Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
Bu biologik faol qo'shimcha — dorivor o'tlarning noyob jamlanmasi asosida yaratilgan va ularning tabiiy kuchi hamda qiymatini yuqori darajada saqlash imkonini beruvchi innovatsion texnologiya asosida ishlab chiqarilgan tabiiy mahsulotdir.
Chiqarish shakli: 10 donadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan tayyorlangan blister o‘ramda. 6 ta blisterli paketlar (har biri 500 mg dan 60 ta kapsula) foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bilan birga.
Bitta kapsulaning tarkibi: L-arginin – 125 mg, L-karnitin – 74,6 mg, Glutation – 48,4 mg, Magniy – 28,7 mg, Koenzim Q10 – 24,4 mg, Evrikoma ekstrakti – 19,2 mg, Vitamin E – 18,75 mg, Rux – 14,6 mg, Kalsiy – 12,5 mg, Tribulus ekstrakti – 12,5 mg, Levzeya ekstrakti – 12,5 mg, Qariqiz ildizi – 7,5 mg, Ekinezya - 7,5 mg, Viteks ekstrakti – 7,5 mg, Marganets – 2,5 mg, Vitamin A – 0,225 mg, Vitamin B9 – 0,2 mg, Vitamin D3 – 15 mkg, Kaliy yodid – 0,0655 mg, Selen (1%) – 0,0075 mg,.
Mahsulot tarkibining samaradorligi:
L-arginin – azot oksidi hosil qiluvchi aminokislota bo‘lib, qon aylanishini va to‘qimalarning kislorod bilan to‘yinganligini, shu jumladan tos a’zolarida yaxshilaydi. Reproduktiv organlar faoliyatini kuchaytiradi va kontseptsiya ehtimolini oshiradi.
L-karnitin – organizmda lizin va metionin ishtirokida, B va C guruhi vitaminlari orqali hosil bo‘ladi. Mushaklarda parchalanadi, testosteron gormonining ishlab chiqilishiga yordam beradi.
Glutation – immun tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, C va E vitaminlarini faollashtiradi, erkin radikallarni parchalaydi, fermentlarni faollashtiradi, DNK shakllanishi va spermadagi nuqsonlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Magniy – asab va yurak-qon tomir tizimi faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, sperma sifatini saqlaydi.
Koenzim Q10 – energiya almashinuvini yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, spermotogenezni faollashtiradi.
Evrikoma ekstrakti – oshqozon-ichak muammolarini kamaytiradi, yallig‘lanishga qarshi va bepushtlikka qarshi vosita sifatida ishlatiladi.
Vitamin E – kislorod yetkazib berishni yaxshilaydi, antioksidantlik qiladi, mushak kuchi va spermatogenezga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rux (sink) – hujayra bo‘linishi, DNK sintezi, spermatozoidlar rivojlanishida ishtirok etadi.
Kalsiy – suyak va mushak to‘qimalarini mustahkamlaydi, qalqonsimon bez gormonlari ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.
Tribulus ekstrakti – stressga qarshi, jigar, o‘t pufagi, immun tizimni mustahkamlovchi va antioksidant vosita sifatida ishlatiladi.
Levzeya ekstrakti – mikrob, zamburug‘larga qarshi, modda almashinuvini tezlashtiradi, ozishga va impotensiyani bartaraf qilishga yordam beradi.
Qariqiz ildizi – yallig‘lanishga qarshi, erkaklarda prostatit, piyelonefrit, sistit holatlarida samarali.
Ekinezya – infeksiyalarga qarshi, TORCH infeksiyalar va zamburug‘larga qarshi kurashadi, immun tizimni kuchaytiradi.
Viteks ekstrakti – LG va FSG gormonlarini faollashtiradi, prolaktin darajasini muvozanatlaydi, homiladorlik ehtimolini oshiradi.
Marganets – oqsil sintezi, yallig‘lanishga qarshi, suyak to‘qimalarining hosil bo‘lishida ishtirok etadi.
Vitamin A – epiteliy va suyak o‘sishi, jinsiy gormonlar, interferon, immunoglobulin A va fermentlar faollashuviga xizmat qiladi.
Vitamin B9 (foliy kislotasi) – hujayra bo‘linishi, spermatozoidlar shakllanishida nuqsonlarni kamaytirishga yordam beradi.
Vitamin D3 – kalsiy va fosfor muvozanatini tartibga soladi, jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishida ishtirok etadi.
Kaliy yodid – yod tanqisligini bartaraf qiladi, T4, T3, testosteron, LG, FSG ishlab chiqarilishini me’yorda ushlaydi.
Selen – urug‘lantirish qobiliyatini oshiradi, og‘ir metallar toksikligini kamaytiradi, gormonal muvozanatni saqlaydi.
Xususiyatlari: Sperma foizini va sifatini yaxshilaydi, harakatchanligini oshiradi. Quvvatni ko‘paytiradi, jinsiy xohishni kuchaytiradi. Urug‘ hujayralari sonining oshishiga, homila paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. Shuningdek, osteoporoz, artroz, artrit, koksartroz va revmatizmda ham foydalidir.
Qo'llash usuli va miqdori: Ertalab ovqatdan 30 daqiqa oldin, 2 dona kapsuladan. Mahsulotni 3–6 oy davomida, uzluksiz kurslarda qabul qilish tavsiya etiladi.
Qo’llash mumkin bo’lmagan holatlar: jigar, buyraklar, yurak-qon tomir tizimining jiddiy buzilishlari, qon ivishining kuchayishida, mahsulot tarkibidagi giyohlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik, allergiya holatida mumkin emas.
Saqlash sharoiti: mahsulot bolalar qo'li yetmaydigan joyda, quruq, to'g'ridan - to'g'ri quyosh nurlaridan himoyalangan, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlanishi kerak.
Yaroqlilik muddati: 2 yil
Ishlab chiqaruvchi: «NUTVA PHARM» MCHJ, Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Tafakkur ko‘chasi, 1-uy Tel: +998(71)211-11-12. www.nutva.uzMahsulot haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lish uchun sotuvchi bilan yuqoridagi telefon raqami orqali yoki elektron so'rovnoma orqali murojat qiling.