Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Bu biologik faol qo‘shimcha — dorivor o‘tlarning noyob jamlanmasi asosida yaratilgan bo‘lib, ularning tabiiy kuchi va qiymatini yuqori darajada saqlash imkonini beruvchi innovatsion texnologiyadan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tabiiy mahsulot.
Chiqarish shakli: 10 donadan polivinilxlorid plyonka va aluminiy folgadan tayyorlangan blister o‘ramda. 6 ta blisterli paketlar (har biri 500 mg dan 60 ta kapsula) foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga.
Bitta kapsulaning tarkibi: Inositol (Vitamin B8) – 74,6 mg, L-arginin – 69,4 mg, Diindolilmetan – 48,4 mg, Koenzim Q10 – 39,5 mg, Vitex ekstrakti - 37,5 mg, Vitamin E – 34,2 mg, Kurkuma – 14,8 mg, Qariqiz ildizi – 14,8 mg, Jo‘xori popugi – 14,7 mg, Ekinezya ekstrakti - 14,5 mg, Zanjabil – 14,2 mg, Dolchin – 13,9 mg, Zig‘ir urug‘i – 13,5 mg, Rux – 7,5 mg, Vitamin A - 0,5 mg, Vitamin B9 - 0,2 mg, Vitamin D3 - 15 mkg, Kaliy yodid - 0,0655 mg, Selen (1%) - 0,0075 mg.
Inozitol (Vitamin B8): hayz siklini tartibga soladi, PMS belgilarini kamaytiradi, terining elastikligini saqlaydi, vazn yo‘qotishga yordam beradi, insulin va xolesterin darajasini me’yorga keltiradi, qon bosimini pasaytiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
L-arginin: azot oksidi ishlab chiqarilishini rag‘batlantirib, qon tomirlarni kengaytiradi, tos sohasidagi qon aylanishini yaxshilaydi va reproduktiv tizim faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
Diindolilmetan (DIM): jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishini tartibga soladi, estrogenga bog‘liq muammolarda foydali.
Koenzim Q10: energiya almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni kuchaytiradi, hujayralarni yangilanishiga yordam beradi.
Viteks ekstrakti: progesteron ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi, prolaktin muvozanatini me’yorlashtiradi, hayz siklini normallashtiradi.
Vitamin E: to‘qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi, hujayra yangilanishida va gormonlar sintezida ishtirok etadi.
Kurkuma ekstrakti: stressga qarshi, yallig‘lanishga va saraton kasalliklariga qarshi tabiiy vosita, jigar va immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qariqiz ildizi: bo‘g‘imlar, ichki a’zolar yallig‘lanishi, adneksit, pielonefrit, sistit kabi kasalliklarda foydali.
Jo‘xori popugi: B guruhi vitaminlariga boy bo‘lib, anemiya, jigar va o‘t yo‘llari faoliyatini yaxshilaydi, jinsiy gormonlar muvozanatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ekinezya ekstrakti: TORCH infeksiyalari, zamburug‘lar va boshqa infeksiyalarga qarshi kurashda samarali.
Zanjabil ekstrakti: og‘riqni kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi, immunitetni kuchaytiradi, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
Dolchin ekstrakti: tabiiy antiseptik, mikroblarga va zamburug‘larga qarshi kurashadi, modda almashinuvini tezlashtirib ozishga yordam beradi.
Zig‘ir urug‘i: yurak, jigar, qandli diabet, reproduktiv tizim, Alsgeymer kasalligi kabi holatlarda foydali, go‘zallik va salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi.
Sink: hujayra bo‘linishi va genetik materiallarning shakllanishida ishtirok etadi, homiladorlikda rivojlanish nuqsonlarini oldini olishga yordam beradi.
Vitamin A (Retinol): epiteliy va suyak to‘qimalarining o‘sishi, jinsiy gormonlar sintezi, immun fermentlar faolligida muhim rol o‘ynaydi.
Vitamin B9 (Foliy kislotasi): hayz siklini tartibga soladi, bachadonda qon tomirlari hosil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi, gormonlar ishlab chiqarilishini va tuxumdon faoliyatini rag‘batlantiradi.
Vitamin D3: kalsiy va fosfor muvozanatini tartibga soladi, jinsiy gormonlar va insulin ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Kaliy yodid: yod tanqisligini bartaraf etadi, qalqonsimon bez gormonlari — T3 va T4 ishlab chiqarilishini me’yorda ushlab turadi.
Selen: homiladorlik qobiliyatini oshiradi, gormonal muvozanatni saqlashda va og‘ir metallarning toksik ta’sirini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi.
Xususiyatlari: Hayz siklini tartibga soladi, follikula yetilishi va yorilishiga yordam beradi, homiladorlik ehtimolini oshiradi, toksikozning yengil o‘tishiga yordam beradi,
homila tushishi xavfini kamaytiradi. Osteoporoz, artroz, artrit, koksartroz, revmatizmda foydali.
Qo‘llash usuli va miqdori: Kuniga ertalab ovqatdan 30 daqiqa oldin 2 dona kapsuladan qabul qilinadi.
Tavsiya etilgan qabul kursi: 3–6 oy davomida.
Qo‘llash mumkin bo'lmagan holatlar: homiladorlik davrida, mahsulot tarkibidagi giyohlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik, allergiya va koroner yurak kasalligida mumkin emas.
Saqlash shartlari: asl o'ramida, bolalar qo‘li yetmaydigan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlang.
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Ishlab chiqaruvchi: «NUTVA PHARM» MCHJ, Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 1-uy. Tel: +998(71)211-11-12 www.nutva.uz
Mahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.