×
×
  • AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
ATX kodi:
- C08CA01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
ENAM tabletkalari 10mg N20 Dr. Reddi's Laboratories LTD Hindiston
15 000 s`om dan
VINEBRAL kapsulalar 30mg N20 World Medicine Limited, Великобритания произведено: October Pharma Misr
66 000 s`om dan
KONKOR tabletkalari 10mg N30 Merck KgaA Germaniya
76 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AMLOMAKS

AMLOMAX

 

Prepartning savdo nomi: Amlomaks

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): amlodipin

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: amlodipin besilati (5 mg amlodipinga ekvivalent) – 5,0 mg;

yordamchi moddalar: ikki almashingan kalsiy fosfat, laktoza, mikrokristallik sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, magniy stearati, talk, natriy kraxmal glikolyati, aerosil, temir III oksidi.

Ta‘rifi: yorqin pushti rangli, dumaloq, yassi, bir tomoni riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Antigipertenziv vositalar (kalsiy kanalliri blokatori).

ATX kodi: C08CA01

 

Farmakologik xususiyatlari

Digidropiridin hosilasi – II avlod “ sekin” kalsiy kanallarining blokatori (SKKB), antianginal va gipotenziv ta‘sir ko‘rsatadi. L-tur kalsiy kanali alfa1-subbirligining S6 III va IV domenlari segmentlari bilan bog‘lanib, kalsiy kanallarini bloklaydi, kalsiy ionlarini hujayraga membrana orqali o‘tishini (tomirlarning silliq mushaklarida kardiomiosetlarga qaraganda ko‘proq darajada) pasaytiradi.

Antianginal ta‘siri periferik va koronar arteriya va arteriolalarni kengayishi bilan bog‘liq. Stenokardiyada periferik arteriolalarni kengaytirib miokard ishemiyasining yaqqolligini kamaytiradi; yurak qisqarishlari sonini reflektor oshishini chaqirmasdan umumiy periferik tomirlar qarshiligini pasaytiradi (yurakka bo‘lgan yuklamani kamaytiradi), bu energiyani iste‘mol qilinishini pasayishiga yordam beradi, miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini pasaytiradi. Miokardning o‘zgarmagan va ishemiyaga uchragan sohalarida koronar arteriya va arteriolalarni kengaytirib, vazospastik stenokardiyada kislorodning miokardga kirishini oshiradi, koronarospazmni rivojlanishini (shu jumladan chekish bilan chaqirilgan) oldini oladi. Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarda amlodipinning bir martalik sutkalik dozasi jismoniy yuklama vaqtida birinchi ishemik holat boshlangunicha bo‘lgan vaqtni oshiradi, jismoniy yuklama fonida stenokardiya xurujini va ST segmentining (1 mm ga) “ishemik” depressiyasini rivojlanishishiga to‘sqinlik qiladi, stenokardiya xurujlarining sonini va nitrogliserinni iste‘mol qilinishini pasaytiradi.

Gipotenziv ta‘siri tomirlarning silliq mushaklariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomirlarni kengaytiruvchi ta‘siri bilan bog‘liq. Uzoq muddatli dozaga bog‘liq gipotenziv samara ko‘rsatadi. Arterial gipotenziyada amlodipinning bir martalik sutkalik dozasi arterial bosimini (AB) 24 soat davomida (bemorning “yotgan” va “ tik turgan” holatida) klinik ahamiyatli pasayishini ta‘minlaydi. AB, chap qorinchaning chiqarib tashlash keskin pasayishini chaqirmaydi. Miokardni qisqaruvchanligi va o‘tkazuvchanligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Chap qorincha miokardining gipertrofiyasini kamaytiradi.

Yurak ishemik kasalligi bo‘lgan pasientlarda (YUIK) (shu jumladan bir tomirni shikastlanishi va 3 va undan ko‘proq arteriyalarning stenozigacha bo‘lgan koronar atreroskleroz va uyqu arteriyalarining aterosklerozi), miokard infarktini, koronar arteriyalarini translyuminal angioplastikasini (KATA) o‘tkazgan yoki stenokardiyasi bo‘lgan pasientlarda, amlodipinni qo‘llash uyqu arteriyalarining intima-mediyasining yo‘g‘onlashishini rivojlanishini oldini oladi, miokard infarktidan, insultdan, KATA, aorta-koronar shuntlashdan bo‘lgan o‘limni kamaytiradi, noturg‘un stenokardiya va surunkali yurak yetishmovchiligi bo‘yicha gospitalizasiyalar sonini pasayishiga olib keladi, koronar qon oqimini tiklanishiga yo‘naltirilgan aralashuvlar sonini kamaytiradi. Amlodipin o‘lim yoki surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) bo‘lgan bemorlarda digoksin, diuretiklar va angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlari bilan davolash fonida o‘lim bilan yakunlanadigan asoratlarning rivojlanishi xavfini oshirmaydi. SYUK bemorlarda (NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinfi) amlodipin qo‘llanganida noishemik etiologiyali o‘pka shishini paydo bo‘lishni ehtimoli mavjud.

Amlodipin moddalar almashinuviga va lipidlarning qon plazmasidagi konsentrasiyasiga har qanday noxush ta‘sirlar ko‘rsatmaydi. Trombositlar agregasiyasini tormozlaydi, kalava filtrasiyasi tezligini oshiradi, kuchsiz natriyuretik ta‘sirga ega. Diabetik nefropatiyada mikroalbuminuriyaning yaqqoligini oshirmaydi. Samarasining boshlanish vaqti 2-4 soat, samarasining davomiyligi 24 soat.

 

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. Peroral qabul qilinganidan keyin amlodipin me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Ovqat qabul qilish amlodipinni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Qon zardobidagi maksimal konsentrasiyasiga qabul qilingandan so‘ng 6-12 soatdan keyin erishiladi. Biokiraolishligi 60-65% ni tashkil qiladi. O‘rtacha taqsimlanish hajmi – 21 l/kg tana vazniga. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 90-97%. Preparat gematoensefalik to‘siq orqali o‘tadi.

Metabolizmi va chiqarilishi. Amlodipin jigarda, nofaol metabolitlarini hosil qilib, sekin ammo ahamiyatli metabolizmga uchraydi, past jigar klirensiga ega (jigar orqali “birinchi o‘tish” samarasi). Yarim chiqarilish davri o‘rtacha 35 soatni (35 soatdan 50 soatgacha o‘zgaradi) tashkil qiladi, bu preparatni sutkada bir marta buyurilishiga mos keladi. Umumiy klirensi – minutiga 500 ml. Plazmadagi turg‘un muvozanat konsentrasiyasiga 7-8 kun davolangandan keyin erishiladi. Buyraklar orqali (10%) o‘zgarmagan holda, 60% metabolitlari ko‘rinishida), O‘t bilan va ichak orqali – 20-25% metabolitlari ko‘rinishida, shuningdek ko‘krak suti bilan chiqariladi. Gemodializda chiqarilmaydi.

Keksa pasientlarda, buyrak yetishmovchiligi va og‘ir SYUE bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri 60-65 soatgacha oshadi, buyraklar faoliyatini buzilishida o‘zgarmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Arterial gipertenziya (monodavolash yoki boshqa antigipertenziv vositalari bilan majmuada).

Turg‘un zo‘riqish stenokardiyasi va vazospastik stenokardiya (Prinsmetal stenokardiyasi) (monodavolash yoki boshqa antianginal vositalari bilan majmuada).

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, sutkada bir marta, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar, yetarli miqdordagi (100 ml) suv bilan qabul qilinadi.

Arterial gipertenziyada va stenokardiyada boshlang‘ich doza odatda 5 mg ni tashkil qiladi. Pasientning shaxsiy reaksiyasiga qarab dozani maksimal sutkada 10 mg gacha oshirish mumkin. Davolash boshlanganidan so‘ng – 7-14 kundan keyin (dozani tezroq oshirish pasientni sinchiklab kuzatishni talab qiladi) dozani oshirishni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Tana vazni katta bo‘lmagan, bo‘yi unchalik baland bo‘lmagan pasientlarga, keksa bemorlarga, jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarga, gipotenziv vosita sifatida amlodipin 2,5 mg boshlang‘ich dozada (5 mg li tabletkaning ½ qismi), antianginal vosita sifatida – 5 mg buyuriladi. 2,5 mg boshlang‘ich doza, shuningdek amlodipinni boshqa gipotenziv preparatlari bilan davolashga qo‘shimcha ham ishlatish mumkin. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarining tez-tezligi: tez-tez – 1% ko‘p, tez-tez emas – 0,1% dan ko‘p va 1% dan kam, kam – 0,01% dan ko‘p va 0,1% dan kam, juda kam – 0,01% dan kam.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – periferik shishlar (to‘piqlar va oyoq panjalari), yurak urishini his qilish, qizish va yuz terisiga qon “oqib kelish” hissi, tez-tez emas AB haddan ziyod pasayishi, ortostatik gipotenziya, vaskulit, kam – yurak yetishmovchiligini rivojlanishi yoki yomonlashishi, juda kam – yurak ritmini buzilishi (shu jumladan bradikardiya, qorinchalar taxikardiyasi va bo‘lmachalar lipillashi), miokard infarkti, ko‘krak qafasida og‘riqlar).

Markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan: tez-tez- kuchli toliqish, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik, tez-tez emas- holsizlik, hushdan ketish, ko‘p terlash, asteniya,  gipesteziyalar, paresteziyalar, periferik neyropatiya, tremor, uyqusizlik, emosional labillik, noodatiy tush ko‘rishlar, asabiylik, depressiya, xavotirlik, kam – tirishishlar, apatiya, ajitasiya, juda kam – ataksiya, amneziya, migren.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – qorin bo‘shlig‘ida og‘riq, ko‘ngil aynishi, tez-tez emas – qusish, qabziyat, meteorizm, dispepsiya, diareya, anoreksiya, og‘izni qurishi, chanqoqlik, kam – milklarning displaziyasi, ishtahani oshishi, juda kam – gastrit, pankreatit, giperbilirubinemiya, sariqlik (odatda xolestatik), “jigar” transaminazalari faolligini oshishi, gepatit.

Qon yaratish tizimi tomonidan: juda kam – trombositopenik purpura, leykopeniya, trombositopeniya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – artralgiya, mushaklarni tirishishi, mialgiya, orqa og‘riq, artroz, kam – miasteniya.

Moddalar almashinuvi tomonidan: juda kam – giperglikemiya.

Nafas  tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, rinit.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez emas – tezlashgan siyish (pollakiuriya), siyishga og‘riqli qistovlar, nikturiya, impotensiya, juda kam – dizuriya, poliuriya.

Allergik reaksiyalar: tez-tez emas – terini qichishishi, toshma.

Boshqalar: tez-tez emas – alopesiya, quloqlarni shang‘illashi, ginekomastiya, tana vaznini oshishi/pasayishi, ko‘rishni buzilishi, diplopiya, akkomodasiyani buzilishi, kseroftalmiya, kon‘yunktvit, ko‘zlarda og‘riq, ta‘mni o‘zgarishi, etni uvishishi, burunni qonashi, kam – dermatit, juda kam – parosmiya, kserodermiya, “sovuq” ter, terining pigmentasiyasini buzilishi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • amlodipinga va digidropiridin hosilalariga, shuningdek preparatning tarkibiga kiruvchi boshqa komponentlarga yuqori sezuvchanlik;
  • yaqqol arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim. ust past);
  • kollaps, kardiogen shok;
  • klinik ahamiyatli aorta stenozi;
  • homiladorlik va laktasiya davri;
  • 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan);
  • laktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktaza yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi.

Ehtiyotkorlik bilan:

Jigar faoliyatini buzilishi, sinusli tugun zaifligi sindromi (yaqqol bradikardiya, taxikardiya), NYHA tasnifi bo‘yicha III-IV funksional sinfi, noishemik etiologiyali surunkali yurak yetishmovchiligi, arterial gipotenziya (sistolik AB 90 va 100 mm sim. ust. past), aortal stenoz, mitral stenoz, gipertrofik obstuktiv kardiomiopatiya (GOKMP), o‘tkir miokard infarkti (miokard infarktidan keyin 1 oy davomida), keksalik yoshi.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Jigar mikrosomal fermentlarining ingibitorlari  nojo‘ya samaralarini rivojlanishi xavfini kuchaytirib, amlodipinning qon plazmasidagi konsentrasiyasini oshirishi, jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari esa kamaytirishi mumkin.

Boshqa SKKB lardan farqli ravishda amlodipinni nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlari (NYAQP), ayniqsa indometasin bilan klinik ahamiyatli o‘zaro ta‘sirlari aniqlanmagan.Tiazid va “halqali” diuretiklar, beta-adrenoblokatorlar, alfa1-adrenoblokatorlar, verapamil, AAF ingibitorlari va nitratlar bilan birga qo‘llanganda SKKB antianginal va gipotenziv ta‘siri kuchayishi  mumkin.

SKKB ni neyroleptiklar va izofluran bilan bir vaqtda qabul qilish gipotenziv samarani oshirishi mumkin.

Ayrim SKKB QT intervalini uzayishini chaqiruvchi antiaritmik preparatlarning (amiodaron, xinidin) yaqqol salbiy inotrop ta‘sirini kuchaytirishi mumkin, ammo amlodipin preparati qo‘llanganda salbiy intorop ta‘siri odatda kuzatilmaydi.

Kalsiy preparatlari SKKB samarasini kamaytirishi mumkin.

SKKBni litiy preparatlari bilan birga qo‘llanganida ularning neyrotoksik bel ko‘rinishlari (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, tremor, quloqlarda shovqin) kuchayishi mumkin, ammo amlodipin preparati to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Simetidin amlodipinning farmakokinetikasiga ta‘sir qilmaydi.

Amlodipin siklosporinning farmakokinetikasida ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmaydi.

Alyuminiy/magniy saqlovchi antasidlarni bir vaqtda qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Essensial arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda bir vaqtda sildenafilni 100 mg dozada qabul qilish, amlodipinnning farmakokinetik parametrlariga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Bir vaqtda Amlodipinni 10 mg dozada va atorvastatinni 80 mg dozada qayta qo‘llash, atorvastatinning farmakokinetikasiga sezilarli ta‘sir ko‘rsatmaydi. Digoksin va amlodipin bir vaqtda qo‘llanganida, digoksinning zardobdagi konsentrasiyasi va uning klirensi o‘zgarmaydi.

Amlodipin varfarin chaqirgan protrombin vaqtini o‘zgarishiga ta‘sir qilmaydi. Bir marta va qayta 10 mg dozada qo‘llanganida amlodipin etanolning farmakokinetikasiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Viruslarga qarshi vositalar (ritonavir) SKKB, shu jumladan amlodipinning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.

240 mg greypfrut sharbatini va 10 mg amlodipinni bir vaqtda, bir marta ichga qabul qilish, amlodipinning farmakokinetikasida ahamiyatli o‘zgarishlarni chaqirmaydi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Arterial gipertenziyani davolashda amlodipinni tiazid diuretiklari, alfa- va beta-adrenoblokatorlari, AAF ingibitorlari, qisqa va uzaytirilgan ta‘sirga ega nitratlar, NYAQP, antibiotiklar va peroral gipoglikemik vositalari bilan majmuada qo‘llash mumkin.

Stenokardiyani davolashda amlodipinni monodavolashda yoki boshqa antianginal preparatlar bilan, shu jumladan nitratlar va/yoki beta-adrenoblokatorlar bilan adekvat dozalarda davolashga refrakter (ta‘sir qilmaydigan) bemorlarda buyurish mumkin.

Davolanish davrida tana vaznini va natriyni iste‘mol qilinishini nazorat qilish kerak.

Og‘iz bo‘shlig‘i gigienasiga va stomatologni muntazam qabulida bo‘lishga (milklarning og‘riqliligini, qon ketishini va giperplaziyasini oldini olish uchun) rioya qilish kerak.

Amlodipin kaliy, glyukoza, trigliseridlar, umumiy xolesterin, PZLP, siydik kislotasi, kreatinin va mochevina azotining plazmadagi konsentarsiyasiga ta‘sir qilmaydi va uni bronxial astmasi,qandli diabeti va podagrasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash mumkin.

Vazospazmga/vazokonstriksiyaga moyilligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash mumkin.

Tana vazni kichik yoki past bo‘yli pasientlarga, keksa pasientlarga, shuningdek yaqqol jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga kichik dozalar talab qilinishi mumkin. Doza oshirilganida keksa pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak.

“Sekin” kalsiy kanallarining blokatorlarida “bekor” qilish  sindromining yo‘qligiga qaramasdan davolashni to‘xtatishdan avval dozani asta-sekin kamaytirish tavsiya qilinadi.

Tug‘ruq yoshidagi ayollar amlodipin bilan davolanish davrida kontrasepsiyaning ishonchli usullarini ishlatilishi kerak.

Amlodipin tabletkalari gipertonik krizda tavsiya qilinmaydi.

Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Ayrim pasientlarda asosan davolashning boshida yoki dozalash tartibi o‘zgartirilganida AB ni mumkin bo‘lgan yaqqol pasayishi oqibatida uyquchanlik, bosh aylanishi va boshqa nojo‘ya samaralari paydo bo‘lishi mumkin. Ular paydo bo‘lganida  avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: reflektor taxikardiya va haddan ziyod periferik vazodilatasiyasini rivojlanishi bilan bo‘lgan AB yaqqol pasayishi (arterial bosimni yaqqol va turg‘un pasayishini rivojlanish xavfi, shu jumladan shok va o‘limni rivojlanishi bilan).

Dozani oshirib yuborilishi haddan tashqari gipotenziya bilan periferik vazodilatasiyani va ehtimol reflektor taxikardiyani chaqirishi mumkin. Dozani atayin oshirib yuborilishi 250 mg qabul qilgan va simptomsiz kechgan va gospitalizasiya qilinmagan, boshqa pasient (120 mg) gospitalizasiyalangan, me‘da yuvilgan va normal artarial bosim saqlangan, uchinchisi (105 mg) gospitalizasiyalangan va gipotoniya (90/50 mm.sim.ust.) kuzatilgan va plazma miqdorini oshirish yo‘li bilan normallashgan pasientlarni o‘z ichiga olgan. Behosdan dozani oshirib yuborishda 19 oylik o‘g‘il bola 30 mg (taxminan 2 mg/kg) S (-) amlodipinni qabul qilgan. Shoshilinch tibbiy yordam xonasida tekshirishda arterial gipotenziyasiz xayotiy zarur belgilar turg‘un bo‘lgan, yurak qisqarishlar soni minutiga 180 zarba bo‘lgan. Ipekakuanani ovqatlanishdan 3,5 soatdan keyin yuborilgan va keyingi kuzatishlarda (tun davomida) asoratlar aniqlanmagan.

Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish (ayniqsa dozani oshirib yuborilishini birinchi 2 soatlarida), me‘dani yuvish (ayrim hollarda), yurak-tomir tizimining faoliyatini tutib turish, yurak va o‘pka faoliyatining ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, aylanib yuruvchi qon hajmi va diurezni nazorat qilish. Bemor oyoqlari ko‘tarilgan, gorizontal holatda bo‘lishi kerak.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda, 1, 3 yoki 10 blister karton qutida.

 

 

 

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.) tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALERKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Setirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • Vakil:
LIPIKUR tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
LIPIKUR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
LIPIKUR tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AMLOMAKS tabletkalari 5mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
Narh: 44 500 so'mdan Batafsil
ALERKUR tabletkalari 10mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
ALERKUR tabletkalari 10mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AZITKUR 500 tabletkalari 500mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AZITKUR 500 tabletkalari 500mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
AZITKUR 500 tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Lafz, ООО (упаков.) Unicure Pvt. Ltd., Индия (произ.)
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9