×
×
  • ABRA 50 tabletkalari 50mg N4

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ABRA 50 tabletkalari 50mg N4

Kategoriya:
- Urologik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 4
Ishlab chiqaruvchi:
- O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.)
ATX kodi:
- G04BE03
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KANEFRON N draje N60 Bionorica SE Germaniya
86 000 s`om dan
ISHAGRA ZING PLYUS tabletkalari N4 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
17 900 s`om dan
TONOPROST kapsulalar 0,4mg N30 NIKA PHARM OOO O'zbekiston
63 000 s`om dan
SOLIDAGOREN tomchilar oralnie 20ml Dr.Gustav Klein GmbH & Co.KG. Germaniya
66 900 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ABRA 50 tabletkalari 50mg N4 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ABRA

ABRA

Preparatning savdo nomi: Abra

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sildenafil sitrati

Dori shakli: plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: sildenafil sitrati – 50 mg yoki 100 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, povidon, metilparaben, propilparaben, kolloidli suvsiz kremniy, tozalangan talk, magniy stearati, instakoat Solis—2608 ko‘k rangli, instaglou oq rangli.

Ta‘rifi:

50 mg doza uchun – ko‘k rangli, ikki tomonlama  qabariq, olmosga o‘xshash chetlari kesilgan va qayrilgan, plenka qobiq bilan qoplangan, bir tomoniga 50 bosma tushirilgan va ikkinchi tomoni  silliq tabletkalar.

100 mg doza uchun – ko‘k rangli, ikki tomonlama  qabariq, olmosga o‘xshash chetlari kesilgan va qayrilgan, plenka qobiq bilan qoplangan, bir tomoniga 100 bosma tushirilgan va ikkinchi tomoni  bo‘linish chiziqli  tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Ereksiya disfunksiyasida qo‘llanadigan vosita.

Kod ATX: G04BE03

Farmakologik xususiyati

Preparat jinsiy qo‘zg‘alishga nisbatan odatiy reaksiyani tiklaydi. Ereksiyani ta‘minlovchi fiziologik mexanizmning o‘zi jinsiy qo‘zg‘atish jarayonda kavernoz tanada azot oksidi ajralishi bilan vujudga keladi. NO  maxsus guanilatsiklaza fermentini harakatga keltiradi, natijada  sGMF (siklik guanozinmonofosfat) darajasi ko‘tariladi, kavernoz tana mushaklari bo‘shashadi va jinsiy a‘zoda qon oqimi kuchayadi.

Sildenafil – preparatning faol moddasi bo‘lib, kavernoz tanada sGMF parchalanishini ta‘minlovchi FDE5 (5 tipidagi  fosfodiesteraza) ni selektiv ingibitoridir. Preparat jinsiy a‘zo ereksiyasiga periferik ta‘sirni o‘tkazish bilan xarakterlanadi.

Shunisi diqqatga sazovorki, sildenafil kavernoz tanani bevosita bo‘shashtirmaydi, balki azot oksidini bo‘shashtiruvchi funksiyasidan foydalanadi. Ma‘lumki, preparat foydali farmakologik ta‘sir ko‘rsatishi uchun jinsiy qo‘zg‘alish kerak.

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, sinovdan o‘tayotkan sog‘lom shaxslarda 100 mg dan oshmagan miqdorda bir marta ishlatilganda klinik ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Preparat ereksiyani turli buzilishlarida buyuriladi (odatda, psixogen, organik yoki aralash buzilishlarda).

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Mazkur preparat tabletkalari rejalashtirilgan aloqadan taxminan bir soat oldin  qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik optimal doza bir sutkada 50 mg ni tashkil qiladi. Shaxsiy ko‘tara olishlik va preparat samaradorligini hisobga olib, preparat dozasini 25 mg gacha kamaytirilishi yoki 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Sutkada 100 mg bu – maksimal bir martalik doza hisoblanadi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi.  Ayrim hollarda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilishi mumkin.

markaziy nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi va mushaklarni tonusi oshishi;

yurak – qon tomir tizimi tomonidan: qon quyilish hissi, bosh og‘rig‘i, vazodilatasiya;

tayanchharakat apparati tomonidan: bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq;

oshqozonichak yo‘li a‘zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, dispepsiya;

teri qoplami tomonidan: toshma toshishi;

ko‘ruv a‘zolari tomonidan: kon‘yunktivit, ko‘z xiralashuvi, yorug‘likka sezuvchanlik oshishi, rang ajratishda o‘zgarishlar;

respirator tizim tomonidan: nafas olish tizimida buzilishlar, faringit, sinusit, rinit, burun bitishi, nafas olish tizimi infeksiyalari;

siydik-jinsiy a‘zolar tizimi tomonidan: prostata bezi funksiyasi izdan chiqishi, siydik chiqarish kanallari infeksiyalari.

Boshqalar: gripp simptomlari, orqa yoki qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lish hollari qayd etilgan. Kam hollarda pripaizm hodisasi kuzatilgan.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatni uning komponentlariga o‘ta sezuvchan hamda jinsiy a‘zosida anatomik deformasiyasi bor shaxslarga buyurish mumkin emas (Peyroni kasalligi, kavernoz fibrozi, angulyasiya).

Shuningdek ushbu preparatni quyidagi buzilishlarda qo‘llash mumkin emas:

– qon ketishga yuqori moyillikda;

– me‘da-ichak yo‘llari a‘zolari yara kasalligida;

– jigar faoliyati buzilishlari, ayniqsa og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki sirroz;

– priapizm rivojlanishini keltiruvchi kasalliklar, shu jumladan leykemiya, mieloma kasalligi  va o‘roqsimon-hujayrali  anemiya;

– gipotenziyani yoki arterial gipertenziyaning og‘ir shakli;

– turli yurak kasalliklari, jumladan, beqaror stenokardiya, og‘ir shakldagi aritmiya va yurak yetishmovchiligi.

Agar bemor insult yoki miokard infarktini boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, keyingi olti oy davomida preparat tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ABRA bolalarga buyurilmaydi. Ushbu preparatni nitrat hamda azot oksidi donatorlari bilan bir vaqtda qo‘llash qat‘iyan man qilinadi. Preparat jinsiy faollik man qilingan erkaklarga tavsiya qilinmaydi.

 

Dorilarning o‘zoro ta‘siri

Eritromisin, simetidin va ketokonazol klirens pasayishiga hamda keyinchalik qon plazmasida sildenafil miqdori oshishiga olib keladi. Preparat natriy nitroprussid bilan birgalikda uning antiagregant samarasini kuchaytiradi. Shuningdek, preparat nitratlar bilan birgalikda qo‘llanganda ularning gipotenziv samarasini kuchaytiradi. Bu esa hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Preparatni bir vaqtning o‘zida gipoglikemik peroral dori vositalari, BMKK va beta-adrenoblokatorlar bilan qo‘llash ham hayot uchun xavfli.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Ushbu preparat ayollarga buyurilmaydi. Quyon va kalamushlarda olib borilgan reproduktiv tajribalar natijasida preparatning teratogen ta‘siri aniqlanmagan. Homila rivojlanishida o‘zgarish va buzilishlar kuzatilmagan. Shuningdek preparatni bir martalik dozada qabul qilgan ko‘ngillilarda spermatozoidlarini faolligi va morfologiyasi o‘rganilganda o‘zgarishlar aniqlanmagan.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Chiqarilish shakli

1 yoki 4 tabletkadan konturli uyali o‘ramda.

Kontur uyali o‘ramlar  1 ta dan (1×1 ili 1x4) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton pachkalarga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Yaroqlilik muddati

3yil.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ABRA 50 tabletkalari 50mg N4 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ABRA 50 tabletkalari 50mg N4 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ABRA 50 tabletkalari 50mg N4 dori vositasi O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.) tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ABRA 50 tabletkalari 50mg N4 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ABRA 50 tabletkalari 50mg N4 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ABRA 100 tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.)
ABRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.)
ABRA tabletkalari 100mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.)
ABRA tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.)
ABRA tabletkalari 50mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: O´zkimyofarm, АО им. С.К. Исламбекова (упак.), Sydler Remedies Pvt. Ltd Индия (произ.)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9