Valdoksan ko'rsatmalar
ILOVA – VARAQA: PASIENTLAR UCHUN MA‘LUMOT
Valdoksan® 25 mg plyonka qoplamli tabletkalar.
Agomelatin
Preparatni qabul qilishdan oldin ushbu ilova varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing.
– Ushbu ilova-varaqani saqlang. U sizga yana kerak bo‘lishi mumkin.
– Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, davolovchi shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
– Bu preparat faqat siz qabul qilishingiz uchun buyurilgangan. Uni boshqa shaxslarga berish mumkin emas. Xatto ularni simptomlari sizniki bilan o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
– Agar siz ilovada nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki sanab o‘tilmagan noxush samaralarni qayd qilsangiz, bu haqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
Bu ilovada quyidagi ma‘lumotlar saqlanadi:
- Valdoksan® nima va u qanday hollarda qo‘llaniladi.
- Valdoksan®ni qabul qilishni boshlashdan oldin.
- Valdoksan® ni qanday qabul qilish kerak.
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlar.
- Valdoksan®ni qanday saqlash.
- Qo‘shimcha ma‘lumotlar.
- VALDOKSAN®NIMA VA U QANDAY HOLLARDA QO‘LLANILADI
Valdoksan® antidepressantlar deb nomlanuvchi tibbiy preparatlar guruhiga mansub. Valdoksan® sizga depressiyani davolash uchun buyurilgan.
Depressiya insonning kundalik faoliyatiga xalaqit qiluvchi doimiy kayfiyat tushishidan tarkib topgan. Depressiya simptomlari turli odamlarda farqlanadi, lekin uning odatdagi komponentlari bo‘lib doimiy xafalik, keraksizlik xissi, sevimli mashg‘ulotlarga qiziqishni yo‘qolishi, uyquni buzilishi, sekinlashish hissi, xavotirlik xissi, tana vaznidagi o‘zgarishlar hisoblanadi.
- VALDOKSAN®NI QABUL QILISHNI BOSHLASHDAN OLDIN
Valdoksan®ni qanday hollarda qabul qilish mumkin emas.
- sizda agomelatin yoki Valdoksan® ning boshqa komponentlariga allergiya (yuqori sezuvchanlik) mavjud bo‘lsa ( “Valdoksan® nima saqlaydi” 6 bo‘limga qarang);
- agar Siz fluvoksamin (depressiyani davolovchi boshqa preparat) yoki siprofloksasin (antibiotik) qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
- agar Sizda jigar faoliyatini buzilishi bo‘lsa, ( jigar faoliyati buzilishi).
Valdoksan®ni qabul qilishda quyidagi hollarda alohida ehtiyotkor bo‘ling:
Valdoksan® bir necha sabablarga ko‘ra sizga mos kelmasligi mumkin.
- Agar Sizda ilgari yoki xozirgi vaqtda maniya simptomlari aniqlangan belgilangan bo‘lsa, (anomal yuqori qo‘zg‘aluvchanlik va emosionallik davri), preparatni qabul qilishni boshlash yoki davom ettirishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
- Agar Siz jigar faoliyatini o‘zgartirishi ma‘lum bo‘lgan preparatni qabul qilayotgan bo‘lsangiz. Shifokor sizga qaysi preparatlar haqida gap ketayotganligini aytadi.
Ba‘zi pasientlarda Valdoksan® bilan davolash vaqtida qonda jigar fermentlarining miqdori oshishi mumkin. Shuning uchun, jigaringiz to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatayotganligini tekshirish uchun shifokor Sizga davolashni boshlashdan oldin, so‘ngra esa davolash vaqtida xam vaqti-vaqti bilan laborator tekshiruvlarni buyuradi. Bu tekshiruvlarni tahlili natijasiga ko‘ra shifokor Siz Valdoksan® ni qabul qilishni davom ettirishingiz kerak yoki kerak emas ekanligini hal qiladi. (3 bo‘limdagi “Valdoksan® ni qanday qabul qilish”ga qarang.)
-Agar Siz demensiya bilan og‘rigan bo‘lsangiz, shifokor Sizning holatingizda Valdoksan® ni qabul qilish xavfsiz ekanligini tushunish uchun shaxsiy ravishda baxolashni o‘tkazadi.
Valdoksan® bolalar va o‘smirlar qabul qilishi uchun mo‘ljallanmagan (18 yoshgacha).
O‘z joniga qasd qilish xayollar va depressiyani yomonlashishi
Agar Siz depressiyani boshdan kechirayotgan bo‘lsangiz Sizda ba‘zida o‘z-o‘ziga zarar yetkazish yoki o‘zini o‘ldirish kabi fikrlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu antidepressantlarni birinchi qabulida kuchayishi mumkin, chunki bu tibbiy preparatlar o‘z ta‘sirini tezda emas, odatda taxminan 2 xafta, ba‘zida undan ham kechroq ko‘rsatadi.
Extimol avval ushbu xayollar sizga kelishi mumkin:
– agar Sizga avval xam o‘z-o‘ziga zarar yetkazish yoki o‘zini o‘ldirish fikri xayolingizga kelgan bo‘lsa,
– agar Siz yosh bo‘lsangiz. Klinik tadqiqotlardan olingan ma‘lumotlar shuni ko‘rsatdiki, uzoq vaqt xar qanday antidepressant preparatlarini qabul qilgan psixiatrik xolatdagi yoshlarda (25 yoshdan kichik) suisidal xulq xavfi oshadi.
Agar Sizning xayolingizga o‘z-o‘ziga zarar yetkazish yoki o‘zini o‘ldirish fikri kelsa, tezda shifokoringiz bilan bog‘laning yoki shifoxonaga boring.
Agar Siz qarindoshlaringiz yoki yaqin do‘stlaringizdan biriga Sizda depressiyada ekanligingizni aytsangiz va ulardan ushbu eslatmani o‘qib berishni so‘rasangiz, sizga yengil bo‘lishi mumkin. Siz agar ularning fikricha Sizning depressiyangiz og‘irlashayotgani haqida yoki sizning xulqingizdagi o‘zgarishlar ularni bezovta qilayotgan bo‘lsa bu haqida ulardan Sizga aytishlarini so‘rashingiz mumkin.
Boshqa preparatlarni qabul qilish
Xar doim shifokor yoki farmasevtga qanday preparatlar qabul qilayotganingiz yoki yaqinda qabul qilganingiz haqida ayting, xatto bu preparatlar reseptsiz berilsa ham.
Siz Valdoksan® ni ba‘zi preparatlar bilan birga qabul qilishingiz mumkin emas ( 2 bo‘limdagi “Qanday xollarda Valdoksan® ni qabul qilish mumkin emas” ga ham qarang): Fluvoksamin (depressiyani davolash uchun boshqa preparat) yoki siprofloksasin (antibiotik) bilan.
Valdoksan®ni ovqat yoki ichimlik bilan qabul qilish
Valdoksan®ni ovqat bilan ham yoki ovqatsiz ham qabul qilish mumkin. Valdoksan® bilan davolash vaqtida alkogolni iste‘mol qilish tavsiya etilmaydi.
Homiladorlik
Agar Valdoksan® bilan davolash vaqtida xomilador bo‘lib qolsangiz (yoki siz homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz) shifokoringizni ogohlantiring.
Har qanday tibbiy preparatlarni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Emizish davri
Agar Siz emizsangiz yoki emizishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, shifokoringizni ogohlantiring, chunki agar Sizga Valdoksan® buyurilgan bo‘lsa, emizishni to‘xtatish zarur bo‘ladi.
Har qanday tibbiy preparatlarni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish
Sizda bosh aylanishi yoki uyquchanlik yuzaga kelishi, avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatingizga ta‘sir qilishi mumkin. Rulga o‘tirishdan yoki mexanizmlarni boshqarishdan oldin Sizning reaksiyangiz normaga mos ekanligiga ishonch hosil qiling.
Valdoksan® tarkibiga kiruvchi ba‘zi ingredientlar haqida zarur ma‘lumotlar
Bu preparat laktoza saqlaydi. Agar shifokor Sizga, Sizda qandning ba‘zi turlarini o‘zlashtiraolmaslik borligini aytgan bo‘lsa, Valdoksan®ni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokoringiz bilan maslahatlashing.
- VALDOKSAN® QANDAY QABUL QILISH KERAK
Valdoksan®ni qabul kilishda har doim shifokor ko‘rsatmalariga qat‘iy rioya qiling. Agar Siz preparat qabul qilinishi to‘g‘riligiga shubxalansangiz shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Valdoksan®ning tavsiya etilgan dozasi – uyqudan oldin 1 tabletka (25 mg). Ba‘zi hollarda shifokor sizga yuqori dozani (50 mg) buyurishi mumkin, ya‘ni 2 tabletka bir vaqtda uyqudan oldin.
Valdoksan® ko‘pchilik depressiyadagi odamlarga davolashni boshlashdan so‘ng ikki hafta o‘tgach depressiya simptomlariga ta‘sir etishni boshlaydi. Shifokoringiz depressiya qaytalanishini oldini olish maqsadida Siz o‘zingizni yaxshiroq xis qilishni boshlagan bo‘lsangiz ham Valdoksan®ni buyurishni davom ettirishi mumkin.
Hatto Siz o‘zingizni yaxshi his qilayotgan bo‘lsangiz ham shifokor bilan maslahatlashmasdan prerapatni qabul qilishni to‘xtatmang.
Valdoksan®ni peroral qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Tabletkalarni suv bilan birga yutish kerak. Valdoksan® ovqat bilan ham yoki ovqatsiz ham qabul qilishi mumkin.
Davolashni boshlashdan oldin, vaqti-vaqti bilan davolash vaqti odatda 6, 12 va 24 hafta o‘tgach shifokor jigaringiz to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatayotganligini tekshirish uchun laborator tahlil o‘tkazishni buyuradi.
Shuning uchun agar shifokor zarur deb hisoblasa, Siz bu tahlillarni o‘tkazishingiz kerak bo‘ladi.
Agar Sizda jigar faoliyati buzilishi bo‘lsa, Sizga Valdoksan® ni qabul qilish mumkin emas.
Agar Sizda buyrak faoliyati buzilishi bo‘lsa, Sizning holatingizda Sizga Valdoksan®ni qabul qilish xafvsiz ekanligini tushunish uchun shifokor Sizda shaxsiy ravishda baholashni o‘tkazadi.
Agar Sizga tavsiya etilganidan ko‘proq Valdoksan® qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Sizda buyurilganidan ko‘proq Valdoksan® qabul qilgan bo‘lsangiz yoki bola to‘satdan preparatni yutib yuborgan bo‘lsa, darxol shifokorga murojaat qiling.
Valdoksan®ning dozasi oshirib yuborilishi haqida tajribalar juda chegaralangan, lekin simptomlari orasida qorinning yuqori sohasida og‘riq va uyquchanlik kuzatilgan.
Agar Siz Valdoksan® qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Keyingi dozani oshirmang. Shunchaki keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling.
Tabletkalarni saqlovchi kontur uyali o‘ramda tushirilgan taqvim sizga Valdoksan®ni oxirgi marta qachon qabul qilganingizni eslashga yordam beradi.
Agar Sizda preparatni qabul qilish bo‘yicha qo‘shimcha savollar tug‘ilgan bo‘lsa, shifokoringizga yoki farmasevtga murojaat qiling.
- BO‘LISHI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘YA TA‘SIRLAR
Barcha dori preparatlari kabi Valdoksan® ham har bir pasientda bo‘lmasada nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Ko‘pgina nojo‘ya samaralar yengil yoki o‘rtacha og‘irlik darajasi bo‘ladi. Ular odatda davolashning birinchi ikki haftasida yuzaga keladi va vaqtinchalik bo‘ladi.
Quyida keltirilgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya tasirlarning tez-tezligini ushbu tizim bo‘yicha aniqlanadi:
- keng tarqalgan (10 dan 1 pasientdan ko‘prog‘ida kuzatiladi).
- tarqalgan (100 dan 1-10 pasientda kuzatiladi).
- keng tarqalmagan ( 1000 dan 1-10 pasientda kuzatiladi).
- kam hollarda (10000 dan 1-10 pasientda kuzatiladi).
- juda kam hollarda (10000 dan 1 pasientdan kamrog‘ida kuzatiladi).
- ma‘lum emas ( mavjud ma‘lumotlarga asoslanib baholashni o‘tkazib bo‘lmaydi).
Bu nojo‘ya samaralarga kiradi:
- Tarqalgan nojo‘ya samaralar: bosh aylanishi, uyquchanlik, uxlashga ketishda qiyinchilik (insomniya), migren, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, diareya, qabziyat, qorinning yuqori sohasida og‘riq, ko‘p terlash (gipergidroz), belda og‘riq, charchoqlik xissi, qonda jigar fermentlarining miqdorini oshishi.
- Tarqalmagan nojo‘ya samaralar: qo‘l va oyoq barmoqlarida sanchiqlar (paresteziya), ko‘rish aniqligini buzilishi va ekzema.
- Kam hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralar: jiddiy teri toshmalari (eritematoz toshma), gepatit.
- Boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralar: suisidal xayollar yoki xulq (tez-tezligi noma‘lum).
Agar nojo‘ya samaralar jiddiy tus olsa yoki siz ilovada sanab o‘tilmagan nohush samarani kuzatsangiz bu xaqida shifokoringiz yoki farmasevtga xabar bering.
- VALDOKSAN®NI QANDAY SAQLASH KERAK
Bolalar ololmaydigan va ko‘rolmaydigan joyda saqlansin.
Valdoksan®ni karton qutida va kontur uyali o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin. Yaroqlilik muddatini ko‘rsatishda ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni nazarda tutiladi.
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorini oqava suv yoki quvurga tashlamang. Farmasevtdan qabul qilish vaqti tugagan
dorilarni qanday yo‘q qilishni so‘rang. Bu choralar atrof-muhit muhofazalash uchun yo‘naltirilgan.
- QO‘SHIMCHA MA‘LUMOTLAR
Valdoksan® nimalarni saqlaydi:
– Faol komponent bo‘lib agomelatin hisoblanadi. Har bir tabletka 25 mg agomelatin saqlaydi.
- Boshqa komponentlar:
- Tabletkaning markaziy qismi: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon, natriy glikolyat kraxmali (A turi), stearin kislotasi, magniy stearati, kremniy dioksidi, suvsiz kolloid.
- Plyonkali qoplam: gipromelloza, gliserol, magniy stearati, sariq temir oksidi (Ye 172) va titan ikkioksidi (Ye 171).
- Bosma bo‘yoq: shellak, propilenglikol va indigotin (Ye 132) alyumin laki.
Valdoksan® qanday ko‘rinishga ega va o‘ramining ichidagisi.
- Valdoksan® 25 mg- bu sarg‘ish-to‘q sariq rangli uzunchoq, bir tomonida havorang firma logotipi tushirilgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Valdoksan® 25 mg plyonka qoplamli tabletkalar kontur uyali o‘ramda taqvim bilan chiqariladi. Qutilar 14, 28, 56 ta tabletka saqlaydi.
Hamma o‘ramlar ham Sizning mamlakatingizda sotuvda bo‘lmasligi mumkin.
Chiqarish shakllari