Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ABRA
ABRA
Preparatning savdo nomi: Abra
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): sildenafil sitrati
Dori shakli: plenka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: sildenafil sitrati – 50 mg yoki 100 mg;
yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, povidon, metilparaben, propilparaben, kolloidli suvsiz kremniy, tozalangan talk, magniy stearati, instakoat Solis—2608 ko‘k rangli, instaglou oq rangli.
Ta‘rifi:
50 mg doza uchun – ko‘k rangli, ikki tomonlama qabariq, olmosga o‘xshash chetlari kesilgan va qayrilgan, plenka qobiq bilan qoplangan, bir tomoniga 50 bosma tushirilgan va ikkinchi tomoni silliq tabletkalar.
100 mg doza uchun – ko‘k rangli, ikki tomonlama qabariq, olmosga o‘xshash chetlari kesilgan va qayrilgan, plenka qobiq bilan qoplangan, bir tomoniga 100 bosma tushirilgan va ikkinchi tomoni bo‘linish chiziqli tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: Ereksiya disfunksiyasida qo‘llanadigan vosita.
Kod ATX: G04BE03
Farmakologik xususiyati
Preparat jinsiy qo‘zg‘alishga nisbatan odatiy reaksiyani tiklaydi. Ereksiyani ta‘minlovchi fiziologik mexanizmning o‘zi jinsiy qo‘zg‘atish jarayonda kavernoz tanada azot oksidi ajralishi bilan vujudga keladi. NO maxsus guanilatsiklaza fermentini harakatga keltiradi, natijada sGMF (siklik guanozinmonofosfat) darajasi ko‘tariladi, kavernoz tana mushaklari bo‘shashadi va jinsiy a‘zoda qon oqimi kuchayadi.
Sildenafil – preparatning faol moddasi bo‘lib, kavernoz tanada sGMF parchalanishini ta‘minlovchi FDE5 (5 tipidagi fosfodiesteraza) ni selektiv ingibitoridir. Preparat jinsiy a‘zo ereksiyasiga periferik ta‘sirni o‘tkazish bilan xarakterlanadi.
Shunisi diqqatga sazovorki, sildenafil kavernoz tanani bevosita bo‘shashtirmaydi, balki azot oksidini bo‘shashtiruvchi funksiyasidan foydalanadi. Ma‘lumki, preparat foydali farmakologik ta‘sir ko‘rsatishi uchun jinsiy qo‘zg‘alish kerak.
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi, sinovdan o‘tayotkan sog‘lom shaxslarda 100 mg dan oshmagan miqdorda bir marta ishlatilganda klinik ahamiyatli o‘zgarishlar kuzatilmagan.
Qo‘llanilishi
Preparat ereksiyani turli buzilishlarida buyuriladi (odatda, psixogen, organik yoki aralash buzilishlarda).
Qo‘llash usuli va dozalari
Mazkur preparat tabletkalari rejalashtirilgan aloqadan taxminan bir soat oldin qabul qilinadi. Kattalar uchun bir martalik optimal doza bir sutkada 50 mg ni tashkil qiladi. Shaxsiy ko‘tara olishlik va preparat samaradorligini hisobga olib, preparat dozasini 25 mg gacha kamaytirilishi yoki 100 mg gacha oshirilishi mumkin. Sutkada 100 mg bu – maksimal bir martalik doza hisoblanadi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Ayrim hollarda quyidagi nojo‘ya ta‘sirlari kuzatilishi mumkin.
markaziy nerv tizimi tomonidan: uyqusizlik, bosh aylanishi va mushaklarni tonusi oshishi;
yurak – qon tomir tizimi tomonidan: qon quyilish hissi, bosh og‘rig‘i, vazodilatasiya;
tayanch–harakat apparati tomonidan: bo‘g‘im va mushaklarda og‘riq;
oshqozon–ichak yo‘li a‘zolari tomonidan: ko‘ngil aynishi, diareya, dispepsiya;
teri qoplami tomonidan: toshma toshishi;
ko‘ruv a‘zolari tomonidan: kon‘yunktivit, ko‘z xiralashuvi, yorug‘likka sezuvchanlik oshishi, rang ajratishda o‘zgarishlar;
respirator tizim tomonidan: nafas olish tizimida buzilishlar, faringit, sinusit, rinit, burun bitishi, nafas olish tizimi infeksiyalari;
siydik-jinsiy a‘zolar tizimi tomonidan: prostata bezi funksiyasi izdan chiqishi, siydik chiqarish kanallari infeksiyalari.
Boshqalar: gripp simptomlari, orqa yoki qorin sohasida og‘riq paydo bo‘lish hollari qayd etilgan. Kam hollarda pripaizm hodisasi kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatni uning komponentlariga o‘ta sezuvchan hamda jinsiy a‘zosida anatomik deformasiyasi bor shaxslarga buyurish mumkin emas (Peyroni kasalligi, kavernoz fibrozi, angulyasiya).
Shuningdek ushbu preparatni quyidagi buzilishlarda qo‘llash mumkin emas:
– qon ketishga yuqori moyillikda;
– me‘da-ichak yo‘llari a‘zolari yara kasalligida;
– jigar faoliyati buzilishlari, ayniqsa og‘ir buyrak yetishmovchiligi yoki sirroz;
– priapizm rivojlanishini keltiruvchi kasalliklar, shu jumladan leykemiya, mieloma kasalligi va o‘roqsimon-hujayrali anemiya;
– gipotenziyani yoki arterial gipertenziyaning og‘ir shakli;
– turli yurak kasalliklari, jumladan, beqaror stenokardiya, og‘ir shakldagi aritmiya va yurak yetishmovchiligi.
Agar bemor insult yoki miokard infarktini boshidan o‘tkazgan bo‘lsa, keyingi olti oy davomida preparat tavsiya etilmaydi. Shuningdek, ABRA bolalarga buyurilmaydi. Ushbu preparatni nitrat hamda azot oksidi donatorlari bilan bir vaqtda qo‘llash qat‘iyan man qilinadi. Preparat jinsiy faollik man qilingan erkaklarga tavsiya qilinmaydi.
Dorilarning o‘zoro ta‘siri
Eritromisin, simetidin va ketokonazol klirens pasayishiga hamda keyinchalik qon plazmasida sildenafil miqdori oshishiga olib keladi. Preparat natriy nitroprussid bilan birgalikda uning antiagregant samarasini kuchaytiradi. Shuningdek, preparat nitratlar bilan birgalikda qo‘llanganda ularning gipotenziv samarasini kuchaytiradi. Bu esa hatto o‘limga olib kelishi mumkin. Preparatni bir vaqtning o‘zida gipoglikemik peroral dori vositalari, BMKK va beta-adrenoblokatorlar bilan qo‘llash ham hayot uchun xavfli.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu preparat ayollarga buyurilmaydi. Quyon va kalamushlarda olib borilgan reproduktiv tajribalar natijasida preparatning teratogen ta‘siri aniqlanmagan. Homila rivojlanishida o‘zgarish va buzilishlar kuzatilmagan. Shuningdek preparatni bir martalik dozada qabul qilgan ko‘ngillilarda spermatozoidlarini faolligi va morfologiyasi o‘rganilganda o‘zgarishlar aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
1 yoki 4 tabletkadan konturli uyali o‘ramda.
Kontur uyali o‘ramlar 1 ta dan (1×1 ili 1x4) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma bilan karton pachkalarga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha.
Yaroqlilik muddati
3yil.