Vraggrippkid ko'rsatmalar
Xlorfeniramin maleati me'da-ichak yo'llaridan yaxshi so'riladi. Og'iz orqali qabul qilinganidan so'ng 1-4 soatdan keyin plazmadagi cho'qqi kontsentrasiyaga erishiladi. Yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi va ona sutiga kiradi. Xlorfeniramin plazma oqsillari bilan yuqori bog'lanadi va organizmda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan metabolitlar ko'rinishida chiqariladi.
Homiladorlik va laktasiya davri
Shifokor tomonidan buyurilgan hollardan tashqari, homilador ayollar va laktasiya davrida onalarga, tavsiya qilinmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tganidan so'ng ishlatilmasin.
1 oylikdan 5 oylikkacha bo'lgan chaqaloqlar: 5-9 tomchidan;
6 oylikdan 12 oylikkacha bo'lgan bolalar: 9-11 tomchidan;
1 yoshdan 4 yoshgacha bo'lgan bolalar: 11-16 tomchidan kuniga 3-4 marta yoki shifokor ko'rsatmasi bo'yicha tomiziladi.
Xlorfeniraminning ko'proq uchraydigan umumiy nojo'ya reaktsiyasi bu holsizlikdir. Me'dadagi achishishni ovqatni suyuqlik yoki ichimliklar bilan qabul qilib bartaraf qilish mumkin.
Har ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar: 5 mg fenilefrin gidroxloridi, 2 mg xlorfeniramin maleati;
yordamchi moddalar: 70% li sorbitol eritmasi, saxaroza, natriy benzoati, vino kislotasi, aspartam, oq atirgul essentsiyasi, natriy sitrati, suvsiz limon kislotasi, tozalangan suv.
Ichga qabul qilish uchun tomchilar 15 ml dan flakon-tomchilagichda. 1 flakon qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan birga karton qutida.
Fenilefrin gidroxloridi: shamollash, allergiya, isitma yoki grippda burunni bitishini vaqtincha pasaytirish uchun qo'llanadigan dekongestant.
Xlorfeniramin antigistamin vosita hisoblanadi. U organizmda tabiiy gistaminni bloklaydi. Xlorfeniramin qichishish, ko'z yoshini oqishi va tumov, boshqa allergik simptomlarni oldini oladi.
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Chiqarish shakllari