Ursula ko'rsatmalar
biliar reflyuks-gastrit;
dekompensatsiya belgilari bo'lmagandagi birlamchi biliar tsirroz (simptomatik davolash);
turli etiologiyali surunkali gepatit;
birlamchi sklerozlanuvchi xolangit;
kistali fibroz (mukovitsidoz) - majmuaviy davolash tarkibida;
alkogolsiz steatogepatit;
jigarning alkogolli kasalligi;
o't haydovchi yo'llarning diskineziyasida qo'llanadi.
UDXK sutkalik doza, kasallik turi va jigar holatiga qarab, safroda ko'p yoki kam miqdorda to'planadi. Shu bilan birga boshqa, ko'proq lipofil o't kislotalari tarkibida nisbiy pasayish kuzatiladi.
Ichak bakteriyalari ta'sirida UDXK 7-keto-litoxol va litoxol kislotasi hosil bo'lishi bilan qisman parchalanadi. Litoxol kislotasi gepatotoksik; hayvonlarning ba'zi turlarida jigar parenximasiga zarar keltiradi. Inson organizmida u faqat oz miqdorda so'riladi. Moddalar almashinuvi jarayonida jigarda sulfatlanadi, shu tufayli u o'tga chiqarilishidan oldin zararsizlantiriladi va najas bilan organizmdan chiqariladi. UDXK ning yarim chiqarilish davri 3.5 dan 5.8 kungacha.
Davolashning dastlabki 3 oyida o't toshlarini eritish uchun ursodezoksixolat kislotasidan foydalanilganda har 4 haftada jigar transaminazalari faoliyatini aniqlash kerak. Keyinchalik ushbu tekshiruvlar 3 oy intervalda amalga oshirilishi mumkin.
Davolash samaradorligini nazorat qilish uchun har 6 oyda o't yo'llarining rentgen va ul'tratovush tekshiruvini o'tkazish tavsiya etiladi.
Xolelitiyazning qaytalanishini oldini olish uchun, o't toshlari eritilganidan keyin davolanishni yana bir necha oy davomida davom ettirish kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Ursodezoksixolat kislotasi homiladorlik davrida ishlatilmasligi kerak.
Ursodezoksixolat kislotasi bilan davolash paytida tug'ish yoshidagi ayollarga gormonal bo'lmagan kontratseptiv vositalar yoki kam miqdordagi estrogen tarkibli kontratseptivlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ursodezoksixolat kislotasining ona sutiga chiqarilishi ma'lum emas.
Jigar funktsiyasi buzilgandaqo'llanishi
Qon tomir va parenximal dekompensatsiya va/yoki ifodalangan faollik bosqichidagi jigar tsirrozida tavsiya etilmaydi.
Buyrak funktsiyasi buzilganda qo'llanishi
Buyrak fukntsiyasining og'ir buzilishlarida tavsiya etilmaydi.
Preparat ichga qabul qilinadi.
Preparatni qabul qilishdan oldin, suspenziya bir xil massada bo'lish uchun, flakon bir necha marta silkitilsin. Preparatni suv bilan ichish mumkin.
Preparatni har kuni kechqurun, uyqudan oldin, oz miqdorda suyuqlik bilan ichish kerak.
Davolash muddati - 6-24 oy. Agar 12 oylik davolanishdan keyin toshlarning o'lchami kamaymasa, davolashni to'xtatish kerak. Takroriy xolelitiazning oldini olish uchun preparatni toshlar erigandan keyin bir necha oy davomida ichish tavsiya etiladi.
Davolash samaradorligi har 6 oyda UTT yoki rentgenografiya orqali baholanishi kerak. Muvaqqat so'rov davomida o'tgan davr mobaynida toshlarni kalkulatsiya qilish yuz bergan-bermaganligini baholash zarur. Toshlarni kal'tsifikatsiyalash holatida davolanish to'xtatilishi kerak.
Kam hollarda: diareya, o't toshlarining kal'tsifikatsiyasi.
Ursodezoksixolat kislotasini qabul qilgan patsientning qon plazmasida tsiprofloksatsin kontsentratsiyasini kamayish holati tasvirlangan.
Faol modda: Ursodezoksixolat kislotasi 250 mg
Yordamchi moddalar: natriy benzoati, ksilitol, neotam, simetikon, limon kislotasi, natriy tsitrati digidrati, natriy xloridi, glitserin, ksantan yelimi, banan aromatizatori, 5 ml gacha in'ektsiya uchun suv.
Сhiqarilish shakli
5 ml dan polietilen yoki polipropilen yunidozlarda (ampulalar).
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin
Davolash: suyuqlik hajmini to'ldirish va elektrolit muvozanatini tiklashga qaratilgan simptomatik. Doza oshirib yuborilagan taqdirda maxsus chora-tadbirlarni qo'llashga hojat yo'q.
Chiqarish shakllari