VRAGGRIPPning aptekalardagi narxlari
VRAGGRIPP tabletkalari N4
|
|
34 ta dorixonada bor
|
3 700 so'mdan
Dorixonadan topish
|
5 000 so'mdan
Bron qilish
|
VRAGGRIPP tabletkalari N100
|
|
115 ta dorixonada bor
|
78 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
90 000 so'mdan
Bron qilish
|
VRAGGRIPP PLYUS kukuni 5g N10
|
|
2 ta dorixonada bor
|
58 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
VRAGGRIPP tomchilar 0,1% 10ml N1
|
|
132 ta dorixonada bor
|
10 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
8 000 so'mdan
Bron qilish
|
VRAGGRIPP KID tomchilar 15ml N1
|
|
110 ta dorixonada bor
|
26 300 so'mdan
Dorixonadan topish
|
15 000 so'mdan
Bron qilish
|
VRAGGRIPP-P sirop 100ml N1
|
|
57 ta dorixonada bor
|
19 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
18 000 so'mdan
Bron qilish
|
VRAGGRIPP ZING tabletkalari shipuchie N50
|
|
52 ta dorixonada bor
|
4 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
95 000 so'mdan
Bron qilish
|
VRAGGRIPP ZING tabletkalari shipuchie N2
|
|
1 ta dorixonada bor
|
3 600 so'mdan
Dorixonadan topish
|
|
VRAGGRIPP ZING tabletkalari shipuchie N25
|
|
3 ta dorixonada bor
|
4 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
VRAGGRIPP ko'rsatmalar
· Feoxromasitoma;
· Paratsetamol yoki preparatning boshqa komponentlariga o'ta yuqori sezuvchanlik;
· Bolalar (12 yoshgacha);
· Homiladorlik, laktasiya davri;
· Jigar yoki buyrak etishmovchiligida;
· Gipertoniya;
· Gipertireoz;
· Diabet va yurak kasalligi;
· Trisiklik antidepressantlar yoki beta-blokatorlarni qabul qilayotgan, shuningdek monoaminoksidaza ingibitorlarni qabul qilayotgan yoki so'nggi ikki haftada qabul qilgan pasientlarda qo'llash mumkin emas.
Kofein me'da-ichak yo'llarida tez so'riladi.
Xlorfeniramin peroral qabul qilingandan keyin me'da-ichak yo'lidan yaxshi so'riladi. Samarasi 30 minut davomida, maksimum 1-2 soat davomida namoyon bo'ladi va 4 soatdan 6 soatgacha davom etadi. Plazmadan yarim chiqarilish davri baholashga ko'ra, 12 soatdan 15 soatgachani tashkil qiladi.
Xlorfeniramin metabolizmi natijasida monometil va dimetil hosilalari hosil bo'ladi.
Peroral dozaning taxminan 22% siydik bilan o'zgarmagan holda chiqariladi. Faqat ozgina miqdorigina ahlatda aniqlangan.
Vraggripp zing vishillovchi tabletkalarini quyidagi kasalliklarda faqat shifokor nazorati ostida qo'llash lozim:
· Prostata bezini kattalashishi
· Vazopastik buzilishlar (masalan, Reyno fenomeni)
· Yurak-qon tomir kasalliklari
· Ushbu preparat varfarin va boshqa simptomatik vositalarni (dimlanishga qarshi, ishtahani pasaytiruvchi vositalar va amfetamin kabi psixostimulyatorlar) qabul qilayotgan pasientlar qo'llashi mumkin emas.
· Agar yuqorida ko'rsatilgan sharoitlarda preparat qabul qilinsa, kofeinni (kofe, choy va boshqa) haddan ziyod qabul qilishdan saqlanish lozim, shuningdek paratsetamol saqlovchi preparatlarni bekor qilish kerak. Ko'rsatilgan dozadan oshirilmasin.
Preparatni nojo'ya ta'sirlari belgilari yoki dozani oshirib yuborish hollari paydo bo'lganda shifokor bilan maslahatlashing.
Homiladorlik va laktasiya
Fenilfrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati va kofenin saqlaganligi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik vaqtida qo'llash tavsiya etilmaydi (bolani kam vazn bilan tug'ilishi, homilani o'z-o'zidan tushishi, yangi tug'ilgan chaqaloqlarda tirishish xavfi oshadi).
Preparatni shifokor ruhsat bergan zarur holatlardan tashqari, emizish vaqtida qo'llanilmasin.
(kofein gemato-yo'ldosh to'sig'idan o'tib va ko'krak sutiga chiqarilib, bir yoshgacha bo'lgan bolalarda so'rilmaydi, organizmda to'planib jizzakilik va bezovtalikni chaqirib nerv tizimi faoliyatini buzadi).
Avtotransport va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Bosh aylanish holatlari bo'lishi haqida pasientlarni ogohlantirish lozim, natijada – avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishga ruxsat etilmaydi.
Xlorfeniramin maleati uyquchanlik, bosh aylanishi, ko'rishni xiralashuvi va psixomotor yomonlashuvni chaqirishi mumkin, bu avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarishda pasientlar uchun jiddiy to'siqlarga olib keladi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
VRAGGRIPP
VRAGGRIPP
Preparatning savdo nomi: Vraggripp
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ksilometazolin
Dori shakli: 0,1% li burun tomchilari
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 1 mg ksilometazolin gidroxloridi;
yoramchi moddalar: benzalkoniy xloridining 50% li eritmasi, natriy xloridi, dinatriy edetati, dinatriy gidrofosfati, natriy digidrofosfati, tozalangan suv.
Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: LOR-a‘zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi: R01AA07.
Farmakologik ta‘siri
Farmakodinamikasi
Ksilometazolin noselektiv ta‘sirga ega alfa-adrenomimetik hisoblanadi. Past konsentrasiyalarda α2-adrenoreseptorlarga, yuqori konsentrasiyalarda α1-adrenoreseptorlarga rag‘batlantiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Burun shilliq qavatiga bevosita ta‘sirga ega va qon tomirlarni toraytirish, yallig‘lanish jarayoni va ekssudasiyani susaytirish maqsadida LOR amaliyotida qo‘llanadi. Burun shilliq qavatining giperemiyasi va shishini kamaytiradi yoki bartaraf etadi va rinitlarda burun orqali nafas olishni yengillashtiradi.
Preparatning ta‘siri qo‘llagandan keyin bir necha minut davomida boshlanadi va 10 soatgacha davom etadi. Hatto shilliq qavati sezuvchan pasientlar tomonidan ham yaxshi o‘zlashtiriladi va kipriksimon epiteliy faoliyatini izdan chiqarmaydi.
Farmakokinetikasi
Preparat mahalliy qo‘llanilganida deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasida konsentrasiyasi juda kam va zamonaviy analitik usullar yordamida aniqlab bo‘lmaydi.
Qo‘llanilishi
- har xil turdagi rinit;
- burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklari (drenajni yengillashtirish uchun);
- o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida);
- rinoskopiyani o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vraggripp flakonda mavjud bo‘lgan uchlik yordamida burunga tomizib, intranazal qo‘llanadi.
1 ml/1 ml konsentrasiyali eritma kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga 2-3 tomchidan sutkada 3-4 marta buyuriladi. Davolash kursi odatda 5-7 kunni tashkil etadi.
Tomizish muolajasini bajarish: preparatni qo‘llashdan oldin va uni qo‘llagandan 5 minutdan keyin burun yo‘llarini tozalash kerak. Qo‘llashdan oldin flakon qalpoqchasi yechiladi. O‘tirgan holatda boshni orqaga tashlanadi yoki yotiladi, tubi bilan yuqoriga qaratilgan flakon uchligining uchi burun yo‘llarining biriga ehtiyotkorlik bilan kiritiladi, har bir burun yo‘liga preparat tomiziladi, boshni har bir tomonga bir necha marta ehtiyotkorlik bilan yengashtiriladi. Ishlatilgandan keyin uchlik uchi tozalanadi, flakon qopqoq bilan berkitiladi. Flakon infeksiya yuqishi xavfi tufayli faqat bitta shaxs tomonidan ishlatilishi kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nafas tizimi tomonidan: qisqa muddatli ta‘sirlanish (burun shilliq qavatida achishish yoki qurishi). Kam hollarda shilliq qavat shishini oshishi, burundan ajralmalar ajralishini kuchayishi va reaktiv rinit hisobiga “burun bitishi” hissini paydo bo‘lishi.
Vraggrippni yuqori dozalarda uzoq vaqt va tez-tez qo‘llash achishish, qurish, shuningdek reaktiv rinit paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu samara hatto davolash tugatilganidan 5-7 kundan keyin kuzatilishi va shilliq qavatni qaytmas shikastlanishi va quruq rinit paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Nerv tizimi tomonidan: kam hollarda bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, toliqish paydo bo‘ladi.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: kam hollarda: yurak urib ketishi, pulsni tezlashishi, arterial bosimni oshishi.
Immun tizimi tomonidan: kam hollarda: allergik reaksiyalar, hansirash, angionevrotik shish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- ksilometazolin va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- glaukoma;
- quruq rinit;
- transsfenoidal gipofizektomiya yoki bosh miya pardalari butunligini buzilishi bilan kechuvchi boshqa jarroxlik aralashuvlari;
- 6 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Vraggrippni tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanilganida tizimli samaralar deyarli kuzatilmaydi. Lekin trisiklik yoki tetrasiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanilganida arterial bosim oshishi mumkin. Qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarini birga buyurish nojo‘ya samaralar rivojlanishi xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vraggrippni qon tomirlarni toraytiruvchi boshqa preparatlar kabi arterial gipertenziya, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireoz, qandli diabet yoki qon tomirlarni toraytiruvchi preparatlarga uyqusizlik, bosh aylanishi va boshqalar ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Davolash davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak. Surunkali rinitda Vraggrippni medikamentoz rinit rivojlanishi xavfini hisobga olib, faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin qo‘llash mumkin.
Homiladorlik va laktasiya
Ksilometazolinning qon tomirlarni toraytiruvchi xususiyatlarini hisobga olib, ehtiyotkorlik chorasi sifatida homiladorlik va laktasiya davrida Vraggripp dori vositasini qo‘llashdan saqlanish kerak. Lekin agar ona uchun foyda homila yoki bola uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsa, preparatni homiladorlik va laktasiya (emizish) davrida tavsiya etilgan dozadan oshirmasdan qo‘llash mumkin.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Vraggripp tavsiya etilgan dozalardan yuqori bo‘lmagan dozalarda transport vositalari va uskunalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Lekin Vraggripp tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda uzoq vaqt qo‘llagandan keyin yurak-qon tomir va markaziy nerv tizimiga umumiy ta‘sirini inkor etib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositalarini yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyati buzilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: Kattalarda dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabar berilmagan. Kam holatlarda preparatni to‘satdan yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda) klinik manzarada taxikardiya, aritmiya, arterial bosimni oshishi, uyquchanlik, ongni chalkashishi, nafasni susayishi yoki muntazam bo‘lmagan nafas olish kabi simptomlar ustun bo‘lgan.
Davolash: qo‘llashni to‘xtatish, adrenoblokatorlar, simptomatik davolash (vazopressor vositalarni qo‘llash mumkin emas).
Chiqarilish shakli
10 ml dan HDPE flakon-tomchilagichda. Har bir flakon-tomchilagich qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
faol moddalar:
paratsetamol B.F. - 500 mg,
fenilefrin gidroxloridi B.F. - 10 mg,
kofein B.F. - 30 mg,
xlorfeniramin maleati B.F. - 4 mg;
yordamchi moddalar: natriy bikarbonati, limon kislotasi, PVP K-30, natriy saxarini, "Trusil" limon aromatizatori, tozalangan suv.
Kattalarga: Bir tabletkadan sutkada 3-4 marta, lekin sutka davomida 4 tabletkadan oshmasligi kerak yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha.
Bolalarga: 12 yoshgacha bo'lgan bolalarni davolashda dozani shifokor belgilaydi.
Odatda kofein bilan bog'liq bo'lgan nojo'ya ta'sirlari me'da-ichak yo'llarini ta'sirchanlik va Markaziy nerv tizimini rag'batlantirishidir (bosh aylanishi, uyquning buzilishi, yuqori ta'sirchanlik). Fenilefrinning nojo'ya ta'sirlari - arterial gipertenziya, taxikardiya. Xlorfeniraminning nojo'ya ta'sirlari - xlorfeniramin maleati qabul qilganidan keyingi ko'ngil aynishi, qusish yoki qorin og'rig'i kuzatilishi mumkin.
Har bir strip karton konvertda.
25 konvertlar qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Paratsetamol. Paratsetamol og'riqni qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi vosita sifatida yaxshi ma'lum. Paratsetamol asosan isitmani tushiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. Paratsetamolning isitmani tushiruvchi ta'siri, termoregulyasiyaning gipotalamik markazlariga bevosita ta'siri bilan bog'liq, buning natijasida qon tomirlarni kengayishi va ter ajralib chiqishini kuchayishi tufayli, tanadan issiqlikni ajralishi kuchayadi.
Fenilefrin gidroxloridi. Fenilefrin gidroxloridi adrenergik reseptorlarga bevosita ta'sir qiladigan adrenomimetik vosita hisoblanadi (asosan alfa-adrenergik faolligi), bu burun shishini kamayishiga olib keladi.
Kofein. Kofein Markaziy nerv tizimini rag'batlantirishga nisbatan ksantinni faolroq hosilasi hisoblanadi, bu tetiklik holatiga va aqliy faolligini oshishiga olib keladi.
Xlorfeniramin maleati: Xlorfeniramin maleati kuchli ta'sir qiluvchi antigistamin (N1-antagonisti) preparati hisoblanadi. Antigistamin preparatlar to'qima sohasida gistaminni N1-reseptorlarini raqobatli qaytuvchan blokadasi orqali organizmda gistaminni ta'sirini kamaytiradi yoki neytralizasiya qiladi. Shuningdek xlorfeniramin maleati antixolinergik faolikka ham ega.
Yaroqlilik muddati-2 yil.
Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarish shakllari