Sitoflavin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
SITOFLAVIN®
CYTOFLAVINÒ
Preparatning savdo nomi: SITOFLAVIN® (CYTOFLAVIN®)
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): qahrabo kislotasi+nikotinamid+riboksin (inozin)+riboflavin natriy fosfati(riboflavin).
Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma
Tarkibi:
1 l eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: qahrabo kislotasi – 100 g, nikotinamid – 10 g, riboksin (inozin) – 20 g, riboflavin natriy fosfati (riboflavin) – 2 g;
yordamchi moddalar: N-metilglyukamin (meglumin) – 165 g, natriy gidroksidi – 34 g, in‘eksiya uchun suv – 1 gacha.
Ta‘rifi: tiniq sariq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruxi: asab tizimiga ta‘sir etuvchi vosita (metabolik vosita).
ATX kodi: N07XX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Farmakologik samaralari SITOFLAVIN® preparatining tarkibiga kiruvchi komponentlarning majmuaviy ta‘siri bilan bog‘liq.
SITOFLAVIN® xujayralarning aerob metabolizmini faollashtirishga yordam beradi, bu glyukozaning utilizasiya darajasini oshishiga olib keladi, yog‘ kislotalarining beta-oksidlanish darajasini oshishiga va neyronlarda γ-amino-moy kislotasining resinteziga yordam beradi.
SITOFLAVIN® nerv va glial xujayralarni membranalarinng ishemiyaning ta‘siriga chidamliligini oshiradi, bu nerv to‘qimasining asosiy struktur komponentlarining destruksiyasi darajasini belgilovchi neyrospesifik oqsillarning konsentrasiyasini kamayishi bilan namoyon bo‘ladi.
SITOFLAVIN® koronar va miya qon oqimini yaxshilaydi, markaziy nerv tizimining metabolik jarayonlarini faollashtiradi, buzilgan ongni tiklaydi, nevrologik simptomatikaning regressini va miyaning kognitiv faoliyatini yaxshilanishiga yordam beradi. Narkozdan keyingi ongni susayishida tez uyg‘otuvchi ta‘sirga ega.
Insultning rivojlanishini boshlanishini birinchi 12 soatlarida SITOFLAVIN® preparati qo‘llanganida shikastlangan soxta (o‘choqni kamayishi) ishemik va nekrotik jarayonlarni ijobiy kechishi, nevrologik statusni tiklanishi va uzoqlik davrida nogironlik darajasini pasayishi kuzatiladi.
Farmakokinetikasi
Vena ichiga taxminan 2 ml/min tezlik bilan infuziyada (suyultirilmagan SITOFLAVIN® ga hisoblaganda) qahrabo kislotasi va inozin amalda shu zaxotiyoq sarflanadi va qon plazmasida aniqlanmaydi.
Qahrabo kislotasi: – konsentrasiyasining cho‘qqisi yuborilgandan keyin bir minut davomida, kumulyasiyasiz keyingi tez pasayishi bilan va suv va karbonat angidrid gazigacha metabollanishi oqibatida uning darajasini dastlabki qiymatlarga qaytishi aniqlanadi.
Inozin jigarda inozinmonofosfatni xosil bo‘lishi, keyinchalik uni siydik kislotasigacha oksidlanishi bilan metabollanadi. Ahamiyatsiz miqdorda buyraklar orqali chiqariladi.
Nikotinamid barcha to‘qimalarga tez tarqaladi, yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi, jigarda N-metilnikotinamid hosil bo‘lishi bilan metabolanadi, buyraklar orqali chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 1,3 soatni tashkil qiladi, muvozanatli taqsimlanish xajmi – taxminan 60 litr, umumiy klirensi – taxminan 0,6 l/min.
Riboflavin notekis taqsimlanadi: eng ko‘p miqdori miokardda, jigarda, buyraklarda. Plazmadan yarimchiqarilish davri taxminan 2 soatni tashkil qiladi, muvozanatli taqsimlanish hajmi – taxminan 40 litr, umumiy klirensi – taxminan 0,3 l/min. Yo‘ldosh orqali va ko‘krak sutiga o‘tadi. Plazma oqsillari bilan 60% bog‘lanadi. Buyraklar orqali qisman metabolitlari shaklida chiqariladi; yuqori dozalarda – asosan o‘zgarmagan ko‘rinishda.
Qo‘llanilishi
Kattalarda majmuaviy davolashda:
- insult;
- serebrovaskulyar kasalliklarning oqibatlari (miya infarktining oqibati, serebral ateroskleroz);
- o‘tkir va surunkali zaharlanishlardagi toksik va gipoksik ensefalopatiyalar, endotoksikozlar, narkozdan keyingi ongning susayishi, shuningdek sun‘iy qon aylanishini ishlatilayotgan kardioxirurgik operasiyalarda gipoksik ensefalopatiyani oldini olish va davolash.
Bolalarda (shu jumladan chala tug‘ilgan gestasiya muddati 28-36 haftaliklarda) yangi tug‘ilgan chaqaloqlik davridagi majmuaviy davolashda:
- serebral ishemiyada.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda
SITOFLAVIN® faqat vena ichiga tomchilab 100-200 ml 5-10% dekstrozaning eritmasida yoki 0,9% natriy xloridining eritmasida suyultirib qo‘llanadi.
- Miya qon aylanishini o‘tkir buzilishlarida preparat kasallikni rivojlanishi boshlanganidan so‘ng maksimal erta muddatda 10 ml xajmda 8-12 soat oralig‘i bilan 10 kun davomida yuboriladi. Kasallikning og‘ir kechishida bir martalik doza 20 ml gacha oshiriladi.
- Serebrovaskulyar kasalliklarning oqibatlarida (miya infarktining oqibati, serebral ateroskleroz) preparat 10 ml hajmda kuniga bir marta 10 kun davomida yuboriladi.
- Toksik va gipoksik ensefalopatiyalarda preparat 10 ml hajmda sutkada 2 marta, 8-12 soatlik oraliq bilan 5 kun davomida yuboriladi.
Komatoz holatida 200 ml dekstroza eritmasida suyultirilgan 20 ml hajmda yuboriladi. Narkozdan keyingi depressiyada bir marta shu dozalarda yuboriladi. Sun‘iy qon aylanishi ishlatilayotgan kardioxirurgik operasiyalarda gipoksik ensefalopatiyani davolashda 200 ml 5% dekstroza eritmasida suyultirilgan preparat 20 ml dan operasiyadan 3 kun oldin, operasiya kuni, operasiyadan keyingi 3 kun yuboriladi.
Serebral ishemiyali bolalarning (shu jumladan chala tug‘ilgan bolalarda) chaqaloqlik davrida SITOFLAVIN® preparatining sutkalik dozasi sutkada 2 ml/kg ni tashkil qiladi. Preparatning hisoblangan dozasi vena ichiga tomchilab (sekin) 5% yoki 10% dekstroza eritmasida suyultirilganidan keyin yuboriladi (1:5 dan kam bo‘lmagan nisbatida). Birinchi yuborish vaqti – tug‘ilgandan keyingi birinchi 12 soatlarda; davolashni boshlashning optimal vaqti hayotining birinchi 2 soati bo‘ladi. Tayyorlangan eritma infuzion nasos yordamida soatiga 1 dan 4 ml gacha tezlikda, sutka davomida preparatning qon oqimiga bir tekis tushishini ta‘minlab, bazis davolash uchun eritmalarning sutkalik hajmini, bemorning gemodinamikasi holatini va kislota-ishqor holatini ko‘rsatkichlarini hisobga olib yuborish tavsiya qilinadi. Davolash kursi o‘rtacha 5 sutkani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Butun Jahon Sog‘liqni saqoash tashkilotining ma‘lumoti bo‘yicha nojo‘ya samaralarning rivojlanish tezligi quyidagi shaklda tavsiflanadi:
– juda tez-tez (≥1/10);
– tez-tez (≥1/100 – <1/10);
– tez-tez emas (≥1/1000 – <1/100);
– kam hollarda (≥1/10000 – <1/1000);
– juda kam hollarda (<1/10000);
– tezligi noma‘lum (mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlash mumkin emas);
Immun tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – yuqori sezuvchanlik reaksiyasi, angionevrotik shish, anafilaktik shok.
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, parestiziya, tremor.
Ruhiy buzilishlar: juda kam hollarda – psixomotor qo‘zg‘alishlar (xavotirlik, xarakat faolligini oshishi).
Yurak tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – taxikardiya, ko‘krak qafasi sohasidaqisqa vaqtli og‘riqlar va diskomfort, yurak qisqarishini tezlashishi yoki kuchayishini his qilish.
Qon tomirlar tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – arterial qon bosimini oshishi yoki pasayishi, teri qoplamalariniturli darajadagi giperemiyasiyoki oqarishi.
Nafas olish tizimi tomonidanbuzilishlar: juda kam hollarda – nafas olishni qiyinlashishi, hansirash, nafas qisilishi, tomoqda qichishish, quruq yo‘tal, ovoz bo‘g‘ilishi, burunda paresteziya, dizosmiya.
Me‘da – ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – taxirlik, quruqlik, og‘izda metall ta‘mi, epigastral sohada qisqa vaqtli og‘riqlar va diskomfort, qusish.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidanbuzilishlar: juda kam hollarda – teri qichishlari, toshma, yuz shishi, eshakemi.
Moddalar almashinishi tomonidan buzilishlar: juda kam hollarda – tranzitor gipoglikemiya, giperurikemiya, podagrani zo‘rayishi. Bolalarning (shu jumladan chala tug‘ilgan bolalar) chaqaloqlik davrida alkaloz rivojlanish mumkin.
Umumiy buzilishlar va yuborish joyida buzilishlar: juda kam hollarda – qaltirash, qizib ketish hissi, holsizlik, tana haroratini oshishi, terlash, vena bo‘ylab og‘riq va qizarish.
Nojo‘ya samaralarni paydo bo‘lishini oldini olish uchun preparatni dozalash tartibi va yuborish tezligini kuzatib borish tavsiya qilinadi.
Agar yo‘riqnomada keltirilgan har qanday nojo‘ya samaralar kuchaysa yoki Siz yo‘riqnomada keltirilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni bilib qolsangiz, bu haqida shifokorga xabar qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik, homiladorlik, emizish davri.
Tang holatdagi bemorlarga (yangi tug‘ilganlik davridan tashqari) markaziy gemodinamika barqarorlashmagunicha va/yoki arterial qondagi kislorodning parsial bosimi 60 mm sim. ust. dan kamroqga pasayganida buyurilmaydi.
Ehtiyotkorlik bilan
Nefrolitiaz, podagra, giperurikemiyada.
Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklardan biri bo‘lsa, SITOFLAVIN® preparatini qo‘llashdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qahrabo kislotasi, inozin, nikotinamid boshqa dori vositalari bilan mutanosib.
Riboflavin doksisilin, tetrasiklin, oksitetrasiklin, eritromisin va linkomisinning faolligini kamaytiradi. Streptomisin bilan nomutanosib.
Xlorpromazin, imipramin, amitriptilin flavinokinazani bloklanishi hisobiga riboflavinning flavinadeninmononukleotid va flavinadenindinukleotidga quritilishini buzadi va uning siydik bilan chiqarilishini ko‘paytiradi.
Tireoid gormonlar riboflavinning metabolizmini tezlashtiradi.
Xloramfenikolning (gemopoezni buzilishi, ko‘ruv nervining nevriti) nojo‘ya ta‘sirlarini kamaytiradi va oldini oladi.
Gemopoezni rag‘batlantiruvchi preparatlar, antigipoksantlar, anabolik steroidlar bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Yangi tug‘ilgan (chala tug‘ilgan) chaqaloqlarga preparatni yuborish kapillyar qonda kislota-ishqor holatining ko‘rsatkichlarini sutkada 2 martadan kam bo‘lmagan (davolashni boshlash oldidan ham, davolash jarayonida ham) nazorati ostida amalga oshiriladi. Imkoniyat boricha zardob laktati va glyukozaning ko‘rsatkichlarini nazorat qilish kerak.
SITOFLAVIN® saqlovchi eritmani yangi tug‘ilgan (chala tug‘ilgan) bolalarga quyidagilarda yuborilishi tezligini kamaytirish yoki vaqtinchalik infuziyani to‘xtatish kerak:
- o‘pkalarning sun‘iy ventillyasiyasida bo‘lgan, miya qon aylanishi buzilishlarining rivojlanishi xavfli aralash (respiratormetabolik) alkaloz belgilari paydo bo‘lganida;
- to‘satdan nafas saqlangan va nafas yo‘llarida doimiy muspat bosimi (SRAR) usuli bilan respirator faoliyatni bir maromda saqlab turishda yoki apnoe xurujlari paydo bo‘lishi yoki tezlashuvi bilan xavf soluvchi metabolik alkalozning laboratoriya belgilarini niqob orqali hav-kislorod aralashmasini qabul qiluvchilarda paydo bo‘lganida.
Qandli diabetli bemorlarda davolash qondagi glyukozaning ko‘rsatkichlarini nazorati ostida o‘tkaziladi.
Siydik sariq rangga bo‘yalishi mumkin.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
SITOFLAVIN® transport vositalarining boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish holatlari kuzatilmagan. Dozani oshirib yuborilganida simptomatik davolash o‘tkazish kerak.
Chiqarilish shakli
Vena ichiga yuborish uchun eritma 10 ml dan jigarrang shisha ampulalarda. 5 ampuladan bir tomonli kontur uyali o‘ramda, kontur uyali o‘ramda ochiq yoki qoplama parda yoki alyumin folga bilan termoelimlangan 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan ko‘p bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari