Sevikapning aptekalardagi narxlari
SEVIKAP tomchilar 100mg/ml 30ml N1
|
|
1 ta dorixonada bor
|
29 990 so'mdan
Dorixonadan topish
|
SEVIKAP tomchilar 100mg/ml 10ml N1
|
|
201 ta dorixonada bor
|
24 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Sevikap ko'rsatmalar
Oksalat siydik-tosh kasalligi.
Temir almashinuvining buzilishlari (talassemiya, gemoxromatoz, sideroblastik kamqonlik).
Askorbin kislotasi antioksidant xususiyatlarga ega bo'lib, lipidlar qayta oksidlanishini tormozlaydi va erkin kislorod radikallarini faollashtirmadi. Prostasiklin sintezini rag'batlantiradi va tromboksan hosil bo'lishini tormozlaydi.
S vitamini tanqisligining sababi, eng avvalo, ovqat bilan etarli darajada tushmasligidir. Ayniqsa, alkogolni suiste'mol qiluvchilar, sun'iy ovqatlanishdagi bolalar va keksa yoshdagi pasientlar tanqislikka duchor bo'ladi. Tanqislikning ilk bosqichida o'zini yomon his qilish, ta'sirchanlik, bo'g'imlarda og'riq, soch follikulalari giperkeratozi (soch lishayi), burundan qon ketishi, nishonli qon quyilishlari kuzatiladi. S vitamini tanqisligi tsinga (skorbut) deb nomlanuvchi sindromga olib keladi. Birinchi navbatda kollagen tarkibiy qismining buzilishi oqibatida yuzaga keluvchi o'zgarishlar rivojlanadi. Simptomlar, eng avvalo, suyak to'qimasi va qon tomirlarda namoyon bo'ladi (suyaklar, tog'aylarda o'zgarishlar, qon ketishi, anemiya, jarohatlar va siniqlarning sekin bitishi. Ushbu simptomlar S vitaminini qabul qilgandan so'ng yo'qoladi). S vitaminiga yuqori ehtiyoj virusli infektsiyalarda, immunitetning buzilishida, qiyin bituvchi jarohatlarda, uzoq davom etuvchi isitmali titroqda, chekishda, diabetda, tuberkulyozda, infarkt va o'tkir pankreatitda, shuningdek jadal jismoniy yuklamada kuzatiladi.
Katta dozalarda qabul qilinayotgan S vitamini oksidaza usullar bilan o'tkaziladigan ayrim laboratoriya tahlillari, masalan glyukoza yoki kreatinin qon va siydikdagi miqdoriy tahlili natijalarini noto'g'ri ko'rsatishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davri
Agar ayol pasient homilador bo'lsa, bola emizayotgan bo'lsa,homiladorlikka shubxasi bo'lsa, yoki homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsa preparatni qo'llashdan oldin u shifokor yoki farmasevt bilan maslaxatlashishi kerak.
Askorbin kislotaisning homiladorlikda tavsiya qilingan sutkalik dozasi 80 mg, emizish davrida – 100 mg tashkil qiladi.
S vitaminining odamlardagi teratogen ta'siri aniqlanmagan, lekin 5 g dan ortiq dozalar homiladorlikning uzilishiga sabab bo'lishi mumkin. S vitaminining homiladorlikdagi yuqori dozalari, tug'ruqdan so'ng yangi tug'ilgan chaqaloqlarda S vitamini tanqisligi simptomlarini chaqirishi mumkin.
Askorbin kislotasi emizikli ayollar sutiga kiradi. Onalari mos keluvchi miqdorda S vitaminini qabul qilayotgan emizishda bo'lgan bolalarga qo'shimcha tarzda S vitaminini buyurish zaruriyati yo'q. Emizish davrida S vitaminining katta dozalarini qo'llashdan saqlanishi kerak.
3 yoshgacha bo'lgan bolalarga preparat shifokor bilan kelishilgandan so'ng berilsin.
Bir tomchi 5 mg S vitaminini saqlaydi.
Shifokorning boshqa ko'rsatmalari bo'lmaganda:
- chaqaloqlar va 2 yoshgacha bo'lgan bolalarga: sutkada 5-8 tomchidan, sharbat yoki ovqatga qo'shib berilsin.
- 2 yoshdan 11 yoshgacha bo'lgan bolalarga: sutkada 10 tomchidan.
- 12 dan 17 yoshgacha bo'lgan o'smirlarga: sutkada 15-20 tomchidan.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar.
S vitaminining yuqori dozalari glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi bo'lgan pasientlar tomonidan qabul qilinganda, gemoliz rivojlanishi mumkin.
Me'da-ichak yo'llari tomonidan buzilishlar
Sutkalik doza 1 g yoki undan yuqori dozada qabul qilinganda, miy tomonidan simptomlar, masalan, diareyaning ehtimoli bor.
Askorbin kislotasini yuqori dozalarda uzoq muddat qo'llash o'rganib qolishlikning sababi bo'lishi mumkin, bu esa qabul qilish to'xtatilganda tanqislikka olib kelishi mumkin.
Buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan buzilishlar
Yuqori dozalardagi askorbin kislotasi OKsalat kislotasining siydik bilan juda ko'p miqdorda chiqarilishi, uratlar va tsitratlarning krisstallanish sababi bo'lishi mumkin, bu siydik chiqarish yo'llarida toshlar hosil bo'lishi xavfini oshiradi.
Noxush nojo'ya ta'sirlar holati xaqida ma'lumotlar
Tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomada eslatib o'tilgan xar qanday nojo'ya ta'sirlarni kuchayishi yoki nojo'ya ta'sirlar paydo bo'lgan hollarda shifokor yoki farmasevtga murojaat qilish kerak.
Shubxali nojo'ya ta'sirlarning barcha holatlari xaqida tibbiy xodim xabar berishi kerak. Shunday nojo'ya ta'sirlar haqida xabarlar tufayli preparatni qo'llashdagi xavfsizligi xaqida keng ma'lumot yig'ish mumkin.
Tsevikapni mis va temir birikmalarini saqlagan preparatlar, shuningdek oksidlovchi xususiyatlarga ega vositalar bilan kimyoviy nomutanosiblik tufayli, majmuada qabul qilish mumkin emas. Askorbin kislotasini 200 mg dan ortiq dozalarda qabul qilish bir vaqtda qabul qilingan temirning Miydan so'rilishini kuchaytiradi.
Askorbin kislotasi va atsetil salisil kislotasi bir vaqtda qabul qilinganda askorbin kislotasi chiqarilishining tezlashishi va atsetil salisil kislotasi chiqarilishining sekinlashishi kuzatiladi.
Askorbin kislotasi paratsetamol yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, kuniga 1 g dan ortiq dozalarda esa trisiklik antidepressantlar, fenotiazin hosilalari va aminoglikozid antibiotiklar ta'siri samaradorligini pasaytirishi mumkin.
Askorbin kislotasi va V12 vitaminini (tsianokobalamin) bir vaqtda qabul qilish tsianokobalamin samaradorligi pasayishining sababi bo'lishi mumkin.
Askorbin kislotasini qabul qilish α-tokoferolning plazmadagi kontsentrasiyasini oshiradi, bunda tokoferol askorbin kislotasining kontsentrasiyasiga ta'sir qiladi.
Askorbin kislotasi dori preparatlarining terapevtik samaralariga jigar metabolizmini o'zgartirish yo'li bilan ta'sir ko'rsatishi mumkin.
faol modda: askorbin kislotasi (S vitamini) 100 mg;
yordamchi moddalar: suvsiz gliserin, tozalangan suv 1 ml gacha.
Hujayralarga degidroaskorbin kislotasi ko'rinishida glyukoza ishtirokida tashiladi. Hujayralarda degidroaskorbin kislotasi askorbin kislotasiga aylanadi va shu ko'rinishda saqlanadi. Askorbin kislotasi asosan siydik bilan chiqariluvchi oksalatlargacha parchalanadi. Askorbin kislotasining chiqarilishi 1,5 mg/100 ml qon plazmasini tashkil qiluvchi, shartli ravishda ataluvchi buyrak chegarasi orqali nazorat qilinadi. Ushbu ko'rsatkichdan oshib ketish o'zgarmagan holda siydik bilan chiqarilishning ortishiga olib keladi. Askorbin kislotasi o't suyuqligi bilan ham chiqariladi. Siydik bilan chiqarilishi darajasi to'qimalarning to'yinganligiga ham bog'liq. Ahamiyatli darajadagi tanqislik holatlarida buyrak orqali chiqarilishi ahamiyatli tarzda cheklangan.
Askorbin kislotasi yo'ldosh to'sig'idan o'tadi, shuningdek emizayotgan ayollar ko'krak sutiga ham kiradi.
Chiqarish shakllari