Veronaning aptekalardagi narxlari
VERONA kapsulalar N20
|
|
193 ta dorixonada bor
|
36 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
48 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
41 000 so'mdan
Bron qilish
|
VERONA kapsulalar N60
|
|
218 ta dorixonada bor
|
84 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
92 700 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Verona ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VERONA
VERONA
Preparatning savdo nomi: Verona
Dori shakli: kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
Yerbag‘irlagan temirtikan (Tribulus Terrestris) 300 mg
Qishki olcha (Withania somnifera) 100 mg
Kuydiruvchi Mukuna (Mucuna pruriens) 25 mg
Argireya (Argyreia speciosa) 60 mg
Ta‘rifi: “0” o‘lchamdagi qizil rangli kapsulalar, kapsulaning korpusi va qopqoqchasida “Verona” yozuvi tushirilgan, kapsula ichidagisi: och-jigarrangdan to to‘q-jigarrang rangli, hushbo‘y hidli kukun.
Farmakoterpevtik guruhi: potensiyani muvofiqlashtiruvchi vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Zamonaviy turmush va stresslar oqibatida yuqori aqliy va jismoniy zo‘riqishlar, hayotiy faollikni keskin pasayib ketishiga olib keladi, ayniqsa erkaklarda.
Verona – insonning hayotiy zarur a‘zolariga ta‘sir etuvchi biostimulyator va yoshartiruvchi vositadir. U ayniqsa aqliy, jismoniy faollikni tiklanishiga, hayotiy tonus va potensiyani (jinsiy mayillik) oshishiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi.
Verona o‘simlik preparatlarini bir-biriga muvofiqlashtirilgan, birgalikda samarali ta‘sir ko‘rsatuvchi majmuasidan iborat bo‘lib, Yerbag‘irlagan temirtikan, Qishki olcha, Kuydiruvchi Mukuna va Argireyani o‘z ichiga oladi.
Verona oligo-astenospermiyani davolashda samarali vosita deb topilgan. U lyuteinlashtiruvchi gormon ishlab chiqarilishini kuchaytirishi orqali, Leydig (androgen ishlab chiqaruvchi) xujayralarini tiklaydi va rag‘batlantiradi, shuningdek spermatozoidlar strukturasini va spermatogen faoliyatini qo‘llab turuvchi va saqlovchi Sertoli xo‘jayralarining miqdorini oshiradi va urug‘ xo‘jayralarining o‘sishiga yordam beradi.
Verona spermatozoidlarning morfologik kamchiliklarini bartaraf etadi, ajratilayotgan sperma miqdorini oshirishi bilan bir qatorda, ularning harakatchanligini ham oshiradi oqibatda erkaklarning serpushtligini tiklaydi.
Verona keksayish oqibatlarini neytralizasiya qilib, geroterapik ta‘sirga ega.U bosh miya va jigarda suksinatdegidrogeneza fermentining darajasini oshiradi, bu stress va zo‘riqish holatida xo‘jayralarning energiya bilan ta‘minlanishini, nospesifik qarshiligini oshishiga olib keladi. O‘zining immunomodulyasiya qiluvchi ta‘siri orqali Verona, xo‘jayralarining moslashish qobiliyatini yahshilaydi va organizmga immun reksiyalarini boshqarishda yordam beradi.
O‘zining yallig‘lanishga qarshi hususiyatlari tufayli Verona, mushak va bo‘g‘im og‘riklarining yengillashishini ta‘minlaydi.
Verona – bu davolashda ham, oldini olishda ham samarali vosita sifatida barcha yosh erkaklarning hayot faoliyati tizimidagi muvozanatni tiklaydigan preparatdir.
Yerbag‘irlagan temirtikan | Jinsiy mayillikni ko‘chaytiradi, spermaning morfologiyasini, harakatchanligini va miqdorini yaxshilaydi, spermaning xajmini va qovushqoqligini oshiradi. |
Qishki olcha | Xo‘jayralarning energiya bilan ta‘minlashini va ularning mustahkamligini oshiradi, asteniya va jinsiy moyillik pasayishini bartaraf qilinishiga yordam beradi, erektil disfunksiyani yo‘qotadi. |
Kuydiruvchi Mukuna | Jinsiy mayillikni ko‘chaytiradi. |
Argireya | Organizmni mustahkamlaydi. |
Qo‘llanilishi
Odatda qarishni oldini olish uchun yosh, o‘rta va katta yosh guruhidagi erkaklarda qarshi jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan funksional buzilishlarda, ayniqsa quyidagilarda qo‘llanadi:
- Umumiy charchoqlik
- Jismoniy va aqliy toliqishlar
- Jinsiy va umumiy nevrasteniyalar
- Jinsiy mayilning kamayishi
- Oligospermiya
- Astenospermiya
- Impotensiya
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir ikki kapsuladan kuniga ikki marta.
Nonushta oldidan va uyqu oldidan, sut bilan afzalroq.
Impotensiya holida, tavsiya etiladigan davolash kursi 10 kunni tashkil qiladi. Asteno-oligospermiya holida davolash kursi 18 haftadan kam bo‘lmasligi kerak. Barcha boshqa hollarda 4 dan 6 haftagacha. Umumiy tonusni qo‘llab turish uchun kuniga 1-2 kapsula tavsiya etiladi.
Dozasi va davolash muddati uzaytirilishi mumkin va har bir holatni jiddiyligiga qarab yoki qayta paydo bo‘lgan belgilari asosida, davolash kursini takrorlash mumkin.
Verona narkotik preparat emas va o‘rganib qolish samarasini shakllantirmaydi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kuzatilmagan.
Qullash mumkin bo‘lmagan holatlar
Allergik kasalliklar.
Preparatning komponentlarini shahsiy o‘zlashtiraolmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Ma‘lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma‘lum emas.
Chiqarilish shakli
20, 60 kapsuladan buraladigan qopqoqli plastmassa flakonda, 1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonlardan berish tartibi
Shifokor reseptisiz beriladi.
Chiqarish shakllari
Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?
Savol qoldirishKamchiliklari: aniqlanmagan.
Sharh: Uzoq stressdan so'ng, erim sog'lig'ida muammolarga duch kela boshladi, shuningdek, yotoqda, ular urologga murojaat qilishdi, u Veronani ichishni buyurdi, kursni eridan ichgandan keyin hamma narsa tuzaldi va tarkibi juda yaxshi. Agar kimdir bunday muammolarga duch kelsa, tavsiya qilaman, dori juda samarali.
Kamchiliklari: Yo'q
Sharh: Biz farzand ko'rishni rejalashtirgan edik, lekin kontseptsiya bilan bog'liq qiyinchiliklar bo'lgan. Erimning qon bosimi yuqori, shuning uchun preparatni diqqat bilan tanlashga to'g'ri keldi. Do'stlar Veronaga maslahat berishdi. Erim 8 hafta ichdi. Va kurs tugagandan so'ng, men homilador bo'lishga muvaffaq bo'ldim. Ajoyib mahsulot, men uni hammaga tavsiya qilaman!
Kamchiliklari: yo'q
Sharh: Doktor menga maslahat berdi, buni yozilganidek qabul qildi. To'liq kursni o'taganimdan so'ng, bu dori menga yordam berdi, erektsiya normallashdi, o'zimni yaxshi his qilyapman, men bu dori haqida maslahat beraman !!!
Kamchiliklari: yo'q
Sharh: Erim bilan bepushtlik muammosi bor edi. Urolog-andrologni ko'rishga kelgan shifokor eriga gormonal bo'lmagan Verona 60 preparatini buyurdi. Davolanishdan so'ng, uzoq kutilgan homiladorlik keldi. To'g'ri davolanishni tanlagan shifokorga rahmat
Kamchiliklari: aniqlanmagan
Sharh: Urolog preparatni eriga buyurdi. Dori o'z vazifasini uddaladi, biz juda mamnun bo'ldik. Erim preparatning tarkibidan mamnun edi, chunki u butunlay sabzavot
Kamchiliklari: Yo'q
Sharh: Men erim nomidan yozyapman.
Yilda bir marta kursdan o'tadi.
Preparat mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, gormonal muvozanatni tiklaydi va testosteron ishlab chiqarishni oshiradi. Qabul qilish oson. Tashish oson.
Kamchiliklari: yo'q
Sharh: Men juda asabiylashdim, muammolar bor edi. Urolog Veronaga tananing umumiy holatini yaxshilashni tavsiya qildi. Men bir oydan buyon dori ichaman, o'zimni yaxshi his qilyapman, muammolar yo'qoldi.
Kamchiliklari: topilmadi
Sharh: Verona kapsulalarini olgandan 6 hafta o'tgach, erektsiya kuchayadi, libido kuchayadi, men uni androlog maslahati bilan sotib oldim, chunki bu sohada muammolar paydo bo'la boshladi. Dastlabki 2 hafta natija bermadi, lekin 3 haftadan so'ng yaxshilanishlarni sezdim, kümülatif effekt kerak. Siz kursda ichishingiz kerak, aks holda hech qanday ta'sir bo'lmaydi.
Kamchiliklari: yo'q
Sharh: Doktor Papaga kasal bo'lgan taqdirda bu dorini ichishni maslahat berdi. 1 paketni ichganidan so'ng, u kuchlanishni his qildi, kayfiyati yaxshilandi, depressiya o'tib ketdi, biz natijadan juda mamnunmiz!