×
×
  • AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar  20mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100

Kategoriya:
- Kislotalikning buzilishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Agram Pharmaceutical LLP, Индия произведено: Astam Healthcare Pvt. Ltd
ATX kodi:
- A02BC01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

RENNI jevatelnie tabletkalari so vkusom apelsina N24 Bayer Consumer Care AG Germaniya
39 000 s`om dan
IZIMAG suspenziya 100ml Remedy Group СП OOO O'zbekiston
PANTAP tabletkalari 40mg N28 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
34 000 s`om dan
VERABEZ kukuni 20mg N1 Vegapharm Life Sciences Pvt. Ltd, Индия произведено: United Biotech (P) Limited Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

OMEPRAZOL

OMEPRAZOLUM

Preparatning savdo nomi: Omeprazol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): omeprazol

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

1 kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: omeprazol – 20 mg.

pelletning yordamchi moddalari: kalsiy karbonati, kaliy gidrofosfati (ikki almashingan kaliy fosfati), gipromelloza (gidroksipropilmetilsellyuloza), mannitol, qand upasi [saxaroza, kraxmal patokasi] (qand pelletlari), qand qiyomi [saxaroza, suv], makrogol-6000 (polietilenglikol-6000), povidon-K30 (polivinilpirrolidon-K30), natriy gidroksidi, natriy laurilsulfati, talk, titan dioksidi, polisorbat-80 (tvin-80).

Pellet qobig‘ining tarkibi: metakril kislotasi va etilakrilatning sopolimeri (akril qobig‘i L30D).

Jelatin kapsulaning tarkibi: titan dioksidi, jelatin, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi (sariq xinolin), sariq shafaq bo‘yovchisi (shafaq-sariq), metilparagidroksibenzoat (metilgidroksibenzoat), propilparagidroksibenzoat (propilgidroksibenzoat), sirka kislotasi.

Ta‘rifi: oq korpusli, sariq qopqoqli №2 jelatin kapsulalar. Kapsula ichidagisi – oq yoki deyarli oq sferik shaklli pelletlar.

Farmakoterapevtik guruhi: me‘da bezlari sekresiyasini pasaytiruvchi vositalar (proton nasosi ingibitori).

ATX kodi: A02VS01

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Omeprazol – me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi preparat bo‘lib, N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza fermentining ingibitoridir. Me‘daning parietal xujayralarida N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-faza (N+/K+-adenozintrifosfat) – (ATF)-faza, ya‘ni “proton nasosi”) faolligini tormozlaydi, shu yo‘l bilan vodorod ionlarini o‘tkazilishini va me‘dada xlorid kislotasi sintezining yakuniy bosqichini bloklaydi. Omeprazol olddori hisoblanadi. Parietal xujayralar kanalchalarining kislotali muhitida omeprazol sulfenamid faol metabolitiga aylanadi, u disulfid ko‘prikcha hisobiga membrananing N+/K+-adenozintrifosfat (ATF)-fazasi bilan birikib, uni ingibisiya qiladi. Bu bilan sulfenamid hosil bo‘lishi uchun mavjud bo‘lgan muhit aynan parietal xujayralarga omeprazolni tanlab ta‘sir qilishi bilan tushuntiriladi. Omeprazolni sulfenamidga biotransformasiyasi tez (2-4 minut o‘tgach) amalga oshadi. Sulfenamid kation hisoblanadi va so‘rilmaydi.

Omeprazol xlorid kislotasining bazal va har qanday ta‘sirlovchi yordamida rag‘batlantirilgan sekresiyasini yakuniy bosqichida susaytiradi. Me‘da sekresiyasining umumiy xajmini kamaytiradi va pepsinni ajralib chiqishini susaytiradi. Omeprazolda gepatoprotektor faollik aniqlangan, uning mexanizmi noma‘lum. Kaslaning ichki omilini ishlab chiqarilishi va ovqat massasini me‘dadan o‘n ikki barmoq ichakka o‘tish tezligiga ta‘sir qilmaydi. Omeprazol asetilxolin va gistamin reseptorlari ta‘sir qilmaydi.

Omeprazol kapsulalari qobiq bilan qoplangan mikrogranulalar saqlaydi, omeprazolni asta-sekin ajralib chiqishi va ta‘sirini boshlanishi qabul qilgandan 1 soatdan keyin boshlanadi, 2 soatdan keyin maksimumga yetadi, 24 soat va undan ko‘proq saqlanadi. 20 mg preparatni bir marta qabul qilgandan keyin maksimal sekresiyani 50% ga ingibisiya qilishi 24 soat davom etadi.

Sutkada bir marta qabul qilish kunduzgi va tungi me‘da sekresiyasini tez va samarali susayishini ta‘minlaydi, u 4 kun davolashdan keyin maksimumga erishadi. O‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi bo‘lgan bemorlarda 20 mg omeprazolni qabul qilish me‘da ichida rN=3,0 ni 17 soat davomida tutib turadi. Preparatni qabul qilishni to‘xtatishdan keyin sekretor faollik 3-5 sutka o‘tgach to‘liq tiklanadi.

Omeprazolning antibakterial preparatlar bilan birga ta‘siri Helicobacter pylori ning eradikasiyasiga olib keladi, bu kasallik simptomlarni tez bartaraf etish, shikastlangan shilliq qavatni yuqori darajada bitishi, barqaror uzoq muddatli remissiyaga erishish va me‘da-ichak yo‘llaridan qon ketishi rivojlanishi ehtimolini kamaytirish imkonini beradi, shuningdek uzoq vaqt davolash zarurati bartaraf etiladi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi – yuqori. Biokiraolishligi – 30-40% (jigar yetishmovchiligida deyarli 100% gacha yetadi), keksa yoshdagi odamlarda va jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda ortadi, buyrak funksiyasini yetishmovchiligi ta‘sir ko‘rsatmaydi. Maksimal konsentrasiyasiga erishish uchun zarur vaqt (TSmax) – 0,5-3,5 soatni tashkil qiladi. Yuqori lipofillikka ega bo‘lib, me‘daning parietal xujayralariga oson kiradi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-95% (albumin va kislotali alfa1-glikoprotein).

Yarim chiqarilish davri (T1/2) – 0,5-1 soat (jigar yetishmovchiligida – 3 soat), klirensi – minutiga 500-600 ml CYP2C19 ferment tizimi ishtirokida jigarda deyarli to‘liq metabolizmga uchraydi va 6 farmakologik nofaol metabolitlarini (gidroksiomeprazol, sulfid va sulfon hosilalari va boshqalarni) hosil qiladi. CYP2C19 izofermentining ingibitori hisoblanadi. Metabolitlari shaklida buyrak (70-80%) va safro (20-30%) bilan chiqariladi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi kreatinin klirensini pasayishiga proporsional ravishda pasayadi. Keksa yoshdagi pasientlarda chiqarilish kamayadi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalar

  • me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda), shu jumladan Helicobacter pylori chaqirgan (majmuaviy davolash tarkibida);
  • gastroezofagel reflyuks kasalligi, reflyuks-ezofagit, shu jumladan, eroziv (zo‘rayish bosqichida va qaytalanishga qarshi davolashda);
  • gipersekretor holatlar (Zollinger-Ellison sindromi, me‘da-ichak yo‘llarining stress yaralari, poliendokrin adenomatoz, tizimli mastositoz);
  • Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (NYAQP) qabul qilish chaqirgan me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni eroziv-yarali shikastlanishida qo‘llanadi.

Bolalar

  • 2 yoshdan oshgan bolalarda gastroezofagel reflyuks kasalligi.
  • 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kapsulalarni odatda ertalab, chaynamasdan, ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suv bilan (ovqatdan bevosita oldin) ichga qabul qilinadi.

Kattalar

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini zo‘rayishi, reflyuks-ezofagit va nosteroid yallig‘lanishga qarshi qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi gastropatiyalarda – 20 mg sutkada 1 marta buyuriladi. Reflyuks-ezofagitni og‘ir darajali kechishi bo‘lgan pasientlarda dozani sutkada 1 marta 40 mg gacha oshiriladi.

O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligini davolash kursi – 2-4 hafta, zarurati bo‘lganida – 4-5 hafta; me‘da yara kasalligi, reflyuks-ezofagit, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni qabul qilish oqibatidagi me‘da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlarida – 4-8 hafta davomida davom ettiriladi.

Kasallik simptomlarini kamayishi va yarani chandiqlanishi ko‘pgina hollarda 2 hafta davomida yuz beradi. Ikki xaftalik davolash kursidan keyin yarani to‘liq chandiqlanishi amalga oshmagan pasientlarga, davolashni yana 2 hafta davom ettirish kerak.

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yarasiga qarshi boshqa dori vositalari bilan davolashga rezistent bemorlarga, sutkada 40 mg buyuriladi. O‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligida davolash kursi – 4 hafta, me‘da yara kasalligi va reflyuks-ezofagitda – 8 hafta.

Zollinger-Ellison sindromida – odatda 60 mg dan sutkada 1 marta; zarurati bo‘lganida dazani sutkada 80-120 mg gacha oshiriladi (dozani 2 qabulga bo‘linadi).

Me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini qaytalanishini oldini olish uchun – 10 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi.

Helicobacter pylori ni eradikasiyasi uchun “uchtalik” davolash (1 hafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 1 g, klaritromisin 500 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 20 mg, klaritromisin 250 mg, metronidazol 400 mg – sutkada 2 marta; yoki omeprazol 40 mg sutkada 1 marta, amoksisillin 500 mg va metronidazol 400 mg – sutkada 3 marta) yoki “ikkitalik” davolash (2 xafta davomida: omeprazol 20-40 mg va amoksisillin 750 mg – sutkada 2 marta yoki omeprazol 40 mg- sutkada 1marta va klaritromisin 500 mg – sutkada 3 marta yoki amoksisillin 0,75-1,5 g – sutkada 2 marta) o‘tkaziladi.

Alohida holatlarda. jigar yetishmovchiligida 10-20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi (og‘ir darajali jigar yetishmovchiligida sutkalik doza 20 mg dan oshmasligi kerak); buyrak funksiyasini buzilishida va keksa yoshdagi pasientlarda dozalash tartibiga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

2 yoshdan oshgan bolalarda (tana vazni 20 kg dan yuqori) gastroezofageal reflyuks kasalligida 20 mg dan sutkada 1 marta buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 1 marta 40 mg gacha oshirilishi mumkin. Davolash davomiyligi 4-8 xaftani tashkil etadi. 4 yoshdan oshgan bolalarda Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligida (majmuaviy davolash tarkibida):

Tana vazni 15-30 kg bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 10 mg, amoksisillin 25 mg/kg, klaritromisin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta (bunda kapsula ichidagisi 50 ml ichimlik suviga qo‘shiladi, aralashtiriladi, yarmi o‘lchanadi va bolaga beriladi);

Tana vazni 31-40 kg bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 750 mg, klaritromisin tana vazniga 7,5 mg/kg – sutkada 2 marta;

Tana vazni 40 kg dan yuqori bo‘lgan bolalarga 1 xafta davomida: omeprazol 20 mg, amoksisillin 1000 mg, klaritromisin 500 mg – sutkada 2 marta buyuriladi.

Butun kapsulani yutish bilan bog‘liq muammolar bo‘lganida uni ochib ichidagisini yutish yoki kapsulani shimish, shuningdek kapsula ichidagisini nordon suyuqlik (sharbat, yogurt) bilan aralashtirish va hosil bo‘lgan suspenziyani 30 minut davomida ishlatish mumkin.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Noxush nojo‘ya reaksiyalarning Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga muvofiq rivojlanish tez-tezligi bo‘yicha tasnifi

Juda tez-tez – 1/10 buyurishlar (≥10%); tez-tez – 1/100 buyurishlar (≥1%, <10%); tez-tez emas – 1/1000 buyurishlar (≥0,1%, <1%); kam hollarda – 1/10000 buyurishlar (≥0,01%, <0,1%); juda kam hollarda (shu jumladan alohida holatlar) – 1/10000 dan kam (<0,01%).

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorinda og‘riq, diareya, qabziyat, ko‘ngil aynishi, qusish, meteorizm (ko‘pgina hollarda sanab o‘tilgan ko‘rinishlarning yaqqolligi davolash davom ettirilganda oshib boradi); tez-tez emas – “jigar” fermentlarining faolligini oshishi (qaytuvchan xarakterda); kam hollarda – mikroskopik kolit, til rangini jigarrang-qora ranggacha o‘zgarishi va klaritromisin bilan bir vaqtda qo‘llaganda so‘lak bezlarining xavfsiz kistalarini paydo bo‘lishi (ko‘rinishlar qaytuvchan xarakterga ega va davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘q bo‘ladi); juda kam hollarda – og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini qurishi, stomatit, kandidoz, pankreatit, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda – gepatit (shu jumladan sariqlik bilan kechuvchi), jigar funksiyasini buzilishi.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez – bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, xolsizlik (uzoq vaqt davolaganda og‘irlashadi); tez-tez emas – bosh aylanishi, uyqusizlik, vertigo; kam hollarda – paresteziya, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, ayniqsa keksa pasientlarda yoki kasallik og‘ir kechganda; juda kam hollarda – bezovtalik, qo‘zg‘alish, depressiya, ayniqsa keksa pasientlarda yoki kasallik og‘ir kechganda, jigarning og‘ir kasalliklari bo‘lgan pasientlarda – ensefalopatiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – ko‘rishni buzilishlari, shu jumladan ko‘rish maydonini qisqarishi, ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish aniqligini pasayishi, eshitishni buzilishi, shu jumladan “quloqlarda shang‘illash” (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi); kam hollarda – ta‘m bilishni buzilishi (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi).

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – umurtqa pog‘onasi, bilak suyaklari, son suyagi boshchasini sinishi (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang); kam hollarda – mialgiya, artralgiya; juda kam hollarda – mushak kuchsizligi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: bolalarda gixrom mikrositar anemiya; juda kam hollarda – qaytuvchan trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz, pansitopeniya.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez emas – eshakemi, teri toshmasi va/yoki qichishishi, fotosensibilizasiya, ko‘p shaklli eritema, alopesiya, ko‘p terlash; juda kam hollarda – Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – toshma, angionevrotik shish, tana haroratini oshishi, isitma, bronxospazm, allergik vaskulit, anafilaktik reaksiyalar/shok.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – interstisial nefrit.

Boshqalar: tez-tez emas – periferik shish (odatda davolash to‘xtatilgandan keyin o‘tib ketadi), kam hollarda – lohaslik, giponatriemiya; juda kam hollarda – ginekomastiya; tez-tezligi noma‘lum – gipomagniemiya (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Omeprazol yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik; fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltaza tanqisligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiya; atanazanavir, dalachoy, erlotinib va pozakonazol bilan bir vaqtda qabul qilish; jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda klaritromisin bilan bir vaqtda qo‘llash.

2 yoshdan kichik va/yoki tana vazni 20 kg dan kam bo‘lgan bolalar (gastroezofageal reflyuks kasalligini davolaganda).

4 yoshdan kichik bolalar (Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligini davolaganda).

Gastroezofageal reflyuks kasallik va Helicobacter pylori chaqirgan o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligidan tashqari barcha ko‘rsatmalar uchun 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan.

Buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi; osteoporoz; klaritromisin, klopidogrel, intrakonazol, varfarin, silostazol, diazepam, fenitoin, sakvinavir, takrolimus, vorikonazol, rifampisin bilan bir vaqtda qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda ketokonazolning so‘rilishi pasayishi mumkin.

Me‘da shirasining kislotaligini pasaytiruvchi boshqa preparatlar kabi omeprazol bilan davolash ketokonazol, itrakonazol, pozakonazol va ergotinibning so‘rilishini pasayishiga, shuningdek digoksin kabi preparatlarning so‘rilishini oshishiga olib kelishi mumkin. Sutkada 1 marta 20 mg dozada omeprazol va digoksinni birga qabul qilish digoksinning biokiraolishligini 10% ga oshiradi (20% pasientlarda digoksinning biokiraolishligi 30% gacha oshgan).

Omeprazol uzoq vaqt davolaganda V12 vitaminining so‘rilishini pasaytirishi mumkin.

Yaqqol klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘siri tufayli, omeprazolni dalachoy preparatlari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Omeprazolni klaritromisin yoki eritromisin bilan birga qabul qilinganda omeprazolning qon plazmasidagi konsentrasiyasi oshadi.

Omeprazol bilan bir vaqtda qo‘llanilganda atanazavirning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon 75% ga kamayadi, shuning uchun ularni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Omeprazol sitoxrom R450 ingibitori bo‘lib, varfarin, klomipramin, sitalopram, geksabarbital, disulfiram (sitoxrom CYP2C19 ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydigan dori vositalari) ning konsentrasiyasini oshirishi va chiqarilishini kamaytirishi mumkin, bu ayrim hollarda ushbu dori vositalarining dozasini kamaytirishni talab etishi mumkin.

Metotreksatni proton pompa ingibitorlari bilan bir vaqtda qo‘llaganda ayrim pasientlarda qon plazmasida metotreksatning konsentrasiyasini ahamiyatsiz oshishi kuzatilgan. Metotreksatning yuqori dozalari bilan davolaganda omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Omeprazolni amoksisillin yoki metronidazol bilan bir vaqtda qabul qilish omeprazolning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Omeprazolni kofein, teofillin, piroksikam, diklofenak, naproksen, metoprolol, propranolol, etanol, siklosporin, lidokain, xinidin, fenasetin, budesonid, antasidlar, estradiol bilan birga qo‘llaganda klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlar aniqlanmagan.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolashni boshlashdan oldin xavfli o‘sma jarayoni (ayniqsa me‘da yarasida) mavjudligini inkor qilish kerak, chunki davolash simptomatikani niqoblab, to‘g‘ri tashhis qo‘yishni kechiktirishi mumkin.

Ovqat bilan bir vaqtda qabul qilish preparatning samaradorligiga ta‘sir qilmaydi.

Me‘da kislotaligini pasayishi, shu jumladan proton pompa blokatorlarini qo‘llaganda me‘da-ichak yo‘llarida bakteriyalarning soni oshadi, bu me‘da-ichak infeksiyalarini yuzaga kelishini oshiradi. Xlorid kislotasi sekresiyasini pasayishi oqibatida xromogranin A (CgA) konsentrasiyasini oshiradi. Qon plazmasida CgA konsentrasiyasini oshishi neyroendokrin o‘smalarni aniqlash yuzasidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning natijalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Ushbu ta‘sirni oldini olish uchun CgA konsentrasiyasini aniqlash tekshiruvini o‘tkazishdan 5 kun oldin omeprazolni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatish kerak.

Jigar funksiyasini yaqqol yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda omeprazol preparati bilan davolash vaqtida “jigar” fermentlari ko‘rsatkichlarini muntazam nazorat qilish kerak.

Preparat saxaroza saqlaydi, shuning uchun uglevod almashinuvining tug‘ma buzilishlari (fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, saxaroza/izomaltoza yetishmovchiligi, glyukozo-galaktoz malabsorbsiyasi) bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin emas.

NYAQP ni qabul qilish bilan bog‘liq eroziv-yarali shikastlanishlarni davolaganda yaraga qarshi davolashning samaradorligini oshirish uchun NYAQP bilan davolashni cheklash yoki to‘xtatish masalasini sinchkovlik bilan ko‘rib chiqish kerak.

Preparat natriy saqlaydi, buni natriy nzoratlangan parhezga rioya qilayotgan pasientlarda e‘tiborga olish kerak. Omeprazol preparati bilan samarani bir maromda ushlab turuvchi uzoq vaqt (1 yil ko‘p) davolashning fosla va xavfini muntazam baholash kerak. Asosan keksa pasientlarda, shuningdek moyil omillari bo‘lgan pasientlarda umurtqa, bilak suyaklari, son suyagini sinishlari yuzaga kelishi xavfini oshishi haqida ma‘lumotlar bor. Osteoporoz rivojlanishi xavfi bo‘lgan pasientlarda D vitamini va kalsiyni adekvat iste‘mol qilishini ta‘minlash kerak.

Proton nasos ingibitorlari, shu jumladan omeprazol bilan uzoq vaqt davolanayotgan pasientlarda, ayniqsa digoksin yoki qon plazmasida magniyning darajasini pasaytiruvchi boshqa preparatlar bilan birga qo‘llanilganda magniyning darajasini muntazam nazorat qilish kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Tadqiqot natijalari homiladorlikni kechishi, homilani va yangi tug‘ilgan chaqaloqning sog‘lig‘iga noxush ta‘siri yo‘qligini namoyish etadi. Omeprazolni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin. Omeprazol ko‘krak suti bilan ajraladi, lekin terapevtik dozalarda qo‘llanilganda bolaga ta‘sir ko‘rsatishining ehtimoli kam.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ongni chalkashishi, ko‘rishni noaniqliligi, uyquchanlik, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi, taxikardiya, aritmiya, bosh og‘rig‘i.

Davolash: simptomatik. Gemodializ yetarli darajada samarali emas.

Spesifik antidoti mavjud emas. Davolash simptomatik.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar 20 mg.

10 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.

3 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100 dori vositasi Agram Pharmaceutical LLP, Индия произведено: Astam Healthcare Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AGRAMS OMEPRAZOL kapsulalar 20mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Agram Pharmaceutical LLP, Индия произведено: Astam Healthcare Pvt. Ltd
Другие формы препарата
OMEPRAZOL 0,04 liofilizat N1
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N10
OMEPRAZOL 0,02 eritma 0,02g N30
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9