Velaksinning aptekalardagi narxlari
VELAKSIN tabletkalari 75mg N28
|
|
1 ta dorixonada bor
|
202 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
226 000 so'mdan
Bron qilish
|
VELAKSIN tabletkalari 37,5mg N28
|
|
4 ta dorixonada bor
|
107 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
107 500 so'mdan
Bron qilish
|
VELAKSIN kapsulalar 37,5mg N28
|
|
147 ta dorixonada bor
|
86 500 so'mdan
Dorixonadan topish
|
130 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
91 800 so'mdan
Bron qilish
|
VELAKSIN kapsulalar 75mg N28
|
|
52 ta dorixonada bor
|
189 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
250 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
227 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Velaksin ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 37,5 mg
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 75 mg
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 150 mg
(venlafaksin)
Ushbu dori vositasini qabul qilishni boshlashdan oldin, ushbu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
- Bu varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Sizga uni yana bir marta o‘qib chiqish kerak bo‘ladi.
- Agarda Sizda qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
- Bu dori vositasi shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga bermang. Hatto, agar ularda kasallikning xuddi shu simptomlari bo‘lsa ham, u ularga zarar yetkazishi mumkin.
- Agar Sizda har qanday nojo‘ya samara paydo bo‘lsa yoki Siz bu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini sezsangiz, bu haqida davolovchi shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotni saqlaydi:
- Velaksin® ta‘sir uzaytirilgan kapsulalar preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak.
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qanday qo‘llash kerak
- Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya reaksiyalari
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qanday saqlash kerak
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumotlar
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati noradrenalin va serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari guruhiga mansub antidepressantidir. Bu guruh preparatlari depressiya va xavotirli buzilishlar kabi boshqa xolatlarni davolash uchun qo‘llanadi. Depressiya va/yoki xavotirli buzilishlari bo‘lgan odamlarda, bosh miyada serotonin va noradrenalinning darajasi pastroq bo‘ladi deb hisoblanadi. Antidepressantlarning ta‘siri to‘liq o‘rganilmagan, ehtimol, ular bosh miyada serotonin va noradrenalinning darajasini oshirib yordam beradilar.
Velaksin® kattalarda depressiyani davolash uchun qo‘llanadi. Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati, shuningdek kattalarda quyidagi xavotirli xolatlarni davolash uchun xam qo‘llanadi: yoyilgan xavotirli xolatlar, ijtimoiy xovotirli xolatlar (qo‘rquv yoki ijtimoiy vaziyatlardan qochish) va sarosimali buzilishlar (sarosimali xujumlar). Depressiya yoki xavotirli buzilishlarni to‘g‘ri davolash o‘zingizni xis qilishingizni yaxshilanishi uchun muhim. Agar ular davolanmasa, bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi, balki yomonlashishi mumkin va uni davolash qiyinroq bo‘lishi mumkin.
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qo‘llashni boshlashgacha nimani bilish kerak.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilmang:
- Agar Sizda venlafaksinga (preparatning faol moddasiga) yoki Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalarning har qanday komponentiga allergiya bo‘lsa.
- Agar Siz oxirgi 14 kun davomida har qanday preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz: depressiya yoki Parkinson kasalligini davolash uchun qo‘llanadigan monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari. MAO ning qaytmas ingibitorlarini boshqa preparatlar, shu jumladan Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar bilan birga qabul qilish, jiddiy, hatto xayot uchun xavfli nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin. Shuningdek, Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalarni qabul qilish to‘xtatilganidan keyin, har qanday MAO ingibitorlarini qabul qilishni boshlashda, kamida 7 kun kutish kerak (shuningdek “Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri”, “Serotoninli sindrom” bo‘limlariga ham qarang).
Tibbiy qo‘llashdagi extiyotkorlik choralari
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalari preparatini qabul qilishni boshlash oldidan davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Sizda quyida sanab o‘tilgan xolatlardan biri bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor bilan maslaxatlashing:
- Agar Siz boshqa preparatlarni qabul qilayotgan, ular Velaksin® bilan birga qo‘llanganida serotoninergik sindromning rivojlanishi xavfini oshirishlari mumkin (“Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri” bo‘limiga qarang) bo‘lsa;
- Agar Sizga glaukomaning (yuqori ko‘z ichki bosimi) ayrim turlari kabi, ko‘zlar bilan muammolar bo‘lsa;
- Agar Sizning anamnezingizda yuqori arterial bosim bo‘lsa;
- Agar Sizning anamnezingizda yurak bilan muammolar bo‘lsa;
- Agar Sizning anmnezingizda tirishishlar bo‘lsa (tirishish hurujlari);
- Agarda Sizning anamnezingizda qonda natriyning darajasi past bo‘lgan bo‘lsa (giponatriemiya);
- Agar Sizda ko‘karishlar hosil bo‘lishiga moyillik yoki qon ketishlariga moyillik (anamnezdagi qonning ivishini buzilishi) bo‘lsa, yoki Siz qon ketishlari xavfini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz;
- Agar Sizda xolesterinning darajasi oshgan bo‘lsa;
- Agar Sizda yoki Sizning oila a‘zolaringizning anamnezida maniya yoki bipolyar buzilishlar (kuchli qo‘zg‘alish hissi yoki eyforiya) bo‘lsa;
- Agar Sizning anamnezingizda tajovvuzkor xulq bo‘lsa.
Velaksin® bezovtalik xissi yoki bir joyda o‘tirish yoki turish mumkin emaslik xolatini chaqirishi mumkin. Agar Sizda bu xolatlar paydo bo‘lsa, shifokoringizga xabar bering. Agar Sizda bu xolatlardan birontasi bo‘lsa Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati bilan davolashni boshlashgacha, bu xaqida shifokorga xabar bering.
Suisidal fikrlar va depressiyani yoki xavotirli buzilishlarni yomonlashishi
Agar Sizda depressiya va/yoki xavotirli buzilishlar bo‘lsa, Sizda ba‘zida o‘z-o‘zini o‘ldirish yoki o‘zingizga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lishi mumkin. Bu xolatlar antidepressantlar bilan davolashni boshlang‘ich bochqichida kuchayishi mumkin, chunki barcha bu dori vositalari biroz vaqt o‘tganidan keyin (odatda, ikki xafta yoki ba‘zida ko‘proq) ta‘siri qilishni boshlaydi.
Quydagi xollarda bunday fikrlarning paydo bo‘lishini ehtimoli kattaroq:
- Sizda ilgari o‘z-o‘zini o‘ldirish yoki o‘ziga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lgan bo‘lsa;
- Agar Siz o‘smir bo‘lsangiz.
Klinik tekshirishlarning ma‘lumotlari psixiatrik xolatlari bo‘lgan, antidepressantlarni qabul qilgan 25 yoshgacha bo‘lgan kattalarda suisidal xulqning yuqori xavfini ko‘rsatadi.
Sizda o‘z-o‘zini o‘ldirish yoki o‘ziga zarar yetkazish fikri paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling yoki darhol kasalxonaga murojaat qiling.
Sizga qarindoshingiz yoki yaqin do‘stlaringizdan biriga, Sizda depressiya yoki xavotirli buzilish borligi xaqida xabar berish va ulardan ushbu ilova-varaqani o‘qib berishni so‘rasangiz, ehtimol bu Sizga foyda beradi. Agar ularga Sizning depressiyangiz yoki xavotirligingiz kuchayganroq ko‘rinsa, yoki agar Sizning xulqingizdagi o‘zgarishlar ularni xavotirlantirsa, ularni bu xaqida Sizga xabar berishlarini so‘rashingiz mumkin.
Og‘izni qurishi
Og‘izni qurishi venlafaksin qabul qilgan 10% pasientlarda aniqlanadi. Bu karies xavfini oshirishi mumkin. Shuning uchun og‘iz bo‘shlig‘ining gigienasini o‘tkazishda alohida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Qandli diabet
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda serotoninni qayta qamrab olinishining selektiv ingibitorlarini (SQQOSI) yoki venlafaksinni qo‘llash glikemik nazoratni o‘zgartirishi mumkin. Insulin va/yoki peroral antidiabetik preparatlarning dozalarini o‘zgartirishning zarurati paydo bo‘lishi mumkin.
75 mg va 150 mg kapsulalari tarkibiga quyidagi bo‘yovchilar kiradi: temir II oksidi, temir III oksidi, titan dioksidi. Bo‘yovchilar allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini, odatda bolalalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas. Shuningdek, bu sinf preparatlarini bu yosh guruxini qabul qilishi, suisidga urinish, suisidal fikrlar va dushmanlik (asosan tajavvuz, oppozision xulq va g‘azab) kabi nojo‘ya samaralari xavfini mumkin bo‘lgan oshishi bilan bog‘liq. Shunga qaramasdan, shifokor Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini 18 yoshgacha bo‘lgan pasientga buyurishi mumkin, chunki u buni pasientning foydasiga deb hisoblaydi. Agar shifokoringiz Velaksin® kapsulalarini 18 yoshgacha bo‘lgan pasientga buyurgan bo‘lsa, va Siz buni muxokama qilishni xoxlasangiz, shifokoringizga murojaat qiling. 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlar Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilganlarida, yuqorida sanab o‘tilgan har qanday simptomlarni rivojlanishi yoki yomonlashishi xaqida shifokorga xabar berish kerak.
Bundan tashqari, bu yosh guruhida Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatining aloxida samaralarini o‘sish, yetilish, shuningdek, kognitiv va xulqning rivojlanishiga nisbatan xavfsizligi xali namoyish qilinmagan.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
Davolovchi shifokorga yoki farmasevtga Siz qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirgan har qanday dori vositalari xaqida xabar bering.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar va boshqa vositalarni birga qabul qilish mumkinligi xaqidagi qarorni shifokor qabul qiladi.
Shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashmasdan har qanday dori vositalarini, shu jumladan reseptsiz beriladigan, tabiiy va o‘simlik preparatlarini xam qabul qilishni boshlamang yoki to‘xtatmang.
Albatta shifokoringizga xabar bering, Agar Siz quyidagilarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz:
- Monoaminooksidaza ingibitorlari (MAOI: “Velaksin® preparatini qo‘llashgacha” bo‘limiga qarang).
Serotoninli sindrom
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati bilan davolashda, xayot uchun potensial xavfli xolat, serotoninli sindrom rivojlanishi mumkin (“Mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari” bo‘limiga qarang), xususan boshqa dori vositalari bilan qabul qilinganida.
Bunday dori vositalarining misollari:
- triptanlar (migrenni davolash uchun qo‘llanadi);
- depressiyani davolash uchun dori vositalari, masalan, noradrenalin va serotoninni qayta qamrab olinishining ingibitorlari, serotoninni qayta qamrab olinishining tanlangan ingibitorlari, trisiklik antidepressantlar yoki litiy saqlovchi preparatlar;
- linezolid antibiotigini saqlovchi preparatlar (infeksiyalarni davolash uchun qo‘llanadi);
- moklobemid, qaytuvchan MAOI saqlovchi dori vositalari (depressiyani davolash uchun qo‘llanadi);
- sibutramin saqlovchi dori vositalari (tana vaznini pasaytirish uchun qo‘llanadi);
- tramadol saqlovchi dori vositalari (og‘riqni qoldiruvchi);
- dalachoy saqlovchi preparatlar (Hypercum perforanum, depressiyani davolash uchun tabiiy yoki o‘simlik vositasi);
- triptofan saqlovchi preparatlar (uyquni buzilishi va depressiya kabi muammolarni davolash uchun qo‘llanadigan)
Serotoninli sindromning belgilari va simptomlari o‘z ichiga olishi mumkin:
bezovtalik, gallyusinasiyalar, koordinasiyani yo‘qolishi, yurak ritmini tezlashishi, tana haroratini oshishi, arterial bosimni tez ko‘tarilib tushishi, yuqori reflekslar, diareya, koma, ko‘ngil aynishi, qusish. Agar Sizda serotoninli sindrom bor deb o‘ylasangiz, tibbiy yordamga murojaat qiling.
Quyidagi dori vositalari ham Velaksin® bilan o‘zaro tasir qilishlari mumkin va ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishlari kerak. Agar Siz quyidagilarni saqlovchi preparatlarni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorga yoki farmasevtga xabar berish ayniqsa muxim:
- Ketokonazol (zamburug‘larga qarshi vosita);
- Galoperidol yoki risperidon (psixiatrik xolatlarni davolash uchun);
- Metoprolol (yuqori arterial bosim va yurak kasalliklarini davolash uchun beta-blokator).
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini ovqat, ichimliklar va alkogol bilan qabul qilish
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalarni ovqat qabul qilish vaqtida qabul qilish
kerak (“Velaksin® ni qanday qabul qilish kerak” bo‘limiga qarang).
Velaksin® preparatini qabul qilish vaqtida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.
Homiladorlik va emizish va reproduktiv qobiliyat
Homiladorlik
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorman deb o‘ylasangiz, xomilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, bu xaqida shifokoringizga xabar bering. Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni faqat, Sizning tug‘ilmagan bolangiz uchun foyda va xavfning potensial nisbatini shifokor bilan muxokama qilgandan keyin qabul qilish mumkin.
Agar Siz homiladorlik vaqtida Velaksin® kapsulalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, bu xaqida akusherkaga va/yoki shifokorga xabar bering, chunki bolada u tug‘ilganidan keyin simptomlardan birontasi paydo bo‘lishi mumkin. Bu simptomlar, odatda, bola tug‘ilganidan keyin birinchi 24 soat davomida rivojlanadi. Ularga yomon ovqatlanish va nafas bilan muammolar kiradi. Agar bolada u tug‘ilganidan keyin bu simptomlar bo‘lsa, va bu Sizni tashvishlantirsa, shifokorga va/yoki akusherkaga murojaat qiling, ular Sizga maslahat berishlari mumkin.
Akusherka va/yoki shifokorga Siz Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilayotganingiz xaqida ma‘lum ekanligiga ishonch hosil qiling. Homiladorolik vaqtida shunday dori vositalarini (serotoninni qayta qamrab olinishining spesifik ingibitorlari) qabul qilgan holda, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda jiddiy xolatni – tezlashgan nafas va yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘karishiga olib keluvchi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning turg‘un o‘pka gipertenziyasini rivojlanish xavfini oshishi mumkin. Bu simptomlar, odatda, bola tug‘ilganidan keyin birinchi 24 soat davomida rivojlanadi. Bunday vaziyatda darhol akusherkaga va/yoki shifokorga murojaat qilish kerak.
Emizish
Ta‘sir qiluvchi moddasi ko‘krak sutiga chiqariladi. Bolaga ta‘sir qilish xavfi bor. Shuning uchun bu masalani shifokor bilan maslaxatlashish kerak, va u emizishni yoki Velaksin® preparati bilan davolashni to‘xtatishni hal qiladi.
Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin, shifokor bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini va mexanizmlarni boshqarish
Velaksin® Sizga qanday ta‘sir qilishini bilmaguningizgacha, transport vositalarini boshqarmang va hech qanday asboblarni yoki mexanizmlarni ishlatmang.
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan preparatini qanday qabul qilish kerak.
Velaksin® kapsulalarini doimo shifokorning ko‘rsatmalariga muvofiq qabul qiling. Savollar paydo bo‘lganida shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Dozalash tartibi
Depressiya, yoyilgan xavotirli buzilishlar va ijtimoiy xavotirli buzilishlarni davolashda tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza – sutkada 75 mg. Depressiyani davolashda, zarurati bo‘lganida shifokor dozani asta-sekin sutkada 375 mg gacha oshirishi mumkin.
Sarosimali buzilishlarni davolashda, shifokor pastroq dozadan (37,5 mg) boshlashi va uni asta-sekin oshirishi kerak. Yoyilgan xavotirli buzilishlar, ijtimoiy xavotirli buzilishlar va sarosimali buzilishlarda maksimal doza sutkada 225 mg ni tashkil qiladi.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini xar kuni, taxminan kunning bir vaqtida, ertalab yoki kechqurun qabul qilish kerak.
Qo‘llash usuli
Kapsulalarni butunligicha, yetarli miqdordagi suv bilan birga yutish kerak. Kapsulalarni sindirish, maydalash, chaynash yoki eritish mumkin emas.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini ovqatlanish vaqtida qabul qilish kerak.
Jigar yoki buyrak kasalliklari bo‘lganida, shifokor bilan maslaxatlashing, ehtimol dozani to‘g‘rilash kerak bo‘lishi mumkin.
Shifokor bilan maslahatlashmasdan Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni to‘xtatmang (“Agar Siz Velaksin®ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz” bo‘limiga qarang).
Agar Siz Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini xaddan ziyod ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Velaksin® preparatini Sizga buyurilgan dozadan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz, iloji boricha tezroq shifokoringizga yoki yaqindagi kasalxonaga murojaat qiling.
Dozani oshirib yuborilishining mumkin bo‘lgan simptomlariga: yurak urishini tezlashishi, faollik darajasini o‘zgarishi (uyquchanlikdan to komagacha), ko‘rishni noaniqligi, tirishish xurujlari va tirishishlar, shuningdek qusish kiradi.
Agar Siz Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz bir dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Shunga qaramasdan, agar navbatdagi dozani qabul qilish vaqti kelgan bo‘lsa, vaqtida qabul qilinmagan dozani o‘tkazib yuboring; odatdagidek bir dozani qabul qiling. Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati buyurilgan sutkalik dozadan ortiq miqdorini qabul qilmang
Agar Siz Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Hatto agar o‘zingizni his qilishingiz yaxshilangan bo‘lsa ham, shifokor bilan maslahatlashmasdan xech qachon davolashni to‘xtatmang va dozani pasaytirmang..
Agar shifokor Sizga endi Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilish talab qilinmaydi deb qaror qilsa, u Sizda davolashni to‘liq to‘xtatishgacha dozani asta-sekin pasaytirishni so‘rashi mumkin. Velaksin® preparatini qabul qilish to‘xtatilganida, ayniqsa yuqori dozalar qabul qilinganidan keyin preparat keskin bekor qilinganida, nojo‘ya samaralarini paydo bo‘lishi ma‘um. Ayrim pasientlarda charchoqlik, bosh aylanishi, hushdan ketish oldi xolati, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, tungi daxshatlar, og‘izni qurishi, ishtahani yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, diareya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, psixomotor qo‘zg‘alish, ongni chalkashishi, quloqlarda jaranglash, quloqlarda shovqin, kam hollarda – elektroshok hissi, ko‘p terlash, tirishish hurujlari yoki gripp uchun xarakterli simptomlar kabi simptomlar kuzatilishi mumkin.
Shifokor Sizga Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati bilan davolashni asta-sekin bekor qilish qanday bo‘lishi kerakligini tushuntirib beradi. Agar Sizda tashvish chaqiruvchi bu yoki boshqa simptomlar paydo bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashing. Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
- Tibbiy qo‘llashdagi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralari
Barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat nojo‘ya reaksiyalar chaqirishi mumkin, lekin ular xamma pasientlarda ham paydo bo‘lavermaydi.
Agar Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qabul qilgandan keyin, o‘z axlatingizda mayda oq granulalarni ko‘rsangiz, bezovta bo‘lmang. Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini faol modda venlafaksin faol moddasi bilan sferoidlar yoki mayda oq sharchalar saqlaydi. Bu sferoidlar kapsulalardan ovqat xazm qilish yo‘llariga tushadi. Sferoidlar ovqat hazm qilish yo‘llari bo‘ylab surilgan sari venlafaksin asta-sekin chiqariladi. Sferoidlarning “qobig‘i” erimaydi va axlat bilan chiqariladi. Shuning uchun hatto agar Siz axlatingizda sferoidlarni ko‘rgan bo‘lsangiz ham, Siz qabul qilgan venfalaksinning dozasi so‘rilgan bo‘ladi.
Allergik reaksiyalar
Quyidagi simptomlardan biron-bir paydo bo‘lgan xolda, Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalarni qabul qilishni to‘xtating:
- Ko‘krakda bosilish, hushtaksimon nafas, yutishni yoki nafasni qiyinlashishi
- Yuz, tomoq, qo‘llar yoki oyoqlarni shishi.
- Hayajonlanish yoki qo‘zg‘alish hissi, bosh aylanishi, pulsasiya tuyg‘usi, birdan terini qizarishi va/yoki issiqlik tuyg‘usi.
- Kuchli toshma, qichishish yoki eshakemi (ko‘pincha qichishuvchi terida kattalashuvchi qizil va oq dog‘lar).
Darhol shifokorga xabar bering yoki yaqindagi kasalxonaning shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat qiling.
Jiddiy nojo‘ya samaralari
Agar Siz quyidagi belgilardan birontasini sezsangiz, Sizga shoshilinch tibbiy yordam talab qilinishi mumkin:
- Tez yoki muntazam bo‘lmagan yurak ritmi kabi yurak ritmining buzilishi, yuqori arterial bosim.
- Ko‘rishni noaniqligi, qorachiqlarni kengayishi kabi, ko‘zlar bilan muammolar.
- Bosh aylanishi, sanchilish hissi, harakatlarni buzilishi, tirishish xurujlari yoki tirishishlar kabi nerv tizimini buzilishlari.
- O‘ta yuqori faollik va eyforiya kabi psixiatrik buzilishlar.
- Davolashni bekor qilish (“Velaksin® ni qanday qo‘llash kerak”, “Agar Siz Velaksin® preparatini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz” bo‘limlariga qarang).
Agar Siz biron-bir noxush samarani, quyida ko‘rsatilgan, yoki ushbu Yo‘riqnomada eslatilmagan noxush reaksiyalarni aniqlasangiz, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralarini, ularni paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha to‘liq ro‘yxati:
Nojo‘ya samaralarining tez-tezligi (paydo bo‘lish ehtimoli quyidagicha tasniflanadi:
Juda tez-tez: 10 pasientlardan bittadan ko‘prog‘ida uchraydi;
Tez-tez: 100 pasientlardan 1-10 tasida uchraydi;
Tez-tez emas: 1000 pasientlardan 1-10 tasida uchraydi;
Kam: 10000 pasientlardan 1-10 tasida uchraydi;
Tez-tezligi noma‘lum: mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida tez-tezligini aniqlash mumkin emas.
Qon va limfatik tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas; gematomalar, qora qatronsimon axlat yoki qonli axlat, bu ichki qon ketishining belgisi bo‘lishi mumkin.
Tez-tezligi noma‘lum: shilliq qavatlarni qonuvchanligi, qon ketishi vaqtini oshishi, qonda trombositlarni sonini pasayishi, buning natijasida gematomalar hosil bo‘lishini va qon ketishlarning xavfi oshadi, qon kasalliklari, ularning natijasida infeksiyalar xavfi oshishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: nafasni qiyinlashishini va bosh aylanishini, shu jumladan arterial bosimning pasayishini chaqiruvchi, jiddiy allergik reaksiyalar,
Endokrin tizimi tomonidan
Tez-tezligi noma‘lum: qonda prolaktinning (sut hosil bo‘lishini rag‘batlantiruvchi gormon) konsentrasiyasini oshishi.
Moddalar almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar
Tez-tez: qon zardobida xolesterinning darajasini oshishi, tana vaznini pasayishi.
Tez-tez emas: tana vaznini oshishi.
Tez-tezligi noma‘lum: qonda natriyning darajasini pasayishi, bu charchoqlik va ongni chalkashishini, mushaklarning tortilishini, tirishishlar va komani, suvni haddan ziyod ko‘p iste‘mol qilishni (antidiuretik gormonning sekresiyasini buzilishi sindromi) chaqirishi mumkin.
Ruhiyatni buzilishi
Tez-tez: odatdagi bo‘lmagan tush ko‘rishlar, libidoni pasayishi, uyqusizlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, sedativ samara, ongni chalkashishi, o‘zidan va reallikdan uzoqlashganlik (yoki ajralganlik) hissi
Tez-tez emas: xislar yoki emosiyalarni yo‘qligi, gallyusinasiyalar, psixomotor qo‘zg‘alish.
Kam: patologik yuqori kayfiyat.
Tez-tezligi noma‘lum: ongni chalkashishi, o‘ziga-o‘zi shikast yetkazish yoki o‘z-o‘zini o‘ldirish fikrlari, tajavvuzkorlik.
Nerv tizimi buzilishlari
Juda tez-tez: og‘izni qurishi (10,0%), bosh og‘rig‘i (30,3%).
Tez-tez: bosh aylanishi, yuqori mushak tonusi, sanchilish hissi, tremor.
Tez-tez emas: mushaklarni ixtiyorsiz harakatlari, psixomotor qo‘zg‘alish, koordinasiya va muvozanatni buzilishi.
Kam: bezovtalik hissi yoki bir joyda o‘tiraolmaslik yoki turaolmaslik, tirishishlar.
Tez-tezligi noma‘lum: mushak kuchlanishi bilan birga yuqori harorat, ongni chalkashishi yoki psixomotor qo‘zg‘alish, shuningdek ko‘p terlash yoki, agar Sizda mushaklarni nazorat qilib bo‘lmaydigan tortilishi bo‘lsa – bu xavfli neyroleptik sindrom sifatida ma‘lum bo‘lgan jiddiy holatning simptomi bo‘lishi mumkin; eyforiya xissi, uyquchanlik, parodoksal uyquni tutilishi, qo‘pollik, bezovtalik, alkogolli mastlik hissi, ko‘p terlash yoki mushak kuchlanishi, u serotoninergik sindromning simptomi hisoblanadi, rigidlik, spazmlar va mushaklarni o‘zicha harakati.
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar
Tez-tez: ko‘rishni noaniqligi, qorachiqlarni kengayishi, ko‘rishni buzilishi.
Tez-tezligi noma‘lum: glaukoma (ko‘zlarda kuchli og‘riq va ko‘rishni pasayishi yoki noaniqligi).
Eshitish a‘zosi tomonidan buzilishlar va labirint tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: quloqlarda jaranglash.
Yurak tomonidan buzilishlar
Tez-tez: yurak urishini his qilish.
Tez-tez emas: tezlashgan yurak ritmi.
Tez-tezligi noma‘lum: patologik, tez yoki notekis yurak ritmi, u xushdan ketishga olib kelishi mumkin.
Tomirlar tomonidan buzilishlar
Tez-tez: yuqori arterial bosim, yuzni qizarishi.
Tez-tez emas: bosh aylanishi hissi (xususan, o‘rindan juda keskin turganda), hushdan ketish.
Tez-tezligi noma‘lum: arterial bosimni pasayishi.
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan
Tez-tez: esnash.
Tez-tezligi noma‘lum: yo‘tal, xushtaksimon nafas, hansirash va yuqori harorat, ular leykositlarning sonini oshishi bilan birga kechuvchi o‘pkaning yallig‘lanishini simptomlari hisoblanadi (o‘pka eozinofiliyasi).
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko‘ngil aynishi (20,0%), og‘izni qurishi (10,0%),
Tez-tez: ishtahani pasayishi, qabziyat, qusish.
Tez-tez emas: ta‘m tuyg‘ularini o‘zgarishi, tishlarni g‘ichirlashi, diareya.
Tez-tezligi noma‘lum: me‘da osti bezini yallig‘lanishi.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: jigarni yallig‘lanishi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar
Juda tez-tez: ko‘p terlash (shu jumladan, tungi) (12,2%).
Tez-tez emas: toshma, sochlarni patologik to‘kilishi, quyosh yorug‘iga yuqori sezuvchanlik.
Tez-tezligi noma‘lum: teri toshmasi, u og‘ir pufaklar hosil bo‘lishiga va terini kepaklanishiga olib kelishi mumkin; qichishish, eshakemi.
Skelet-mushak va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar
Tez-tezligi noma‘lum: tushintirib bo‘lmaydigan mushak og‘rig‘i, og‘riq yoki kuchsizlik (skelet mushaklarini o‘tkir nekrozi).
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar
Tez-tez emas: siyishni qiyinlashishi yoki tezlashgan qistovlar.
Tez-tez emas: siydikni tutilishi.
Kam: siydikni tuta olmaslik.
Jinsiy a‘zolar va sut bezlari tomonidan
Tez-tez: patologik eyakulyasiya/orgazm (erkaklarda); orgazmning yo‘qligi; erektil disfunksiya (impotensiya); ko‘p qon ketishi yoki muntazam bo‘lmagan qon ketishini ko‘payishi kabi hayz ko‘rishni buzilishi.
Tez-tez emas: patologik orgazm (ayollarda).
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar
Tez-tez: kuchsizlik (charchoqlik); etni uvishishi.
Tez-tez emas: angionevrotik shish.
Laboratoriya va instrumental tekshirishlarning natijalariga ta‘siri
Tez-tezligi noma‘lum: jigar faoliyatining sinamalarini natijalarida og‘ishni kuzatilishi.
Ba‘zida Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati, arterial bosimni oshishi yoki yurak ritmini buzilishi, qonda jigar fermentlari, natriy yoki xolesterin darajasini ahamiyatsiz o‘zgarishi kabi Siz uchun sezilmaydigan noxush samaralar chaqirishi mumkin. Juda kam Velaksin® preparati qonda trombositlar faoliyatini pasaytirishi mumkin, buning natijasida gematomalarning hosil bo‘lishi yoki qon ketishlarning xavfi oshadi. Shuning uchun shifokor vaqti-vaqti bilan, xususan Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati uzoq muddat qabul qilinganida, qonning tahlilini buyurishi mumkin.
Agar bu nojo‘ya samaralaridan biron-bir jiddiylashsa yoki Siz ushbu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan nojo‘ya samaralarni o‘zingizda aniqlasangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
- Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini qanday saqlash kerak.
Quruq joyda, 30oS dan past haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Agar Siz uning sifatini o‘zgarishini ko‘rinadigan belgilarini aniqlasangiz, Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatini ishlatmang.
Dori vositalarini maishiy chiqindilar yoki oqava suvlarga tashlash mumkin emas. Agar kerak bo‘lmagan preparatni yo‘qotish kerak bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bu choralar atrof- muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam berishi mumkin.
- Yaroqlilik muddati
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin preparatni ishlatmang.
- Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
- O‘ram ichidagisi va boshqa ma‘lumot
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparati nima saqlaydi
Ta‘sir qiluvchi modda: har bir kapsulada muvofiq 37,5 mg, 75 mg va 150 mg venlafaksin (42,42 mg, 84,84 mg va 169,68 mg venlafaksin gidroxloridi shaklida).
Yordamchi moddalar: mikrokristallik sellyuloza, natriy xloridi, etilsellyuloza, talk, dimetikon, kaliy xloridi, povidon, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, ksantan kamedi, temir II oksidi.
CONI-SNAP-3 kapsulasi tarkibi (Velaksin® 37,5 mg): temir II oksidi, indigokarmin.FD va S moviy 2, eritrozin FD va S qizil 3, titan dioksidi, jelatin.
CONI-SNAP-2 kapsulasi (Velaksin® 75 mg) va CONI-SNAP-0EL kapsulasi (Valkesin®
150 mg) tarkibi: temir II oksidi, temir III oksidi, titan dioksidi, jelatin.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 37,5 mg:
qattiq jelatin kapsulalar CONI-SNAP-3, o‘zi bekiladigan, rangsiz tiniq asosi 43000 va och-zarg‘aldoq rangli L530 qopqoqchasi bilan.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 75 mg:
qattiq jelatin kapsulalar CONI-SNAP-2, o‘zi bekiladigan, rangsiz tiniq asosi 43000 va zarg‘aldoq-jigarrang rangli L530 qopqoqchasi bilan.
Velaksin® ta‘siri uzaytirilgan kapsulalar 150 mg:
qattiq jelatin kapsulalar CONI-SNAP 0EL, o‘zi bekiladigan, rangsiz tiniq asosi 43000 va zarg‘aldoq-jigarrang rangli L530 qopqoqchasi bilan.
Kapsulalarda markirovka yo‘q. Kapsulalarning yuzasida shikastlanishlar yoki kukunning izlari bo‘lmasligi kerak. Kapsulalar oq yoki sariq rangli, hidsiz yoki deyarli hidsiz palletlar saqlaydi.
O‘rami: ta‘siri uzaytirilgan 14 kapsuladan PVX/PVDX/alyumin folga blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.:
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirishBosh aylanishi boshlandi, ko'zlari xiralashdi, butun vujudi sovuq, boshi umuman tushunmadi
Kusishni keltirib chiqarishga to'g'ri keldi
Bu sinovlardan so'ng zaiflik va sovuqlik boshlandi.
Dahshatli dori va bu deyarli erimagan yarim tabletka
Va agar qusmasa, nima bo'ladi
Men buni tavsiya qilmayman !!!!
Yomon ta'mi yo'q
Kamchiliklari: narx
Miqdori 28 emas, 30
Chiqib ketish sindromi
Sharh: Men Velaxinni ikki oy davomida ichaman, 0,75dan boshlab, ertalab va kechqurun yarmida, faqat birinchi marta engil ko'ngil aynishi va bosh aylanishi bor edi. Bir oy o'tgach va psixiatrga qayta -qayta qabul qilinganidan so'ng, menga 150 ta kapsulani buyurishdi va narx 1050 emas, balki 2450 edi, lekin hech qanday yon ta'siri yo'q edi, lekin dozasi tufayli shunga o'xshash narsa bo'ladi deb o'ylagandim, lekin yo'q . Yana bir oy o'tdi, libidoning nojo'ya ta'siri deyarli nolga, neytrallik esa oziq -ovqatgacha, ba'zida siz umuman ovqatlanishni unutasiz. Men bir marta tabletkani sog'indim, ko'ngil aynishi, zaiflik va bosh aylanishi bor edi. Qabulning uchinchi oyi boshlandi va Tyumendagi 150 dozasi olib tashlandi, siz har biri 75 donadan ikkita paket sotib olishingiz kerak.