ZUGREL ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ZUGREL
ZUGREL
Preparatning savdo nomi: Zugrel
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): prasugrel gidroxloridi
Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi:
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 10 mg prasugrel gidroxloridi;
yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza (Avicel 101), natriy lauril sulfati, natriy kroskarmelloza, kolloid kremniy dioksidi (Aerosil 200), magniy stearati;
plyonka qobig‘i: temir (II) oksidi, oq Opadray II 85G58977*, tozalangan suv**.
Ta‘rifi: yurak shaklidagi deyarli oq rangdan to och sariq ranggacha plyonka qobiq bilan qoplangan, bir tomonida riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antiagregant.
ATX kodi: B01AC22
Farmakologik xususiyatlari
Antiagregant. Tienopiridin sinfiga mansub adenozindifosfat (ADP)-reseptorlar antagonisti, P2Y12 sinfiga mansub trombositar ADP-reseptorlar bilan bog‘liq trombositlarni faollashuvi va agregasiyasining kuchli ingibitori bo‘lib hisoblanadi.
Ta‘siri prazugrelning faol metabolitini P2Y12 sinfiga mansub trombositar ADP-reseptorlar bilan qaytmas bog‘lanishi bilan bog‘liq.
Trombositlar aterosklerotik kasalliklarda trombotik asoratlarni yuzaga kelishi va/yoki avj olishida muhim rol o‘ynaganligi tufayli, trombositlarni ingibisiya qilish o‘lim tez-tezligi va miokard infarkti yoki insult kabi ishemik yurak-qon tomir asoratlari tez-tezligini kamayishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Prazugrel olddori bo‘lib hisoblanadi va farmakologik faol metabolit va nofaol metabolitlargacha tez metabolizmga uchraydi. Faol metabolitining AUC ko‘rsatkichi past darajadan o‘rtacha darajagacha o‘zgaruvchanlik bilan xarakterlanadi: individlar o‘rtasidagi o‘zgaruvchanlik 27% ni, individlar ichidagi – 19% ni tashkil qiladi. Prazugrelning farmakokinetik ko‘rsatkichlari sog‘lom ko‘ngillilarda, barqaror kechuvchi aterosklerozi bo‘lgan pasientlarda va teri orqali koronar aralashuv o‘tkazgan pasientlarda bir xil.
Ichga qabul qilingandan keyin so‘rilishi 79% va undan ko‘pni tashkil qiladi. So‘rilishi va metabolizmi tez amalga oshadi. Qon plazmasidagi faol metabolitning Smax ga ichga qabul qilingandan keyin taxminan 30 minutdan keyin erishiladi. Sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokidagi klinik tadqiqotlarda faol metabolitning AUC ko‘rsatkichi prazugrelni yog‘larni ko‘p miqdorda saqlovchi, yuqori kaloriyali ovqat bilan birga qabul qilganda o‘zgarmasligini namoyish qilgan, bunda Smax 49% ga kamaygan, Smax ga erishish vaqti esa 0,5 soatdan 1,5 soatgacha oshgan.
Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi 98% ni tashkil qiladi. Prazugrelni metabolitlari eritrositlarga cheklangan miqdorda kirishi bilan xarakterlanadi.
Prazugrel ichga qabul qilingandan keyin qonda aniqlanmaydi. U ichakda tiolaktongacha tez gidrolizga uchraydi, u so‘ngra asosan CYP3A4 va CYP2B6 va kamroq darajada CYP2C9 va CYP2C19 ishtirokida faol metabolitiga aylanadi. Faol metaboliti keyinchalik 2 nofaol metabolitlarini hosil qilib S-metilizasiya yoki sistein bilan kon‘yugasiyasi yo‘li bilan biotransformasiyaga uchraydi. Nofaol metabolitlari ko‘rinishida dozaning taxminan 68% siydik bilan va 27% – axlat bilan chiqariladi. Faol metabolitning T1/2 taxminan 7,4 soatni (2-15 soat) tashkil qiladi.
Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi (75 yosh va katta) pasientlarda faol metabolitning AUC ko‘rsatkichi 75 yoshdan kichik pasientlarga nisbatan 16% ga yuqori ekanligi namoyish etilgan.
Faol metabolitning AUC ko‘rsatkichi tana vazni 60 kg va undan yuqori bo‘lganlarga nisbatan tana vazni 65 kg dan kam bo‘lgan sog‘lom ko‘ngillilar va tana vazni 65 kg dan kam bo‘lgan pasientlarda taxminan 30-40% ga yuqori.
Qo‘llanilishi
Asetilsalisil kislotasi bilan majmuasi: teri orqali koronar aralashuv o‘tkazilayotgan o‘tkir koronar sindromi (o‘rtacha darajadan yuqori darajadagi xavf bilan kechuvchi nostabil stenokardiya, ST segmentini ko‘tarilishisiz miokard infarkti, ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi miokard infarkti) bo‘lgan pasientlarda aterostrobotik asoratlarni (miokard infarkti, insult, yurak-qon tomir sababli o‘lim) oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qabul qilinadi.
Boshlangich bir martalik yuklama doza 60 mg ni tashkil qiladi, keyingi samarani bir maromda ushlab turuvchi doza 10 mg sutkada 1 martani tashkil qiladi. Prazugrel qabul qilayotgan pasientlar shuningdek asetilsalisil kislotasini har kuni 75 mg dan 325 mg gacha dozada qabul qilishlari kerak. Tana vazni <60 kg bo‘lgan pasientlarda 5 mg samarani bir maromda ushlab turuvchi dozani qo‘llash imkonini ko‘rib chiqish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – turli lokalizasiyali qon ketishlar.
Qon yaratish tizimi tomonidan: og‘ir trombositopeniya, anemiya, leykopeniya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: jigar funksiyasini buzilishi, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: arterial gipertenziya, arterial gipotenziya, yurak bo‘lmachalari fibrillyasiyasi, bradikardiya.
Moddalar almashinuvi tomonidan: giperxolesterinemiya/giperlipidemiya.
Nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Nafas tizimi tomonidan: hansirash, yo‘tal.
Boshqalar: allergik reaksiyalar (shu jumladan angionevrotik shish), belda og‘riq, holsizlik, kardial genezli bo‘lmagan ko‘krakda og‘riq, tana haroratini oshishi, periferik shishlar, qo‘l-oyoqlarda og‘riq; postmarketing tadqiqot ma‘lumotlari bo‘yicha – trombotik trombositopenik purpura, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, shu jumladan anafilaktik reaksiyalar.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘tkir patologik qon ketishlar; anamnezida bosh miyada qon aylanishini tranzitor buzilishi yoki insult; jigar funksiyasini og‘ir buzilishlari (Chayld-Pyu bo‘yicha S sinf); prazugrelga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Prazugrelni varfarin, NYAQV bilan bir vaqtda qo‘llaganda qon ketishi xavfi oshadi.
Prazugrelni sitoxrom R450 tizimi izofermentlarining induktorlari yoki ingibitorlari bo‘lgan preparatlar bilan birga qo‘llash mumkin.
Prazugrelni asetilsalisil kislotasi (sutkada 75-325 mg), geparin, glikoprotein GPIIb/IIIa-reseptorlarining ingibitorlari, statinlar, digoksin va me‘da shirasining rN oshiruvchi preparatlar, shu jumladan proton nasosi ingibitorlari va gistamin N2-reseptorlar blokatorlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
75 yosh va undan katta pasientlarda prazugrelni qo‘llash tavsiya etilmaydi va uni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak va faqat davolashdan foyda va xavf, ya‘ni ishemik asoratlarni oldini olish yuzasidan foyda va qon ketishlar xavfi nisbatini individual ravishda baholagandan keyingina qo‘llash mumkin. Bu toifadagi pasientlarda davolashni o‘tkazish zarurati bo‘lganida prazugrelni sutkada 1 marta 5 mg dozada qo‘llash kerak, sutkada 10 mg doza tavsiya etilmaydi. 75 yoshdan kichik pasientlarga nisbatan 75 yosh va undan katta pasientlarda klinik tadqiqotlarda qon ketishlar, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi qon ketishlar rivojlanishining yuqori xavfi kuzatilgan.
Tana vazni 60 kg dan kam bo‘lgan pasientlarda prazugrel ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilsin. Qon ketishi ehtimoli, shu jumladan yaqinda o‘tkazilgan jarohat, jarroxlik aralashuvi, me‘da-ichakdan qon ketishi, zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi, buyrak funksiyasini og‘ir buzilishi bo‘lgan pasientlarda prazugrelni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Qon ketish xavfini oshiruvchi preparatlar, shu jumladan peroral antikoagulyantlar, NYAQV va fibrinolitiklar bilan birga prazugrelni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Teri orqali koronar aralashuv o‘tkazilayotgan o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan pasientlarda prazugrel bilan davolaganda qon ketishi rivojlanishining xavfini oshishi kuzatilgan. Shuning uchun qon ketishini yuqori xavfi bo‘lgan pasientlarda prazugrelni qo‘llashni ko‘rib chiqishni faqat ishemik asoratlarni profilaktik kursidan foyda jiddiy qon ketishi xavfidan yuqori bo‘lgandagina amalga oshirish kerak. Prazugrel bilan davolash fonida qon ketishni to‘xtatish uchun ko‘proq vaqt talab etilishi va qon ketishi rivojlanishining barcha holatlari haqida shifokorga xabar berish zarurligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak. Prazugrel samarasini susaytirish talab etiladigan yaqqol qon ketishlarda trombositar massa transfuziyasi talab etilishi mumkin.
Prazugrel qabul qilayotgan pasientlarga har qanday jarroxlik muolajasidan oldin, shuningdek har qanday dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin shifokor va stomatologni bu haqida xabardor qilishni tavsiya etish kerak. Agar pasientga rejali jarroxlik amaliyoti o‘tkazilsa va bunda antiagregant samara maqsadga muvofiq bo‘lmasa, prazugrelni operasiyadan kamida 7 kun oldin bekor qilish kerak. Prazugrel bekor qilingandan keyin 7 kungacha bo‘lgan davrda aortokoronar shuntlash o‘tkazilgan pasientlarda kon ketishlarni tez-tezligi (3 marta) va og‘irlik darajasini oshishi kuzatilishi mumkin. Koronar qon tomirlarni aniq anatomiyasi va aortokoronar shuntlash operasiyasini shoshilinch o‘tkazish ehtimoli bo‘lgan pasientlarda prazugrelni qo‘llashdan foyda va xavf nisbatini sinchkovlik bilan baholash kerak.
Teri orqali koronar aralashuv o‘tkazilayotgan o‘tkir koronar sindromi bo‘lgan pasientlarda har qanday antitrombotik preparatni, shu jumladan prazugrelni muddatidan oldin bekor qilish tromboz, miokard infarkti, o‘lim xavfini oshishiga olib kelishi mumkin. Prazugrelni to‘satdan bekor qilish talab etilgan pasientlarga, masalan yaqqol qon ketishi rivojlanishi oqibatida, yurak tomonidan asoratlarni aniqlash uchun klinik nazorat talab etiladi. Pasientning holati barqarorlashgandan keyin shifokorning sinchkov nazorati ostida antitrombotik davolashni takroran boshlash imkoniyani ko‘rib chiqilishi mumkin.
Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda (shu jumladan yakuniy bosqichdagi buyrak kasalligi bo‘lgan pasientlar) dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funksiyasini yengil yoki o‘rtacha buzilishlari (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi. Jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda prazugrelning farmakokinetikasi va farmakodinamikasi o‘rganilmagan. Jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda qon ketishining potensial xavfi tufayli, pasientlarning bunday populyasiyasida prazugrelni qo‘llash mumkin emas.
Klinik oldi tadqiqotlarda kanserogen va mutagen ta‘siridan dalolat beruvchi ma‘lumotlar olinmagan.
Pediatriyada qo‘llanishi
Bolalarda prazugrelni qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan.
Homiladorlik va laktasiya davri
Homilador ayollarda prazugrelning adekvat va qat‘iy nazoratli tadqiqotlari o‘tkazilmagan. Homiladorklikda prazugrelni faqat, agar ona uchun davolashdan kutilayotgan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lsagina qo‘llash mumkin. Prazugrel ko‘krak suti bilan ajralishi noma‘lum. Laktasiya davrida prazugrelni qo‘llash zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.
Eksperimental tadqiqotlarda hayvonlarda fertillikka bevosita shikastlovchi ta‘siri aniqlanmagan. Prazugrel sutkada 300 mg/kg gacha dozalarda kalamushlarning erkak va urg‘ochilarining fertilligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi, bunda faol moddaning AUC ko‘rsatkichi odam uchun mo‘ljallangan samarani bir maromda ushlab turuvchi doza qo‘llanilganda kuo‘atilgan ko‘rsatkichdan taxminan 1500 marta yuqori. Prazugrel laktasiya qiluvchi kalamushlarda ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi namoyish qilingan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgachqo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Presugrel dozasi oshirib yuborilganda qon ketish vaqtini uzayishi va u bilan bog‘liq asoratlar kuzatilishi mumkin. Prasugrelning farmakologik samarasini qaytuvchanligi haqida ma‘lumotlar yo‘q, lekin agar qon ketish vaqtini shoshilinch qisqartirish talab etilsa, trombositar massasi va/yoki qonning boshqa preparatlarini quyish mumkin.
Chiqarilish shakli
10 tabletka blisterda, 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoitlari
30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan sanadan boshlab 24 oy
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Chiqarish shakllari