VITABRIN ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VITABRIN
VITABRIN
Preparatning savdo nomi: Vitabrin
Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini), Riboflavin natriy fosfati (V2 vitamini), Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini), Nikotinamid (RR vitamini), Sianokobalamin (V12 vitamini), D-pantenol (V5 provitamini).
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma
Tarkibi:
1 ampula 3 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Tiamin gidroxloridi (Vitamin V1) 5 mg
Riboflavin natriy fosfati (Vitamin V2) 2 mg
Piridoksin gidroxloridi (Vitamin V6) 2 mg
Nikotinamid (Vitamin RR) 20 mg
Sianokobalamin (Vitamin V12) 2 mg
D-pantenol (Provitamin V5) 3 mg
yordamchi moddalar:
Benzil spirti 0,015 mg
Dinatriy EDTA 100 mg
Propilenglikol 0,02 mg
Monotiogliserol 5 mg
In‘eksiya uchun suv yetarli miqdorda.
Ta‘rifi: to‘q – sariq rangli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: vitaminlar
ATX kodi: A11VA
Farmakologik xususiyatlari
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) – odam organizmida fosforlanish jarayoni natijasida kokarboksilazaga aylanadi, bu ko‘pchilik ferment reaksiyalarining kofermenti hisoblanadi. V1 vitamini karbonsuvlar, oqsillar va yog‘lar almashinuvida, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘alishini o‘tkazilish jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Tiamin mikrosirkulyasiyani yaxshilaydi va qon elementlarining sinteziga yordam beradi, nerv tizimining normal faoliyati, to‘qima nafasini boshqarish uchun zarur.
Riboflavin (V2 vitamini) – oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini boshqaradi, oqsil, yog‘ va uglevodlar almashinuvida, shuningdek ko‘zning normal ko‘rish faoliyatini tutib turishda va gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Biogen aminlar va neyrotransmitterlarning almashinuvini nazorat qiladi.
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) – markaziy va periferik nerv tizimining normal faoliyati uchun zarur. Piridoksin aminokislotalarning oksidlanmagan almashinuviga ta‘sir qiluvchi ko‘pchilik fermentlarning kofermenti hisoblanadi. Piridoksin triptofan, meteonin, glutamin va boshqa aminokislotalarning almashinuvida ishtirok etadi. Gistaminning almashinuvida muhim rol o‘ynaydi. Piridoksin lipidlar almashinuvini me‘yorlashtirish qobiliyatiga ega.
Nikotinamid (RR vitamini) – nikotinamid kofermentlarning (NAD+ va NADF+ va boshqa tiklangan shakllari) strukturali komponenti hisoblanadi. Ular energiya almashinuvida asosiy rolni o‘ynovchi, 300 ga yaqin oksidlanish-qaytarilish fermentlarining tarkibiga kiradi. Nikotinamid bosh miyaning katta yarim sharlari po‘stloq qismining faoliyatiga, qon tomir havzasining holatiga va qon oqimining tezligiga faollashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Qonda xolesterin va trigliseridlar miqdorini kamaytiradi, oqsillar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi.
Sianokobalamin (V12 vitamini) – yuqori biologik faollikka ega. Normal qon yaratish uchun zarur (eritrositlarni yetilishiga yordam beradi). Transmetillanish jarayonlarida, vodorodni olib o‘tilishida, meteonin, nuklein kislotalari, xolin, kreatininni hosil bo‘lishida ishtirok etadi. Jigar funksiyasiga va nerv tizimiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi. Qon ivish tizimini faollashtiradi.
D-pantenol (V5 provitamini) – yog‘lar, oqsillar, uglevodlar metabolizmida asosiy rolni o‘ynaydi, hayot uchun muhim bo‘lgan sterollar, neyromediatorlar, fosfolipidlar, porfirin kabi birikmalarning sintezida ishtirok qiladi. Nerv tizimining holatiga, buyrak usti bezlari va qalqonsimon bezining faoliyatiga me‘yorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
– Gipo- va avitaminozlar.
– Nerv ildizchalari sindromi.
– O‘rab oluvchi gerpes.
– Mialgiyalar.
– Anemiyalar.
– Nevritlar, nevralgiya, periferik parezlar va falajlar, radikulitlar, lyumbago, pleksitlar, yuz nervining parezi, uch shoxli nervning nevralgiyasi, ildizli sindromlar.
– Turli etiologiyali polineyropatiyalar (shu jumladan alkogolli, diabetik va boshq.).
– Homiladorlik va laktasiya davri.
– Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar oqibatidagi vitaminlarni yetarli o‘zlashtirilmasligi.
– Yurak-qon tomir tizimining kasalliklari (majmuaviy davolash tarkibida).
– Jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari, virusli gepatitlar.
– Uzoq vaqt bitmaydigan jarohatlar va yaralar.
– Gemeralopiya, katarakta, kon‘yunktivit, keratit.
– Sochlarni to‘kilishi va tirnoqlarning mo‘rtligi.
– Stomatologiyada (gingivit, stomatit).
– Disbakterioz.
– Vegeto-qon tomir distoniyasi.
– Neyrodermitlar, dermatozlar, psoriazni davolashda majmuaviy davolash tarkibida.
– Rekonvalessensiya davrida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat sutkada 1 marta mushak ichiga chuqur yoki vena ichiga sekin yuboriladi. Davolash kursi 10-30 kunni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda qichishish, eshakemi, ko‘p terlash, toshmalar ko‘rinishidagi allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Gipervitaminozli pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Antibiotiklar va bazis terapiyaning boshqa preparatlari bilan mutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya 3 ml eritma jigarrang rangli shisha ampulada (I tur). 5 ampula plastik kontur uyali o‘ramda karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari