipolitik TB
-20000 amilolitik TB
-1500 proteolitik TB
Dozirovkasi
Har doim Trizim Mikrokaps® ni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadandir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.
Ichga qabul qilish uchun kapsulalar
Kapsulalarni butunligicha, sindirmasdan va chaynamasdan etarli miqdordagi suyuqlik bilan birga yutish yoki engil nonushta bilan iste'mol qilish kerak. Preparatni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darhol qabul qilish tavsiya etiladi.
Agar kapsulani butunligicha yutish mumkin bo'lmasa (bolalar va keksa yoshli shaxslar), uni ochish va mikrosferik granulalarni chaynashni talab qilmaydigan va nordon ta'mga (rn<5,5) ega yumshoq ovqatga qo'shish, yoki shuningdek nordon ta'mga (rn<5,5) ega bo'lgan suyuqlik bilan qabul qilish kerak. Masalan mikrosferalarni rn 5,5 dan kam bo'lgan olma bo'tqasiga, yogurtga yoki meva (olma, apelsin yoki ananas) sharbatiga qo'shish mumkin. Bunday aralashmani darhol qabul qilish kerak, saqlash mumkin emas.
Mikrosferalarni maydalash yoki chaynash, shuningdek ularni rn 5,5 dan yuqori bo'lgan ovqat yoki suyuqlik bilan aralashtirish, ularning ichakda eruvchi himoya qobiqlarini parchalashi mumkin. Bu fermentlarni og'iz bo'shlig'ida erta ajralib chiqishiga, samaradorligini pasayishiga va shilliq qavatlarni ta'sirlanishiga olib kelishi mumkin. Mikrosferalarni og'izda qolmaganligiga ishonch hosil qilish kerak.
Trizim Mikrokaps® 10000, Trizim Mikrokaps® 25000 preparatlari bilan davolanish vaqtida etarli miqdordagi suyuqlikni, ayniqsa suyuqlik yo'qotilish davrida suvni kup mikdorda iste'mol qilish juda muhimdir. Suyuqlikning tanqisligi qabziyat chaqirishi mumkin.
Mukovissidozda kattalar va bolalar uchun dozalash
Kattalar va bolalar uchun doza tana vazniga bog'liq va davolanishning boshida 4 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining har kg ga boshlang'ich doza 1000 TB dagi lipazani tashkil qiladi, 4 yoshdan boshlab bolalar uchun har bir ovqat qabul qilish vaqtida tana vaznining har kg ga - 500 TB lipaza tashkil qiladi;
Dozani kasallikning og'irlik darajasi, steatoreyaning nazorati va tegishli nutritiv holatni ushlab turilishidan kelib chiqqan holda tanlash kerak.
Ko'pchilik bemorlar uchun tutib turuvchi doza tana vaznining har kg ga sutkada 10 000 TB dagi lipazadan yoki 1 gramm iste'mol qilingan yog'ga 4000 TB dagi lipazadan oshmasligi kerak.
Me'da osti bezining ekzokrin etishmovchiligini boshqa turlarida dozalash
Ovqat hazm bo'lishining buzilish darajasi va ovqatning yog'li tarkibiga qarab, dozani individual ravishda tanlash kerak.
Asosiy ovqat qabul qilishlar vaqtida doza 25 000 dan 80 000 TB gacha lipaza bo'lishi mumkin, engil egulik qabul qilish vaqtida esa, individual dozaning yarmini tashkil qilishi kerak.
Ovqat hazm qilish tizimi normal bo'lgan bemorlarda ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun ovqatlanishdagi xatolik holatlarida tana vazniga va oziq-ovqat tarkibidagi yog miqdoriga bog'liq bo'lib, har bir dozada 10 000 dan 20 000 TB lipazgacha o'zgaradi.
Bolalarda preparatni shifokorning ko'rsatmasi bo'yicha qo'llash kerak.
Nojo'ya samaralari
Har qanday dori vositasi kabi, Trizim Mikrokaps® ham, har bir iste'molchida kuzatilmasa-da, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.
Nojo'ya ta'sirlarni uchrash sonini ta'riflash uchun quyidagi toifalar qo'llaniladi: juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% - <10%), tez-tez emas (≥0,1% - <1%) va tez-tezligi noma'lum Trizim Mikrokaps® preparatini qabul qilganda quyidagi nojo'ya ta'sirlar chaqirilishi mumkin:
Me'da ichak yo'li tomonidan buzilishlar: juda tez-tez - qorin og'rig'i, tez-tez - ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, qorinning dam bo'lishi, diareya, tez-tez ligi noma'lum - yonbosh, ko'r va yo'g'on ichakning strikturasi (fibroz kolonopatiya);
Teri va teri osti to'qimalari tomonidan buzilishlar: tez-tez emas – toshma; tez-tezligi noma'lum - qichishish, eshakemi;
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: tez-tezligi noma'lum - o'ta yuqori sezuvchanlik (anafilaktik reaktsiyalar).
Agar sizda ushbu yo'riqnomada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga xabar bering.
Dori vositalarining o'zaro ta'siri
Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos , o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering.
O'zaro ta'sirining tekshirishlari o'tkazilmagan.
Tarkibi va ishlab chiqarilish shakli
Kapsulalar 10 000 va 25 000 TB dagi. 10 kapsuladan alyumin folgali blisterlarga yoki kontur uyali o'ramlarga joylangan. 1 ta, 2 ta, 3 ta, 4 ta, 5 ta blisterlar yoki kontur uyali o'ramlar tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylanadi.
Farmakodinamikasi
Trizim Mikrokaps® jelatinli kapsulalardagi ichakda eriydigan qobiq bilan qoplangan (kislotali muhitga chidamli) mikrosferalar shaklidagi hayvonlardan olingan (oshqozon osti bezi fermentlarining kukuni) pankreatinni saqlaydi.
Kapsulalar me'da ichida tez eriydi, multidoza qoidasi bo'yicha ko'p sonli mikrosferalarni ajratib chiqaradi, bu ularni me'da ichidagi bilan yaxshi aralashishini ta'minlaydi, undan keyin ularni me'da ichidagisi bilan birga harakatlanishiga va fermentlarni ichak ichidagisida yaxshi taqsimlanishiga olib keladi
Mikrosfera o'n ikki barmoq ichakka tushganidan so'ng uning qobig'i (rn>5,5 da) tez parchalanadi va lipolitik, amilolitik, proteolitik faollikka ega bo'lgan fermentlarni ajratib chiqaradi, bu yog'lar, uglevodlar va oqsillarni parchalanishini ta'minlaydi.
Pankreatik ovqat hazm bo'lishi natijasida hosil bo'lgan mahsulotlar darhol yoki keyinroq ichak fermentlari tomonidan gidrolizga uchraganidan so'ng so'riladi.
Maxsus saqlash sharoitlari
Қуруқ, ёруғликдан ҳимояланган ва болалар ололмайдиган жойда, 150С дан 250С гача бўлган ҳароратда сақлансин.
Яроқлилик муддати
2 йил
Ta'rifi
tiniq rangsiz-jigarrang rangli, qattiq jelatin kapsulalar, 3 o'lchamli (10 000 ED dozasi) va 1 o'lchamli (25 000 ED dozasi).
Kapsulani tarkibi - och jigarrangdan sarg'ish jigarranggacha bo'lgan granulalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Sizga tayinlangan dozadan ko'proq dozani qabul qilganingizda zudlik bilan shifokoringizga yordam so'rab murojaat qiling.
Belgilari: giperurikemiya va giperurikozuriya
Davolash: preparatni qabul qilishni to'xtatish, simptomatik davolash o'tkaziladi.
Chiqarish shakllari