VAMELANning aptekalardagi narxlari
VAMELAN kapsulalar N30
|
|
135 ta dorixonada bor
|
51 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
75 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
56 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
VAMELAN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VAMELAN
VAMELAN
Preparatning savdo nomi: Vamelan
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Valeriana, Qalampir yalpiz, Limono‘t
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun yumshoq jelatin kapsulalar.
Tarkibi:
Preparatining 1 kapsulasi quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Valeriananing quruq ekstrakti 125 mg;
Qalampir yalpizning quruq ekstrakti 25 mg;
Limono‘tning quruq ekstrakti 25 mg.
yordamchi moddalar: soya lesitini, asalari mumi, kokos moyi, palma moyi, soya moyi.
kapsula qobig‘ining tarkibi: jelatin, gliserin, titan dioksidi, xlorofillin mis kompleksi, sariq kvinolin, temir II-III oksidi.
Farmakoterapevtik guruhi: Nerv tizimini davolash uchun qo‘llanadigan preparatlar. Uxlatuvchi va sedativ vositalar.
ATX kodi: N05CM
Farmakologik hususiyatlari
Vamelan – sedativ ta‘sirga ega bo‘lgan majmuaviy fitopreparat. Uning tarkibiga uchta komponent – dorivor o‘simliklar: valeriana, qalampir yalpiz va limono‘t ekstraktlari kiradi.
Valeriana ekstrakti sedativ xususiyatlarga ega, ruhiy toliqish va nevrasteniya uchun xos bo‘lgan zo‘riqish va ta‘sirchanlikni kamaytiradi. Uyqusizlikda me‘yoriy uyquni tiklaydi. Spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi.
Qalampir yalpiz ekstrakti me‘da-ichak yo‘llarining silliq mushaklariga spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, shuningdek safro haydovchi va karminativ ta‘sirga ega, yengil uyqusizlikda samarali.
Limono‘t ekstrakti, tarkibida efir moylari mavjudligi tufayli, o‘zining yoqimli spesifik hidi va ta‘miga ega. Limono‘tning efir moylari og‘riqni va tirishishlarni bartaraf qiladi. Mana shu hususiyati tufayli limono‘t sanchiqlarda spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida keng qo‘llanadi. Limono‘tning efir moylari shuningdek tinchlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi, nevrasteniya bilan xastalangan bemorlarda ko‘pincha pasaygan ishtahani oshiradi.
Qo‘llanilishi
Tinchlantiruvchi vosita sifatida Vamelan quyidagi holatlarda buyuriladi:
- kuchli nerv qo‘zg‘aluvchanligida;
- nerv tizimini zo‘riqishida;
- ta‘sirchanlikda;
- xavotirlik, tushkunlik hissida;
- uyquni buzilishlarida va uyqusizlikda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 12 yoshdagi va undan oshgan bolalarga odatda 1-2 kapsuladan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Uyqusizlikda preparatning dozasi 1-2 kapsulani tashkil etadi – uyqudan bir-ikki soat oldin qabul qilinadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda: allergik reaksiyalar, holsizlik.
Uzoq muddat qo‘llanganida qabziyat kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Bir vaqtda qo‘llanganida Vamelan markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatuvchi preparatlarning ta‘sirini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vamelan preparatini qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Preparat bekor qilinganida abstinensiya sindromi rivojlanmaydi.
Preparat uyquni buzilishi va nerv qo‘zg‘aluvchanligini yengil shakllarida qo‘llanadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni faqat shifokorning ko‘rsatmasi va kuzatuvi ostida qo‘llash mumkin.
Avtomobilni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Davolanish vaqtida avtotransportni xaydash va diqqatni yukori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlar: bosh aylanishi, qorinda spastik og‘riq, ko‘krakda ezilishi, qorachiqlarni kengayishi bo‘lishi mumkin.
Davolash: me‘dani yuvish mumkin, zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
Vamelan preparati to‘q-yashil rangli yumshoq jelatin kapsulalar ko‘rinishida chiqariladi. 15 yumshoq jelatina kapsula blisterga joylangan. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15-250S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari