Portalimizni rivojlantirish maqsadida biz cookiesdan foydalanamiz. Saytdan foydalanishni davom etishingiz, ulardan foydalanishimizga rozilligingizni anglatadi. Batafsil
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichki simpatomimetik faolligi va membranani barqarorlovchi xususiyatlari boʻlmagan selektiv beta1-adrenoblokator. Yurak qisqarishlar soni va kuchini (tinch holatda va yuklanishda) va yurakdan qon otilib chiqishini kamaytiradi, bunda zarb hajmi ahamiyatli kamaymaydi. AV-oʻtkazuvchanlikni susaytiradi, buyraklar tomonidan reninning sekretsiyasini pasaytiradi, miokardning kislorodga boʻlgan ehtiyojini kamaytiradi. Antiaritmik, gipotenziv va antianginal taʼsir koʻrsatadi.
Ichga qabul qilganidan soʻng bisoprolol MIY dan yaxshi soʻriladi, biokirishaolishligi taxminan 90% ni tashkil qiladi va ovqat qabul qilishga bogʻliq emas. Smax 1-3 soatdan soʻng erishiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bogʻlanishi taxminan 30% ni tashkil qiladi. Jigardan «birinchi oʻtish» samarasi biroz namoyon boʻladi. T1/2 10-12 soatni tashkil qiladi.
Davolash kursining boshida markaziy nerv tizimini vaqtinchalik buzilishlari paydo boʻlishi mumkin: holsizlik, charchoqlik, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquni buzilishi, ruhiyat tomonidan buzilishlar.
Yurak-tomir tizimi tomonidan: ortostatik gipotenziya, bradikardiya, AV – oʻtkazuvchanlikni buzilishi, qoʻl-oyoqlarda sovuq his qilish va parasteziyalar, oʻzgarib turuvchi choʻloqlik va Reyno sindromidagi asosiy klinik simptomlarni ogʻirlashishi;
Tayanch-harakat tizimi tomonidan: alohida hollarda mushak kuchsizligi, mushaklarni tirishishi.
Koʻrish aʼzolari tomonidan: koʻz yoshi suyuqligi sekretsiyasini kamayishi, konyunktivit.
Meʼda-ichak yoʻllari tomonidan: alohida hollarda diareya, qabziyatlar, koʻngil aynashi, qorin ogʻriqlari.
Alohida hollarda: terini qichishishi va terini qizarishi, koʻp terlash, qandli diabeti boʻlgan bemorlarda glyukozaga tolerantlikni pasayishi, allergik reaksiyalar; psoriaz koʻrinishlarini kuchayishi, psoriazga oʻxshash toshmalarni paydo boʻlishi.
Moyilligi boʻlgan patsiyentlarda bronxial obstruksiya simptomlari paydo boʻlishi mumkin.
Yoʻldosh psoriazda, oilaviy anamnezda psoriyaga ishoralar boʻlganida, dekompensatsiya bosqichidagi qandli diabetda, allergik reaksiyalarga moyil patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi. Feoxromotsitomada bisoprololni faqat alfa-adrenoblokatorlarni qabul qilgandan keyin qoʻllash mumkin.
Jarrohlik aralashuvi oldidan bisoprolol bilan davolanganlik toʻgʻrisida anesteziologni xabardor qilish lozim.
Davolash davrida alkogol isteʼmol qilishga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Faoliyati diqqat-eʼtiborni jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning yuqori tezligining zarurati bilan bogʻliq patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qoʻllanadi.
Kardiogen shok, II va III darajali AV-blokada, sinus tugunining kuchsizligi sindromi, sinoatrial blokada, bradikardiya (puls minutiga 50 zarbdan kam), arterial gipotenziya (SAB 90 mm sim. ust. dan past); bronxospazmga moyillik (bronxial astma va bronxoobsturktiv sindromli boshqa kasalliklar), periferik qon aylanishini ogʻir buzilishlari; MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish (MAO-V ingibitorlaridan tashqari), bisoprololga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik. Surunkali yurak yetishmovchiligi boʻlgan bemorlarda yurak yetishmovchiligi zoʻrayganida yoki inotrop preparatlarni vena ichiga yuborish talab etiladigan yurak yetishmovchiligining dekompensatsiyasi epizodlari vaqtida, shuningdek bradikardiyada (puls minutiga 60 ta zarbdan kam) va gipotenziyada (SAB 100 mm sim. ust. dan past) preparatni qabul qilish mumkin emas.
Bisoprolol boshqa gipotenziv vositalarning, shuningdek gipotenziv taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan preparatlarning taʼsirini kuchaytirishi mumkin. Rezerpin, alfa-metildopa, klonidin, angishvonagul yoki guanfatsin bilan bir vaqtda qoʻllanganida, yaqqol bradikardiya boʻlishi mumkin. Bisoprololni qabul qilish fonida kalsiy kanallarining blokatorlari va aritmiyaga qarshi vositalarni vena ichiga buyurish mumkin emas. Ergotamin hosilalarini bir vaqtda qabul qilish, periferik qon aylanishini buzilishini kuchaytirishi mumkin. Insulin yoki boshqa gipoglikemik vositalar bir vaqtda qoʻllanganida ularning taʼsiri kuchayishi mumkin.
Doza shaxsiy, davolashning samaradorligi va pulsning tez-tezligini hisobga olib tanlanadi.
Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligi boʻlgan bemorlarga 2,5-10 mg sutkalik doza, sutkada 1-marta buyuriladi. Boshlangʻich doza 2,5 mg, sutkada 1-marta maksimal sutkalik doza – 10 mg sutkada 1-marta. Doza asta-sekin titrlash usuli bilan oshiriladi.
Jigar yoki buyraklar faoliyatini yengil yoki oʻrtacha buzilishlari boʻlgan patsiyentlarda, shuningdek keksa bemorlarda odatda dozani tanlash talab etilmaydi.
Surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda (soʻnggi 6 hafta davomida zoʻrayishsiz barqaror holatda boʻlgan) quyidagi dozalash tartibi tavsiya qilinadi: boshlangʻch doza 1,25 mg ni tashkil qiladi, birinchi hafta davomida sutkada 1-marta, qabul qilishni ikkinchi haftasi davomida sutkada 2,5 mg, uchinchi haftasi davomida – sutkada 3,75 mg, toʻrtinchi haftadan sakkizinchi haftasigacha - 5 mg, soʻngra doza 7,5 mg gacha oshiriladi, davolashning oʻn ikkinchi haftasidan soʻng 10 mg maksimal doza buyuriladi.
Shifokor shaxsiy oʻzlashtirilishiga qarab dozalash tartibini oʻzgartirishi mumkin.
Emkorni ertalab, och qoringa yoki nonushta vaqtida koʻp boʻlmagan miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi.
Emkor preparati bilan davolashni birdan toʻxtatish mumkin emas, davolash kursini odatda, dozani asta-sekin kamaytirish bilan tugatish lozim. Barcha hollarda preparat bilan davolashning davomiyligini shifokor belgilaydi.
Bradikardiya, arterial gipotenziya, yurak yetishmovchiligi, bronxospazm yoki yurak qisqarishlar sonini xavfli sekinlashishi bilan namoyon boʻladigan preparatning dozasini oshirib yuborishda davolash toʻxtatilishi kerak. Bunday hollarda meʼdani yuvishni oʻtkazish, faollashtirilgan koʻmir qabul qilish va darhol shifokorga murojaat qilish lozim.
Homiladorlikda, laktatsiya davrida, shuningdek bolalarda qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Juda kamdan-kam hollarda homiladorlikda, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda bradikardiya, arterial gipotenziya, gipoglikemiya va nafasni susayishi mumkinligini nazarda tutib, tugʻruqni kutilayotgan muddatidan 72 soat oldin bisoprololni bekor qilish lozim.
Agarda bekor qilishni imkoni boʻlmasa, unda tugʻruqdan soʻng 72 soat davomida yangi tugʻilgan chaqaloqning holatini sinchiklab nazorat qilish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati oʻtgach qoʻllanilmasin.