×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Трифосаденин
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- CHINA MEHECO Corporation, Китай произведено: Wuhu Kangqi Pharmaceutical Co., Ltd.
ATX kodi:
- C01EB10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
PRESTANS tabletkalari 5mg/5mg N30 Les Laboratoires Servier Frantsiya
90 960 s`om dan
KORDARON inyeksiya uchun eritma 3ml 150mg/3ml N6 Sanofi-Aventis France, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
85 000 s`om dan
VALODIP tabletkalari 5mg/160mg N28 KRKA-Рус, ООО Rossiya
103 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ADENOZINTRIFOSFAT

ADENOZINTRIFOSFAT

 

Preparatning savdo nomi: Adenozintrifosfat

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): adenozintrifosfat

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi

har bir ampulada (1 ml) quyidagilar saqlanadi:

faol modda: adenozintrifosfatini dinatriyli tuzi – 10 mg;

yordamchi moddalar: guanidin karbonati, suvsiz natriy sulfiti, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz yoki biroz sarg‘ish rangli suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Metabolik jarayonlarni muvofiqlashtiruvchi vosita.

ATX kodi: S01YeV10

Farmakologik xususiyatlari

Adenozintrifosfati energiya almashinuvini, xujayra membranalarining ion tashuvchi tizimlarining faolligini rag‘batlantiradi, kaliy va magniy ionlarining konsentrasiyasini normallashtiradi, miokardning antioksidant himoyasini yaxshilaydi, miokardda ishemiya va gipoksiyada metabolik jarayonlarni normallashishi tufayli, siydik kislotasining konsentrasiyasini pasaytiradi; ishemiyaga qarshi, membranalarni barqarorlashtiruvchi, antiaritmik ta‘sirga ega; markaziy va periferik gemodinamika, koronar qon aylanishi ko‘rsatgichlarini yaxshilaydi, miokardning qobiliyatini, chap qorinchaning funksional xolatini va yurakning zarb hajmini oshiradi, u jismoniy ishlash qobiliyatining ko‘rsatgichlarini oshishiga, jismoniy yuklamalar vaqtida stenokardiya xurujlarining tez-tezligini va hansirashni kamayishiga olib keladi. Preparat qorincha ustki paroksizmal va supraventrikulyar taxikardiyasi, bo‘lmachalarning hilpillashi va lipillashi bo‘lgan bemorlarda normal sinusli ritmni tiklaydi, shuningdek ektopik o‘choqlarning (bo‘lmachalar va qorinchalar ekstrasistoliyasi) faolligini kamaytiradi.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagilarni majmuaviy davolashda buyuriladi:

  • yurak ishemik kasalligi, nostabil stenokardiya, tinchlik va zo‘riqish stenokardiyasi;
  • infarktdan keyingi va miokardik kardioskleroz (diffuz va o‘choqli kardioskleroz);
  • paroksizmal qorincha ustki va supraventrikulyar taxikardiya va yurak ritmini boshqa buzilishlari;
  • vegeto-tomirli distoniya;
  • miokardiodistrofiya;
  • miokarditlar;
  • surunkali toliqish sindromi;
  • turli kelib chiqishga ega bo‘lgan giperurikemiya;
  • jismoniy yuklamalarga tolerantlikni oshirish maqsadida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tizimli qo‘llanganida adenozintrifosfati mushak ichiga yuboriladi. Bir kurslik davolash uchun birinchi 2-3 kun davomida 1% li eritma 1 ml dan kuniga 1 marta yuboriladi, keyinchalik esa, kuniga 2 marta yoki 1% li eritma bir vaqtning o‘zida 2 ml dan kuniga 1 marta yuboriladi. Davolash kursi 30-40 in‘eksiyadan iborat bo‘ladi. Preparatning samarasiga qarab, 1-2 oydan keyin davolash kursini takrorlash mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • preparatga va uning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • o‘tkir miokard infarkti;
  • kardiogen shok va shokning boshqa turlari;
  • bronxo‘pka tizimining obstruktiv kasalliklari;
  • bronxial astmaning og‘ir shakllari;
  • II-III darajali AV-blokada;
  • giperkaliemiya, gipermagniemiya;
  • gemorragik insult,
  • homiladorlik va laktasiya davri,
  • bolalarda qo‘llash mumkin emas.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘ngil aynishi, allergik reaksiyalar (shu jumladan teri toshmalari, qichishish, Kvinke shishi) kuzatilishi mumkin.

Shuningdek arterial bosimni pasayishi, bosh og‘rig‘i, taxikardiya, diurezni kuchayishi, yuzni qizarishi, qizish hissi, bosh aylanishi, ko‘krakda nohush tuyg‘ular, ovqat hazm qilish yo‘llari motorikasini kuchayishi, bronxospazm bo‘lishi mumkin.

Davomli va nazoratsiz qo‘llashda – giperkaliemiya yoki gipermagniemiya kuzatiladi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Adenozintrifosfati atrioventrikulyar blokadani rivojlanish havfi yuqori bo‘lganligi tufayli yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanmaydi.

Kaliy tejovchi diuretiklar, kaliy preparatlari va AAF ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida giperkaliemiya, magnerot va boshqa magniy preparatlari bilan – gipermagniemiya rivojlanish xavfi oshadi.

Dipiridamol adenozintrifosfati preparatining terapevtik samarasini kuchaytiradi, ksantinol nikotinati, kofein, teofillin, aminofillinlar esa – kamaytiradilar.

Adenozintrifosfati beta-adrenoblokatorlar, nitratlarning antianginal ta‘sirini kuchaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Quyidagi holatlarda qo‘llanmasin:

  • atrioventrikulyar blokada yurak ritmining boshqa buzilishlari bilan qo‘shilishida;
  • yaqqol arterial gipotenziyada;
  • atrioventrikulyar blokadaning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lganligi tufayli yurak glikozidlari bilan birga qo‘llanilmasin.

Davomli qo‘llashda qonda kaliy va magniyning darajasini nazorat qilish kerak. Bronxospazmlarga moyillik bo‘lganida ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Kofein saqlovchi mahsulotlarni (kofe, choy, kolali ichimliklar) iste‘mol qilishni cheklash kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.

Homilador ayollarda qo‘llash mumkin emas.

Davolanish davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati.

Agar preparat bilan davolash vaqtida bosh aylanishi, arterial bosimni pasayishi kuzatilsa transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Bolalar.

Bolalarni davolash uchun qo‘llanmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Bradikardiya, AV-blokada va arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin.

Davolash. Preparatni qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash kerak. Bradikardiyada atropin sulfati yuboriladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 1 ml dan ampulalarda. 10 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutilarga joylangan.

Saqlash sharoiti.

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 dori vositasi CHINA MEHECO Corporation, Китай произведено: Wuhu Kangqi Pharmaceutical Co., Ltd. tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ADENOZINTRIFOSFAT DINATRIEVAYA SOL inyeksiya uchun eritma 1ml 10mg/ml N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOVOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 25mg/5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: CHINA MEHECO Corporation, Китай произведено: Wuhu Kangqi Pharmaceutical Co., Ltd.
LIDOKAINA GIDROXLORID inyeksiya uchun eritma 2ml 40mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Ishlab chiqaruvchi: CHINA MEHECO Corporation, Китай произведено: Wuhu Kangqi Pharmaceutical Co., Ltd.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9