ZOLOMAKS ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ZOLOMAKS®
ZOLOMAX
Preparatning savdo nomi: Zolomaks®
Ta‘sir etuvchi modda (MNN): alprazolam (alprazolamum)
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,25 mg, 0,5 mg yoki 1 mg alprazolam;
yordamchi moddalar:
0,25 mg tabletkalar: natriy dokuzati; natriy benzoati; o‘ta jelatinlangan kraxmal; mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati; magniy stearat; kolloid kremniy dioksidi;
0,5 mg li tabletkalar: natriy dokuzati; natriy benzoati; o‘ta jelatinlangan kraxmal; mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati; magniy stearat; kolloid kremniy dioksidi; eritrozin (Ye 127);
1 mg li tabletkalar: natriy dokuzati; natriy benzoati; o‘ta jelatinlangan kraxmal; mikrokristallik sellyuloza, laktoza monogidrati; magniy stearat; kolloid kremniy dioksidi; indigokarmin (Ye 132);
Ta‘rifi
0,25 mg li tabletkalar: bir tomonida riskasi, boshqa tomonida – faskasi va «APZM 0,25» yozuvi bo‘lgan oq rangli oval tabletkalar.
0,5 mg li tabletkalar: bir tomonida riskasi, boshqa tomonida – faskasi va «APZM 0,5» yozuvi bo‘lgan pushti rangli oval tabletkalar.
1 mg li tabletkalar: bir tomonida riskasi, boshqa tomonida – faskasi va «APZM 1» yozuvi bo‘lgan moviy rangli oval tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Anksiolitik preparatlar.
Kod ATX: N05VA12
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Alprazolam kuchli anksiolitik samaraga ega bo‘lgan, benzodiazepin guruhiga mansub trankvilizatordir. Boshqa benzodiazepamlar singari alprazolam uchun ham sedativ uxlatuvchi, mushaklarni bo‘shashtiruvchi va tirishishga qarshi ta‘sir xosdir.
Alprazolam markaziy nerv tizimida (MNT) markaziy nerv tizimining asosiy tormozlovchi mediator γ-aminomoy kislotasi (GAMK) reseptorlari bilan funksional jihatdan uzviy bog‘liq bo‘lgan spesifik benzodiazepin reseptorlari bilan o‘zaro ta‘sirga kirishadi, shuning uchun preparatning ta‘siri natijasida GAMK ning MNT ga tormozlovchi ta‘siri kuchayadi. Alprazolamning antidepressiv ta‘siri trisiklik antidepressantlarning ta‘siriga o‘xshash.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Alprazolam me‘da-ichak yo‘llarida tez va to‘liq so‘riladi, uning biokiraolishligi 80-100% ni tashkil etadi.
Taqsimlanishi
In vitro sharoitda 80% alprazolam plazma oqsillari bilan bog‘lanadi. Chekuvchi odamlarda qon plazmasi tarkibidagi konsentrasiyasi chekmaydiganlarga qaraganda ikki marta kam bo‘lishi mumkin. Preparatni ichga qabul qilingandan keyin qondagi maksimal konsentrasiyasi taxminan 1-2 soatdan keyin kuzatiladi. Bu 0,5-3 mg doza bir marta qabul qilgandan keyin dozaga qarab, 7 dan 40 ng/ml gacha o‘zgarib turadi, 1,5-10 mg dozani ko‘p marta qabul qilinganidan keyin plazmadagi o‘rtacha muvozanatini konsentrasiyasi 180-100 ng/ml ni tashkil qiladi. Muntazam qabul qilinganda muvozanatli konsentrasiyasi 3 kunda yuzaga keladi.
Metabolizmi
Alprazolam jigarda oksidlanish yo‘li orqali metabolizmga uchraydi. Asosoiy faol metabolit – α-gidroksialprazolamdir, ammo uning plazmadagi konsentrasiyasi past, shuning uchun metabolizm klinik ahamiyatga ega emas. Boshqa metabolitlar kam faollikka ega yoki faol emas.
Chiqarilishi
Alprazolam va metabolitlarning yarim chiqarilish davri bir xil bo‘lib, yoshi katta sog‘lom odamlarda 11,2 (6,3-26,9) soatga teng. Alprazolam o‘zgarmagan holda yoki metabolitlar ko‘rinishida (taxminan 20%) siydik bilan chiqariladi.
So‘rilishi, taqsimlanishi, metabolizmi va chiqarilishi o‘zgarishlari har xil og‘irlik holatlarida, shu jumladan alkogolizm, jigar va buyrak faoliyati buzilishi holatlarida ham kuzatilgan. Bu o‘zgarishlar qariyalarda va semiz odamlarda ham aniqlangan.
Qo‘llanilishi
Depressiya bilan bog‘liq bo‘lgan o‘rta va og‘ir darajadagi bezovtalik, xavotirlik holatini oldini olish va qisqa muddatli davolash, agorafobiya bilan yoki usiz kechadigan sarosimaga tushish holatlarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Optimal doza va davolash davomiyligi individual ravishda smiptomlarni og‘irligi, pasientlarlarning javob reaksiyasini hisobga olib va minimal samarali dozalarni qo‘llagan holda belgilanadi. Ko‘pchilik bemorlarga minimal dozalar yetarlidir; agar ularga katta doza kerak bo‘lsa, uni ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
Odatda ilgari psixotrop vositalarni qabul qilmagan pasientlarda, samaralarga kichik dozalar yordamida erishilgan. Preparatni uzoq vaqt qabul qilgan pasientlarga katta dozalar talab qilinadi.
Xavotirlikni davolash
Kattalar uchun boshlang‘ich doza kuniga 3 marta 0,25-0,5 mg ni tashkil etadi. Zarurat bo‘lganida doza har 3-4 kunda 0,25 mg ga oshiriladi. Dozani oshirishni kechqurun boshlash tavsiya etiladi. Xavotirlik juda og‘ir namoyon bo‘lgan hollarda, davolashni katta dozalarda boshlash mumkin. Maksimal sutkalik doza 4 mg ni tashkil etadi.
Sarosima holatini davolash
Alprazolamning katta dozalari qo‘llanadi. Tavsiya qilinadigan boshlang‘ich doza 0,5 mg dan kuniga 3 martani tashkil etadi, zarurat bo‘lganida doza ko‘paytiriladi, ammo oshirish har 3-4 kunda 1 mg dan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Doza qanchalik katta bo‘lsa, to‘liq terapevtik samaraga erishish uchun, uni shunchalik sekin-asta oshirish kerak. Odatda terapevtik samaraga kuniga 5-6 mg qo‘llanganda erishiladi, og‘ir hollarda kuniga 10 mg gacha qo‘llanadi, bu esa maksimal sutkalik doza hisoblanadi.
Davolash davomiyligi
Davolash davri iloji boricha qisqaroq bo‘lishi kerak. Pasientning holatini muntazam baholab turish va davolashni talab qilmaydigan o‘rtacha simptomlarda xavotirlikni davolashni davom ettirish zaruratini hal qilish kerak. Xavotirlikni davolash davomiyligi, davolashni sekin-asta bekor qilish uchun zarur vaqtni hisobga olgan holda 8-12 havftadan oshmasligi kerak.
Davolashni to‘xtatish
Alprazolam bilan davolashni to‘xtatishda dozani sekin-asta kamaytirib borish kerak. Alprazolamning sutkalik dozasi har 3 kunda ko‘pi bilan 0,5 mg dan kamaytiriladi. Ba‘zi pasientlarda esa dozani yanada sekinroq kamaytirish lozim bo‘lishi mumkin.
Buyrak va jigar faoliyati buzilishlari va jigarning alkogolli kasalligi bo‘lgan pasientlar uchun sutkalik doza ikki marta kamaytirilishi kerak, jigar va buyrak faoliyatini o‘zgarishlari bo‘lgan pasientlarga nisbatan preparatning yuqori kumulyasiyasi sababli.
Qariyalarda va holsizlangan bemorlarda iloji boricha kichik samarali doza qo‘llanishi kerak. Odatda davolashni boshida preparat 0,125-0,25 mg dan kuniga 2-3 marta buyuriladi.
Chekadigan pasientlarda: chekuvchi pasientlarda alprazolamning qon plazmasidagi konsentrasiyasi chekmaydiganlarga qaraganda 2 marta kam bo‘lishi mumkin.
Bolalarda qo‘llanishi: 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan, shuning uchun pediatriya amaliyotida qo‘llanmaydi.
Etnik tafovutlar: bir xil klinik samara olish uchun kavkazliklarga qaraganda, osiyolilarga kichikroq dozalar tavsiya qilinadi, chunki alprazolamning qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi va yarim chiqarilish davri osiyolilarda yuqoriroq (mos ravishda 15% va 20%).
Agar Siz preparatning navbatdagi qabul qilish vaqtini o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni tezda qabul qiling. O‘tkazib yuborganni o‘rnini bosish uchun ikki barobar doza qabul qilmang. Shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilishni davom eting.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘p uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlarga uyquchanlik, bosh aylanishi, harakat koordinasiyasini buzilishlari kiradi. Bu nojo‘ya ta‘sirlar odatda davolash boshlanishida kuzatiladi, ular og‘ir kechmaydi va davolash paytida yoki doza kamaytirilganda o‘tib ketadi.
Quyida keltirilgan nojo‘ya ta‘sirlar tizimlar va a‘zolar bo‘yicha tasniflangan va ularning uchrash tez-tezligi MedRA bo‘yicha quyidagicha: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100 dan <1/10), kamroq (≥1/1000 dan <1/100), kam hollarda (≥1/10000 dan <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), uchrash tez-tezligi noma‘lum (olingan ma‘lumotlarga qarab aniqlab bo‘lmaydi).
Tizim va a‘zolar | Uchrash tez-tezligi | Nohush nojo‘ya ta‘sirlar |
Modda almashinuvi va ovqatlanish | Juda tez-tez | Ishtahani oshishi yoki kamayishi |
Kamroq | Ishtahani yo‘qolishi | |
Ruhiyat | Juda tez-tez | Uyqusizlik, bezovtalik, depressiya, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, libidoni pasayishi |
Tez-tez | Libidoni oshishi, bezovtalik, diqqatni jamlay olmaslik, sergaplik, real voqe‘lik hissini yo‘qolishi, dahshatlar, qo‘rquvlar, asabiylik | |
Kamroq | Ta‘sirot va og‘riqqa nisbatan odatdan tashqari emosional sezgirlik. | |
Ba‘zan | Shaxsiyatni o‘zgarishi, paradoksal reaksilar | |
Nerv tizimi | Juda tez-tez | Uyquchanlik, bosh aylanishi, bosh og‘riqlari, xotirani pasayishi, kognitiv buzilishlar, nutqni buzilishlari, ataksiya, nutqni noaniqligi, boshqarib bo‘lmaydigan harakatlar, paresteziya |
Tez-tez | Hushdan ketish, akatiziya, tremor, harakatni buzilishlari | |
Kamroq | Amneziya, distoniya, diqqatni jamlashda qiyinchiliklar, muvozanatni buzilishlari, psixomator tormozlanish | |
Ba‘zan | Tirishishlar | |
Ko‘rish a‘zosi | Juda tez-tez | Ko‘rishni noaniqligi |
Kamroq | Ko‘zga ikkita ko‘rinish | |
Eshitish a‘zosi | Kamroq | Quloqni shang‘illashi |
Yurak | Juda tez-tez | Taxikardiya |
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari | Juda tez-tez | Burun bitishi |
Ko‘p tez-tez | Giperventilyasiya, yuqori nafas yo‘llarining infeksiyasi | |
Ba‘zan | Nafasni susayishi, bronxlarda sekresiyani oshishi | |
Oshqozon-ichak yo‘li | Juda tez-tez | So‘lak ajralishini kamayishi, ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qabziyat, qorin sohasida og‘riqlar |
Tez-tez | So‘lak ajralishini oshishi | |
Ba‘zan | Og‘iz bo‘shlig‘ida quruqlik hissi | |
Teri va teri osti to‘qimalari | Juda tez-tez | Kuchli terlash, toshmalar |
Tez-tez | Allergik reaksiyalar | |
Skelet-mushak va unga yaqin tizimlar | Tez-tez | Mushak tirishishlari, mushakni titrashi, mushak tonusini shikastlanishlari, mushakni zo‘riqishi |
Kamroq | Mushaklarni kuchsizligi | |
Buyrak va siydik chiqaradigan tizim | Juda tez-tez | Mikturiya |
Tez-tez | Siydikni tutib tura olmaslik | |
Kamroq | Siydikni tutilishi | |
Reproduktiv tizim | Juda tez-tez | Xayz ko‘rish siklini buzilishi |
Ko‘p | Jinsiy disfunksiya | |
Umumiy buzilishlar va kiritilgan joydagi reaksiyalar | Juda tez-tez | Toliqish, jizzakilik, ko‘krakda og‘riqlar |
Tez-tez | Holsizlik, qizib ketishi hissi, shish | |
Qon va limfatik tizimi tomonidan | Ba‘zan | Qon diskraziyasi, agranulositoz, anemiya, leykopeniya, trombositopeniya, neytropeniya |
Tekshirishlar | Juda kam hollarda | Jigar transaminazalari faolligini oshishi, plazmada bilirubin miqdorini oshishi, qonda qand miqdorini oshishi yoki kamayishi |
Yuqorida keltirilgan nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lganda, shuningdek yo‘riqnomada qayd etilmagan nojo‘ya reaksiya paydo bo‘lganda shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Anamnezda alprazolam yoki boshqa benzodiazepinlar yoki yordamchi moddalarning birortasiga yuqori sezuchanlik.
- O‘tkir yopiq burchakli glaukoma.
- Myasthenia gravis.
- Nafas olishni og‘ir buzilishlari.
- O‘tkir o‘pka yetishmovchiligi.
- Uyqudagi apnoe sindromi.
- Jigarni og‘ir shikastlanishlari.
- Surunkali psixoz.
Dori vositalaring o‘zaro ta‘siri
Benzodiazepinlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir etadigan boshqa dori vositalari (trankvilizatorlar, uxlatuvchi vositalar, antidepressantlar, antipsixotik va tutqanoqqa qarshi vositalar, narkoz vositalari, narkotik og‘riq qoldiruvchi vositalar, gistaminga qarshi vositalar) yoki alkogol bilan birga qo‘llash uning susaytiruvchi ta‘sirini kuchaytirishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun benzodiazepinlar bilan davolanganda alkogolni qabul qilishdan qochish kerak.
Benzodiazepinlar α- va β-adrenoblokatorlar, kalsiy kanallari blokatorlari, angiotenzinga aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari, angiotenzin II reseptorlari antagonistlari va siydik haydovchi vositalar, qon tomirlarini kengaytiruvchi, shu jumladan nitratlar va periferik miorelaksantlarning gipotenziv samarasini oshirish mumkin.
Jigardagi sitoxrom R450 fermentining faolligini susaytiruvchi dori vositalari (simetidin, fluvoksamin, nefazodon) bilan bir vaqtda qo‘llanganda alprazolamning metabolizmi va eliminasiyasi sekinlashishi mumkin, shuning uchun bu holatlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish zarur.
Narkotik og‘riqni qoldiruvchi vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanishi eyforiya holatini kelib chiqishini potensiyalaydi, bu esa psixologik qaramlikni rivojlanishga olib kelishi mumkin.
Alprazolamni azollar (ketokonazol, intrakonazol) kabi zamburug‘larga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Alprazolamni fluoksetin, propoksifen, peroral homilaga qarshi vositalar, diltiazem va makrolidlar guruhiga mansub antibiotiklar (eritromisin, troleandomisin) bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Alprazolamni OITS proteazasi ingibitorlari (masalan indinavir, ritonavir) bilan birga qo‘llashdan saqlanish kerak, chunki alprazolamning plazmadagi konsentrasiyasi oshishi va sedasiyani uzayishi va nafasni susayishi xavfi oshishi mumkin.
Karbamazepin benzodiazepinlarning metabolizmini oshirib, organizmdan chiqarilishini tezlashtiriladi.
Ma‘lumki, alprazolam va trisiklik antidepressantlar imipramin va dezipramin bilan bir vaqtda qo‘llanganda, oxirgilarning muvozanatli konsentrasiyasi qon plazmasida oshadi (bu faktning klinik ahamiyati noaniqligicha qolmoqda).
Kava va dalachoy preparatlari qon plazmasida alprazolam konsentrasiyasini kamaytiradi.
Alprazolam digoksin konsentrasiyasini qon plazmasida ko‘paytirib, toksiklik xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatga qaramlik
Agar benzodiazepin guruhiga kiruvchi trankvilizatorlar, shu jumladan alprazolam uzoq vaqt yoki katta dozalarda qabul qilinsa, preparatga nisbatan o‘rganib qolish va jismoniy yoki psixologik qaramlik holati kelib chiqishi mumkin. Qaramlik xavfi anamnezida alkogolizm va toksikomaniyasi bo‘lgan bemorlarda yuqori bo‘ladi.
Davolashni boshida bemorga davolash davomiyligining cheklanganligi to‘g‘risida xabar berish muhim va qanday qilib dozani sekin-asta kamaytirishni tushuntirish kerak. Muhimi, pasient preparatni bekor qilish simptomlari paydo bo‘lishi mumkinligini va shu belgilar paydo bo‘lsa, bezovtalikni qanday kamaytirishni tushunib olishidir.
Preparatning dozasi birdan kamaytirilsa yoki qo‘llash to‘satdan to‘xtatilsa, abstinensiya sindromi quyidagi simptomlar: bosh og‘rishlari, disforiya, uyqusizlik, bezovtalik, o‘zini yo‘qotib qo‘yish, og‘ir holatlarda – qusish, qorinda xurujga o‘xshash og‘riqlar, kuchli terlash, qaltirash, paresteziya, yorug‘lik yoki tovushga nisbatan yuqori suzuvchanlik, gallyusinasiya, deliriy, titrash xurujlari bilan namoyon bo‘lishi mumkin mumkin.
Bundan tashqari, “bekor qilish” fenomeni rivojlanishi mumkin. Bu shuni bildiradiki, davolash to‘xtatilgandan so‘ng kasallikning avvaligi simptomlari qaytalaniladi (xavfsirash, bezovtalik, uyqusizlik, kayfiyatni o‘zgarib turishi) va bu belgilar davolashdan oldinga qaraganda yanada ko‘proq namoyon bo‘lishi mumkin. Shuningdek, benzodiazepinlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan jizzakilik, tajovuz, maniya, g‘azab, tungi dahshatlar, gallyusinasiyalar, psixozlar, noadekvat xulq-atvor va xulqni boshqa buzilishlari to‘g‘risida ham xabar berilgan. Bu simptomlar ko‘pincha qariyalarda kuzatiladi. Ushbu simptomlar paydo bo‘lganda preparatni berishni to‘xtatish kerak.
Abstinensiya sindromi yoki “bekor qilish” fenomenini kelib chiqish ehtimoli oldini olish va to‘xtatish uchun preparatni iloji boricha qisqa muddatda qo‘llash va dozani sekin-asta kamaytirib, davolash to‘xtatilish kerak. Pasientlar shifokor ruxsatisiz, ixtiyoriy ravishda dozani ko‘paytirish va davolash davomiyligini o‘zgartirish, hamda birdan preparatni qabul qilishni to‘xtatishi mumkin emasligi to‘g‘risida ogohlantirilishi zarur.
Ogohlantirishlar
Alprazolam ham boshqa benzodiazepin hosilalari kabi, fiziologik va har kundagi stress bilan bog‘liq bo‘lgan xavotirlikni davolashga mo‘ljallangan emas. Alprazolam shizofreniya, psixozlar, shaxsiyatning o‘zgarishi, obbesiv-kompulsiv holatlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan. Benzodiazepin guruhiga kiruvchi preparatlar og‘ir depressiya va o‘z joniga qasd qilish moyilligi bo‘lgan pasientlarga buyurilganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Alprazolam qayta berilgan holatlarda sedativ-tinchlantiruvchi ta‘siriga nisbatan ko‘nikish kelib chiqishi mumkin. Preparatni bolalarda qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Qariyalarda va holsizlangan bemorlarda, shuningdek miyani organik shikastlanishi bo‘lganda benzodiazepinlarning markaziy nerv tizimiga susaytiruvchi ta‘sir (ataksiya, sedasiya, gipotenziya) kuchliroq bo‘ladi, shuning uchun bu holatlarda preparatning minimal dozalarini berish va zarurat bo‘lganda ehtiyotkorlik bilan oshirish kerak.
O‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari yoki nafas yetishmovchiligi bilan hastalangan bemorlarda alprazolam ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilib, kam dozalar buyuriladi. Chunki bu bemorlarda nafasni keskin susayishi xavfi bor.
Jigar yoki buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga ham minimal dozalar buyurish tavsiya etiladi, chunki bu holatlarda preparatni chiqarilishi pasaygan bo‘lishi mumkin, bu esa o‘z navbatida uning ta‘sirini oshishga olib kelishi mumkin. Uzoq vaqt davolanganda jigar faoliyati va qon manzarasini aniqlab turish maqsadga muvofiqdir.
Tabletkalar o‘zida laktoza saqlaydi, shuning uchun bu preparatni kam uchraydigan tug‘ma galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, Lapp laktaza yetishmovchiligi, yoki glyukoza-galaktoza malabsorbsiyasi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlik
Homiladorlik davrida preparat xavfsizligi o‘rganilgan emas, ammo ba‘zi tadqiqotlarning natijalari, benzodiazepinlar guruhiga kiruvchi ba‘zi trankvilizatorlar (xlordiazepoksid, diazepam, meprobamat) ni homiladorlikning birinchi uch oyligida qo‘llash tug‘ma patologiya paydo bo‘lish xavfini oshirishidan dalolat beradi.
Homiladorlik davrida benzodiazepinlarni muntazam qabul qilish markaziy nerv tizimini susayishiga va chaqaloqlarda abstinensiya sindromi (bezovtalik, tremor, mushak tonusining oshishi) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Tug‘ruq yoshidagi ayollarni, homiladorlik yuz bergan hollarda, davolashni boshlamaslik to‘g‘risida ogohlantirish agar homiladorlikkacha davolangan bo‘lsa, homiladorlikka shubha paydo bo‘lsa yoki homiladorlik rejalashtiralayotgan bo‘lsa, preparatni qo‘llashni davom ettirish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Emizish davri
Alprazolam ona suti orqali chiqariladi va chaqaloqlarda uyquchanlik va tana vazni kamayishiga olib kelishi mumkin. Agar emizish davrida preparatni ishlatishga zarurat tug‘ilsa, emizishni to‘xtatish kerak.
Transport vositlarini boshqarish va harakatdagi mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ega.
Alprazolam uyquchanlik, bosh aylanishi, noaniq ko‘rish, diqqatni jamlash qobiliyatini va harakat koordinasiyasini pasayishiga olib kelishi mumkin. Bemor yaxshi uxlamagan bo‘lsa, xavf oshishi mumkin.
Pasientlar preparat bilan davolanayotgan paytda transport vositalarini boshqarish, epchillik va tezkor reaksiya bilan javob berishni talab qiladigan ishlar (texnik uskunalarda ishlash va b.) dan saqlanishlari kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Benzodiazepin hosilalarining dozasi oshib ketishidan aziyat chekayotgan bemorlarni davolayotganda, shuni hisobga olish kerakki, dozani oshirib yuborilishi bir vaqtning o‘zida bir necha xil dori vositalari yoki alkogol qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Simptomlari: doza oshirib yuborilganda kuchli uyquchanlik, nutqni noaniqligi, mushaklarni bo‘shashishi, ataksiya, dizartriya, ba‘zida (ayniqsa bolalarda) qo‘zg‘aluvchanlik bo‘lishi mumkin. Og‘ir vaziyatlarda o‘zini yo‘qotib qo‘yishi, nafasni keskin susayishi va koma rivojlanishi mumkin.
Davolash: darhol qusishni chaqirish lozim, agar bemor hushsiz holatda bo‘lsa, me‘dani yuvish kerak. Davolash simptomatik, nafas, yurak faoliyatini va qon-tomirlar tonusini yetarli darajada ushlab turishga qaratilgan davolash.
Markaziy nerv tizimi susayishini kamaytirish uchun benzodiazepinlar reseptorlarining xususiy antagonisti – flumazenil qo‘llash mumkin. Alprazolamni chiqarilishida dializning samaradorligi aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyumin folga kontur uyali o‘ramda.
3 ta kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalarda berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari