Vinpotsetinning aptekalardagi narxlari
VINPOSETIN tabletkalari 0,005g N30
|
|
1 ta dorixonada bor
|
15 100 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Vinpotsetin ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VINPOSETIN-NOVO
VINPOCETINUM– NOVO
Preparatning savdo nomi: Vinposetin-NOVO
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): Vinposetin
Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
faol modda: Vinposetin 5,0 g
yordamchi moddlar:
Askorbin kislotasi 5,0 g
Vinno kislotasi 3,0 g
Benzil spirti 10,0 g
Natriy metabisulfiti 0,2 g
Sorbit 100,0 g
In‘eksiya uchun suv 1000 ml gacha
Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz yoki och yashil-sarg‘ish rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Miyada qon aylanishi buzilishlarini va migrenni davolash uchun vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Serebrovazodilyator vosita bo‘lib, miyada qon aylanishini yaxshilaydi. Tizimli arterial bosimni biroz pasayishini, miyada qon tomirlarini kengayishini, miyada qon oqimini kuchayishini, miyani kislorod va glyukoza bilan ta‘minlanishilanishini chaqiradi. Kislorod va energiya bilan ta‘minlovchi substratlarni to‘qimalarga tashilishini yengillashtirib (eritrositlarni ularga yaqinligini kamaytirishi tufayli, glyukozani yutilishi va metabolizmini kuchaytirishi, uni energetik foydaliroq aerob yo‘nalishiga o‘tishi oqibatida), miya hujayralarini gipoksiyaga chidamliligini oshiradi. To‘qimalarda siklik adenozinmonofosfat kislotasini va adenozintrifosfatni yig‘ilishiga, fosfodiesterazani tormozlanishi va adenilatsiklazani rag‘batlantirilishiga, sterazani oshishiga va miya to‘qimalarida katexolaminlarning miqdorini oshishiga yordam beradi. Vazodilatasiyalovchi (qon tomirlarni kengaytiruvchi) ta‘siri qon tomirlarning silliq mushaklariga (asosan miya qon tomirlariga) bevosita relaksasiyalovchi (bo‘shashtiruvchi) ta‘siri bilan bog‘liq. Preparat «o‘g‘irlash» fenomenini chaqirmaydi, asosan bosh miyaning ishemiyaga uchragan sohalarida qon aylanishini yaxshilaydi, bunda intakt sohalarning qon bilan ta‘minlanishi o‘zgarmaydi. Trombositlar agregasiyasini kamaytirishi, qonning qovushqoqligini pasaytirishi va eritrositlarning egiluvchanligini oshirishi hisobiga bosh miyada mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Parenteral yuborilganda taqsimlanish hajmi (Vd) – 5,3 l/kg. Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 4,74-5 soat. Gistogematik to‘siqlardan (shu jumladan gematoensefalitik to‘siqdan) oson o‘tadi. Jigarda apovinkamin kislotasiga, gidroksi-vinposetinga, gidroksiapovinkamin kislotasiga, digidroksi-vinposetin-glisinatga qadar biotransformasiyaga uchraydi. Asosiy metabolit-apovinkamin kislotasi – ayrim farmakologik faollikka ega.
Qo‘llanilishi
Miyada qon aylanishini o‘tkir va surunkali buzilishlari (tranzitor ishemiya, avj olib boruvchi insult, shakllanib bo‘lgan insult, insultdan keyingi holat). Serebrovaskulyar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlardagi nevrologik va ruhiy buzilishlar (xotirani buzilishi, bosh aylanishi, afaziya, apraksiya, harakat buzilishlari, bosh og‘rig‘i). Ensefalopatiya (gipertonik, posttravmatik). Klimakterik davrdagi vazovegetativ simptomatika. Ko‘zning qon tomir kasalliklari (tomirli pardaning, to‘r pardaning yoki sariq dog‘ning degenerativ kasalliklari, arteriyalarning qisman okklyuziyalari, ikkilamchi glaukoma). Eshitish o‘tkirligini qon tomir yoki toksik genezli eshitish o‘tkirligini pasayishi, qarilik garangligi, Mener kasalligi, koxleovestibulyar nevrit, quloqlarda shovqin, labirint patologiyasi oqibatidagi bosh aylanishi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kasallikning o‘tkir bosqichida preparatni 10-20 mg dan 500-1000 ml natriy xloridning izotonik eritmasida – vena ichiga (v/i) tomchilab sekin (infuziyani maksimal tezligi – minutiga 80 tomchi) yuboriladi.
Zarurati bo‘lganida dozani 3-4 kun davomida maksimalgacha – sutkada 1 mg/kg gacha oshiriladi Davolash kursi 10-14 kun.
Klinik yaxshilanishiga erishilganidan keyin preparatni 5-10 mg dan kuniga 3 marta ichga qabul qilishga o‘tiladi. Tutib turuvchi doza -5 mg dan kuniga 3 marta uzoq vaqt davomida.
Preparatni bekor qilishdan oldin dozani asta-sekin kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan:bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, uyquchanlik, holsizlik, qizib ketish hissi.
Yurak-tomir tizimi va qon (qon yaratish, gemostaz) tomonidan: yurak qorinchalari ichki o‘tkazuvchanligini sekinlashishi, ST segmentini depressiyasi va QT intervalini uzayishi, gipotenziya, taxikardiya, ekstrasistoliya.
Me‘da-ichak yo‘llari a‘zolari tomonidan: og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, jig‘ildonni qaynashi.
Teri qoplamalari tomonidan:terini qizarishi, terlash, yuborish joyida tromboflebit.
Boshqalar: allergik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktasiya davri, bolalik yoshida (klinik ma‘lumotlarni yo‘qligi tufayli), yaqqol yurak ishemik kasalligi, og‘ir aritmiyalar, labial arterial bosimda va qon tomir tonusi pastligida, serebral gemorragik insultdan keyingi birinchi kunlari, bosh miya ichki bosimini oshganida qo‘llash mumkin emas.
Teri ostiga (t/o) mushak ichiga (m/i) va v/ichga oqim bilan yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Gipotenziv preparatlarni yoki QT intervalini oshiruvchi dorilarni qabul qiladigan bemorlarga, shuningdek kichik Barvinka (Vincaminor) alkaloidlarini yomon o‘zlashtiradigan va jigar yetishmovchiligi bilan og‘rigan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Geparinoterapiya vaqtida gemorragik asoratlarni rivojlanish xavfini oshiradi. Vinposetinning in‘eksiya uchun eritmasi geparin bilan farmasevtik nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlarga parenteral yuborilganida, qondagi glyukoza miqdorini nazorat qilish kerak, chunki eritmada sorbitol moddasi mavjud.
Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.
Uzaygan QT intervali sindromi yoki QT intervalini uzayishini chaqiruvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilinganda EKG nazorati zarur.
Gemorragik insultda preparatni paraenteral faqat o‘tkir holatlar yo‘qolganidan keyin (5-7 kundan keyin) qo‘llanishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Preparatni bolalar amliyotida qo‘llanishi bo‘yicha yetarli miqdorda kuzatuvlar yo‘q.
Transport vositalari haydovchilariga va kasbi diqqatni yuqori jamlanishi bilan bog‘liq odamlarda ish vaqtida qo‘llash kerak emas.
Preaparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaproqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Belgilari: og‘izda metal ta‘mni sezish, chanqash, yaqqol namoyon bo‘lgan tremor, dizartriya, ataksiya.
Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
0,5% in‘eksiya uchun eritma, 2 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
2 yil.
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari