×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1

Kategoriya:
- Nazal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xorvatiya
Faol modda:
Морская вода
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- ЯДРАН-ГАЛЕНСКИ ЛАБОРАТОРИЙ а.о.
Vakil:
- JADRAN -GALENSKI LABORATORIJ
ATX kodi:
- R01AX10
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 164 ta dorixonasida topildi

ico 26 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 50 400 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 26 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Dengiz suvi – 30 %;

Tozalangan suv – 70 %.

Adriatika dengizi suvining sterillangan izotonik eritmasi.

NaCl tarkibi 9 g/l dan kam emas.

Adriatika dengizining tabiiy suvi Cl-, Na+, SO42-, Mg2+, Ca2+, K+, HCO3-, Br- ionlari, shuningdek rux, selen, yod, temir, marganes va boshqa mikroelementlarni saqlaydi.

Konservantlar va kimyoviy qo’shimchalar saqlamaydi.

Chiqarilish shakli va qadoqlanishi

30 ml eritma purkagichli moslama va himoya qopqoqcha bilan jihozlangan shisha flakonda (200 doza). Bitta flakon tibbiyotda qo’llanilishiga doir yo’riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Hidsiz rangsiz tiniq eritma.

Sterillangan izotonik dengiz suvi burun shilliq qavatini namlantiradi va uni normal fiziologik holatini tutib turishga yordam beradi, shilliqni suyultirishga va uni burun bo’shlig’idagi shilliq qavatda qadahsimon hujayralarda ishlab chiqarilishini normallashtirishga yordam beradi.

Adriatika dengizi suvi mikroelementlari miltillovchi epiteliy funksiyasini yaxshilaydi, burun bo’shlig’ining shilliq qavatiga rag’batlantiruvchi, tiklovchi, tozalovchi, yallig’lanishga qarshi ta’sir ko’rsatadi, uni patogen mikroorganizmlar kirishiga chidamliligini oshiradi.

Kalsiy va magniy ionlari burun bo’shlig’idan mikroorganizmlar va yot zarrachalarni chiqarib tashlashga yordam beruvchi shilliq qavatning «kiprikchali hujayralar» harakatini rag’batlantiradi, va shilliqni reologik xususiyatlarini normallashtiradi.   

Yod, natriy ionlari va xlorid-ionlari antiseptik ta’sir ko’rsatadi, shuningdek himoya shillig’ini ishlab chiqarishni faollashtiradi.

Rux va selen ionlari burun va burun oldi bo’shliqlari shilliq qavatining mahalliy immunitetini rag’batlantiradi.

Kalsiy ionlari allergiyaga qarshi ta’sirga ega.

Karbonatlar, sulfatlar, xloridlar nazal shillig’ini ishlab chiqarilishini normallashtiradi.  

AKVA MARIS KLASSIK burun shilliq qavatidan viruslar, bakteriyalar, allergenlar va yot zarrachalarni yuvilishi va chiqib ketishiga, mahalliy yallig’lanish jarayonini kamaytirishga yordam beradi.

Gigiyenik maqsadlarda qo’llaniluvchi AKVA MARIS KLASSIK shilliq qavatni unga o’tirib qolgan ko’cha va xona changidan tozalashga yordam beradi.
Aniqlanmagan.

Retseptsiz sotiladi

AKVA MARIS KLASSIK, dozalangan nazal spreyi, shilliq qavatni namlash va ajratmalarni olib tashlash uchun burun shilliq qavatiga qo’llash uchun mo’ljallangan.

Qo'llaniladi:

  • chayish uchun;

  • viruslar, bakteriyalar va yot zarrachalarni olib tashlash uchun;

  • burun shilliq qavatini tiklanish va namlanish uchun;

  • burun shilliq qavati mahalliy maydonlaridagi qichishish va yallig’lanishlarni kamaytirish uchun.
  • o’tkir respirator infeksiyalarni (O’RVI) oldini olish;

  • rinitni oldini olish;

  • burun bo’shlig’i shilliq qavatini quruqligi;

  • shilliq qavatni nazal preparatlar qabul qilinishiga tayyorlash;

  • konditsionerlangan havo va/yoki markazlashgan isitish tizimli binolarda o’zgartirilgan mikroklimatik sharoitlarda yashovchi va ishlovchi shaxslarda; burun-halqumi tinimsiz zararli ta’sirlarga uchrovchi insonlarda (chekuvchilar, avtotransport haydovchilari, issiq va chang sexlarda ishlovchilar, shuningdek og’ir iqlim sharoitli regionlardagi shaxslarda) burun bo’shlig’i shilliq qavatini fiziologik xarakteristikalarini saqlab qolish uchun.

Bolalar ololmaydigan joyda, 25 °С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. Flakon ochilgandan so’ng 6 oy davomida ishlatilsin.

Yaroqlilik muddati tugagandan so’ng qo’llanilmasin.

O’RVI va rinitni oldini olish va burun bo’shlig’ini har kunlik gigiyenasi uchun kattalar va 1 yoshdan katta bolalar: 1-2 marta purkashdan kuniga bir necha marta, zaruriyat bo’lganda yanada tez-tez qo’llash mumkin.

Burun bo’shlig’ida quruqlik va qichishishni yo’qotish uchun kattalar va 1 yoshdan katta bolalar: 3-4 marta purkashdan kuniga bir necha marta, zaruriyat bo’lganda yanada tez-tez qo’llash mumkin. 

Qo’llash davomiyligi cheklanmagan.

Qo'llanilishi bo'yicha ko'rsatmalar

Birinchi marta qo’llashdan avval himoya qopqoqchasi yechilsin va havoni chiqarib tashlash uchun purkagichni 2-3 marta bosilsin.

AKVA MARIS KLASSIK dozalangan nazal sprey tumovni davolash uchun ishlatiladigan barcha vositalar bilan mos tushadi.
Homiladorlik va emizish davrida qo’llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1 dori vositasi ЯДРАН-ГАЛЕНСКИ ЛАБОРАТОРИЙ а.о. tomonidan Xorvatiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AKVA MARIS KLASSIK sprey 30ml N1 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DRAMINA 0,05 tabletkalari N10
Другие формы препарата
AKVA MARIS DLYA DETEY tomchilar 10ml N1
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9