Zinatsef ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ZINASEFTM
ZINACEFTM
Preparatning savdo nomi: ZinasefTM
Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): sefuroksim natriy
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun
Tarkibi:
1 flakon quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 750 mg yoki 1,5 g sefuroksim (sefuroksim natriy shaklida).
Yordamchi moddalar: azot (to‘ldiruvchi gaz)
Ta‘rifi: oq-krem tusli kukun
Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (sefalosporinlar guruhi).
Farmakologik xususiyatlari
Ta‘sir mexanizmi
Sefuroksim qo‘zg‘atuvchilarning keng ta‘sir doirasiga, shu jumladan beta-laktamaza ishlab chiqaruvchi shtammlariga nisbatan faol.
Sefuroksim bakteriyalarning beta-laktamazalariga nisbatan yaxshi chidamlilikka egaligi tufayli ampisillin va amoksisillinga chidamli shtammlarning ko‘pchiligiga nisbatan faoldir.
Sefuroksimning bakterisid ta‘siri uning asosiy nishoni-oqsillar bilan bog‘lanishi natijasida bakteriyalarning hujayra devorini sintezini bostirilishi bilan bog‘liqdir.
Farmakodinamik samaralari
Orttirilgan chidamlilikning tarqalganligi geografik joylashish va vaqtga bog‘liq bo‘ladi. Ma‘lum mikroorganizmlar uchun u juda yuqori darajada bo‘lishi mumkin. Chidamlilik bo‘yicha, ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolashda, mahalliy ma‘lumotlarga ega bo‘lish maqsadga muvofiq.
in vitro sharoitda sefuroksimga sezgir mikroorganizmlar
Klinik sinovlar natijasida sefuroksimning klinik ta‘siri aniqlangan mikroorganizmlar yulduzcha (*) bilan belgilangan |
Ko‘pgina sezgir mikroorganizmlar |
Grammusbat aeroblar:
Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir)* Koagulazonegativ stafilokokklar (metisillinga sezgir) Streptococcus pyogenes * Beta-gemolitik streptokokklar |
Grammanfiy aeroblar:
Haemophilus influenzae, shu jumladan ampisillinga chidamli shtammlar* Haemophilus parainfluenzae* Moraxella catarrhalis* Neisseria gonorrhea*, shu jumladan penisillinazani ishlab chiqaruvchi va penisillinazani ishlab chiqarmaydigan shtammlar Neisseria meningitidis Shigella spp. |
Grammusbat anaeroblar:
Peptostreptococcus spp. Propionibacterium spp. |
Spirochetes:
Borrelia burgdorferi* |
Davolashda orttirilgan chidamlilikni hisobga olish zarur bo‘lgan mikroorganizmlar |
Grammusbat aeroblar:
Streptococcus pneumoniae* Viridans streptokokklar guruhi |
Grammanfiy aeroblar:
Bordetella pertussis Citrobacter spp., C. Freundii dan tashqari Enterobacter spp., E. aerogenes va E.cloacae dan tashqari Escherichia coli* Klebsiella spp., shu jumladan K. pneumoniae* Proteus mirabilis Proteus spp., P. penneri va P. Vulgaris dan tashqari Providencia spp. Salmonella spp. |
Grammusbat anaeroblar:
Clostridium spp., C. difficiledantashqari |
Grammanfiy anaeroblar:
Bacteroides spp., B. fragilis dan tashqari Fusobacterium spp. |
Tabiiy chidamlilikka ega mikroorganizmlar |
Grammusbat aeroblar:
Enterococcus spp. , shu jumladan E. faecalis va E. faecium Listeria monocytogenes |
Grammanfiy aeroblar:
Acinetobacter spp. Burkholderia cepacia Campylobacter spp. Citrobacter freundii Enterobacter aerogenes Enterobacter cloacae Morganella morganii Proteus penneri Proteus vulgaris Pseudomonas spp., shu jumladan P. aeruginosa Serratia spp. Stenotrophomonas maltophilia |
Grammusbat anaeroblar:
Clostridium difficile |
Grammanfiy anaeroblar:
Bacteroides fragilis |
Boshqa:
Chlamydia species Mycoplasma species Legionella species |
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Mushak ichiga yuborilganidan keyin plazmada sefuroksimning maksimal konsentrasiyasi 30 dan 45 minutgacha bo‘lgan davrda kuzatiladi.
Taqsimlanishi
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi yuborish usuliga qarab, 33-50% ni tashkil qiladi.
Sefuroksimning ko‘pchilik mikroorganizmlar uchun minimal bostiruvchi konsentrasiyasidan yuqori konsentrasiyalariga suyak to‘qimasi, sinovial va ko‘z ichki suyuqliklarida erishish mumkin. Sefuroksim, miya pardasi yallig‘langanida, gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Metabolizmi
Sefuroksim metabolizmga uchramaydi va kalava filtrasiyasi hamda naychalar sekresiyasi yo‘li bilan chiqariladi.
Chiqarilishi
Mushak ichiga (m/i) yoki vena ichiga (v/i) yuborilganidan keyin zardobdan sefuroksimni yarim chiqarilish davri taxminan 70 minutni tashkil etadi.
Hayotini birinchi haftalarida sefuroksimni yarim chiqarilish davri kattalarga qaraganda 3-5 marta uzayishi mumkin.
Probenesidni yondosh qabul qilish antibiotik ekskresiyasini uzaytiradi, bu zardobda sefuroksimning maksimal konsentrasiyasini oshishiga olib keladi.
Parenteral yuborilganidan keyin 24 soat davomida sefuroksim o‘zgarmagan holda buyraklar orqali deyarli to‘liq (85-90%) chiqariladi, preparatning katta qismi birinchi 6 soatda chiqariladi.
Zardobdagi sefuroksimni darajasi dializda pasayadi.
Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi tadqiqotlarining ma‘lumotlari
Qo‘shimcha ma‘lumotlar yo‘q
Qo‘llanilishi
Zinasef™ ko‘pchilik beta-laktamazalarga chidamli va grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarning keng ta‘sir doirasiga nisbatan faol bo‘lgan sefalosporinlar guruhiga mansub bakterisid antibiotikdir.
Preparatni sefuroksimga sezgir bo‘lgan bakteriyalar chaqirgan kasalliklarni davolash uchun, shuningdek qo‘zg‘atuvchi hali aniqlanmagan davrda ham qo‘llash mumkin. Sefuroksim natriyga nisbatan sezgirlik geografik manzil va vaqtga qarab o‘zgaradi. Shuningdek, agar mavjud bo‘lsa, sezuvchanlik bo‘yicha mahalliy ma‘lumotlarni ham hisobga olish zarur (Farmakologik xususiyatlari, Farmakologik samaralari bo‘limlariga qarang)
Quyidagi holatlarda qo‘llanadi:
- respirator infeksiyalar: masalan, bakterial pnevmoniya, o‘tkir va surunkali bronxit, infeksiyalangan bronxoektazlar, o‘pka abssessi, ko‘krak qafasi a‘zolarini operasiyadan keyingi infeksion kasalliklari;
- LOR-a‘zolarining infeksiyalari: masalan, sinusit, tonzillit, faringit va o‘rta quloq otiti;
- siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalari: masalan, o‘tkir va surunkali pielonefrit, sistit, simptomsiz bakteriuriya;
- yumshoq to‘qimalarning infeksiyalari: masalan, sellyulit, saramas va jarohat infeksiyalari;
- suyaklar va bo‘g‘imlarning infeksiyalari: masalan, osteomielit va septik artrit;
- akusherlik va ginekologik infeksiyalar, ju jumladan kichik chanoq a‘zolari kasalliklari;
- gonoreya, ayniqsa penisillin bilan davolash mumkin bo‘lmagan holatlari;
- boshqa infeksiyalar, shu jumladan septisemiya, meningit, peritonit;
- qorin bo‘shlig‘i a‘zolarida o‘tkazilgan jarrohlik, chanoq a‘zolaridagi jarrohlik, yurak-qon tomir va ortopedik operasiyalar, kizilung‘ach, o‘pka va tomilarda o‘tkazilgan operasiyalardan so‘ng asoratlar xavfi yuqori bo‘lganda infeksion asoratlarni oldini olish.
Ko‘pgina hollarda Zinasef™ bilan o‘tkazilgan monoterapiya samarali hisoblanadi, lekin zarurati bo‘lganida, ayniqsa ovqat hazm qilish yo‘llarida va ginekologik operasiyalardan so‘ng, preparatni aminoglikozid antibiotiklari yoki metronidazol bilan birga (peroral, suppozitoriyda yoki in‘eksiya orqali) qo‘llash mumkin.
Pnevmoniyani va surunkali bronxit kasalligi zo‘rayishini davolashda Zinnat™ (sefuroksim aksetil) bilan peroral davolashga o‘tishdan oldin Zinasef™ qo‘llash samarali hisoblanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Zinasef™ vena ichiga va/yoki mushak ichiga yuborish uchun mo‘ljallangan.
Tananing bir sohasiga mushak ichiga ko‘pi bilan 750 mg eritma yuborish mumkin.
Sefuroksim, shuningdek, aksetil efiri (Zinnat™) shaklida peroral qo‘llash uchun mavjud. Bu davolashning parenteral shaklidan peroral shakliga o‘tish klinik jihatdan zarur bo‘lgan hollarda, bosqichma-bosqich davolash muolajasini bitta antibiotik yordamida qo‘llash imkoniyatini beradi.
Umumiy tavsiyalar
- Kattalar
Tavsiya etilgan dozasi 750 mg ni tashkil etadi, sutkada 3 marta mushak ichiga yoki vena ichiga yuboriladi.
Og‘irroq holatlarda preparat vena ichiga 1,5 g dozada sutkada 3 marta yuboriladi. Zarurati bo‘lganida Zinasef™ preparatini har 6 soatda yuborish mumkin, sutkalik doza esa 3 dan 6 g gachani tashkil etishi mumkin.
Ba‘zi infeksiyalarda Zinasef™ preparatini 750 mg yoki 1,5 g dozada sutkada 2 marta (mushak ichiga yoki vena ichiga) buyurish, keyinchalik Zinnat™ preparatini qabul qilish samaralidir.
- Go‘daklar va bolalar
Sutkada 30-100 mg/kg, 3 yoki 4 marta yuborishga bo‘linadi.
Ko‘pchilik infeksiyalar uchun optimal dozasi sutkada 60 mg/kg ni tashkil etadi.
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
Sutkada 30-100 mg/kg, 2 yoki 3 yuborishga bo‘linadi (“Farmakokinetikasi”ga qarang).
Gonoreyani davolash
- Kattalar
Tavsiya etilgan dozasi bir marta 1,5 g (750 mg dan ikkita dozasi in‘eksiya uchun turli joylarga mushak ichiga, masalan, har ikkala dumbaga) yuboriladi.
Meningit
Zinasef™ sezgir shtammlar chaqirgan bakterial meningit kasalligida monoterapiya vositasi sifatida qo‘llanadi.
- Kattalar
3 g vena ichiga har 8 soatda buyuriladi
- Go‘daklar va bolalar
Vena ichiga sutkada 150-250 mg/kg, 3 yoki 4 marta yuborishga bo‘linadi.
- Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar
Vena ichiga sutkada 100 mg/kg buyuriladi.
Profilaktika
- Kattalar
Qorin bo‘shlig‘i, chanoq a‘zolarida o‘tkaziladigan operasiyalarda va ortopedik aralashuvlarda Zinasef™ preparati 1,5 g dozada kirish anesteziyasi vaqtida vena ichiga yuboriladi. Operasiyadan keyin 8 va 16 soat o‘tgach Zinasef™ preparati 750 mg dan mushak ichiga qo‘shimcha ravishda yuborilishi mumkin.
Yurakda, o‘pka, qizilo‘ngach va qon tomirlarda o‘tkaziladigan operasiyalarda kirish anesteziyasi vaqtida Zinasef™ preparati 1,5 g dozada vena ichiga, so‘ngra 24-48 soat davomida 750 mg dan sutkada 3 marta mushak ichiga yuboriladi.
Bo‘g‘imni total protezlashda Zinasef™ning 1,5 g quruq kukunini suyuq monomerni qo‘shishdan oldin metil-metakrilat sement polimerining har bir paketini ichidagisi bilan aralashtirish mumkin.
Bosqichma-bosqich davolash
- Kattalar
Parenteral va peroral antibakterial davolashning davomiyligi infeksiyaning og‘irligi va klinik manzarasiga qarab aniqlanadi.
Pnevmoniya: 1,5 g Zinasef™ preparati sutkada 2-3 marta (vena ichiga yoki mushak ichiga) 48-72 soat davomida, keyinchalik Zinnat™ (sefuroksim aksetil) preparati 500 mg dozada sutkada 2 marta 7-10 kun davomida ichga buyuriladi.
Surunkali bronxitni zo‘rayishi: 750 mg Zinasef™ preparati sutkada 2-3 marta (vena ichiga yoki mushak ichiga) 48-72 soat davomida, keyinchalik Zinnat™ (sefuroksim aksetil) preparati 500 mg dozada sutkada 2 marta 5-10 kun davomida ichga buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Sefuroksim organizmdan buyrak orqali chiqariladi, shu sababli boshqa shu kabi antibiotiklarni qo‘llash singari, buyrak faoliyatida jiddiy buzilishlar bo‘lgan bemorlarga preparatning sust ekskresiyasini kompensasiyalash maqsadida Zinasef™ dozasini pasaytirish tavsiya qilinadi.
Agar kreatinin klirensi minutiga 20 ml yoki undan past bo‘lgan holatlarda standart dozani (sutkada uch marta 750 mg – 1,5 g) pasaytirish zarurati yo‘q.
Ahvolini ahamiyatli darajada yomonlashishi (kreatinin klirensi minutiga 10-20 ml) kattalarga sutkada ikki marta 750 mg ahvolini jiddiy yomonlashishi bo‘lgan pasientlarda (kreatinin klirensi minutiga <10 ml) sutkada bir marta 750 mg yetarli hisoblanadi.
Gemodializda bo‘lgan pasientlarga har bir dializ seansi oxirida qo‘shimcha tarzda 750 mg preparat vena ichiga yoki mushak ichiga yuboriladi. Zinasef™ preparatini parenteral yuborishga qo‘shimcha ravishda peritoneal dializ uchun mo‘ljallangan eritmaga qo‘shish mumkin (odatda dializ eritmasining har 2 l.ga 250 mg).
Jadal davolash bo‘limida uzluksiz arteriovenoz gemodializ yoki tezligi yuqori gemofiltrasiyada bo‘lgan, buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga preparat 750 mg dozada sutkada 2 marta tavsiya qilinadi. Agar tezligi past gemofiltrasiya ishlatilsa, u holda buyrak faoliyati buzilgan pasientlar uchun tavsiya etilgan dozalar qo‘llanadi.
In‘eksiya qilish uchun eritma tayyorlash bo‘yicha yo‘riqnoma
Mushak ichiga yuborish uchun eritma
750 mg Zinasef™ preparatiga 3 ml in‘eksiya uchun suv qo‘shiladi. Tiniq bo‘lmagan suspenziya hosil bo‘lgunicha ehtiyotkorlik bilan chayqating.
Vena ichiga yuborish uchun eritma
Zinasef™ 750 mg kukunini kamida 6 ml yoki 1,5 g 15 ml in‘eksiya uchun suvda eriting.
Vena ichiga infuziya qilish uchun eritma
Vena ichiga infuziya qilish uchun 1,5 g preparat 15 ml in‘eksiya uchun suvda eritiladi, olingan eritmaga 50 yoki 100 ml mutanosib infuzion eritma qo‘shiladi (eritmalarni mutanosibligi yuzasidan Dorilarning o‘zaro ta‘siri: Mutanosiblik bo‘limiga qarang). Bu eritmalarni bevosita vena ichiga yoki agar pasient boshqa parenteral suyuqliklarni qabul qilayotgan bo‘lsa, infuzion tizimning naychasiga yuborish mumkin.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Nojo‘ya reaksiyalar juda kam (<1/10,000) kuzatiladi va odatda yengil va qaytuvchan xarakterga ega.
Ko‘pchilik reaksiyalar bo‘yicha bunday hisoblash uchun yetarlicha ma‘lumotlar mavjud bo‘lmaganligi sababli, qo‘shimcha nojo‘ya reaksiyalarning uchrash soni tahminiydir. Bundan tashqari, Zinasef™ bilan bog‘liq bo‘lgan nojo‘ya ta‘sirlarning uchrash soni ko‘rsatmalarga qarab o‘zgarishi mumkin. Nojo‘ya reaksiyalar qanchalik ko‘p uchrashini «tez-tez» darajasidan «kamdan-kam» darajasigacha aniqlash uchun klinik sinovlarning ma‘lumotlari qo‘llandi. Barcha boshqa nojo‘ya ta‘sirlar qanchalik ko‘p uchrashi (masalan, <1/10000), asosan, postmarketing ma‘lumotlari asosida aniqlangan bo‘lib, kattaroq darajada nojo‘ya reaksiyalar qanchalik tez-tez yuz berishini emas, balki ular haqida ma‘lumotlar qanchalik tez-tez kelib tushishini aks ettiradi.
Uchrash holatlari sonini aniqlash uchun quyidagi mezonlar qo‘llanadi:
juda tez-tez (≥1/10),
tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha),
ba‘zida (≥1/1 000 dan <1/100 gacha),
kam (≥1/10 000 dan <1/1 000 gacha),
juda kam (<1/10 000).
Infeksiya va invaziyalar | |
Kam: | Candida turi zamburug‘larini o‘sishi |
Qon yaratish va limfatik tizimi tomonidan | |
Tez-tez: | neytropeniya, eozinofiliya; |
Ba‘zida: | leykopeniya, gemoglobin darajasini pasayishi, musbat Kumbs sinamasi; |
Kam: | trombositopeniya; |
Juda kam: | gemolitik anemiya. |
Sefalosporinlar eritrositlarning membranalari yuzasida so‘riladi, preparatga qarshi antitelalar bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi, bu musbat Kumbs sinamasiga (qonni kesishgan mutanosibligini tekshirish sinamasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin) va juda kam hollarda – gemolitik anemiyaga olib keladi. | |
Immun tizimi tomonidan
Quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik: |
|
Ba‘zida: | toshma, eshakemi va qichishish; |
Kam: | medikamentoz isitma |
Juda kam: | interstisial nefrit, anafilaksiya, teri vaskuliti. |
Shuningdek teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar, buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlarga ham qarang.
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan |
|
Ba‘zida: | qorinda diskomfort; |
Juda kam: | soxtamembranoz kolit (Maxsus ko‘rsatmalar bo‘limiga qarang) |
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan | |
Tez-tez: | jigar fermentlari faolligini o‘tuvchan oshishi |
Ba‘zida: | bilirubin darajasini o‘tuvchan oshishi |
Jigar fermentlari va bilirubin miqdorini oshishi asosan jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda uchraydi, ammo preparatni jigarga toksik ta‘siri haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan
Juda kam: ko‘p shaklli eritema, toksik epidermal nekroliz, Stivens-Djonson sindromi; Shuningdek immun tizimi tomonidan buzilishlarga ham qarang. |
|
Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan | |
Juda kam: | qon plazmasida kreatinin darajasini oshishi, qonda azot mochevinasi miqdorini oshishi, kreatinin kliresini pasayishi (“Maxsus ko‘rsatmalar”, bo‘limi ga, shuningdek Immun tizimi tomonidan buzilishlarga qarang |
Umumiy va mahalliy reaksiyalar | |
Tez-tez: | yuborilgan joyda, og‘riq va tromboflebitni o‘z ichiga olishi mumkin bo‘lgan reaksiyalar. |
Yuqori dozalarda yuborilganida mushak ichiga in‘eksiya qilingan joyda og‘riq ehtimoli ko‘proq, biroq odatda bu preparatni bekor qilishni talab qilmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Sefalosporin antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa antibiotiklar kabi, Zinasef™ preparati ham ichak florasiga ta‘sir qilishi mumkin, bu estrogenlarni qayta so‘rilishini pasayishiga va majmuaviy peroral kontraseptivlarning samaradorligini pasayishiga olib kelishi mumkin.
Preparat glyukozuriyani fermentli usullar yordamida aniqlash natijalariga ta‘sir qilmaydi. Zinasef™ misni qaytarilishiga asoslangan usullar (Benedikt, Felling, Klinitest) yordamida aniqlash natijalariga ahamiyatsiz darajada ta‘sir qilishi mumkin, biroq bu ba‘zi boshqa sefalosporinlar qo‘llangandagi kabi, soxta musbat natijalarga olib kelmaydi.
Zinasef™ qo‘llanayotgan bemorlarda qon/plazmadagi glyukozaning darajasini aniqlash uchun glyukozaoksidaza yoki geksokinaza usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Sefuroksim kreatininning darajasini ishqoriy pikrat yordamida aniqlash natijasiga ta‘sir qilmaydi
Nomutanosiblik
-Zinaseftm ni aminoglikozid antibiotiklari bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas.
– natriy gidrokarbonatining 2,74% li eritmasining rN eritmaning rangiga ta‘sir qilmaydi, shuning uchun ushbu eritmani Zinaseftm ni eritishda foydalanmaslik kerak. Ammo, agar pasient natriy gidrokarbonatining infuzion eritmasini vena ichiga qabul qilayotgan bo‘lsa, Zinaseftm ni infuzion tizimning bevosita naychasiga yuborish mumkin.
Mutanosibligi
15 ml in‘eksiya uchun suvda eritilgan 1,5 g Zinasef™ preparati va metronidazol (500 mg/100 ml) eritmalari aralashtirilganida har ikkala komponent o‘zining faolligini 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 24 soatgacha saqlaydilar.
Zinasef™ 1,5 g dozada azlosillin eritmasi bilan (1 g 15 ml da yoki 5 g 50 ml da) mutanosibdir; har ikkala komponent o‘zining faolligini taxminan 4oS haroratda 24 soatgacha yoki 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 6 soatgacha saqlaydi.
Zinasef™ preparati (5 mg/ml) 5% hajm nisbatida yoki 10% hajm nisbatida ksilitol eritmasida 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda 24 soatgacha saqlanishi mumkin.
Zinasef™ 1% lidokain gidroxloridini saqlovchi suvli eritmalar bilan mutanosibdir.
Zinasef™ eng keng qo‘llanadigan infuzion eritmalar bilan mutanosibdir va o‘zining xususiyatlarini hona haroratida 24 soat davomida saqlaydi.
- In‘eksiya uchun 0,9% li natriy xloridi eritmasi;
- In‘eksiya uchun 5% li glyukoza eritmasi;
- 0,18% natriy xloridi eritmasi va 4% in‘eksiya uchun glyukoza eritmasi;
- 5% dekstroza eritmasi va 0,9% natriy xloridi eritmasi;
- 5% dekstroza eritmasi va 0,45% natriy xloridi eritmasi;
- 5% dekstroza eritmasi va 0,225% natriy xloridi eritmasi;
- 10% in‘eksiya uchun dekstroza eritmasi;
- 10% invert qandni in‘eksiya uchun suvdagi eritmasi
- Ringer eritmasi;
- Ringer laktat eritmasi;
- 6 M in‘eksiya uchun natriy laktat eritmasi;
- Xartman eritmasi.
0,9% li natriy xloridi eritmasida va 5% dekstroza eritmasida Zinaseftmning barqarorligi gidrokortizon natriy fosfati borligida buzilmaydi.
Zinasef™ preparati quyidagi eritmalar bilan vena ichiga infuziya ko‘rinishida yuborilganida mutanosibdir va xona haroratida 24 soat davomida barqarordir: geparin (10 TB/ml yoki 50 TB/ml) 0,9% natriy xloridi eritmasida; kaliy xloridi (10 yoki 40 mekv/l) 0,9% natriy xloridi eritmasida.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat anamnezida penisillinlar va beta-laktam antibiotiklariga allergik reaksiyalari bo‘lgan pasientlarga buyurilganida juda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Sefalosporinlar guruhi antibiotiklari yuqori dozalarda furosemid kabi diuretiklar yoki aminoglikozidlar bilan yondosh davolanayotgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan buyurilishi kerak, chunki bunday majmualashda buyrak faoliyatiga noxush ta‘siri haqida xabarlar berilgan Bunday pasientlarda, shuningdek keksa yoshli pasientlarda va anamnezida buyrak kasalliklari bo‘lgan pasientlarda buyraklar faoliyatini nazorat qilish kerak (“Qo‘llash usuli va dozalari”ga qarang).
Meningitni davolashda qo‘llanadigan boshqa sxemalar kabi sefuroksim natriyni bilan meningitni davolashda ba‘zi bolalarda eshitishni pasayishi (engil shakldan o‘rtacha og‘irlik darajasigacha) kuzatilgan. Boshqa antibakterial preparatlarni qo‘llangandagi kabi sefuroksim natriy in‘eksiyadan keyin 18-36 soat o‘tgach orqa miya suyuqligida Haemophilus influenzae turidagi bakteriyalar aniqlangan. Shunga qaramasdan bu ko‘rinishning klinik ahamiyati noma‘lum.
Boshqa antibiotiklar qo‘llanganidagi kabi, Zinasef™ preparati qo‘llanganida ham Candida turiga mansub zamburug‘larning o‘sishi kuzatilgan, preparat bilan uzoq vaqt davolanganda esa – sezgir bo‘lmagan boshqa mikroorganizmlarni o‘sishi (masalan, enterokokklar va Clostridium difficile) kuzatilgan, bunda preparat bilan davolash kursini to‘xtatish talab qilinishi mumkin.
Antibiotiklarni qo‘llashda soxtamembranoz kolit holatlari haqida ma‘lumotlar berilgan, bunda uning og‘irligi yengildan to hayot uchun xavfli darajagacha bo‘lishi mumkin. Antibiotikni qo‘llash vaqtidan va undan keyin bemorlarda diareya rivojlanishi holatlariga e‘tibor berish lozim. Agar diareya uzoq vaqt davom etsa yoki kuchli bo‘lsa, yoki bemor qorin sohasida og‘riq his etsa, davolashni zudlik bilan to‘xtatish va bemorni qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazish zarur.
Zinasef™ preparatini bosqichma-bosqich davolash tartibida qo‘llashda Zinasef™ preparatini peroral qabul qilishga o‘tish vaqti infeksiyaning og‘irlik darajasi, bemorning klinik holati va mikroorganizmlarning sezgirligiga qarab belgilanadi. 72 soat davomida klinik yaxshilanish kuzatilmaganda preparatni parenteral yuborishni davom ettirish zarur.
Bosqichma-bosqich davolashni boshlashdan oldin, Zinnat™ preparatini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan tanishib chiqish kerak.
Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi
Sefuroksimning embriotoksik va teratogen samaralarini rivojlanishi haqida ma‘lumotlar yo‘q. Shunga qaramasdan boshqa preparatlar bilan bo‘lgani kabi, uni homiladorlikning birinchi uch oyligida buyurilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Sefuroksim ko‘krak suti bilan ajraladi, shuning uchun laktasiya davrida uni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Ma‘lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari
Sefalosporin antibiotiklarini dozasini oshirib yuborilishi markaziy nerv tizimini ta‘sirlanishi, buning natijasida tirishishlarga olib kelishi mumkin.
Davolash
Zardobdagi konsentrasiyasini gemodializ yoki peritoneal dializ o‘tkazish yo‘li bilan pasaytirish mumkin.
Chiqarilish shakli
750 mg sefuroksim (sefuroksim natriy ko‘rinishida) saqlovchi, brombutil yoki ftordan himoyalangan laminirlangan butil rezina tiqin bilan va tarani ochilishini oldini oluvchi qo‘shimcha berkituvchi qoplama bilan №1 shisha flakon (I yoki III turdagi shisha) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
5 (besh) alohida karton o‘ram (№1) hech qanday ma‘lumotni saqlamagan tiniq polietilen plyonkaga birga joylangan.
1,5 g sefuroksim (sefuroksim natriy ko‘rinishida) saqlovchi, brombutil yoki ftordan himoyalangan laminirlangan butil rezina tiqin bilan va tarani ochilishini oldini oluvchi qo‘shimcha berkituvchi qoplama bilan №1 shisha flakon (I yoki III turdagi shisha) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Saqlanganda Zinasef™ning tayyorlangan eritmalari va suspenziyasining rangi to‘qroq bo‘lishi mumkin.
Yaroqlilik muddati
Kukunning yaroqlilik muddati 24 oy.
Mushak ichiga yuborish uchun eritma suyultirilgandan so‘ng va bevosita vena ichiga yuborish uchun suvli eritmalar o‘zining faolligini 25oS yuqori bo‘lmagan haroratda 5 soat davomida 4oS (sovutgichda) yuqori bo‘lmagan haroratda 48 soat davomida saqlaydi.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari