VERMOREKS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VERMOREKS®
VERMOREX
Preparatning savdo nomi: Vermoreks®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): mebendazol
Dori shakli: suspenziya
Tarkibi
5 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: mebendazol – 105 mg;
yordamchi moddalar: metilparaben, propilgidroksibenzoat (propilparaben), natriy karboksimetilsellyulozasi, polisorbat 80, 70% sorbit eritmasi, sariq shafaq bo‘yovchisi, shirin apelsinli aromatizator (essensiya), saxaroza, povidon K 30, limonn kislotasi monogidrati, natriy saxarini, natriy sitrati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: och-to‘q sariq rangli, o‘ziga xos apelsin hidli va shirin ta‘mli qovushqoq suspenziya.
Farmakoterapevtik guruhi: antigelmint vosita.
ATX kodi: R02SA01
Farmakologik xususiyatlari
Keng ta‘sir doirasiga ega gelmintlarga qarshi vosita; ayniqsa enterobiozda samarali. Gelmint organizmida glyukozani utilizasiya qilinishini qaytmas izdan chiqishini chaqiradi va ATF sintezini tormozlaydi.
Farmakokinetikasi
MIY dan deyarli so‘rilmaydi. Plazmadagi oqsillar bilan bog‘lanishi 90% ni tashkil qiladi. A‘zolarni bir notekis taqsimlanadi, yog‘ to‘qimlari, jigarda gelmint lichinkalarida to‘planadi. Dozaning 90% dan ko‘prog‘i axlat bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi. So‘rilgan qismi (5-10%) buyraklar orqali 24-48 soat davomida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Askaridoz, troxosefalyoz, enterobioz, ankilostomidoz, strongiloidoz, tenioz, exinokokkoz, trixinellyoz, aralash gelmintozlarda qo‘llanadi.
Quyidagi gelmintozlarda samarali:
Trichuris trichiura (trixosefallar)
Enterobius vermicularis (nematodalar)
Ascaris lumbricodes (askaridalar)
Ancylostoma doudenale (umumiy ankilostomalar) yoki
Necator americanus (amerika nekatori) yakka yoki aralash infeksiyalarda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari, homiladorlik, laktasiya (emizish) davri, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar, mebendazolga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Qo‘llash usuli va dozalari
Trixosefalyoz, askaridoz va ankilostomidoz: bir choy qoshiqdan ertalab va kechqurun ketma-ket 3 kun davomida. Agar davolash boshlangandan 3 kundan keyin infeksiya yo‘q bo‘lmasa, takroriy davolash kursini o‘tkazish tavsiya etiladi.
Ochlik yoki me‘dani tozalash kabi maxsus muolajalar talab etilmaydi.
Enterobioz: 5 ml suspenziya bir martalik doza sifatida buyuriladi. Takroriy davolash kursi 2 xaftadan keyin o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq; yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda qusish, diareya, qon zardobida jigar transaminazalari faolligini tranzitor oshishi kuzatilishi mumkin.
MNT tomonidan: kam hollarda – bosh aylanishi; yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda – bosh og‘rig‘i.
Qon yaratish tizimi tomonidan yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda leykopeniya, anemiya, eozinofiliya kuzatilishi mumkin.
Siydik chiqarish tizimi tomonidan: yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda – giperkreatininemiya, gematuriya, silindruriya, glomerulonefrit.
Boshqalar: yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda – allergik reaksiyalar, sochlarni to‘kilishi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Lipofil moddalar bilan birga buyurishdan saqlanish kerak.
Simetidin qon plazmasida mebendazolning konsentrasiyasini oshirishi mumkin; karbamazepin va metabolizmning boshqa induktorlari qon plazmasida mebendazolning konsentrasiyasini kamaytirishi mumkin.
Mebendazol va metronidazolni birga buyurishdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vermoreks® qo‘llanilganda periferik qon manzarasi, jigar va buyrak faoliyatini nazorat qilish kerak.
Simetidin bilan bir vaqtda buyurilganda qon plazmasida mebendazolning konsentrasiyasini nazarat qilish va preparatning dozasiga tuzatish kiritish kerak (ayniqsa uzoq vaqt qo‘llanilganda).
Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarda qon plazmasida glyukozaning darajasini nazorat qilish kerak.
Mebendazol qabul qilgandan keyin bir sutka davomida alkogol, yog‘li ovqatni iste‘mol qilishga yo‘l qo‘yilmaydi, surgi vositalar buyurilmaydi.
Doza o‘tkazib yuborilgan hollarda o‘tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish kerak, keyingilarini esa – tavsiya etilgan intervalda qabul qilish kerak.
Davolash yakunlangandan keyin anal soha va axlatni vaqti-vaqti bilan albatta tekshirish kerak: keyingi 7 kun davomida gelmintlar yoki ularning tuxumlari aniqlanmaganda davolash samarali hisoblanadi.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab etuvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya. Yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llanilganda: jigar faoliyatini qaytuvchan buzilishlari, gepatit, neytropeniya.
Davolash: preparatni me‘dadan chiqarib tashlash, qusishni chaqirish yoki me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.
Spesifik antidoti yo‘q.
Chiqarilish shakli
30 ml suspenziya shisha va plastik flakonda.
1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida joylangan.
Saqlash sharoiti
Preparat quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
Chiqarish shakllari