Vitarimning aptekalardagi narxlari
VITARIM eritma 2ml N5
|
|
3 ta dorixonada bor
|
61 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
55 000 so'mdan
Bron qilish
|
Vitarim ko'rsatmalar
Umumiy ma'lumot
QO‘LLASH BO‘YICHA YURIQNOMA
VITARIM
VITARIM
Preparatning savdo nomi: Vitarim
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): tiamin gidroxloridi, piridoksin gidroxloridi, sianokobalamin.
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Tarkibi:
2 ml eritma kuyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Tiamin gidroxloridi (V1 vitamini) 150 mg;
Piridoksin gidroxloridi (V6 vitamini) 100 mg;
Sianokobalamin (V12 vitamini) 1 mg.
yordamchi moddalar: benzil spirti, natriy edetati, natriy gidroksidi, rN 3,5-4,5 gacha bo‘lgan natriy gidroksidining 1 M eritmasi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: qizil rangli tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Vitaminlar.
ATX kodi: A11A
Farmakologik xususiyatlari
Tiamin – odam organizmida fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shilish jarayonlari natijasida ko‘pchilik ferment reaksiyalarning kofermenti bo‘lgan, tiamin pirofosfatga aylanadi. Preparat uglevodlar, oqsillar va yog‘larning almashinuvida, shuningdek sinapslarda nerv qo‘zg‘alishining o‘tkazilishi jarayonlarida muhim rol o‘ynaydi. Nerv gangliyalarida bloklovchi ta‘sir ko‘rsatadi.
Piridoksin – moddalar almashinuvida katta rol o‘ynaydi. U markaziy va periferik nerv tizimining me‘yoriy faoliyati uchun zarur. Organizmga tushgach u fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shilib, piridoksal 5-fosfatga aylanadi va aminokislotalarning organik kislota molekulasidan karboksil guruhini ajralishi va qaytaaminlanishini amalga oshiruvchi fermentlar tarkibiga kiradi. Triptofan, metionin, sistein, glutamin va boshqa aminokislotalarning, hamda gistamin va yog‘larning almashinuvida faol qatnashadi.
Sianokobalamin – uglevodlar, oqsillar va lipidlar almashinuvini faollashtiradi, beqaror metil guruhlari sintezida, xolin, metionin, nuklein kislotalari, kreatin hosil bo‘lishida qatnashadi, eritrositlarda sulfgidril guruhlari bo‘lgan birikmalarni yig‘ilishiga yordam ko‘rsatadi. Suyak ko‘migi faoliyatini rag‘batlantiradi, bu normoblastik eritropoez uchun zarur. Sianokobalamin jigar va nerv tizimi faoliyatini me‘yorlashtirishga yordam beradi, qon ivish tizimini faollashtiradi, yuqori dozalarda tromboplastin va protrombin faolligini oshishini chaqiradi. Aterosklerozda qonda xolesterin miqdorini kamaytiradi. Odam va hayvon organizmida ichak mikroflorasi tomonidan sintez qilinadi, ammo ushbu sintez bilan organizmning bu vitaminga bo‘lgan ehtiyoji ta‘minlanmaydi va uning qo‘shimcha miqdorini organizm oziq-ovqat mahsulotlaridan oladi.
Farmakokinetikasi
Mushak ichiga yuborilganida tiamin tez va to‘liq so‘riladi. Barcha a‘zo va to‘qimalar bo‘ylab yetarli darajada bir tekis taqsimlanadi. Qonda konsentrasiyasi nisbatan past, ayni vaqtda plazmada asosan erkin tiamin, aylanib yuradi, eritrositlarda va leykositlarda – uning fosforli efirlari bo‘ladi. Fosfat kislotasini qoldig‘ini organik moddalar molekulasiga qo‘shilishi jigarda ro‘y beradi. Eng faol fosforli efiri koenzim faolligiga ega bo‘lgan tiamin difosfatdir. Asosan jigarda, yurakda, miyada, buyraklarda, taloqda to‘planadi. Ichak va buyraklar orqali chiqariladi.
Piridoksin gidroxloridi yaxshi so‘riladi va organizmga tushib, jigarda farmakologik faol metabolitlari (piridoksal fosfat va piridoksaminofosfat) ni hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Piridoksal fosfati plazma oqsillari bilan 90% bog‘lanadi. Barcha to‘qimalarga yaxshi kiradi; asosan jigarda to‘planadi, kamroq – mushaklarda va markaziy nerv tizimida. Yo‘ldosh orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan chiqadi. T1/2 – 15-20 kun tashkil qiladi. Asosan buyraklar orqali, shuningdek gemodializ davomida chiqariladi.
Sianokobalamin qon plazmasi oqsillari bilan 90% bog‘lanadi, teri ostiga va mushak ichiga yuborilgandan so‘ng – maksimal konsentrasiyaga erishish vaqti – 1 soat. O‘t va siydik bilan chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Qo‘llanilishi
- o‘tkir yoki surunkali nevritlar va polinevritlar, uchshoxli nervning nevralgiyasi, ishialgiya;
- diabetik polinevropatiya;
- toksik polinevropatiya (shu jumladan dorivor);
- alkogolli periferik nevropatiya (Vernika-Korsakov sindromi);
- “Beri-beri” kasalligi (quruq va nam);
- o‘rab oluvchi gerpes;
- birmer kasalligida (pernisioz anemiyasi) qo‘llanadi.
Shuningdek preparat tegishli vitaminlarning yetishmovchiligi oqibatidagi gipovitaminoz va avitaminozlarda, jismoniy va aqliy toliqishda, lanjlikda, furunkulyozda va boshqa teri kasalliklarida, aterosklerozda, keksa yoshdagi shaxslarda boshqa kasalliklarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Har kuni 2 ml dan (1 ampula) mushak ichiga (m/i) yoki 5-10 kun davomida kunora shifokorning ko‘rsatmasiga ko‘ra yuboriladi. Dozalash tartibi patologik jarayonning turi, og‘irlik darajasi va o‘tkizilayotgan davolashga bemorning reaksiyasiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar: qichishish, eshakemi.
Boshqalar: taxikardiya.
Mahalliy reaksiyalar: in‘eksiya qilingan joyda ta‘sirlanish va og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas. Preparatni homiladorlikda va laktasiya davrida qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar taqdim qilinmagan.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas, chunki bolada turli xarakterga ega nuqsonlarning rivojlanishini chaqirishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
V1 vitamini ishqoriy eritmada oson parchalanadi, shuning uchun vitarimni ishqoriy preparatlar, masalan, natriy bikarbonati yoki natriy sitrati bilan ishlatish mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Odatda preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.
Garchi juda kam bo‘lsada, eshakemi, qichishish, Kvinke shishi paydo bo‘lishi mumkin, ular ko‘proq moyil bemorlarda uchraydi.
Preparatning yuqori dozalari bilan davolash (unda piridoksin saqlangani tufayli), yurishni buzilishi va tovonda achishuvchi og‘riqlar bilan namoyon bo‘lishi periferik nevropatiyani rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bu simptomlar davolash boshlanganidan keyin bir oydan keyin boshlanib, 3 yilgacha namoyon bo‘lishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Dozaning oshirib yuborilishi
Juda yuqori dozalarda preparat qo‘zg‘alish, qo‘rquv, tremor, uyqusizlik, bosh og‘rig‘i, tirishishlarni chaqirishi mumkin.
Davolash: simptomatik.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma, 2 ml dan ampulalarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari