×
×
  • ALERKUR tabletkalari 10mg N100

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALERKUR tabletkalari 10mg N100

Kategoriya:
- Antiallergik dorilar
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 100
Ishlab chiqaruvchi:
- Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
ATX kodi:
- R06AE07
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

FENISTIL NYu tomchilar dlya priema vnutr 20ml 0,1% Novartis Consumer Health S.A. Shveytsariya
55 000 s`om dan
ZODAK tabletkalari 10mg N30 Zentiva k.s. Chexiya
75 000 s`om dan
ZINTER tabletkalari 10mg N30 Novugen Pharma, ИП ООО O'zbekiston
19 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALERKUR tabletkalari 10mg N100 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALERKUR

ALERCUR

 

Preparatning savdo nomi: Alerkur

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): setirizin

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: setirizin digidroxloridi – 10 mg;

yordamchi moddalar: ikki almashingan kalsiy fosfati, laktoza, jelatin, magniy stearati, talk, makkajo‘xori kraxmali, aerosil.

Ta‘rifi: oq rangli, dumaloq, ikkiyoqlama qabariq, qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Allergiyaga qarshi vosita.

ATX kodi: R06AE07

 

Farmakologik xususiyatlari

Alekur – antigistamin vositasi, periferik N1-gistamin reseptorlarini selektiv blokatori hisoblanadi. Gistaminning kapillyarlarni kengaytirish va o‘tkazuvchanligini oshirish (shishni, eshakemini, qizarishni rivojlanishi) kabi samaralarini, sezgir nerv oxirlarini rag‘batlantirilishini (qichishish, og‘riq) va nafas va ovqat hazm qilish a‘zolarini silliq mushaklarini qisqarishini oldini olish xususiyatlariga ega. Alekur antigistamin ta‘siridan tashqari, allergiyaga qarshi faollikka ega. Allergik reaksiyalarni kechki bosqichida gistaminning ta‘sirini va eozinofillarni migrasiyasini ingibirlaydi, shu tarzda kechki allergik reaksiyalarni kechishini susaytiradi. Bronxial astmada gistamin sababli indusiyalangan bronxlarni torayishini pasaytiradi. Alekur – piperazin hosilasi bo‘lib, u o‘zining kimyoviy tuzilishi bo‘yicha uning asosiy metaboliti- gidrazin hosilasi hisoblanadi. Yaqqol qutblanuvchanligi va qon palazmasi oqsillari bilan kuchli bog‘lanishi, shuningdek  lipofilligi tufayli, setirizin gidrazinga nisbatan gematoensefalik to‘siq orqali yomon o‘tadi. Buni oqibatida MNT ga deyarli susaytiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydi.

 

Farmakokinetikasi

Alekur ovqat hazm qilish yo‘llaridan tez so‘riladi. Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga 40-60 minutdan keyin erishiladi. Maksimal terapevtik samara taxminan 4-8 soatdan keyin boshlanadi va 24 soatgacha davom etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan preparatning taxminan 93% bog‘lanadi. Taxminan 70% siydik bilan asosan o‘zgarmagan holda chiqariladi. Buyrak yetishmovchiligida chiqarilishi sekinlashadi.

 

Qo‘llanilishi

Allergik kasalliklarni: surunkali (yil davomidagi) allergik rinit, mavsumiy allergik rinit, allergik kon‘yunktivit, surunkali idiopatik eshakemi, allergik dermatitlarni simtpomatik davolashda qo‘llanadi.

 

 

 

Qo‘llash usuli va dozalari

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga va kattalarga Alekurni sutkada 10 mg dan buyuriladi, kechqurun buyurgan ma‘qulroq. Davolash davomiyligi shaxsiy ravishda aniqlanadi va odatda 2-4 haftani tashkil qiladi. Mavsumiy allergik rinitda 3-6 hafta, surunkali idiopatik eshakemida va surunkali allergik rinitda davolashni 1 yilgacha davom ettirish mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga tavsiya qilinadigan dozani yarmiga kamaytirish lozim.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga, ayniqsa yondosh buyrak yetishmovchiligida dozani shaxsiy ravishda tanlash kerak.

Keksa yoshdagi bemorlar preparatga sezuvchan bo‘lishlari mumkin, bu dozani to‘g‘rilashni talab qiladi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, bosh aylanishi. Arterial bosimni (AB) biroz pasayishi, kuchli toliqish, holsizlik, o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari, terining allergik reaksiyalarining ko‘rinishlari, bronxospazm, angionevrotik shish, laringit, kserostomiya, jig‘ildonni qaynashi, kekirish, ishtahani yo‘qolishi, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, diareya, qusish, yo‘tal, burunni qonashi. Ayrim pasientlarda preparatni gepatotoksik ta‘siri (aminotransferazalar faolligini oshishi, gepatit) kuzatiladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Setirizinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik, og‘ir nefropatiya, homiladorlik va emizish davri.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Setirizin digidroxloridni 20 mg dozada va simetidinni 400 mg dozada bir vaqtda qabul qilish gistamin in‘eksiyasi chaqirgan teri reaksiyasi ko‘rinishlariga, bir setirizin gidroxloridini o‘zini qabul qilgandagi analogik reaksiyalarga qaraganda ta‘sir qilmaydi.

Alekur va markaziy nerv tizimini susaytiruvchi dori vositalarini, ularni o‘zaro ta‘sirlashuviga bevosita isbotlar yo‘qligiga qaramay, ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Setirizin va teofilinni bir vaqtda buyurilganda (ayniqsa, agar teofillinni dozasi 400 mg dan oshsa) setirizinni qon zardobida konsentrasiyasini oshishi va uni klirensini pasayishi tufayli, dozasini oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Setirizinni ototoksik samara namoyish qiladigan preparatlar, masalan, gentamisin bilan bir vaqtda qo‘llanishi, ototoksiklikni, quloqlarni shang‘illashi va ongni xiralashishi kabi simptomlarini niqoblashi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Gemodializda bo‘lgan pasientlarga Alekurni ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.

Setirizin bilan davolash davrida pasientlar alkogolli ichimliklarni qabul qilishdan saqlanishlari lozim, chunki uyquchanlik va psixomotor reaksiyalarni sekinlashishi aniqlanishi mumkin.

Avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir etish xususiyati. Preparat uyquchanlikni chaqirishi mumkinligi tufayli, avtomobilni boshqarishda, mexanizmlar bilan ishlashda yoki tezkor reaksiyalarni talab qiluvchi faoliyatlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas, chunki homilaga nisbatan bo‘lgan ta‘sirlari to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Emizikli ayollarga preparatni qo‘llash mumkin emas, chunki  odamlarda uni ko‘krak suti bilan chiqarilishi tekshirilmagan.

Bolalar. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llashning klinik tajribasi yo‘q.

6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni boshqa dori shaklida, 12 yoshdan keyin esa – kattalardagi kabi buyuriladi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani sezilarli oshirib yuborilishida (50 mg setirizin digidroxloridi) uyquchanlik, nojo‘ya samaralar kuchayishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish. Enterosorbentlarni buyurish. Simptomatik davolash. Maxsus antidoti noma‘lum. Preparat dializ yordamida chiqarilmaydi.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1, 3 yoki 10 blister karton qutida.

Saqlash sharoiti
Quruq , yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALERKUR tabletkalari 10mg N100 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALERKUR tabletkalari 10mg N100 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALERKUR tabletkalari 10mg N100 dori vositasi Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.) tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALERKUR tabletkalari 10mg N100 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALERKUR tabletkalari 10mg N100 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • Vakil:
LIPIKUR tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
LIPIKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
LIPIKUR tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
ALERKUR tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AZITKUR 500 tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AZITKUR 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AZITKUR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9